Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Mantiq fanining yo‘nalishlari
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Mantiq fanining yo‘nalishlari.
Tafakkur ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo‘yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o‘rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo‘nalishlarga ajralishiga sabab bo‘ladi. Masalan, tafakkurni o‘rganishda qanday metodlarni qo‘llashiga qarab formal mantiq va uning rivojining hozirgi bosqichi bo‘lgan simvolik mantiq(strukturaviy metod), matematik mantiq(matematik metodlar), dialektik mantiq(dialektik metod) va boshqalarni ajratish mumkin. Mantiq tarixidaesa dastlab shakllangantalimot ananaviy mantiq deb ataladi. Uni Aristotel xulosaviy bilim olish to‘g‘risidagi talimot sifatida asoslagan va “Analitikalar”ida sillogizm nazariyasi tarzida bayon qilgan.SHuning uchun ham mutafakkir yaratgan mantiqni mutaxassislar uning sillogistikasida deb bilishadi. Ananaviy mantiq mohiyatiga ko‘ra formal mantiqdir. Formal mantiq fikrning konkrent mazmuni, tafakkurning rivojlanishi jarayonini o‘rganishni o‘zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy strukturasi, shaklini, uni xarakterlaydigan qonunlarni o‘rnatadi. Bu formal mantiq masalalarini o‘rganishda simvollardan keng foydalanish, xususan, mantiqning formallashgan tilini yaratib, uni samarali qo‘llashga imkon berdi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish ularning aniqligi va adekvatligini orttirdi, qo‘llanish sohasini kengaytirdi, matematik metodlardan foydalanishni osonlashtirdi va buning natijasi o‘laroq, o‘zagini mulohazalar hisobi va predikatlar hisobi tarzida qurilgan klassik mantiq hosil qiluvchi simvolik mantiq shakllandi Uni bazan matematik mantiq deb ham atashadi. Xususan, N.I. Kondakov klassik mantiqning o‘ziga xosligini ikki qiymatli bo‘lishi(fikrni chin yoki xato deb baholashdan kelib chiqishi) hamda sivolikadan keng foydalanishga asoslanganligida deb bilgani holda uni matematik mantiqning bir yo‘nalishi deb hisoblaydi144. zamonaviy(simvolik) mantiq formal mantiq rivojining yuqori bosqichi bo‘lib, o‘z ichiga klassik va noklassik hamda relevant mantiq kabilarni oladi. Noklassik mantiqnning turli yo‘nalishlarida (ular birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi) mulohazalarning chinligi turli darajadagi ehtimollikdan iborat bo‘lishi, yani ko‘p qiymatli (ko‘p manoli) bo‘ladi. SHunga muvofiq ravishda ko‘p manoli noklassik mantiq turlari shakllangan. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling