Oddiy qatiy sillogizmning II figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
Katta asos umumiy mulohaza bo‘lishi kerak.
Asoslar bir-biridan sifatiga ko‘ra farqlanishi kerak.
II figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:
AEE-Camestres, eAE-Cesare, AOO-Baroko, eIO-Festino.164
Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi umumiy inkor mulohaza bo‘lgan AEE-Camestres shakli. Misol:
A. Hamma savollar so‘roq gap orqali ifodalanadi.
E. Hech bir farmon so‘roq gap orqali ifodalanmaydi.
E. Hech bir farmon savol emas.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi umumiy tasdiq, xulosasi umumiy inkor mulohaza bo‘lgan eAE-Cesare shakli. Misol: E. Hech bir daftar kitob emas.
A. Hamma o‘quv qo‘llanmalar kitobdir.
E. Hech bir o‘quv qo‘llanma daftar emas
Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan AOO-Baroko shakli. Misol:
A. Hamma tarixiy yodgorliklar davlat muhofazasidadir.
O. Bazi turar joylar davlat muhofazasida emas.
O. Bazi turar joylar tarixiy yodgorlik emas.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi juziy tasdiq, xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eIO-Festino shakli. Misol: E. Hech bir olim shuxratparast emas.
I. Bazi amaldorlar shuxratparastdir.
O. Bazi amaldorlar olim emas.
Sillogizm II figurasidan faqat inkor mulohaza ko‘rinishida xulosa chiqariladi. Oddiy qatiy sillogizm III figurasining maxsus qoidalari:
Kichik asos tasdiq mulohaza bo‘lishi kerak.
Xulosa juziy mulohaza bo‘lishi kerak.
III figuraning to‘g‘ri moduslari oltita:
AAI-Darapti, AII-Datasi, IAI-Disamis, eAO-Felapton, eIO-Ferision, OAO-
Do'stlaringiz bilan baham: |