Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xushmuomalalik.
Xushfellik. Ushbu axloqiy xatti-harakat meyoriylik nuqtai nazaridan g‘oyat muhim. CHunki, har bir jamiyat darajasi malum manoda undagi fuqarolar muomala madaniyatining YUk sak ligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfel, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi. Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada, o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo ana shunday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Xushfellik, shirinsuxanlik qay darajadadir ko‘proq kishining malum bir insoniy tabiatga intilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosiqlik, kamtarlik, kamsuqumlik, aksincha, ko‘proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan, insonning o‘z g‘azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so‘zlagisi, biror-bir gap bilan o‘zini ko‘rsatgisi kelib qolganda o‘sha istakni to‘xtata olishi kuchli irodani talab qiladi. shu bois muomala bosiq, kamtarin etti o‘lchab bir kesish tamoyili asosida ish ko‘rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo‘ladilar. Xushmuomalalik. Muomalaning asosiy manbaini so‘z tashkil etishi barchamizga malum. SHuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson botinidan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilamiz. Biroq, tashqariga chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz. YAni og‘izdan chiqqan yaxshi -yomon so‘z bevosita insonning ruhiyatiga o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon so‘z bilan muomala qilinsa – yomonlik. Xushmuomalalik ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra xushfellikka nisbatan keng qamrovlidir. U insonning ham xatti-harakati, ham muloqoti natijasida vujudga keladi. Xushmuomalalik o‘z ichiga muloyimlik, murosai madora, ohistalik, tagdorlik kabi sifatlarni qamrab oladi. SHuningdek, xushmuomalalik qatiy tartibga asoslagan axloqiy meyor hisoblanadi: u o‘zgani ranjitmaslik, birovga yomon so‘z aytmaslik, bahsmunozaraga kirishganda muholifni hurmat qilish, qo‘rslik va chapanilikdan holi bo‘lish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling