Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkor
- Kasb ahloqi
- Kasbiy odob
- 88. Kategoriya
Imperativ axloq (lot.imperativus -farmon) Kant etikasida axloqiy qonunni tavsiflovchi asosiy tushuncha. Kant falsafiy talimotida amaliy aqlni nazariy aqlga nisbatan ustun qo‘yiladi.
“Amaliy aql” deganda, keng manoda u etika, davlat va huquq nazariyasini, tarix falsafasi va dinni, antropologiyani; tor manoda esa, axloqiy xulq atvor tamoyillari va qoidalarini yaratuvchi aqlni tushunadi. Kant “Amaliy aql tanqidi” asarida inson yaxshilik va yomonlik haqida qalbining hissiy ishtiyoqi va intilishlariga asoslanib emas, aql zakovati yordamida xulosa chiqarish kerak, degan nazariyani o‘rtaga tashlaydi. In’ikos kamida ikkita ob’ektning o’zaro ta’siri natijasida yuz beruvchi jarayondir. Eng umumiy ma’noda, har qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo’lgan boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog’liq xossasiga in’ikos deyiladi. Inkor rad etish, qabul qilmaslik. Integratsiya kirib borish, to’ldirish, o’zaro yaqinlashish J Jadidlar (arabcha «usuli jadid») yangi zamonaviy usulda ta’lim- tarbiya madaniy-ma’rifiy ishlarni isloh qilish tarafdorlari. Jamiyat tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus sh akli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. K Kamtarlik avvalo o‘z – o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch – quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, u kishilar bilan shunchalik sodda kamtarona muomala qiladi, o‘z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. Boshqalarga nisbatan shirinsuhan bo‘ladi. Kamtar inson boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, o‘ziga bino qo‘yib, soxta shuxrat ketidan quvmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. Kasb ahloqi jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xattiharakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasbkoridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Kasb axloqi - har bir kasbhunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi. Kasbiy odob jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xattiharakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasbkoridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Odob (arab. adab so‘zining ko‘pligi) – jamiyatda etirof etilgan xulq normasi. 88. Kategoriya qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan. 89. Kategoriyalar falsafiy tushunchalar tizimi sistemasi Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling