Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Plyuralizm(lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi talimot. (Bu atamani falsafaga X.Volf 1712 yilda taklif qilgan).
Leybnitsning «monadologiyasi», yani monadalar haqidagi talimoti plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu talimotga ko‘ra, dunyo sonsanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi talimot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Bazan plyuralizmga mustaqil talimot sifatida emas, balki dualizmning o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o‘z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda echimini topmagan ruh va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar. Substansiyani barcha o‘zgarishlarning sababchisi va (causa sui) o‘z-o‘zining sababchisi sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak baholangan. U substansiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam beruvchi o‘zgarmas asos»50, deb tariflagan. Uningcha, substansiya har qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo‘ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o‘zgarish uning modusi, yani o‘zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin. Hozirgi zamon falsafasida substansiya kategoriyasining ontologik mazmuni o‘zaro tasir sifatida tushuniladi. Chunki aynan o‘zaro tasir dunyo yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning causa finalisi hisoblanadi. Narsalarni substansiyalilik nuqtai nazaridan o‘rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va o‘zaro tasirlar nuqtai nazaridan yoritish, demakdir. Shu manoda substansiyani ichki birlik nuqtai nazaridan, uning Cheksiz va rang-barang o‘zgarishlaridan qatiy nazar qaraladigan obektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo‘q bo‘luvchi tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtai nazaridan yondashiladigan materiya deb tariflash mumkin. Shunday qilib, substansiyaning xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi); universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi); yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi); yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi). Falsafada «Substansiya» kategoriyasiga «substrat» (lot. – to‘shama, negiz) tushunchasi yaqin turadi, deb qaraladi. Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Qadimgi atomistik talimotlarda atomlar ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o‘ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, malum fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o‘zaro tasirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo‘lish va o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo‘ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarning molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o‘zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling