Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Sistema, struktura, element


Download 1.22 Mb.
bet90/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo‘lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. SHu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ‘ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. YA’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida to‘zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to‘zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ‘ibiy to‘zilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaroichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. YA’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy to‘zilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy to‘zilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. SHuni alohida ta’kidlash kerak-ki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va extiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqilsistema sifatida olibqarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muxim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko‘ramiz. SHunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. SHuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo‘lib xisoblanadi. Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra:
muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. CHunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Birok, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutloqo nisbiy hamda shartli harakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va extiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. YA’ni, sistemadagi uning harakterini belgilab to‘rgan muxim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni kiyosiytahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. CHunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko‘rsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. SHuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling