Albert Eynshteyn


Download 0.8 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1245997
Bog'liq
Oxunjonov Asrorbek

Albert Eynshteyn

Albert Eynshteyn 1879 yilning 14-mart sanasida Avstriyaga qarashli Ulm shahrida tavallud topgan. Bo‘lajak buyuk fizikning otasi German Eynshteyn ham, maktab chog‘laridayoq tengdoshlariga nisbatan kuchli zehni va ajoyib matematik qobiliyati bilan ajralib turgan ekan. Albert 1 yoshga to‘lgan yili, Eynshteynlar oilasi Myunxenga ko‘chib o‘tadi. Albert Eynshteyn 5 yoshlik paytida unga kompas sovg‘a qilishgan. Yosh Albert ushbu ajoyib narsaning xususiyatlaridan hayratlanib, butun kelajak hayotiga ta'sir ko‘rsatuvchi kuchli qiziqishlar olamiga sho‘ng‘ib ketgan. Keyinchalik, 12 yoshlik chog‘ida uning qo‘liga Yevklidning geometriya kitobi (ya'ni, "Boshlang‘ichlar" asari) tushib qoladi. Eynshteyn o‘zining fizika va umuman ilm-fan olamiga kirib kelishida bolaligida qo‘liga kelib tushgan aynan o‘sha ikkita narsa - kompas va geometriya kitobi hal qiluvchi o‘rin tutganini ko‘p bora ta'kidlagan.

  • Myunxenda Albert Eynshteyn avvaliga oddiy boshlang‘ich maktabga, keyinroq esa maxsus gimnaziyaga qatnay boshlagan. 6-sinfgacha bo‘lgan ta'limni Germaniyada olgan yosh Albert, keyinchalik Milanga yo‘l oladi va mustaqil o‘qiy boshlaydi.
  • 1895 yilning kuzida u Shveytsariyaga ko‘chib o‘tadi. Uning maqsadi Syurixdagi oliy texnika o‘quv yurtiga - Syurix Politexnikumiga o‘qishga kirish bo‘lgan. Biroq, dastlabki urinishda Eynshteyn imtihonlardan o‘ta olmagan. Uni gumanitar fanlar va botanika, hamda, fransuz tilidan o‘tkazilgan imtihonlardagi bahosi qoniqarsiz bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da Syurix Politexnikumi direktori Eynshteynning aqliy salohiyatini o‘z vaqtida ilg‘ab qoladi va unga Aaraudagi maktabda vaqtincha o‘qib, o‘sha maktabning attestatiga ega bo‘lishi mumkinligini aytadi. Politexnikum direktori Eynshteynga "Siqilmang, Juzeppe Verdini ham Milan konservatoriyasiga darhol qabul qilishmagan. Sizning kelajagingiz porloq, men bunga aminman" - degan ekan o‘sha direktor.
  • Albert Eynshteyn direktorning maslahatiga ko‘ra Aarauga yo‘l oladi va u yerda bir yil ta'lim olgach, fizika o‘qituvchisi bo‘lishga qaror qiladi. U yil davomida avvalgiAlbert Eynshteynning fotosuratlari ichida uning eng kichik yoshdagi payti
  • Albert Eynshteynning fotosuratlari ichida uning eng kichik yoshdagi payti
  • imtihonda o‘ziga yetishmagan bilimlarni qaytadan mukammal o‘zlashtirib, puxta tayyorgarlik ko‘radi va keyingi imtihonda Syurix Politexnikumining fizika o‘qituvchiligi fakulteti talabasiga aylanadi.
  • Politexnikumda ta'lim ola boshlagan dastlabki yiliyoq Eynshteyn ko‘p vaqtini mazkur ilmiy dargohning yaxshi jihozlangan fizika laboratoriyasida o‘tkaza boshlagan. U hamma tajribalarni o‘zi, o‘z qo‘li bilan bajarishni istaydigan injiq va o‘ta qiziquvchan talaba bo‘lgan. Nazariy fizikaga bo‘lgan yuksak qiziqishidan tashqari, Eynshteyn talabalik yillarida shuningdek geologiya, madaniyatshunoslik, tarix, iqtisodiyot, hamda, adabiyotshunoslik fanlari bilan ham jiddiy qiziqqan. U darslardan tashqari vaqtini asosan yoki laboratoriyada, yoki kutubxonada o‘tkazardi. Ko‘pincha, u mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha kursdoshlaridan o‘zib ketib, asosan mustaqil izlanishlar bilan band bo‘lgan. Uning mutolaa stolida German Gelmgolts va Genrix Gerslarning ilmiy ishlarini, shuningdek, Darvinning asarlarini doimo uchratish mumkin edi.
  • Albertning Shveytsariya fuqaroligini olishga intilishining ikkita sababi bor edi: birinchidan, agar u Germaniyada qolsa, uni harbiy harakatlarga - urushlarga albatta jalb qilishardi. Albert esa nemis armiyasida xizmat qilishni istamagan. Ikkinchida, Shveytsariyada ishlash, masalan, o‘qituvchilik qilish uchun ushbu mamlakat fuqarosi bo‘lish talab etilardi. U Shveytsariyadagi biror oddiy maktabda bo‘lsa ham fizika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlashni ko‘zlab turgandi. 1900 yil yozida Eynshteyn Syurix Politexnikumini o‘rtacha baholar bilan tamomladi. Unga fizika va matematika o‘qituvchisi diplomi topshirildi. Bir yil o‘tib, 1901 yilda u Shveytsariya fuqaroligiga ham erishdi. o‘sha yili uni Shveytsariya armiyasiga ham chaqirishgan. Biroq, Albert yassitovon bo‘lgani uchun uni armiyaga olishmagan.
  • Politexnikumni tamomlagach, keyingi ikki yil davomida Eynshteyn o‘ziga ish topolmay sarson bo‘lib yurgan. Unga Vintertur kichik aholi manzilidagi o‘rta maktabda fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlashni taklif etganida quvonchi ichiga sig‘may ketgan ekan. Chunki u vanihoyat doimiy ish topganidan behad xursand bo‘lgan. Biroq, yosh fizik o‘qituvchining xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Unga ishbay haq to‘lashgan va shu sababli, u dars yo‘q paytda pulsiz va ovqatsiz qolib juda qiynalgan. Bunday hayot tarzini bizning xalqimizda "it yotish mirza turish" deyiladi. Xullas, Eynshteyn Vinterturdagi fizika o‘qituvchiligi faoliyatidan tezda hafsalasi so‘nib, yana boshqa ish izlashga tushib ketgan. Uning Vinterturda ba'zan kunlab ovqatlanmasdan och qolib ketishi natijasida surunkali buyrak kasalligini orttirib olgan edi. Ushbu kasallik olimni butun keyingi hayoti davomida ta'qib qilib kelgan. Vinterturdan ketar ekan, unga Shafxauzen degan joyda fizika va matematikadan o‘qituvchilik qilish taklifi tushadi. U Shafxauzenga yetib borib, ishni boshlab yuboradi. Qo‘shimcha ravishda, o‘sha yerning o‘zida Shveytsariyaning oliy o‘quv yurtlariga kirish istagida bo‘lgan xorij fuqarolari uchun tashkillangan tayyorlov kurslaridan ham matematikadan dars beradi.
  • Politexnikumni tamomlagach, keyingi ikki yil davomida Eynshteyn o‘ziga ish topolmay sarson bo‘lib yurgan. Unga Vintertur kichik aholi manzilidagi o‘rta maktabda fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlashni taklif etganida quvonchi ichiga sig‘may ketgan ekan. Chunki u vanihoyat doimiy ish topganidan behad xursand bo‘lgan. Biroq, yosh fizik o‘qituvchining xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Unga ishbay haq to‘lashgan va shu sababli, u dars yo‘q paytda pulsiz va ovqatsiz qolib juda qiynalgan. Bunday hayot tarzini bizning xalqimizda "it yotish mirza turish" deyiladi. Xullas, Eynshteyn Vinterturdagi fizika o‘qituvchiligi faoliyatidan tezda hafsalasi so‘nib, yana boshqa ish izlashga tushib ketgan. Uning Vinterturda ba'zan kunlab ovqatlanmasdan och qolib ketishi natijasida surunkali buyrak kasalligini orttirib olgan edi. Ushbu kasallik olimni butun keyingi hayoti davomida ta'qib qilib kelgan. Vinterturdan ketar ekan, unga Shafxauzen degan joyda fizika va matematikadan o‘qituvchilik qilish taklifi tushadi. U Shafxauzenga yetib borib, ishni boshlab yuboradi. Qo‘shimcha ravishda, o‘sha yerning o‘zida Shveytsariyaning oliy o‘quv yurtlariga kirish istagida bo‘lgan xorij fuqarolari uchun tashkillangan tayyorlov kurslaridan ham matematikadan dars beradi.
  • Patent idorasidagi ish Eynshteyn juda yoqib qolgan. Ushbu idorada bo‘lajak olim 7 yildan ziyodroq vaqt mobaynida, ya'ni, 1902-yildan 1909 yilgacha faoliyat yuritgan. U aynan o‘sha yillarda o‘zining ajoyib, olamshumul maqolalarini yozgan va yetuk nazariyotchi fizik sifatida dunyoga tanilgan. Idoradagi odatiy ish kunidan keyin uning ixtiyorida yana ancha ko‘p bo‘sh vaqti qolardi va qiziquvchan Eynshteyn bu vaqtdan nihoyatda unumli foydalanardi. Idoraning patent uchun kelgan talabnomalarni sinashga mo‘ljallangan asbob-uskunalari va yaxshi jihozlangan laboratoriyalari Eynshteyn uchun ideal sharoitlarni taqdim etgan.
  • Bern patent idorasida doimiy ish o‘rniga va barqaror moliyaviy ta'minot manbasiga ega bo‘lgan Albert Eynshteyn uylanishga qaror qiladi. Uning tanlovi - asli Xorvatiyalik bo‘lgan Mileva Marich ismli qiz edi. Ota-onasining, ayniqsa onasi Paulina Koxning jiddiy qarshiligiga qaramay, Albert va Mileva turmush qurishadi va Berndagi ko‘pqavatli uylardan biridan ijaraga xonadon topib, yashay boshlashadi.
  • 1904-yilning may oyida Albert va Milevaning oilasida to‘ng‘ich o‘g‘il farzand - Gans-Albert dunyoga kelgan.
  • Mileva Marich ham Syurix Politexnikumi bitiruvchisi bo‘lib, uning Eynshteynning ilmiy ishlarida yaqindan yordam bera oladigan, ajoyib mantiqiy fikrlash qobiliyati bo‘lgan. Eynshteynlar oilasini yaqindan tanigan ko‘pchilik olimlar shuni ta'kidlashganki, Mileva ham aqliy salohiyat bobida Albertdan hecham qolishmaydigan, yetuk fizik bo‘lgan. Albert va Mileva oilada ham, ilmiy izlanishlarda ham bir-birlarini to‘ldiradigan, bir butunning ikki bo‘lagi kabi bo‘lishgan. Eynshteynning ko‘plab g‘oyalarida Mileva Marichning ham salmoqli ulushi bo‘lgan albatta. Biroq, Mileva Marich ko‘pincha farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgani, qolaversa, ilmiy izlanishlarni oila nomidan Albertning o‘zi e'lon qilishi yetarli bo‘ladi deb hisoblagani uchun, aksar hollarda panada qolishni ma'qul ko‘rgan.
  • Albert o‘zi esa, ko‘pincha o‘zining tashqi ko‘rinishiga deyarli e'tibor bermaydigan, odatda juda jo‘n kiyinadigan, sochi to‘zg‘igan holda yuruvchi odam bo‘lgan. U oddiylikni yoqtirardi. Lekin bu borada ba'zan me'yordan chiqib ketardi. Kunlardan bir kun, tanishlaridan biri unga "nega yuvinish va soqol olish uchun boshqa-boshqa sovun ishlatmasdan, har ikkalasi uchun bitta sovun bo‘lagidan foydalanasiz?" - deb savol berib qoladi. Bunga javoban Eynshteyn - "Ikkita sovun men uchun juda murakkablik qiladi" - degan ekan. Eynshteyn o‘zini-o‘zi "lo‘li", yoki, "darvesh" deb atardi va bundan uyalmasdi.
  • Eynshteyn 1904 yilda issiqlikning molekulyar nazariyasi va statistik mexanikaga bag‘ishlangan ikkita maqolasini "Fizika solnomalari"ga yubordi. Ushbu maqolalar 1905 yil boshida bosilib chiqqan. Keyinchalik, XX asrning eng mashhur fiziklaridan bo‘lmish Lui de Broyl ta'kidlaganidek, Eynshteynning mazkur ikki maqolasi tun qo‘ynida kuchli yorug‘lik paydo qiluvchi mash'ala misol fizika fanini charog‘on qilib yuborgan edi.
  • Mazkur maqolalar nafaqat Yevropa, balki butun dunyo ilm-fanida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Aynan o‘sha maqolalardan keyin Albert Eynshteyn, biz tanigan fizik daho timsoliga kirib borgan edi. Ushbu maqolalarda yoritilgan eng muhim masalalar shundan iborat ediki, ularda olim Broun harakatining mohiyatini yangi nuqtai nazardan bayon qilib, berilgan hajm birligidagi molekulalar sonini hisoblash bo‘yicha amaliy takliflarni kiritgan. Ushbu takliflar asosida ilmiy izlanish olib borgan fransuz olimi Jan Perren, ko‘p o‘tmay Eynshteynning haq ekanini isbotlagan. Perrenning o‘sha ishlari uchun unga Nobel mukofoti topshirilgan edi. Shuningdek, o‘sha maqolalarda Eynshteyn, ba'zi metallarning elektromagnit nurlanishlar ta'sirida o‘zidan elektronlar chiqarishi hodisasini tushuntirib bergan. Fizika fotoeffekt hodisasi deb nom olgan ushbu jarayon bo‘yicha yana shuningdek farang olimi Filipp Delinar va olmon olimi Maks Planklar ham izlanish olib borishayotgan edi.
  • Eynshteynning "Fizika solnomalari"ga bergan uchinchi, lekin eng muhim maqolasida olimni butun olamga mashhur qilgan olamshumul maxsus nisbiylik nazariyasi bayon qilingan edi. Ushbu maqolada Eynshteyn, tabiatda biror bir jism yorug‘lik tezligidan kattaroq tezlikka erisha olmasligini ta'kidlovchi muhim va ajoyib ilmiy xulosani keltirib chiqaradi. Ushbu xulosa asosida esa, Eynshteyn, jismning massasi uning tezligiga bog‘liq ekanini payqab qoladi. Eynshteyn, massa aslida "muzlatilgan energiya" ekanini hammadan birinchi bo‘lib anglab yetgan va buni o‘z maqolasida bayon qilib bergan edi. U aynan o‘sha maqolasida, o‘zining mashhur E=mc2 formulasini keltirib chiqaradi. Ya'ni, jismning energiyasi - uning massasi bilan yorug‘lik tezligining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi!
  • Albert Eynshteyn butun dunyoga mashhur bo‘lib, fiziklarni yangi-yangi inqilobiy g‘oyalar bilan hayratlantirayotgan bir paytda, uning vatani Germaniyada hukumat tepasiga millatchi fashistlar chiqib olishayotgan edi. Fashistlar siyosatidagi eng qabih ishlardan biri, ular barcha yahudiylarni qirg‘in qilish rejasi bilan yashashardi. Eynshteyn esa, kelib chiqishiga ko‘ra yahudiy bo‘lgan. U qanchalik mashhur olim bo‘lmasin, fashistlarni faqat millati qiziqtirardi va bu narsa uning hayoti uchun xavf tug‘dira boshlagan edi. Germaniyada olim 1933-yilgacha chidab yashab keldi. Lekin, fashistlarning millatchilikka asoslangan etnik tozalov ishlari borgan sari xatarli tus olmoqda edi. Antisemitizm va millatchilik g‘oyalari bilan yo‘grilgan, hamda, bir necha chalasavod g‘alamis millatchi olimlardan iborat bir guruh, Eynshteynni doimiy ta'qib qilishga tushdi. Ular olim ustidan kuladigan, masxaralovchi ahmoqona g‘oyalar bilan muntazam chiqish qilishardi. Eynshteynni obro‘sizlantirishga qaratilgan ahmoqona fashistik ilmiy yo‘nalish "Antinisbiylik Kompaniyasi limited" deb nomlangan. Hukumat tepasiga gitler chiqqandan keyin esa, ushbu nayrangbozlikka asoslangan ahmoqona harakat, endi Eynshteynning hayoti va salomatligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid sola boshladi. Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, olim jonini omon saqlash uchun Germaniyadan qochib AQSHga muhojirlikka ketishga majbur bo‘ldi.
  • Shu tarzda, Eynshteyn hayotining so‘nggi yillari asosan tinchlik yo‘lida kurash va urushlarni oldini olish masalalari bilan o‘tdi.
  • 1955-yilning 18-aprelida, tun yarimidan oqqan vaqtda, ya'ni, soat 1-25 da XX-asrning shubhasiz eng buyuk olimi Albert Eynshteyn olamdan ko‘z yumgan. U hayotda o‘ta kamtar va sodda odam bo‘lgan. Olim o‘limidan keyin ham odamlarning uning qabri uzra hashamat barpo qilib yuborishlarini va uning shaxsiyatiga haddan ziyod hurmat keltirishlarini istamagan. Shu sababli ham uning vasiyatida, murdasini ko‘mmaslikni, aksincha, yoqib, kulini shamolga sovurilishini istagan. U o‘zi uchun motam marosimlari uyushtirilmasligini, hamda, tobut ustida marsiya o‘qilmasligini vasiyat qilgan. Shunday qilib, Albert Eynshteyn hech qayerga dafn qilinmagan...

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling