Albom b: Amirov s. T: islamova d
Download 1.47 Mb.
|
yodgorliklardan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hazrati xizr masjidining xozzirgi ko’rinishi
- Mustaqillik yillaridagi holati
Albomb: Amirov s.T: islamova d.Reja: 1. umumiy ma’lumotlar. 2.foto ma’lumotlar. 3.Tarixiy joylashgan o’rni va arxitekturasi. 4.tamirlangan xolati (kimlar, qachon) 5.bugungi holati, tamir talan joylari 6. obektning plani, fasadi va qirqimiHazrati Xizr masjidi — SAMARQANDDAGI ME’MORIY YODGORLIK (19-ASR O’RTALARI); AFSONAVIY O’LMAS SHAXS HAZRATI XIZR NOMI BILAN BOG’LIQ. BINO SHOHIZINDA MAJ,UASI QARSHISIDAGI TEPALIKDA JOYLASHGAN. MASJID POY DEVORI USTIGA QURILGAN MEHROBDAGI YOZUVGA KO’RA (1855 YIL). MASJID XONAQOH, UNING 2 YONIDA HUJRALAR, QO’SHIMCHA XONALAR, OMBOR XONA, MINORADAN IBORAT.keyinchalik binoga qoʻshimcha ayvon (1899), darvozaxona (1919) qurilgan. Bosh tarzidagi’ tik zinapoyadan darvozaxonaga chiqiladi, undan uncha katta boʻlmagan xonaga kiriladi. Darvoza peshtoqgumbazli, peshtoqning 2 burchagiga qubbasi qovurgʻali guldasta-minoralar ishlanganpeshtoqning chap tomonida ravoqli, oʻymakori bezatilgan 5 ta yogʻoch ustunli peshayvon jozibador naqshlar bilan serhasham bezatilgan, qirma usulidagi ganch bezaklar mahorat bilan ishlangan. Peshayvondan baland gumbaz bilan yopilgan xonaqohga utiladi. Tashqarisi piltavor gumbaz 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan, oraligʻi muqarnaslar bilan ziynatlangan. Peshtoq hamda qafasali minora koshinkori bezatilgan, peshtoq poy-gumbaziga ravoqli darchalar ishlangan. Bino 20-asr 90-yillarida qayta taʼmirlandiHazrati xizr masjidining xozzirgi ko’rinishiHazrati xizr masjidining xozzirgi ko’rinishiHazrati xizr masjidining xozzirgi ko’rinishiHazrati xizr masjidining xozzirgi ko’rinishiTarixiy foto suratiTarixiy foto suratiMustaqillik yillaridagi holatiMustaqillik yillaridagi holatiMasjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati Xizr nomi bilan atalgan. Ma’lumotlarga ko’ra, dastlab sajdagohi mavjud bo’lgan. VIII asrda arablar tomonidan otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlanadi. Shu tepalikdagi ibodatxona o’rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid binosi quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi.Hoja Doniyor, Qusam ibn Abbos va Hazrati Xizr ziyoratgohlari aslida bitta majmua bo’lgan. Masjidga kiraverishdagi marmar toshda ko’rsatilgan “ 1854 yil ” yozuvi uning Buxoro amiri Amir Muzaffarxon tomonidan tiklanganligiga ishoradir. 1899 yilda masjidning ayvon va darvozaxona qismi qayta qurilgan. Darvoza yuzasiga yozilgan hijriy 1336 yil (melodiy 1916-1917 yillar) yozuvi darvozaxona va minoraning qayta tiklangan vaqtini anglatadi. Fikrimizni xonaqoh mehrobidagi 1274 yil hijriy (1854 melodiy yil), 1302 hijriy yil (1884 melodiy yil) degan yozuvlar isbotlaydi. Mustaqillik yillarida hazrati Xizr masjidi mamlakat rahbariyati qo’llab-quvvatlashi bilan bir necha bor mukammal ta’mirlandi, masjid yonida joylashgan Arzis qudug’i qayta tozalanib, qadimiy holiga qaytarildi.Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling