Alenova Nargisaning " Aruz vaznining maktabtablarda o‘rgatilish metodikasi"


Asl ruknlar Paradigmasi (taqte’si)


Download 39.14 Kb.
bet4/4
Sana16.03.2023
Hajmi39.14 Kb.
#1278684
1   2   3   4
Bog'liq
Aruz vaznining maktablarda o‘rgatilishi

Asl ruknlar

Paradigmasi (taqte’si)

Bahri

1

Fa-uv-lun

V - -

Mutaqorib

2

Fo-i-lun

  • V -

Mutadorlik

3

Fo-i-lo-tun

- V - -

Ramal

4

Ma-fo-iy-lun

V - - -

Hazaj

5

Mus-taf’-i-lun

- - V -

Rajaz

6

Ma-fo-i-la-tun

V-VV -

Vofir

7

Mu-ta-fo-i-lun

V V –V -

Komil

8

Maf’-uv-lo-tu

- - - V

-

Baytda ruknlarning miqdori, ruknlar tarkibidagi hijolarning miqdori teng va bir xil bo‘lishi barmoq she’r tizimida misralardagi turoqlar va bo‘g‘inlar teng bo‘lishi kabi muhimdir. Baytdagi ruknlar miqdoriga qarab mumtoz adabiyot namunalari quyidagicha tasniflanadi:



  1. «Murabba’»- baytda ruknlar soni to‘rtta bo‘lgandagi nomlanishi. Masalan:

Far-yod-kim\\ gar- du-ni dun\\ ( 2 ta rukn)
- - v - \\ - - v - \\
Ay-lar yu-rak\\ bag‘-rim-ni xun.\\ ( 2ta rukn)
- - v - \\ - - v - \\
Jami: 4 ta. Nomlanishi : murabba.

  1. «Musaddas» - baytda ruknlar sonining oltita bo‘lishi. Masalan:

De-di: «Qay-din \\ se-n, ey maj-nu\\ ni gum-rah? » \\ ( 3 ta rukn)
V - - - \\ v - - - \\ v - - \\
De-di: «Maj-nun \\ va-tan-din qay\\da o-gah?»\\ (3 ta rukn)
V - - - \\ v - - - \\ v - - \\
Jami : 6 ta rukn. Nomlanishi : musaddas.
3. «Musamman»- baytda ruknlar sonining sakkizta bo‘lishi. Masalan:
Me-ni-men-is\\ ta- gan-o‘z-suh\\ ba- ti-g‘a-ar\\ ju-man-det-mas\\ ( 4 ta rukn)
V - - - \\ v - - - \\ v - - - \\ v - - - \\
Me-ni-is-tar \\ ki-shi-ning-suh \\ ba-tin-ko‘ng-lum \\ pi-san-det-mas \\ (4 ta rukn)
Jami bir baytda 8 ta. Nomlanishi : «musamman».
O‘quvchilarga rukn haqida tushuncha berilgach, keyingi aruz birligi bahr haqida nazariy bilim beriladi.
Bahr haqida ma’lumot
Bahr ( arabcha «dengiz») – aruz vaznidagi eng yirik o‘lchov turi. Ruknlar takrorlanib aruzda turli bahrlarni yuzaga keltiradi. Masalan : «fo-i-lo-tun» rukni takroridan ramal bahri hosil bo‘ladi. Unda bir cho‘ziq, bir qisqa, ikki cho‘ziq hijo ishtirok etadi.
Me-ni-shay-do \\ qi-la-dur-g‘on \\ bu-ko‘-ngul-dur \\ bu-ko‘-ngul \\

  • V - - \\ - V - - \\ - V - - \\ - V - \\

Xo-ru-ras-vo \\ qi-la-dur-g‘on \\ bu-ko‘-ngul-dur \\ bu-ko‘-ngul \\

  • V - - \\ - V - - \\ - V - - \\ - V - \\

Taqte’si :
Fo-i-lo-tun \\ fo-i-lo-tun \\ fo-i-lo-tun \\ fo-i-lun \\
Fo-i-lo-tun \\ fo-i-lo-tun \\ fo-i-lo-tun \\ fo-i-lun \\
Birinchi misrada 4 ta rukn (hijolari : 4+4+4+3), ikkinchi misrada ham 4 ta rukn (hijolari : 4+4+4+3) jami bir baytda 8 ta rukn, ya’ni ramali musamman.
«Mafoiylun» rukni takroridan hazaj bahri hosil bo‘ladi.
Tu-tur-men-ko‘z \\ ki-ko‘r-sam-o \\ ra-zing-ni \\
Ki-der-lar : -Oq \\ qan-a-riq-qa \\ o-qar-su \\

Taqte’si :


Ma-fo-iy-lun \\ ma-fo-iy-lun \\ fa-uv-lun \\
Ma-fo-iy-lun \\ ma-fo-iy-lun \\ fa-uv-lun \\
Ushbu bayt tarkibidagi 1-misrada 3 ta rukn ( hijolar : 4+4+3), 2-misrada ham 3 ta rukn (hijolar : 4+4+3) ishtirok etgan va bu g‘azal «hazaji musaddas» hisoblanadi.
Asl ruknlar takroridan quyidagi bahrlar vujudga keladi: Faulun (mutaqorib), foilun (mutadorik), mafoiylun (hazaj), foilotun (ramal), mustaf’ilun (rajaz) turkiy adabiyotda qo‘llanadi. Komil bahri kamroq qo‘llanadi, vofir esa qo‘llanmagan. O‘zbek she’riyati tarixida asosan 3 ta bahr keng qo‘llangan.
Bahrdagi ruknlar va ruknlar tarkibidagi turli xil hijolarni ko‘rsatuvchi asosiy qolip – chizmalar paradigma ( taqte’) deyiladi. Masalan : «fa-uv-lun» ruknining taqte’si : «V - -».
Aruzda yana «solim», «maqsur», «mahzuf» kabi atamalar ham mavjud. Bu atamalar haqida ham ma’lumot berilishi darkor.
«Solim» – bir misradagi oxirgi ruknning to‘liq bo‘lishi, ya’ni 4+4+3 emas, balki 4+4+4 ( ma-fo-iy-lun \\ ma-fo-iy-lun \\ ma-fo-iy-lun \\).
Agar oxirgi rukn misralarda qisqargan tarzda kelsa, 4+4+3 (ma-fo-iy-lun \\ ma-fo-iy-lun \\ fa-uv-lun \\) bahr nomiga «mahzuf» so‘zi qo‘shiladi. Agar misra so‘ngida qisqargan ruknning oxirgi hijosi o‘ta cho‘ziq ( «fo-i-lon», «fa-ol») bo‘lsa, bahr nomiga «maqsur» so‘zi qo‘shib aytiladi.
Mana shu singari aruz haqidagi bilimlar har bir sinfda berib borilsa, IX-XI sinflarda o‘quvchilar g‘azallarni mustaqil tahlil qila olishadi. Albatta, bu sinflarda ham aruz ilmlari to‘ldirilib boriladi.
Aruz tizimidagi asosiy atamalar:
1. Rukn (ustun) - baytda cho‘ziq va qisqa hijolarning ma’lum bir tartibda takrorlanib keluvchi bo‘lagi.
2. Vasl (ar.«ulanish»j -hijolarning bir-biriga ulashib ketish hodisasi.
3. Sabab - mustaqil cho ‘ziq hijo (bir cho‘ziq yoki ikki qisqa).
4. Zihof (o‘zgarish).
5. Sadr -birinchi misraning birinchi rukni.
6. Aruz - birinchi misraning oxirgi rukni:
7. Ibtido - ikkinchi misraning birinchi rukni.
8. Zarb -ikkinchi misraning oxirgi rukni.
9. Hashv - orada qolgan ruknlar
Aruz tizimida 13 ta bahr keng qo‘llangan. Turk adabiyotida 4 ta bahr faoldir: ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib. O‘quvchilar mana shu 4 bahrni bilib olsalar, o‘qituvchi qo‘ygan maqsadiga erishadi. Aruz vaznining maktablarda o‘rgatilishi ketma-ketlikda, izchillik bilan olib borilsa, kutilgan natijaga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. Hojiahmedov A. Maktabda aruz vaznini o‘rganish, - T.: O‘qituvchi, 1995.
2. Hojiahmedov A. Navoiy aruzi nafosati, - T.: Fan, 2006.
3. Sariyev Sh, Matjonov S. O‘zbek adabiyoti. Qo‘llanma.
4. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi, - T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
5. Yusupova D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. – T.: Ta’lim-Media, 2019.
6. Yusupova D. Aruz alifbosi. – T.: Akademnashr, 2015.
7. Olimov S, Ahmedov S, Qo‘chqorov R. Umumiy orta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. – T.: G‘. G‘ulom nashriyoti, 2019.
8. https://fayllar.org. Aruz vazni haqida maqola. 2022.
9. https://fayllar.org. Aruz tizimi: aruz haqida tushuncha. 2022.
10. https://ndpi.uz. Aruz va poetika asoslari. 2020.

1 Yusupova D.Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. – T.: Ta’lim-Media, 2019.

2 . Yusupova D. Aruz alifbosi. – T.: Akademnashr, 2015.

Download 39.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling