Algebraik va transtendet tenglamalar ildizlari yotadigan oraliqlar ajratib olingandan soʻng tenglamaning ildizini taqribiy hisoblash uchun, taqribiy hisoblash usullaridan biri qoʻllaniladi
Download 14.91 Kb.
|
Hisoblash usullari 2-mavzu javoblar
Algebraik va transtendet tenglamalar ildizlari yotadigan oraliqlar ajratib olingandan soʻng tenglamaning ildizini taqribiy hisoblash uchun, taqribiy hisoblash usullaridan biri qoʻllaniladi. Algebraik va transtendet tenglamalar ildizlarini taqribiy hisoblash usullari: nyuton yoki urinmalar usuli, vatarlar va iteratsiya usuli, kesmani teng ikkiga boʻlish usuli . Shulardan kesmani teng ikkiga boʻlish usulini koʻrsak: berilgan [a;b] kesma teng ikkiga boʻlinib [a;c] yoki [c;b] kesmalarda f(a)*f(c)<0 yoki f(c)*f(b)<0 shart tekshiriladi va c=(a+b)/2 qilib olinadi va ildiz b-a≤€ shart bajarilgunga qadar davom etadi. Ildizlarni ajratish uchun foydalaniladigan teoremalar. Agar f(x) funksiya [a,b] da uzluksiz boʻlib, oraliqning oxirlarida turli ishorali qiymatlarni qabul qilsa, u holda f(x)=0 tenglamaning bu oraliqda hech boʻlmaganda bitta ildizi bor. Agar f'(x) mavjud boʻlib, u [a,b] da ishorasini saqlasa, u holda [a,b] da f(x)=0 ning ildizi yagonadir. F(x ) funksiya [a,b] da analitik boʻlib, f(a)*f(b)<0 shart oʻrinli boʻlsa, f(x)= 0 tenglamaning [a,b] da yotadigan ildizlari soni toqdir. Faraz qilaylik, Ax=b sistema bitor usul bilan x=Bx+b koʻrinishga keltirilgan boʻlsin va dastlabki yaqinlashish vektori x(0) topilgan boʻlsin. Agar keyingi yaqinlashishlar x(k)=Bx(k-1)+c (k=1,2,...) rekurrent formulalar yordamida topilsa, bunday metod oddiy iteratsiya metodi deyiladi. X= Bx+b dan koʻrinib turibdiki, oddiy iteratsiya metodi bu birinchi tartibli toʻliq qadamli iterasion metoddir. X(k)=Bx(k-1)+c (k=1,2...) oddiy iteratsiya jarayoni oʻzining ixtiyoriy dastlabki yaqinlashish vektori x(0) da yaqinlashuvchi boʻlishi uchun B matritsaning barcha xos sonlari birdan kichik boʻlishi zarur va kifoyadir. X(k)=Bx(k-1)+c (k=1,2...) oddiy iteratsiya jarayonining yaqinlashuvchi boʻlishi uchun B matritsaning biror normasi birdan kichik boʻlishi kifoyadir. 0>0>0> Download 14.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling