Algoritm kutubxonasi. Sonli hisoblash funksiyalarning kutubxonasi
Download 24.92 Kb.
|
C ALGORITM KUTUBXONASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ALGORITM KUTUBXONASI.SONLI HISOBLASH FUNKSIYALARNING KUTUBXONASI. Reja: Kirish 1.Algoritm haqida tushuncha. 2.Algoritm kutubxonasi. 3. Sonli hisoblash funksiyalarning kutubxonasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Algoritm –berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo’lgan aniq ko’rsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng ma’noda faqat kompyuterga oid atama bo’lmay balki unda berilgan ko’rsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir. Algoritm –ma’lum bir turga oid masalalarni yechushda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur).Kibernitika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Algoritm so’zi Al-Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib chiqqan bo’lib.Muxammad Muso Al-xorazmiyning X asrda yaratilgan qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalari saoddaligi tufayli yevropada ham o’nlik sanoq sistemasi qo’llanilishiga turtki bo’ldi.Bu qoidalar tarjimasida har bir qoida “Al-Xorazmiy aytadiki “ deb boshlangan va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan. Hozirgi paytda algoritm sifatida biror masalani ishlash yoki biror ishni bajarish uchun qilinishi kerak bo’lgan tartiblangan chekli sondagi aniq bir qiymatli korsatmalar ketma-ketlgi tushuniladi.Algoritm tushunchasi keng ma’noda tahlil qilish mumkin. Masala:Biror manzildan boshqa manzilga borish uchun shahar transportidan foydalanib qanday borish mumkin,degan savolga biz ma’lum algoritm tavsiya qilishimiz mumkin.Pazandalik kitobida ,masalan,palovni pishirish qoidasi keltriladi.Bu ham o’ziga xos algoritm hisoblashlar ishlanadigan masala algoritmni biz hisoblash algoritmi deymiz. Biz asosan hisoblash algoritmlari haqida so’z yuritamiz,Algoritmlarga xos bo’lgan belgi va talablarni sanab o’tamiz.Har qanday algoritm quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak: Determinantlik sifati-berilgan boshlang’ich qiymatlarda bir qiymatli javob olinishi ; Ommaviylik sifati-ma’lum turdagi masalalar uchun turli boshlang’ich qiymatlarda yechim olish mumkin bo’lishi; Diskretlilik sifati –algoritmni EHM(Elektron Hisoblash Mashinalari) yoki inson tomonidan bajarilishi mumkinligi shubhasiz bo’lgan ayrim-ayrim sodda bosqichlarga bo’lish mumkinligi; Natijaviylik sifati- har qanday bishlang’ich qiymatlarda ham javobning mavjudligi, bunda “bu holda yechim yo’q” singari axborot ham algoritmning ishlash natijasi deb qabul qilinadi; Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari haqida so’z yurutish mumkin.Amaliyotda algoritmni ifodalashning 3 ta asosiy usullari foydalaniladi..Bular matnli ko’rinishi,sxematik (garafik)ko’rinishi ,biro algoritmik tildagi (dasturiy)ifodasi.Algoritmning asosiy xossalari 5 ta: Diskretlilik(Cheklilik).Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo’laklash imkoniyati mavjudligida.Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalr ketme-ketligi shaklida ifodalash mumkin.Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo’llay olmaslik ,uni algoritm deb bo’lmaydi. Tushunarlilik .Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektrin soatlar ,mashinalar ,dastgohlar,komyuterlar,turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz.Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar,uning uchun tushinarli mazmunda bo’lishi shart,aks holda oddiygina amlni ham bajara olmaydi.Undan tashqari ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.Har bir ijrochining bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar yoki buyruqlar majmuasi mavjud,u ijrochining ko’rsatmalar tizimi (siatemasi)deyiladi.Demak,ijrochi uchun berilayotgan har bir ko’rsatma ijrochining ko’rsatmalar tizimiga mansub bo’lishi lozim. Ko’rsatmalarni ijrochining ko’rsatmalr tizimiga tegishli bo’ladigan qilib ifodalay bilishimiz muhim ahamiyatga ega.Masaln, quyi sinfninh a’lochi o’quvchisi “son kvadratga oshirilsin”degan ko’rsatmani tushunmasligi natijasida bajara olmaydi,lrkin “son o’ziga o’zi ko’paytirilsin” shaklidagi ko’rsatmani bemalol bajaradi, chunki u ko’rsatma mazmunidan ko’paytirsh amalini bajarish kerakligini anglaydi. Aniqlik.Ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi zarur.Chunki ko’rsatmadagi noaniqliklar mo’ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi.Odam uchu tushunarli bo’lgan “3-4 qoshiq solinsin “,5 -10 daqiqa qizdirilsin” kabi noaniq ko’rsatmalar robot yoki komyuterni qiyin ahvolga solib qo’yadi.Bundan tashqari ko’rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega.Demak ko’rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan. Ommaviylik.Har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o’rinli bo’lishi kerak.Ya’ni masaladi boshlang’ich ma’lumotlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar algoritm shu xildagi har qan- day masalani yechishga yaroqli bo’lishi kerak.Masalan, 2 oddiy umumiy maxrajini topish algoritmi,kasrlarni turli- cha o’zgartirib bersangiz ham ularning umumiy maxrajlarini aniqlab beraveradi.yoki uchburchakning yuzini topish algoritmi, uchburchakning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, uning yuzini hisoblab beraveradi. Natijaviylik.har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan albatta natija berishi shart.Bajariladigan amallar ko’p bo’lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak.Chekli qadamdan so’ng qo’yilgam masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi.Agar ko’rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa,uni algoritm deb atay olmaymiz. Algoritmning tasvirlash usullari yuqorida ko’rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so’zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik.Lekin algoritm boshqa ko’rinishlarda ham berilishi mumkin.Biz endi algoritmlarning eng ko’p uchraydigan turlari bilan tanishamiz. Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi .Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko’rsatma jumlalar so’zlar orqali buyruq shaklida beriladi. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika ,fizika ,kimyo, kabi aniq fanlardagi formulalarni o’rganishda foydalaniladi.Bu usulni ba’zan analitik ifodalsh deyiladi. Algoritmning grafik shaklda tasvirlanishida algoritmlar maxsus figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko’rinishi blok-sxema deyiladi. 4.Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi . Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko’p foydalanamiz .Masalan,maktabda qo’llanib kelinayotgan 4 xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari.Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko’rinishlaridan foydalanamiz .Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo’lgan tufayli ularni o’zlashtirib olish oson. XULOSA Algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi,qo’yilgan masalni yechish zarur bo’lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatini aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat.Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko’rinishi bo’lib ,u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo’ljallangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.https://fayllar.org; 2.https://n.ziyouz.com; 3. Никита Культин. Microsoft Visual C++ в задачах и примерах. БХВ-Петербург - Петербург.:2010. 4. Б. Страуструп. Язык программирования С++. Специальное издание.-М.:ООО «Бином-Пресс», 2006.-1104 с. 5. Павловская Т.А. С++. Программирование на языке высокого уровня – СПб.: Питер. 2005.- 461 с. 6. Подбельский В.В. Язык С++.- М.; Финансы и статистика- 2003 562с. 7. Павловская Т.С. Щупак Ю.С. С/С++. Структурное программирование. Практикум.-СПб.: Питер,2002-240с Download 24.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling