Algoritmik tillar va dasturlash


Download 299.46 Kb.
bet8/11
Sana24.12.2022
Hajmi299.46 Kb.
#1050842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Omanova Laylo kurs ishi 02-21 - guruh.docx (2)

2.2.Muloqot turlari
Muloqot turlari – Takidlab otish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar: 1. «Niqoblar aloqasi» – suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bolmagan rasmiy muloqot. Bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimogdorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining toplami qollaniladi. 2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi obyekt sifatida baho beradilar: agar zarur bolsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bolsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qopol iboralarni qollaydilar. 3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qol ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda malum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga boysundiriladi.
Boshqariladigan muloqot suhbatdosh- ning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni (xushomad, qorqitish, aldov va boshqalar) qollagan holda undan foyda olishga qaratilgan. 5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bolmasligidan iborat, yani odamlar oz fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bolgan fikrlarni bildiradilar. 6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot. 7. Dostlarning manaviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qozgatish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.
Verbal va noverbal muloqot – Odamlar ortasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir. Verbal muloqot faqat insonga xos bolib, zarur shart sifatida tilni ozlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning ozida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan ozaro tasirlashuv vositasi sifatida namoyon boladi. Noverbal muloqot til, tovush nutqining qollanilishiga asoslanmagan bolib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil (teri orqali sezish), korish, eshitish, hid bilish hamda boshqa sezgi va tasavvurlar.
Noverbal muloqot turlari – 1 Noverbal muloqotning besh xil shaki mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika, vizual muloqot va takesika. Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bolgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qoshimchalar»idan iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, yani, tovush sifati, uning kolami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yotalish, yigi, kulgi, nutq jadalligini kiritish.
Noverbal muloqot turlari – 2 Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt boyicha tashkil etish talablari bilan shugullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E.Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yonalishi va ular ortasidagi masofa kiradi. Vizual muloqot – bu kozlar orqali aloqa. Shuni takidlab otish joizki, servis sohasi bilan bogliq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar boyicha oz malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi. Takesika jismoniy muloqot. Masalan, silab qoyish, urib-urib qoyish, qol berib korishish, itarib yuborish, opishish.

Download 299.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling