Shartli o'zgarmas berilganlar - o'z qiymatlarini tashqi faktorlarga bog'liq (masalani echish jarayoniga bog'liq bo'lmagan) holda ba'zan o'zgartiruchi berilganlar.
O'zgaruchi ma'lumotlar - masalani echish jarayonida qiymati o'zgaruvchi ma'lumotlar.
Qiymatlar ketma-ketligi - sikl ichida kiritiluchi va qayta ishlanuchi bir toifadagi ma'lumotlar guruxi.
O'zgarmas ma'lumotlar - masalani echish jarayonida qiymati o'zgarmaydigan va tashqi faktorlarga bog'liq bolmagan ma'lumotlar.Tarmoqlanuvchi algoritmlar o'z tarkibida shartlarni va tarmoq tuzilmalarini saqlaydi. Tarmoq tuzilmalari - alternativalar orasida tanlovni amalga oshiradi.
Аlgоritmik еchimsizlik- еchish аlgоritmlаri mаvjud bo’lmagan mаsаlаlаr аlgоritmik еchimsiz masalalar dеb аtаlаdi.
O’z-o’zigа qo’llаnuvchаnlik- o’z-o’zigа qo’llаnuvchаn аlgоritmlаr dеb, o’zining ifоdаsi ustidа ishlаb, ertаmi-kеchmi to’хtаydigаn аlgоritmlаrgа аytilаdi
Nоrmаl аlgоritm-A.A .Markov tomonidan taklif etilgan biror alfavitdan olingan so’zlar ustida almashtirish amallarini bajaruvchi so’z juftliklaridan iborat chekli formulalar ketma-ketligi.
KIRISH SO’ZI - algoritm uchun boshlang’ich ma’lumotlar to’plami
Chiqish so’zi –algoritm bagarilishi natijasi (Tyuring va Post mashinalari, Markov algoritmlari)
Diоfаnt tеnglаmаsi- Diоfаnt tеnglаmаsi dеgаndа , F(x,y,…z)=0 ko’rinishdagi tenglama tushuniladi , bu еrdа F(x,y,…,z) butun dаrаjа ko’rsаtkichlаrigа egа bo’lgаn butun kоeffisientli ko’phаddir.
Post mashinasi – E.Post tomonidan taklif etilgan formal hisoblash modeli
Tyuring mashinasi – A.Tyuring tomonidan taklif etilgan formal hisoblash modeli.
O’qish-yozish qurilmasi- ma’lumotlarni qayta ishlovchi formal qurilma( Post va Tyuring mashinalari)
Algoritmlarning ekvivalentligi-ikki algoritm bir xil boshlang’ich ma’lumotlar to’plami uchun bir xil natijani bersa, bu algoritmlar ekvialent deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |