Algoritmlar nazariyasining boshlang’ich tushunchalari


Download 421.45 Kb.
bet15/19
Sana20.06.2023
Hajmi421.45 Kb.
#1637392
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Savollarga javoblar

Bubble sort ikki qoʻshni elementni solishtirish va ular moʻljallangan tartibda boʻlmaguncha, ularni almashtiradigan tartiblash algoritmidir. Xuddi suv yuzasiga koʻtarilgan havo pufakchalarining harakati kabi, massivning har bir elementi har bir iteratsiyada oxirigacha harakat qiladi. Shuning uchun u pufakchali saralash deb ataladi.

BubbleSort
„Bubble sort“ bu eng sodda, ketma-ketlikdagi har bir sonni boshqa sonlar bilan solishtirishga asoslangan algoritm hisoblanadi. Unda yonma-yon turgan elementlardan chapdagisi o‘ngdagidan kattaligi aniqlansa, bu ikkala son oʻrni almashtiriladi. Bu jarayon almashtirish kerak boʻlmay qolguncha davom etadi, yaʼni barcha elementlar o‘sish tartibida bo‘lib qolguncha.
„Bubble sort“ nisbatan koʻp vaqt talab qiluvchi saralash algoritmi hisoblanadi. Chunki unda n ta element uchun takrorlanishlar soni taqriban n*n ga teng. Bu, n kichik son boʻlsa unchalik sezilmaydi. Sababi, hozirgi zamonaviy kompyuterlar uchun bu takrorlanish soni qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo butun boshli maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni saralash talab etilsachi? Albatta vaqtdan yutqazamiz. Ammo, bu algoritm saralash algoritmlarini tushunib olish uchun ilk qadam hisoblanadi.



        1. SelectionSort dasturida amallar soni va vaqt sarfini aniqlash va chiqarish.


Selection sort — Tanlab saralash bu — oddiy tartiblash algoritmidir. Ushbu tartiblash algoritmi oʻz joyida taqqoslashga asoslangan algoritm boʻlib, unda roʻyxat ikki qismga boʻlinadi, tartiblangan qism chap tomonda va tartiblanmagan qism oʻng tomonda. Dastlab, tartiblangan qism boʻsh, tartiblanmagan qismi esa butun roʻyxatdir.

Udtag sort 001
Eng kichik element tartiblanmagan massivdan tanlanadi va eng chap element bilan almashtiriladi va bu element tartiblangan massivning bir qismiga aylanadi. Bu jarayon tartiblanmagan massiv chegarasini bitta element bilan oʻngga siljitishda davom etadi.
Ushbu algoritm katta maʼlumotlar toʻplamlari uchun mos emas, chunki uning oʻrtacha va eng yomon holatlari murakkabligi n (n2), bu yerda n — elementlar soni.[1]

Download 421.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling