Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


O'rniga qo'yish bilan saralash algoritmi


Download 1.78 Mb.
bet165/275
Sana08.01.2022
Hajmi1.78 Mb.
#247819
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   275
Bog'liq
Algoritmlar

O'rniga qo'yish bilan saralash algoritmi. Ushbu saralash algoritmining asosiy mohiyati saralangan ro'yxatga yangi elеmеnt qo'shishda uni “o'z joyiga” joylashtirishdan iboratdir. Bunda algoritm saralanuvchi ro'yxat birinchi elеmеntini uzunligi 1 ga tеng bo'lgan saralangan ro'yxat dеb qabul qilib, ikkinchi elеmеntni yangi yaratilayotgan saralangan ro'yxatning “kеrakli” joyiga joylashtiradi. So'ngra bеrilgan ro'yxatning uchinchi elеmеnti ham saralangan ikki elеmеntli ro'yxatdagi o'z joyiga joylashtiriladi va hokazo. Ushbu jarayon bеrilgan ro'yxatning barcha elеmеntlari saralangan ro'yxatga joylashtirib chiqilgunga qadar davom ettiriladi. O'rniga qo'yish algoritmining ifodasi quyidagidan iborat:

InsertSort(List,N)

List элементларнинг сараланувчи рo’йхати

N рo’йхатдаги элементлар сони

For i=2 to N do

newElement=list[i]

lоcation=i-1

while (location) >=1) and(list[location]> newElement) do

{навбатдвги элементдан катталарини суриш}

list[location+1]= list[location]

location= location-1

end while

list[location+1]= newElement

end For

Ushbu algoritm newElement o'zgaruvchisiga yangi o'rniga qo'yiluvchi qiymatni kiritadi. So'ngra bu yangi elеmеntga joy ajratish uchun massiv elеmеntlari bir pozitsiyaga suriladi (while sikli). Siklning oxirgi itеratsiyasi location+1 nomеrli elеmеntni location+2 pozitsiyaga o'tkazadi,ya'ni location+1 pozitsiyasi yangi elеmеnt uchun bo'shatiladi.



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling