Masalaning qo’yilishi: Fibonachchi qatoridagi 1 000 000 (M) dan katta bo‘ladigan birinchi elementning nomerini aniqlahs algoritmi tizilsin. Fibonachchi qatori quyidag funksional munosabat yordamida aniqlanadi: Fibonachchi qatorining birinchi o‘nta elementini keltiramiz:
u2 = u1 + u0 = 1 + 1 = 2
u3 = u2 + u1 = 1 + 2 = 3
u4 = u3 + u2 = 2 + 3 = 5
u5 = u4 + u3 = 3 + 5 = 8
u6 = u5 + u4 = 5 + 8 = 13
u7 = u6 + u5 = 8 + 13 = 21
u8 = u7 + u6 = 13 + 21 = 34
u9 = u8 + u7 = 21 + 34 = 55
u10 = u9 + u8 = 34 + 55 = 89
Masalaning matematik modelini qurish:
u0 ,u1, u2 - Fibonachchi qatori boshlang’ich elementlari
K – Natija.
u0 = u1 = 1 ;
un+1 = un + un-1 .
Masalani echish algoritmini tuzish:
u0 va u1 larga 1 ga teng qiymat berilsin.
u2 = u0 + u1 hisoblansin.
Ketma-ketlikning nomeri aniqlansin K = 2.
Tekshirilsin, agar u2 1 000 000 dan katta bo‘lsa, 9 punktga o‘tilsin.
Fibonachchi qatorining oxirgidan oldingi va oxirgi elementlari aniqlansin (qatorda surish amalga oshiriladi) u0 = u1, u1 = u2
Fibonachchi qatorining navbatdagi elementi hisoblansin u2 = u0 + u1.
Ketma-ketlik nomerining qiymati bir birlikka oshirilsin K = K + 1.
4 punktga o‘tilsin.
Natija olinsin (K)
Tamom..
Nazorat savollari:
Algoritm deb nimaga aytiladi?
Qachon algoritmik tuzilma chiziqli deb ataladi?
Qachon algoritmik tuzilma tarmoqlanuvchi deb ataladi?
Qachon algoritmik tuzilma takrorlanuvchi deb ataladi?
Necha xil takrorlanishlar mavjud?
Algoritmda shartlar nima vazifani bajaradi?
Blok sxemada shartlar qanday ifoda etiladi?
Blok-cxema deb nimaga aytiladi?
Blok-cxema qanday elementlardan tashkil topadi?
Takrorlanuvchii jarayon deb nimaga aytiladi?
Takrorlanuvchii jarayon qanday turlarga bo’linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |