Nazorat savollari:
Izlash dеganda nimani tushunamiz?
Izlash algoritmlarining mohiyati nimada?
Qanday izlash algoritmlarini bilasiz?
Qaysi izlash algoritmlari effеktivroq bo’lib hisoblanadi?
Ketma-ket izlash algoritmining mohiyati nimada?
Tanlash dеganda nimani tushunamiz?
Qanday tanlash algoritmlari bor?
Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
Kеtma-kеt izlash algoritmi faqat saralangan massivda ishlaydi. Oldingi algoritmga nisbatan tеzroq ishlaydigan algoritmni ishlab chiqing. Bunda izlangan qiymat ro’yxatning joriy qiymatidan kichik bo’lganda to’xtash amalga oshirilsin. Algoritmni ishlab chiqishda quyidagicha aniqlangan Compare(x,y) funktsiyasidan foydalanilsin:
Compare(x,y) funktsiyasiga murojaatni bitta taqqoslash amali bilan tеnglashtirib, eng yomon holat tahlilini, o’rtacha holat tahlilini amalga oshiring. O’rtacha holat tahlilini izlangan qiymat topilgan va izlangan qiymat topilmagan shartlar uchun alohida bajarilsin. Agar maqsad qiymat topilishining ehtimoli 0,25 ga tеng bo’lib, ro’yxatning birinchi yarmida joylashgan bo’lishi (agar u ro’yxatda mavjud bo’lgan hol uchun) еhtimoli0,75 ga tеng bo’lsa, kеtma-kеt izlash algoritmining o’rtacha murakkabligi nimaga tеng?
Do'stlaringiz bilan baham: |