Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua
Download 1.78 Mb.
|
Algoritmlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol 1.
- Misol
- Mantiqiy ifodalarda amallarning bajarilish tartibiga rioya qilgan holda ifodaning qiymatlarini hisoblaymiz
- Mustaqil ishlash uchun misollar Matematik ifodalarni Paskal tilida yozing.
- Paskal tilida yozilgan ifodalarni matematik ifoda ko`rinishida yozing.
- Ifodalarda amallarning bajarilish tartibini aniqlang va qiymatini hisoblang
- Quyidagi mantiqiy ifodalarda amallarning bajarilish tartibini aniqlang va qiymatini hisoblang
- Quyidagi shart bajarilganda TRUE aks holda FALSE qiymat qabul qiladigan mantiqiy ifodani yozing
Standart funktsiyalar
Paskal dasturlash tilida sonli, mantiqiy kattaliklar, standart funktsiyalar va ifodalar bilan ishlaganda ularning yozilish qoidalariga rioya qilish lozim. Arifmetik va mantiqiy ifodalarda amallarning bajarilish tartibiga rioya qilish ularning Paskal tilida to`g`ri yozilishini ta’minlaydi. Ifodalarda amallarning bajarilish tartibi quyidagicha. Arifmetik ifodalarda amallar quyidagi ustivorlikka ega: Qavs ichidagi amallar va standart funktsiyalarni hisoblash. Ko`paytirish, bo`lish, div, mod amallari. Qo`shish va ayirish amallari. Mantiqiy ifodalarda ham amallar ustivorligiga ko`ra bajariladi: Qavs ichidagi amal va mantiqiy inkor amali (not). Mantiqiy ko`paytirish (and), div, mod amallari. Mantiqiy qo`shish (or) va solishtirish amallari. Matematik ifodalarni Paskal tilida yozishda qavs - (), juda katta rol o`ynaydi. Masalan: ifodani Paskal tilida yozish kerak bo`lsin. Agar biz bu ifodani a + b/c + d –deb yozsak, bu xato hisoblanadi, uning matematik ifodasini yozsak xatomiz ayon bo`ladi: . Aslida ifoda quyidagidek yozilishi kerak: (a+b)/(c+d) – shaklida. Ko`rib turibmizki bu misolda qavs belgisi juda katta ahamiyatga ega ekan. Yuqoridagi standart funktsiyalardan foydalanib barcha matematik ifodalarini Paskal tilida yozish mumkin. Misol_1.'>Misol 1. ni Paskal tilida yozing. Yechish. Buning uchun avval bu ifodani standart funktsiyalar orqali ifodalab olamiz. Ya’ni matematikadan bizga ma’lumki . Biz b o`rniga e sonini olamiz, u holda bu formula quyidagicha bo`ladi: . Bu ifodani endi Paskal tilida yozamiz: - matematik ifoda Exp(x*ln(a)) – Paskal tilida yozilishi. Misol 2. ni Paskal tilida yozing. Yechish. o`rinli. Paskal tilida yozsak: ln(b)/ln(a). Misol. Quyidagi matematik ifodani Paskal tilida yozing. . Yechish. Yuqoridagi standart funktsiya va misollardan foydalanamiz va quyidagiga ega bo`lamiz: sqr(exp(3/4*ln(x))/(1-sqrt(x)))*sqr(ln(x)/ln(2))*sin(arctan(x/(sqrt(1-sqr(x)))))/ cos(arctan(sqrt(1-sqr(x))/x)). Mantiqiy ifodalarda amallarning bajarilish tartibiga rioya qilgan holda ifodaning qiymatlarini hisoblaymiz:
A = True, B=False va C=True bo`lganda, quyidagi mantiqiy ifodalarning qiymatini hisoblaylik: A and B or C = True A and notB xor C = False (A or B) and not(A or C) = False (A and B) xor (notB or C) = False A=23, B=7, C=8 va D=12 bo`lganda, quyidagi mantiqiy ifodaning qiymatini hisoblang. (A > B) or (C >= D) = True (A + B > D C) and not(C < D) = False not(B < D A) xor (A*C < D*B) = False Tavsiya etiladigan adabiyotlar: O`.T.Haitmatov va b.Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. TKTI. 2005 y. O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo’llanma. T. TKTI. 2005 yHolmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y. 27-32 b. В.А. Острейковский Лабораторный практикум по информатике: Учебное пособие для вузов. — М.: Высш. шк., 2003. Культин Н.Б.Программированиев Турбо Паскаль и Дельфи. СПб.:БХВ-Стнкт-Петербург,1999А.В. Петров и др. Вычислительная техника и программирование. Учебник для технических вузов.М.:Высш. шк.,1990. Mustaqil ishlash uchun misollar Matematik ifodalarni Paskal tilida yozing.
Paskal tilida yozilgan ifodalarni matematik ifoda ko`rinishida yozing.
Ifodalarda amallarning bajarilish tartibini aniqlang va qiymatini hisoblang
Quyidagi mantiqiy ifodalarda amallarning bajarilish tartibini aniqlang va qiymatini hisoblang (A = true, B=false, C=true, D=false)
Quyidagi shart bajarilganda TRUE aks holda FALSE qiymat qabul qiladigan mantiqiy ifodani yozing
15-AMALIY MASHG’ULOT Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling