Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Maʼlumotlar strukturasi deganda, umumiy holda, maʼlumotlar elementlari toʼplami va ular oʼrtasidagi munosabatlar toʼplami tushuniladi. Ushbu taʼrif maʼlumotlarni strukturalashga doir barcha mumkin boʼlgan yondashuvlarini qamrab oladi, lekin har bir aniq masalada uning maʼlum jihatlari qoʼllaniladi. Shuning uchun maʼlumotlar strukturalarining qoʼshimcha turkumlanishi kiritiladi, ularning yoʼnalishlari ularni koʼrib chiqishning turli xususiyatlariga mos keladi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Muayyan maʼlumotlar strukturalarini oʼrganishdan oldin, bir nechta mezonlarga koʼra ularning umumiy klassifikatsiyasini qaraymiz. Har bir maʼlumotlar strukturasi mantiqiy va fizik tasvirlanishi bilan xarakterlanadi. "Maʼlumotlarning fizik strukturasi" tushunchasi maʼlumotlarning mashina xotirasida fizik tasvirlanishi uslubini aks yettiradi va boshqacha aytganda saqlash strukturasi, ichki struktura yoki xotira struktura deb ataladi. Maʼlumotlar strukturasini uning mashina xotirasida koʼrinishini hisobga olmasdan qaralishi abstrak yoki mantiqiy struktura deyiladi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Fizik tasvirlanish odatda mantiqiy tasvirlanishga mos kelmaydi va bundan tashqari, turli xil dasturiy tizimlarida sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Farq darajasi strukturaning oʼziga va u aks yettirilishi kerak boʼlgan muhitning xususiyatlariga bogʼliq boʼladi. Bu farqlar oqibatida mantiqiy strukturani fizik struktura bilan va aksincha akslantiradigan protseduralar mavjud. Ushbu protseduralar fizik strukturalarga murojaatni taʼminlaydi va ular ustida turli operatsiyalarni bajaradi, har bir operatsiya mantiqiy yoki fizik struktura bilan bogʼliq holda koʼrib chiqiladi.
Maʼlumotlar strukturalari klassifikatsiyasi
Sodda (tayanch, primitiv) maʼlumotlar strukturalari (turlari) va integratsiyalashgan (strukturali, kompozit, murakkab) farqlanadi. Sodda maʼlumotlar strukturalari bitdan kattaroq tarkibiy qismlarga boʼlinib boʼlmaydigan strukturalardir. Fizik struktura nuqtai nazaridan, maʼlum bir mashina arxitekturasida, maʼlum dasturlash tizimida, berilgan sodda turning oʼlchami qanday boʼlishini va uning xotirada joylashishi strukturasi qanday boʼlishini har doim aytish mumkin boʼladi. Mantiqiy nuqtai nazardan, sodda maʼlumotlar boʼlinmas birlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |