Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar . Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi.
Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.
Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.
10-rasm. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema
Paskalda kiritish va chiqarish operatori
Paskal tilida yozilgan dasturlarni kompyuterda bajarish uchun unda qatnashayot-
gan va qiymati hozircha noma’lum o’zgaruvchilarga aniq qiymat-larni kiritishga
to’g’ri keladi. Buning uchun kiritish operatori qo’lla-niladi. Kiritish operatorlarin-
ing umumiy ko’rinishi qo’yidagicha:
read (b1,b2,. . .,bn );
readln (b1,b2,. . .,bn);
readln;
bu yerda b1, b2, ..., bn lar qiymati kiritilishi talab etilayotgan o’zgaruvchilarning
nomi.
Read (b1,b2,...,bn); operatori ma’lumotlarni kiritishni ta’minlaydi, natijada
b1, b2, ..., bn o’zgaruvchilar mos qiymatlarni oladilar. Kiritilayotgan
o’zgaruvchilar turi berilayotgan qiymatlar turi bilan mos kelishi kerak.
Readln (b1,b2,...,bn); operatori ma’lumotlarni b1, b1, ..., bn o’zgaruvchilarga
ta’minlash uchun ishlatiladi va boshqaruvni (kursorni) yangi satr boshiga
o’tkazishni amalga oshiradi.
Readln; operatori bitta bo’sh satrni o’tkazib yuborishni va yangi satr bo-
shiga o’tishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |