Alijonov ibratjon


Loyihalashtiriluvchi trassa uchun regeneratsiya uchastka uzunlik hisobi


Download 1.46 Mb.
bet16/22
Sana24.12.2022
Hajmi1.46 Mb.
#1060681
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
ALIJONOV IBRATJON

7. Loyihalashtiriluvchi trassa uchun regeneratsiya uchastka uzunlik hisobi

Tolali optik aloqa liniyasining asosiy tavsiflari quyidagilar:



  • uztiluvchi ma’lumotlarning sifati;

  • xatolarning tavsiflovchi ehtimolligi (koeffitsienti);

  • regeneratsiya uchastka uzunligi;

  • ma’lumotlarni uzatish tezligi.

Qayd etib o‘tilgan ko‘rsatkichlar ma’lum bir miqdorda optik liniya traktining texnik iqtisodiyini aniqlab beradi.
Bular ichida eng asosiysi optik liniya traktining regeneratsiya uchastka uzunligining katta bo‘lishligidir.
Maksimal regeneratsiya uchastka uzunligi deyilganda – optik signalni qayta tiklamasdan lozim bo‘lgan hatolar ehtimolligida va lozim bo‘lgan signal/shovqin nisbiyligida uzatish masofasi tushuniladi. Tolali optik aloqa liniyasining regeneratsiya uchastka uzunligi ko‘pgina faktorlarga bog‘liq bo‘lib, ular ichida eng asosiysi quyidagilar hisoblanadi:

  • optik tolaning so‘nish koeffitsienti;

  • tolali optik uzatish tizimining energetik potensiali;

  • optik tolaning dispersiyasi.

Optik liniya traktini loyihalashtirishda va regeneratsiya uchastka uzunligini aniqlashda asosiy faktorlardan biri, nur o‘tkazgich tolaning so‘nishi hisoblanadi yoki oddiy qilib tushuntirilganda nur o‘tkazgich tola bo‘ylab uzatuv paytida signalning yo‘qotuvchanligi minimal bo‘lib uzatuv ma’lumotlari xech qanday regeneratorlarsiz va retranslyatsiyalarsiz kattadan katta masofalarga uzatiladi.
Halqaro Elektr aloqa Ittifoqining ITU-T G.651 tavsiyasiga asosan yig‘ilib, montaj qilingan regeneratsiya uchastka uzunligi o‘zining tarkibi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan bo‘lib hisoblanadi, chunki u ko‘plab montaj shnurlari va stansiya kabellaridan iborat bo‘lib, ular asosan toladan stansiya binosi ichida hamda ko‘plab qurilish uzunliklarini bir-biri bilan ulanishlarni o‘z tarkibiga olgan liniya kabellaridan iborat. Regeneratsiya uchastka parametrlari ma’lum bir olingan qurilish uzunliklar tavsiyalari orqali aniqlanmasdan balki montaj ishlarining sifati (qurilish uzunliklarining bir biri bilan ulangan joylaridagi yo‘qotuvchanlik) hamda ajraluvchi ulagichlar hisobiga hosil bo‘luvchi yo‘qotuvlar orqali aniqlanadi.
Tolali optik aloqa liniyasining hisoblanadigan regeneratsiya uchastkasining so‘nishi bo‘yicha sxemasi 7.1-rasmda ko‘rsatilgan.

7.1-rasm. Regeneratsiya uchastkasining so‘nish bo‘yicha sxemasi.


bu yerda: TM- terminal multipleksor;


LD- lazer diodi;
FD- fotodiod.
Keltirilgan rasmdan shunday hulosa qilish mumkinki, regeneratsiya uzunligining so‘nish bo‘yicha - αru qiymati quyidagicha aniqlanadi:
, dB/km (7.5)

bu yerda:


αosh-optik shnurning so‘nish koeffitsienti, dB/km;
αstk – stansiya kabelining so‘nish koeffitsienti, dB/km;
αot - liniya kabeli uchun qo‘llanilgan optik tolaning so‘nish koeffitsienti, dB/km;
αajr – bir dona ajraluvchi ulagich tomonidan hosil bo‘luvchi yo‘qotuvchanlik, odatda ajraluvchi ulagich tomonidagi yo‘qotuvchanlik αajr = 0.5dB deb olinadi;
αajm – bir dona ajralmaydigan ulagich tomonidan hosil bo‘luvchi yo‘qotuvchanlik, ajralmaydigan ulagichning yo‘qotuvchanligi tolalarni payvandlab ulanish sifatiga bog‘liq bo‘lib, u αajm = 0.2 dB e’tiborga olinadi;
n - optik tolaning ajralmaydigan ulagichlar soni yoki payvandlab ulangan tugunlar soni, u quyidagicha aniqlanadi:


, dona
αt – tolali optik aloqa liniya traktidagi elementlar parametrlarining haroratni o‘zgarishidagi ruxsat etiladigan so‘nish qiymati:

αt = (0.5…1.5) , dB


αzax – apparaturaning zahiraviy so‘nishi.


n - optik tolaning ajralmaydigan ulagichlar soni.

Bino tashqarisida yotqizilgan liniya optik kabeli bino ichiga kiritilgandan so‘ng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda qabul qilgich-uzatgich uskunalariga ulanmaydi, chunki liniya kabeli juda ham mustaxkam qobiqga ega bo‘lib, egilish radiusi juda ham katta, shuning uchun liniya kabeli bino ichiga kiritilgandan so‘ng stansiya kabeli bilan ulanishi shart.





7.2-rasm. Optik kabelning stansiyaga kiritilishi


Stansiya kabellarini oxirgi uskunalar bilan xamda optik kabellarni kommutatsiya qilish uchun optik shnurlar qo‘llaniladi (7.2-rasm). Liniya hamda stansiya kabellarini va optik shnurlardagi optik tolalarni ulash uchun tolalarni payvandlab ulash hamda optik ulagichlar yordamida (ajraladigan ulagichlar) ulash usullari qo‘llaniladi. Bularni e’tiborga olgan xolda ajralmaydigan optik ulagichlar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi.



Shuningdek ajralmaydigan ulanishlar soni han aniqlab olishimiz mumkin bo‘ladi. Agar magistral optik aloqa liniyasining regeneratsiya uchatskasi ikki tomonida kabellarni stansiyaga (yoki oxirgi yoki oraliq stansiyaga) kiritish xolati yuz bersa, demak bitta regeneratsiya uchaskasida jami 4 ta ajraladigan ulanish amalga oshirilar ekan. Demak:


najr = 4.

Regeneratsiya uchastka uzunligi tolali faqatgina optik kabellarning parametrlari orqali aniqlanmasdan, balki liniya traktidagi ohirgi apparaturalar parametrlari orqali ham aniqlanadi. Optik kabeldagi maksimal ruxsat etilgan optik signalning so‘nishi, ajraluvchi va ajralmaydigan ulagichlarni regeneratsiya uchastkasida hamda apparatura tugunlaridagi boshqa yo‘qotuvchanliklar tolali optik uzatish tizimining energetik potensiali, tolali optik ulagich elementlarining texnik sathi, qo‘llanilgan nurlantirgich manbaning turi va uning to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Energetik potensial E- apparaturaning normal holatda ishlab lozim bo‘lgan sathlar farqini tavsiyalaydi va optik tolaga kiritilgan optik signalning minimal sathi – uzatgich va qabul qilgichdagi regeneratorda xatolar koeffitsienti ushbu uzatish tizimi uchun o‘rnatilgan minimal sezgirlikga ega bo‘lgan quvvat sathining – rqab ayrimasi orqali aniqlanadi.


E=ruzat – rqab, dB (7.6)


Regeneratsiya uchastka uzunligi uchun doimo quyidagi shart bajarilishi lozim:


E > α ru


Agar so‘nish qiymatini liniya traktidagi hamma yo‘qotuvchanliklarni e’tiborga olsak, u holda regeneratsiya uchastka uzunligi – lru quyidagi formula yordamida aniqlanadi:




, km (7.3)
Demak 7.3 - formula yordamida regeneratsiya uchaskasi uzunligini xisoblab topish mumkin bo‘ladi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling