Alimbekov Firdavs 6 variant Menejmentning funksiyalari
Download 7.95 Kb.
|
1 2
Bog'liqFirdavs
Menejmentda zaruriy resuslar REJA Menejmentning funksiyalari. Menejmentning bosh funktsiyasi Xulosalar: Inson resurslari Alimbekov Firdavs 6 variant Menejmentning funksiyalari. Funktsiya so’zi o’zbek tilining izohli lug’atida – funktsiya-deb, ruscha-o’zbekcha lug’atlarda-funktsiya, vazifa, ish, xizmat deb tarjima qilingan. S.I.Ojegov va N.YU.Shvedovalarning “Tolkoviy slovar` russkogo yazika” (Moskva, 1999 y) lug’atida funktsiya so’zi falsafada – hodisa, matematikada – qonun, ish, rol, faoliyat doirasidagi majburiyat deyilgan. Funktsiya atamasining bu izohlaridan uning mazmunini tushunib olish qiyin. Chunki, ish, vazifa, xizmat, hodisa va qonunning asl ma’nolarini hamma ham yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham, funktsiya so’zining ta’rifini O’zbekistonda menejment ta’limining asoschilari bo’lgan M.Sharifxo’jaev va YO.Abdullaevlar26ning izohlari bo’yicha aynan keltiramiz: Inson resurslari: Bu tashkilotning eng muhim resursidir. Yaxshi ma'lumotli, tajribali va malakali xodimlar tashkilot muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Inson resurslarini boshqarish to'g'ri odamlarni yollash, o'qitish, ish faoliyatini baholash va motivatsiya kabi masalalarni o'z ichiga oladi. 2. Moliyaviy resurslar: Tashkilot o'z faoliyatini davom ettirish uchun etarli moliyaviy resurslarga ega bo'lishi kerak. Bu resurslarga o'z kapitali, qarz, daromad va pul oqimi kiradi. Moliyaviy menejment resurslardan samarali foydalanishni va tashkilotning moliyaviy maqsadlariga erishishini ta'minlaydi. 3. Jismoniy resurslar: tashkilot o'z faoliyatini amalga oshirish uchun jismoniy resurslarga muhtoj. Bu resurslarga binolar, transport vositalari, mashinalar, uskunalar va boshqa aktivlar kiradi. Jismoniy resurslarni to'g'ri boshqarish samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. 4. Axborot resurslari: Axborot bugungi kunda raqobatdosh ustunlikka erishishning muhim omilidir. Tashkilotga ega bo'lgan axborot resurslari unga marketing, biznes jarayonlari, mijozlar bilan munosabatlar va raqobat tahlili kabi sohalarda strategik qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Axborotni boshqarish ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, tahlil qilish va almashishni o'z ichiga oladi. Ushbu muhim manbalar tashkilotning samarali boshqaruvi va muvaffaqiyati uchun muhimdir. Ushbu resurslardan to'g'ri foydalanish tashkilotga o'z maqsadlariga erishishga va barqaror raqobatdosh ustunlikka erishishga yordam beradi. “Funktsiya” – bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. “Vazifa” – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir. “Funktsiya” tushunchasi “vazifa”tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. Zero, funktsiya o’z faoliyati doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi: Menejmentning funktsiyasini XX asrning boshlanishida birinchi bo’lib Anri Fayol shakllantirgan. Dastlab, Adam Smitning nazariyasiga muvofiq boshqaruvning yagona funktsiyasi- investitsiyalash (ishchi kuchi va asbob-uskunalar olish va kapital qo’yish) bor edi. Rejalashtirish. Menejmentning bosh funktsiyasi rejalashtirish hisoblanadi. Tadbirkor yoki boshqaruvchi uni amalga oshirishda hozirgi vaqtda tashkilotdagi vaziyatni, uning istiqbolini har tomonlama va mukammal tahlil qilishi asosida keyingi davr uchun maqsadi va vazifalarini shakllantiradi, harakatlar strategiyasini ishlab chiqadi va nihoyat ularni amalga oshirishning zaruriy rejalarini va Rejalarni tuzishda quyidagi tamoyillardan foydala- niladi: • rejalashtirishning to’liqligi – rejalashtirishda tashki- lotni rivojlantirish uchun muhim hisoblangan barcha vaziyat- lar, voqealar va jarayonlar hisobga olinishi kerak; • rejalashtirishning aniqligi – rejalarni tuzishda basho- ratning aniqligini ta’minlovchi taktikalar va tartiblar, vositalar, zamonaviy usullardan foydalaniladi; • rejalashtirishning ochiqliligi, tiniqliligi – rejalash- tirishning maqsadi va o’lchamlari tashkilotning barcha a’zolari uchun tushunarli bo’lishi uchun shakllar, standartlar, oddiy va yengil izohlarda, tavsiflarda berilishi kerak; • rejalashtirishning uzluksizligi – rejalashtirish bir marotabalik dalolatnoma emas, u uzluksiz, doimiy jarayon; • rejalashtirishning iqtisodliligi – rejalashtirishning xarajatlari rejalashtirishdan olinadigan foydaga mos va mutanosib bo’lishi kerak. Tashkillashtirish funktsiyasi. Tashkillashtirish funktsiyasi rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun aniq sharoitlar yaratishga qaratilgan, tayinlangan. Menejmentning bu funktsiyasi yordamida korxonani rivojlantirish uchun qabul qilingan strategiyani joriy qilish maqsadida rejada belgilangan vazifalarni bajarish ta’minlanadi. Buning uchun quyidagilar bajarilishi kerak: • zaruriy resurslar va ijrochilarni belgilash; • topshiriqlarni taqsimlash; • personalning ishi uchun zaruriy bo’lgan moliyani, asbob-uskunani, xarajatli materiallarni, ish joylari, xonalarni ta’minlash; • ijrochilarning ishlarini vaqt bo’yicha muvofiqlashtirish; • qatnashuvchilarning kooperatsiyasini yo’lga qo’yish, o’zaro axborotlar va nazoratni ta’minlash. Download 7.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling