Alimentni pul mablagʻlari shaklida toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv


Download 17.6 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1178880
Bog'liq
Aliment to\'lash to\'g\'risida kelishuv


Alimentni pul mablagʻlari shaklida toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar adliya boshqarmasi Chilonzor tumani 9-sonli davlat notarial idorasi.


Ikki ming yigirma ikkinchi yil yigirma to’qqizinchi sentyabr
Toshkent shahar Chilonzor tumani Shaxrisabz ko’chasi 5-uy.
Usmonov Samariddin Abdig’ani o’g’li ishtirokida
Biz – Toshkent shahar Chilonzor tumani Abay ko’chasi 4-uy ro’yxatida turuvchi-2000-yilda tug’ilgan Raimov Jaxongir Kamoliddin o’g’li (passport AD 6561324 Chiroqchi tuman IIB tomonidan 21.12.2016-yilda berilgan) bundan buyon matnda ALIMENT TOʻLOVCHI deb yuritiluvchi bir tomondan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Ko’ktosh qishlog’i Firdafsiy ko’chasi 12-uy ro’yxatida turuvchi-2001-yilda tug’ilgan Abdullayeva Marg’iyona Azamat qizi (passport AD 6789123 Chiroqchi tuman IIB tomonidan 21.09.2017-yilda berilgan), bundan buyon matnda aliment oluvchi deb yuritiluvchi ikkinchi tomondan voyaga yetmagan bolalarimiz –2020-yil 18-yanvarda tug’ilgan Odilov Lazizbek Ruslan o’gli hamda 2021-yil 13-oktyabrda tug’ilgan Odilova Barchinoy Ruslan qizininmg taʼminoti uchun aliment toʻlash usullari va tartibini oʻzaro kelishgan holda ushbu kelishuvni quyidagilar haqida tuzdik:
1. Biz – ALIMENT TOʻLOVCHI va ALIMENT OLUVCHI voyaga yetmagan bolalarimizga mazkur kelishuvga binoan toʻlanadigan aliment miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin boʻlgan miqdordan kam boʻlmasligini eʼtiborga olib, bolalarimiz taʼminoti uchun ular voyaga yetgan kunigacha ALIMENT TOʻLOVCHI tomonidan toʻlanadigan aliment miqdorini bir yoʻla pul mablagʻi shaklida toʻlanadigan qatʼiy summada, yaʼni Taraflarning kelishuviga asosan qatʼiy summada undirilishi belgilangan 400000000 soʻm (to’rt yuz million soʻm) qilib belgiladik.
2. Ushbu pulni men – ALIMENT TOʻLOVCHI mazkur kelishuvni imzolash paytida ALIMENT OLUVCHIga topshirdim, men – ALIMENT OLUVCHI shu pul mablagʻini toʻliq miqdorda qabul qilib oldim.
3. Mazkur kelishuv taraflarning oʻzaro roziligi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan boʻlsa uni oʻzgartirish yoki bekor qilish shunday shaklda amalga oshiriladi.
4. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvning bajarilishini bir taraflama rad qilishga yoki uning shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy oʻzgarishlar yuz berganda hamda aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ular oʻzaro kelisha olmaganda, manfaatdor taraf kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99, 130-134, 143, 144 va 147-moddalarining mazmuni biz – taraflarga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli.
7. Mazkur kelishuvni rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni ALIMENT TOʻLOVCHI toʻladi.
8. Biz – taraflar kelishuv matnini toʻliq oʻqib chiqdik, uning mazmuni, mohiyati, huquqiy oqibatlari bizga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli, uning mazmuni bizning asl xohish-istaklarimizga mos keladi.
9. Mazkur kelishuv taraflar tomonidan toʻrt nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi Kelishuvni tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Kelishuvni tasdiqlagan notariusning F.I.O da saqlanadi, qolgan nusxalari taraflarga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun berildi.
Imzolar:
1. _________________________________________
2._________________________________________
Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling