Alinur yuksalish savdo nuqtasi


«Alinur yuksalish savdo nuqtasi» MChJ ning marketing kompleksining xususiyatlari


Download 0.92 Mb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1353131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot

3. «Alinur yuksalish savdo nuqtasi» MChJ ning marketing kompleksining xususiyatlari.
«Alinur yuksalish savdo nuqtasi» MChJ ning korxonada talab taklifning yuqoriligi, ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi.
Har bir isteʼmolchining , yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi.
Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o’rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklif qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi Talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi.
Talab va taklif qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab - bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish""istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.
Taklif – maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning daromad va foyda olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ‘ul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ‘ul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
An’anaviy marketing bozorini o’rganish yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirsh, narx va reklama siyosatini shakllantirish sotish rag’batlantirish mahsulot va xizmatlarni bozorda raqobat mmuxitida bozorda roy berayotgan integral hisobnihisobga olish asosida ilgari surish bo’yicha chora tadbirlartizmini oz ichiga oladi va keng qo’llanadi. Sanoat korxonalari uchun marketingning asosiy xususiyati shundaki ularning maxsulotlari tavarga emas balki shlab chiqarishga vositalariga tegishlidur. Shu sababli maxslotni bozorga taklif qilish odatiy relama marketing usullari modani, istemolchilarning didini va boshqalarni hisobga olgan holda ham ishlatlmaydi.
Chunki sanoat mahsulotlarini uni o’zini ishlab chiqarish tizimlarini tarkibiy qisimlari sifaida ishlatiladigan ishlab chiqarish korxonalari va qabul qilinuvchidir. Ushu marketing xususiyatlari bevosita ommaviy istemol uchun mo’ljallangan. bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor muvozanati buziladi.
Umuman olganda bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.
Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’’roq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’’roq qo’llaniladi.
Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy ‘ul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda ‘ul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’’ ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.
Yuqorida ko’rsatilgan omillar ta’sirida talabning o’zgarib turishi sodir boiadi. Bu o’zgarishda asosiy masala, tub negiz talab va tovar narxining o’zaro bogiiqligi hisoblanadi. Chunki sanab o’tilgan omillar orasida narx va xarid qobiliyati talabning tez o’zgarishiga olib keladi. Narx bilan talab miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Ana shu teskari proporsionallik talab qonuni deyiladi.
Bu qonunning asosida nimalar yotishini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin.
1. Odatda, kishilar mavjud tovarni uning narxi yuqori bo’lgan sharoitda haqiqatan ham kamroq xarid qilib oladilar. Iste’molchilar uchun narx, xaridni amalga oshirishga xalaqit qiluvchi to’siq bo’lib hisoblanadi. Bu to’siq qanchalik yuqori va mustahkam bo’lsa, xaridorlar kam miqdorda mahsulot xarid qiladilar, narx to’sig’i qanchalik kam bo’lsa, ular shunchalik ko’p miqdorda mahsulot xarid qiladilar. Boshqacha so’z bilan ifodalanganda, yuqori narx iste’molchilarda xarid qilish xohishini so’ndiradi, past narx esa bu xohishni kuchaytiradi.
2. Hamisha mahsulot xarid qiluvchi har bir shaxs mahsulotning keyingi birligidan kamroq qoniqish, naf yoki lazzat oladi. Masalan, xaridorga oyoq kiyim kerak, uning uchun bir juft oyoq kiyimning nafligi o’ta yuqori, chunki u yalangoyoq yura olmaydi. Ikkinchi juft oyoq kiyim uni almashtirib turish imkonini beradi, lekin uning nafligi pastroq, chunki xaridor yalangoyoq emas, uni kiyadigani bor. Uchinchi va to’rtinchi juft oyoq kiyimning nafligi pasayib boraveradi, chunki ehtiyoj to’ydirilgan sari tovarning iste’molchi uchun nafligi pasayadi. Shu sababli, iste’molchilar m ahsulotning qo’shimcha birligini narxi pasayib borgan sharoitdagina xarid qilib olishadi. Umuman, individual iste’molchilarning xulq atvori ular ehtiyojlarining qanday qondirilishiga, u yoki bu tovarning qanday naf keltirishiga bogiiq. Naf deb tovar va xizmatni iste’mol qilishdan keladigan qoniqishga aytiladi. Umumiy va m e’yoriy naf (foydalilik)ni farqlash kerak. Umumiy naf deb ayrim tovar yoki xizmatlar birligi majmui, to’plamini iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Me’yoriy yoki chegarali naf esa, mavjud tovar yoki xizmatning qo’shim cha birligini xarid qilish natijasida umumiy nafga o’sim b oiib qo’shilgan nafni bildiradi. Misol uchun, aytaylik, iste’molchi jahon klassiklari kitoblarini shaxsiy kutubxonaqa yig’adi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling