Alinur yuksalish savdo nuqtasi
Download 0.92 Mb.
|
hisobot
Marketing muhiti — korxona (firma, kompaniya) marketing va boshqa xo’jalik faoliyatini amalga oshiradigan muhit. Tashqi va ichki atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko’rsatiladi. Har qanday korxona (firma, kompaniya) o’z tovarlarini yetkazib bergan va xaridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan aloqada bo’lib faoliyatini amalga oshiradi. O’z navbatida, firma (kompaniya) bozordan realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va yana o’zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo’lib, unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat organlarining turli xildagi normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi bo’g’in sifatida ish ko’radi.
Bunga javoban korxona (firma, kompaniya) ham tegishli axborotlar va pulni yo’naltiradi. Natijada esa korxona (firma, kompaniya) marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog’lanadi. Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo’lgan resurslar bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Pulllar potensial sheriklar xohishistaklarining shu tarzda juftlik holdagi mos kelishi zaruratini bartaraf etadi va bitimlarni amalga oshirish joyi hamda vaqtini, ayirbosh- lanadigan ne’matlar sifati va miqdorini, bitim bo’yicha sheriklarni qayishqoqlik bilan tanlashga imkon beradi. Non mahsulotlari kundalik talab qilinadigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Bu tovarlar strategik ahamiyatga ega, chunki ular mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu, ayniqsa, hozirgi vaqtda O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat bilan bog’liq holda juda muhimdir. Aholini sifatli hamyonbop non mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, korxonalar (foyda olish) va butun jamiyat manfaatlarini mutanosib hisobga olishni taqozo etadi. Bunday vazifalar to’plami xorijda va ma’lum darajada O’zbekistonda ma’rifiy, ijtimoiy mas’uliyatli va ijtimoiy axloqiy marketing kontseptsiyasining keng qo’llanilishi bilan hal qilinadi. “Alinur yuksalish savdo nuqtasi” MChJ da ushbu marketing kontseptsiyasini yanada asoslash uchun 2023 yilning birinchi choragida marketing siyosati va non mahsulotlarining raqobatbardosh narxlarini aniqlash maqsadi bo’lgan marketing tadqiqoti o’tkazilishi rejalashtirilgan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling