Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
147 
library.ziyonet.uz/ 
 
2. Maryam – diniy afsonalarga koʻra, Iso paygʻambarning onasi. 
 
3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: «U (ya’ni Xusrav) bechora Farhod turgan yerdan tortib 
sarvqomat Shirin joylashgan yergacha boʻlgan masofaning hammasiga pistirmalar yasatdi va bu 
pistirmalarga ashaddaiy yovlarni joylashtirdi. Ular har bir oʻtgan-ketgan odamni tergab, ularning 
ishlarini tekshirib turishlarn kerak edi» (Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon, 119-
bet). 
 
4. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: tasodifan, oʻsha 2–3 kun orasida Shopur Farhodni koʻrishga 
yoʻl topib, parivash (ya’ni Shirin)dan yana bir noma olib, sabodek yelib borarkan, oʻsha 
(Xusrav) odamlari oʻz istaganlarini tutdilar. Tintuv qilganlarida yonidan xat chiqdi. 
XLVIII 
Bob sarlavhasida makkora kampir Farhod boshiga ajaldek yetishib, uning hayotiga qasd qilgani 
bayon etiladi. 
 
1. Baytning mazmuni: qaddi ikki bukilgan (bu) qari kampirning hiyla-nayrangi falaknikiga 
oʻxshar edi. 
 
2. Baytning mazmuni: osmon makkorasi uni xola, Dallatul muhtola esa uni ona deb atar edn. Bu 
yerda shoir afsonalarda oʻz ayyorligi, makr va hiylalari bilan nom chiqargan ayol nomini 
keltirish bilan talmeh san’atini ishlatadi. 
 
3. Baytnnng mazmuni: (makkora kampir) oʻzining fol ochadigan noʻxat donalaridan birma-bir 
hukmlar chiqara boshlasa, el uning hukmlariga zarracha (aynan: arpa donasicha) shak keltirmay 
(ishonardi). 
 
4. Bu va keyingi baytning mazmunn: (makkora kampirning) yuz pardasi haromzodalik, qalloblik 
ipidan toʻqilgan, libosi har xil rangli lattalardan quroq qilib tikilgan (ya’ni quralgan) edi. Goʻyo 
Maryam haramda maqsadiga erisha olmay Tur togʻiga orom olish uchun kelgan, desang boʻladi. 
 
Shoir bu yerda diniy rivoyatlardagi Iso paygʻambarning Maryamdan dunyoga kelishi bilan 
bogʻliq hikoyaga ishora qilmoqda. Buning uchun u talmeh san’atini qoʻllaydi. Ayni choqda 
makkora kampir Maryamga, Farhod turgan togʻ esa Arabistondagi muqaddas Tur togʻiga 
oʻxshatiladi. 
 
5. Baytning mazmuni: sen dunyo odamlari bilan noittifoq ekansan, bunda haqlisan, xudo haqqi, 
haqlisan. 
 
6. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: nikoh amri oshkoro boʻlgach, [Shirinning tinimsiz 
afgʻonlari koʻkka yetdi. U oʻziga oʻlim tigʻini urib, bu gʻussadan oʻzini oʻldirdi. Ba’zilar: u 
Parvez uning bolidan bebahra boʻlsin deb zahar ichgan, – dedilar. 
 
7. Fartut – ayvan: juda qarib qolgan. Bu yerda makkora kampir koʻzda tutiladi. 
XLIX 
Bob sarlavhasida Farhodning qoya tosh uchi bilan koʻksini yorib, yillar mobaynida koʻnglida 
tigʻizlanib yotgan gʻam-anduhlarini chiqarib tashlagani va jononi yodi bilan jonidan kechgani 
bayon etiladi. 
 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling