Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 149 library.ziyonet.uz/ boʻlishi va Farhodning soʻngaklarini shu yerga keltirib, ularni quchoqlab jon berishini bayon etadi. 1. Bu va keyingi baytlarda shoir Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl etdigina emas, balki davron undan Farhod qonini istadi, kimki birovga zulm oʻtkazsa, albatta unga jazo yetishadi. Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urugʻini ekish darkor, degan fikrni ilgari suradi. 2. Baytning mazmuni: unnng (ya’ni Farhodning) hajrida men (ya’ni Shirin) bemormen, bedilmen. Bamisoli chala soʻyilgan bir qushdirmen. 3. Baytning mazmuni: ular (ya’ni Shirin va Shopur) birmuncha vaqt shunday motam tutdilarki, feruza (rangli) osmon qurum bosgandek qoraya boshladi (ya’ni kech tushib qoldi). 4. Bu va keyingi baytlarning mazmuni: (Shirin) ikki-uch yuz kishini qoʻshib (Shopurni) oʻz maqsadiga koʻra yoʻlga soldi, ularga koʻplab, xush isli tutatqi, olovda xoʻshboʻy chiqaradigan yogʻoch, mushku atrlar berdi. Ular togʻ ichidan koʻhkan, ya’ni Farhodni topib, Shirin kajavasiga solib keltirishlari lozim. 5. Bu va keyingi uch bayt mazmuni: (Shirin) koʻrsaki, (Farhod) uyquda, u ham shunday uyquni havas qildi. Uning yuziga yuzini, taniga tanini qoʻydi, oʻz sevgilisi bilan hamogʻush boʻldi. Shunda dilidan bir olovli oh chiqardi-yu, koʻzi Farhodniki kabi uyquga toldi. Bu shunday uyqu ediki, unga hech kim qonmagan, qiyomatgacha uygʻonmas uyqu edi. Bu baytlarda shoir istiora (sarvi cholok – Shirin, bedil – Farhod) va ruju’ (uyqu – ne uyqu...) san’atlarini qoʻllaydi. LII Bob sarlavhasida Shirinning Farhod ishqida jon bergani, buni eshitib Mehinbonu ham hayotdan koʻz yumgani, Chin mulkidan kelgan Bahrom Sheruyaning mollarini ziyon-zaxmat koʻrganlarga bergani va Armanga odil podshoh tayin qilib, oʻzi barcha lashkarlarni qaytarib, saltanatdan yuz oʻgirgani bayon etiladi. 1. Avvalgi baytlarda Navoiy Farhodning doʻsti Bahromni maqtaydi. Bu baytda esa shoir agar u osmondagi Bahrom (Mars)ga dushmanlik koʻrsatsa, osmondagi Bahrom Bahromi Choʻbindek boʻlib qoladi, deydi. Bu yerda Navoiy soʻz oʻyini ishlatib, ham sayyorani, ham qadimgi Eron podshohlaridan Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Choʻbinga ishora qiladi. 2. Bu va keyingi baytning mazmuni: xon Farhodga amakivachcha boʻlgani uchun ham uning tashvishinn chekar edi. Bahrom kelib, xalq orasida (Farhod haqida) ma’lum boʻlgan gaplarni xonga shunday arz qildi. 3. Shu baytdan boshlab 26 baytda shoir Bahromning Farhod mozori ustida qilgan nolalarini bayon etadi. Nido san’ati asosiga qurilgan bu hayajonli monolog gʻoyat samimiy, ta’sirli va xalqona chiqqan. 4. Bu yerda «Lo» «ku» yuklamasi oʻrnida ishlatilgan: «ayla dinglo‖ degani aylading-ku ma’nosini anglatadi. LIII Bob sarlavhasidan uni Sulton Husayn Boyqaroning oʻgʻli Shoh Gʻarib Mirzo madxi va unga Navoiy bir necha nasihatlar bagʻishlagani anglashiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling