Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
151 
library.ziyonet.uz/ 
 
mayl koʻrsatgan narsaga ortiqcha ruju’ qilmaslik lozim, degan fikrni tasdiqlash uchun 
«yaxshining koʻpidan yomonning ozi yaxshi» maqolini keltiradi. 
LIV 
Bob sarlavhasida shoir bu dostonni tugallash, undagi voqea – hodisalarni oxiriga yetkazishga 
gʻayrat koʻrsatganini bayon etadi. 
 
1. «Lo» – arabcha; yoʻq, emas, degan ma’noni, inkorni anglatadi. «da’» – arabcha: tashla, yoʻq 
qil, demakdir. 
 
2. «Alqamdu lillohillazi vaffaqani min iftitohiha ilo ixtitomihi va sallalohu alayhi va olihi va 
ashobi kiramiht – arabcha: meni boshlab tugatishimga muvaffaq qilgan Ollohga maqtovlar 
boʻlsin, Muhammadga, uning ehtiromli yaqinlari, sirdoshlariga Olloh rahmati boʻlsin, demakdir. 
 
3. Kumayt – qora toʻriq (ot), bu yerda shoirning qalami koʻzda tutiladi. Navoiy bu oʻrinda istiora 
san’atini ishlatadi. 
 
5. Birjis – q. Mushtariy sayyorasi. 
 
6. Taylason – rido (darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi). 
 
7. Nohid – q. Zuhro yulduzi. 
 
8. Bu fasl avvalidan shu baytga qadar Navoiy oʻzining qanday qiyin va sharafli ishni bajarganini 
(ya’ni yangi dostonni yozib tutallaganini) badiiy mahorat bilan tasvirlab beradi. Keyingi 
baytlarda esa shoir uni tushunib yetmagan, binobarin, qadrlay olmagan «koʻri modarzod» (ya’ni 
«tugʻma koʻrlar», «boyqush», «koʻrshapalak», «daniylar» (ya’ni pastkash odamlar), «qora 
qoʻngʻiz» (gul isidan halok boʻladigan) kabilardan noliydi. 
 
9. Baytning mazmuni: lekin har kim, agar nozikfahm boʻlsa, bu ikkovining (ya’ni yuqoridagi 
baytlarda tasvirlangan qora qoʻngʻiz va bulbulning xushboʻy guldan ta’sirlanishda qaysi biri haq 
ekanini bilib oladi. Shoir bu yerda badiiy adabiyotning nozikligi, uning jonbaxshligiga ishora 
qiladi. 
 
10. Bu va keyingi ikki baytda Navoiy faxriya usulidan foydalanib oʻzining qanday shoir 
ekanligini ta’riflaydi. Bu oʻrinda goʻzal istiora, tashbih va ifodali ruju’ san’atlarini qoʻllaydi. 
 
11. Baytda shoir litota san’atini qoʻllab, oʻzini tufroq deb ataydi, tufroq boʻlganidayam elning 
oyoqlarn ostida yanchilib (baytdagi «koʻp topmoq» – yanchilmoq, ezilmoq ma’nosida 
ishlatilgan) ketgan, quyun kabi ahvoli toʻs-toʻpolon tufroq, deb yozadi. 
 
12. Baytning mazmuni: yel toʻdasidek bir dam jahonni kezdiradi, (yana bir dam) bugʻ boʻlagidek 
osmonni aylantiradi. Bu yerda shoir oʻzi haqida soʻzlab, yuqorida aytilganidek oʻzini tuproq 
bilan tenglashtiradi va hodisalarning qattiq esgan sovuq shamoli tuproqni ne koʻylarga solishini 
tasvirlaydi. 
 
13. Oʻturmay – bu yerda oʻtkarmay ma’nosida ishlatilgan. 
 
14. Bu va bundan avvalgi baytlarda Navoiy oʻzining ahvoli ruhiyasini ochib berishga intiladi. 
Saroydagi teskari kuchlar, unga muttasil turli masalalar yuzasidan murojaaat qilib turuvchi 
sanoqsiz odamlardan charchaganligi, – hech boʻlmasa ―24 soat ichida 24 marta osuda nafas 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling