Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
152 
library.ziyonet.uz/ 
 
olishga‖ naqadar orzumand ekanligini bayon etadi. Ayniqsa, «farogʻat burchagida» sevimli ishi – 
ijod bilan mashgʻullik qilish istagini yoniq misralarda bildiradi. 
 
15. Barda’ – Arran hokimiyatining qadimiy poytaxti. X asrning ikkinchi yarimlarida ruslar 
tomonidan talon-toroj qilingach, oʻz mavqeini yoʻqotgan. Keyin poytaxt Ganjaga koʻchirilgan. 
 
16. Navbat urmoq – feodal shohlari oʻz hukmronligi haqida e’lon qilgan paytda katta nogʻora 
(koʻpincha, «kovurgo») deb atalgan nogʻorani) chaldirganlar. Bu yerda Navoiy ramzan 
Jomiyning adabiy hayotdagi shuhratiga ishora qiladi. 
 
17. Navoiy bu baytda «yuz» va «ming» soʻzlarini ikki ma’noda ishlatadi: biri son, adad 
ma’nosida, ikkinchisi – qadimgi oʻzbek qabilalarining nomi. 
 
18. Sheroz – Eronning janubi gʻarbidagi shahar (1750–94 yillarda Eronning poytaxti ham 
boʻlgan). 
 
19. Tabriz, Tavriz – Eronning shimoliy gʻarbidagi shahar. Hozir Eron Ozarbayjonining 
ma’muriy markazi. 
 
20. Bu va avvalgi 7 baytda Navoiy «faxriya» san’atini qoʻllab, agar Nizomiy Barda’, Ganja va 
Rumda mashhur boʻlsa, Xusrav Hindistonda shuhrat qozonib, Jomiy esa Ajam va Arabda dong 
taratgan boʻlsa, butun turkigoʻy xalqlar meniki boʻldi, men nafaqat Xitoydan Xurosongacha 
boʻlgan yerlarni, balki Sherozu Tabriz, hatto turkmanlarni farmon bilan emas, asarlarim 
(jumladan, devonlarim) bilan zabt etdim, deydi. 
 
 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling