Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy
1
library.ziyonet.uz/
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy
Farhod Va Shirin
I
Bihamdik
fath abvob ul-maoni,
Nasib et koʻngluma fath oʻlmak oni.
Koʻzumga ul
eshik quflin radid et,
Aning fathigʻa kilkimni kalid et.
Ochib
ul ganj quflin bu kalidim,
Nasibim ayla neki bor umidim.
Nechakim istasam
naqdi javohir,
Qayon boqsam koʻzumga ayla zohir.
Terarga har nafas koʻrroq
havas ber,
Havas bergach olurga dastras ber.
Anga tegur qoʻlumnikim yiroqdur,
Qoʻlumgʻa sol anikim yaxshiroqdur.
Nima koʻp olmogʻimga mone’ etma,
Necha koʻp olgʻonimga qone’ etma.
Bu maxzan birla koʻnglumga gʻino sol,
Nechakim sochsam ilgimga yano sol.
Durafshonliqqa kilkim fosh qilgʻil,
Tilimni dogʻi gavharrosh qilgʻil.
Bu durlarkim koʻzumni andin ochting,
Mening ilgim bila olamgʻa sochting,
Tamannosin hazin koʻnglumdin olma,
Sochilgʻon birla tufrogʻ ichra solma.
Buyursang sochmogʻin men benavogʻa,
Chiqor yuz benavo ilgin havogʻa.
Ayurgʻoch
bazl ila bu benavodin,
Navosizlargʻa qormotqil havodin.
Gadolargʻa dagʻi andin ato ber,
Gʻanilargʻa dagʻi oni tuto ber.
Shah olsa dogʻi
qilsun toji torak,
Qul olsa ham anga boʻlsun muborak.
Anga ishq ahlini
qil orzumand,
Aning birla alarni ham barumand.
Durin qil koʻzlariga har
zamon yosh
Va lekin la’lu yoqutini qon yosh.
Alargʻa oshkorovu nihoni,
Koʻz ichra ashkdek asratqil oni.
Takallum ahligʻa sarmoya ayla,
Ne dur nazm etsalar riroya ayla.
Zamona durjini andin toʻlo qil.
Falak javfini andin imtilo qil.
Ani sindurgʻon elni qil shikasta,
Xujasta koʻrgan elga tut xujasta.