Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
23 
library.ziyonet.uz/ 
 
Qazo kilki chu tortib naqshi dilkash,  
Jahon avroqini qildi munaqqash.  
Sirehr ajzosini berishtau band  
Aningdek bir-biriga berdi rayvand  
Ki, har juzvigʻa chunkim boʻldi tolib,  
Xirad tab’igʻa hayrat boʻldi gʻolib.  
Chekib koʻkning sutunsiz borgohin,  
Muhayyo qildi olam korgohin.  
Jahonda zohir aylab koʻp zaroyif,  
Jahon ahlin dogʻi qildi tavoyif.  
Tavoyif chunki boʻldi muxtalifvash,  
Bu yerdek rast, ul oʻtdek tundu sarkash.  
Bulargʻa vojib erdi intizomi,  
Adolat vajhidin bermak nizomi.  
Bu ishga anbiyoni qildi irsol  
Ki, boʻlgʻaylar ulusqa din sori dol.  
Alardin soʻng salotin torti ta’zim  
Ki, bergaylar alar ummid ila bim.  
Nechukkim anbiyo ra’su raisi  
Muhammadning erur zoti nafisi.  
Rasul xayligʻa sarxayli sirah ul,  
Alar bori sirah, xayl ichra shah-ul.  
Salotinning ham andoq sarfarozi  
Erur goʻyo azaldin Shohi Gʻoziy
(1)
.  
gʻazo maydoni ichra Haydar
(2)
 oyin,  
Rivoji shar’ aro raygʻambar oyin.  
Nabi shar’igʻa bergan zebu zayn ul,  
Salotin sarvari Sulton Husayn ul.  
Zihi olam – sadaf, zoting – duri pok,  
Aningdekkim, quyosh durrigʻa aflok.  
Quyoshdin ham yorugʻ royi muniring,  
Falakdin ham biyik oliy sariring.  
Murassa’ masnading a’lo jumondin  
Falak firuzayekim tushmish ondin.  
Shukuhung jabhasidin chun Surayyo  
Yeti qatra araqdek yetti daryo.  
Chu qahring tundbodi esti, olam –  
Bisotin togʻlardin qildi mahkam.  
Yetib chun gulshani lutfung shamimi,  
Koʻrunub elga oʻt jannat nasimi.  
Oyu kun bogʻi johingdin iki gul,  
Tun ul gulshanda mushkinfom sunbul.  
Kavokib birla ul tun rangi darham,  
Toʻkulmish goʻiyo sunbulgʻa shabnam.  
Qilichingdin ham el gʻamginu ham shod,  
Sudindur mulk ham vayron, ham obod.  
Qilib mavji balo ham zohir ul suv,  
Boʻlub ham fath ruxsorigʻa koʻzgu.  
Xadanging marg tayridin nishona,  
Aduv jismini aylab oshyona.  
Vale ul oshyongʻa boʻlmayin rom,  
Oʻtub yetgach zamone, tutmay orom.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling