Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 143 library.ziyonet.uz/ XL Bob sarlavhasida Xusravning Mehinbonu qoʻrgʻoninn qamal qilgani, uning lashkarlari Farhod irgʻitgan toshlarga bardosh bera olmaganlari, bir hiylagar koʻmagida Farhodni band etib, Xusrav huzuriga olib kelganlari xabar qilinadi. 1. Telba qush–Farhod koʻzda tutiladi. 2. Ishq bulbuli–ya’ni Farhod. 3. Bu va avvalgi bayt mazmuni: qoʻrgʻon ahli tunu kun hamma narsadan voqif, kunduzlari ovoz chiqarmas edilar. Lekin kechasi esa «hozir boʻl» {ehtiyot boʻl) deya figʻon bilan shovqin solardilar. 4. Bu baytda Shopur (Farhodga behush qiladigan dori sepilgan gulni islatib, oʻzidan ketkazgan hiylagar boshiga tosh bilan urib oʻldirgani haqida yozadi va irsoli masal san’ataga koʻra «Boshni tosh ushatadi», maqolini ishlatadi. XLI Bu bob sarlavhasida behush Farhodni Xusrav huzuriga keltirganlari, uning boshdan-oyoq zanjirband etilishi, Buzurg Ummid Farhodni hushiga keltirishi, Xusrav savollariga Farhodning javoblari, oʻtkbr soʻzlari tufayli uning omon qolishi xabar qilinadi. 1. Xalil – lugʻ ma’nosi: doʻst, muhib, yor, Ibrohim paygʻambarning laqabi. Bu yerda shoir paygʻambarning oʻtdan gul undirnshini ta’riflamoqda. 2. Lavhashalloh – arabcha: agar Oollohdan qoʻrqsa, ma’nosida. 3. Shoir bu baytda istiora san’atini qoʻllab, Shirinni parirux deb atamoqda. 4. Bu baytdagi siyosat soʻzi ―jazo‖ ma’nosida ishlatilgan. 5. Salosil – «silsila»ning koʻpligi; zanjirlar, tizmalar. Bu yerda togʻ ustidagi qoʻrgʻonning nomi. XLII Bu bob sarlavhasida Farhodni Salosil qoʻrgʻoniga qamab qoʻyilishi, u yerda qattiq qiyinchiliklar tortishi bayon etiladi. 1. Salosil qoʻrgʻonida Farhodni qoʻriqlab turganlar unga banddan ozod etish, Xusravdan qanday jazo yetishsa shunga rozi ekanliklarini bildirishganida Farhod bu va keyingn 2 baytda ularga javob qaytarib: vafo ahli –haqiqiy oshiq bunday qilmaydi, deydi. «Farhod... shunday ogʻir vaziyatda ham aql bilan ish koʻrib olijanoblik qiladi, oʻzi tufayli boshqalarni baloga solishni istamaydi, bunday ozodlikdan voz kechadi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi. 100-bet). «Oʻz baxti deb ularni oʻtga tashlamaydi. Odamiylikka odamiylik bilan javob beradi» (Erkinov S. Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili, 121-bet). 2. Bu va keyingi baytda Navoiy tashbih san’atnni ishlatib, Farhodning hayvonlar, qushlar bilan doʻstlashib ketganini Sulaymon paygʻambarga oʻxshatadi. 3. Yusuf – shoir bu yerda Farhodning boʻriga oʻz alamlarini aytib dardlashishini tasvirlar zkan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling