Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
145 
library.ziyonet.uz/ 
 
noma yoʻllagani bayon etiladi. 
 
1. Afolloh – arabcha: xudoning oʻzi saqlasin (yoki olloh kechirsin, ma’nosida). 
 
2. Baytdagi gʻamkashdan – Mehinbonu, mahvashdan – Shirin koʻzda tutiladi. Bu shoirning 
istioralariga yaxshi misoldir. Baytning mazmuni: U (ya’ni Shirin) hech oʻylamay sakkizta 
barmogʻi (shoir ularni gul barglari deb ataydi) bilan (timdalab) sarigʻ yuzi uzra qonlar (shoir 
ularni qizil gulga oʻxshatadi) oqizdi. Bu ham favqulodda istioralardir. 
 
3. Bu baytda Shopur Mehinbonuga murojaat qilib, shunday ta’riflaydn: ey osmon kursisida 
oʻtirgan, sipohlari yulduzlarcha (behisob), muborak yuzli, iffat pardasini yopingan (malika). 4. 
Bu nido san’atiga yorqin misol boʻla oladi. 
 
5. Bihamdillah – arabcha: xudoga shukur. Bu va keyingi baytning mazmuni: xudoga shukrki, uni 
(ya’ni Farhodni) hiyla va makrlar bnlan asir etgan odamni devni oʻldira oladigan bir tosh bilan 
urib, jahannam yurtiga joʻnatdim. 
 
6. Baytning mazmuni: u (ya’ni Shopur) anglagan narsalarning hammasini bir-bir toʻrgʻay 
(chakovak)dek sayrab (soʻzlab bera boshladi). 
 
7. Sumanbar – Shirin koʻzda tutiladi. 
XLV 
Bob sarlavhasidan Shirinning Farhodga maktubi, unn oʻqib behush yiqilishi, Farhodning javob 
xati ma’lum boʻladi. 
 
1. Royiha yabusati – yoqimli hidning shiddati. 
 
2. Baytning mazmuni: (bu maktubni) bir shamdan parvonaga demayman samandardan bir gulxan 
(otashxona)ga (yoʻllayman). Shoir bu yerda afsonaviy samandar degan jonvorning oʻt ichida 
yashashligiga ishora qiladi. Ayii paytda Navoiy ham talmeh, ham istiora (gulxan Farhod 
samandar – Shirin) san’atlarini qoʻllaydi. 
 
3. Bu baytdan Shirinning Farhodga yozgan maktubi boshlanadi. Maktubni Sharq peziyasidagi 
noma janrining ajoyib namunasi sanash mumkin. Unda soʻz ifodasini topgan hijron va uning 
alamli iztiroblari yolgʻiz Shiringagina emas, shuningdek, oʻrta asr feodal davri xotin-qizlariga 
ham taalluqlidir. Ayni choqda, bu maktubda Navoiy ijodiga xos realistik elementlar oʻz aksini 
topgandir. Unda Shiringa xos boʻlgan goʻzal fazilatlar, chunonchi: oqilalik, sofdillik, vafodorlik 
yuksak mahorat bilan ta’riflanadi. 
 
4. Bu baytda Farhodning vahshiy hayvonlar va qushlar bilan doʻstlashib ketganligini nazarda 
tutib, Shirin Farhodni Sulaymonga va afsonalardagn Sulaymonning barcha jonivorlar ustidan 
hukmronlik qilishiga ishora qiladi. Navoiy bu oʻrinda talmeh san’atidan istifoda etadi. 
 
5. Baytda Shirin oʻzini Sulaymonning sevgilisi Bilqisga oʻxshatadi. 
 
6. Mehnat durboshi– bu yerda mashaqqat kaltagi ma’nosida ishlatilgan. 
 
7. Yetti koʻk – ilmi nujumga koʻra osmon yetti iqlimga boʻlinadi. Goʻe ular bir-birining ustiga 
joylashgan boʻlib, har qaysisiga bir sayyora hukmronlik qilar emish. 
 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling