Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
148 
library.ziyonet.uz/ 
 
1. Shu baytdan boshlab shoir nido san’atini qoʻllab Farhodnnng charxga, gʻam tigʻi, anduh toshi, 
ajal, qiynoq, azob, hijron gʻami, togʻ, metin, hayvonlar va h. k.larga murojaat etib nolalar 
 
bilan vasiyat qilganini juda ta’sirli misralarda tasvirlaydi. 
 
2. Bu yerda Farhod uchun yurtida yil fasllariga monand qilib bunyod etilgan toʻrt bogʻ va toʻrt 
qasr yodga olinadi. 
 
3. Sayfiy ravza – yoz fasli uchun yaratilgan bogʻ (ichida qasri bilan). 
 
4. Xazoniy ravza – kuzlik bogʻ (qasri bilan). 
 
5. Shitoyi ravza – qishlik bogʻ (qasri bilan). 
 
6. Baytning mazmuni: yirtqich hayvonlar u holin (ya’ni Farhodning oʻlimini) koʻrib, Farhodni 
oʻldirganni (ya’ni makkora kampirni) burda-burda qilib yubordilar. 

Bu bob sarlavhasida dahrning vafosizligi sababli Xusrav va Mehinbonunnng yarashganlari, 
qoʻrgʻon ichida, qamalda yotganlarning tarqalib ketganlari, Farhod oʻlimidan oʻlar holga yetgan 
Shirinni Armaniyaning bahavo togʻiga yuborganlari bayon etiladi. 
 
1. Baytning maznuni: tabaqalarga (biri ikkinchisi ustida joylashgan yetti iqlim koʻzda tutiladi) 
boʻlingan osmon ajoyib qushdirki, uning ishi kabutardek muallaq uchmoqdir. 
 
Shoir keyingi baytlarda oʻzining yaratuvchi haqidagi juda dadil fikrlarni bnldiradi. Olamni 
kabutarga, yaratuvchini kabutarboz sayyodga nisbat berib, uni jallod deb ataydi. 
 
2. Bu va keyingi baytlarda Navoiy bir notavon va bexonumon kishi Farhodni koʻrnsh va uni 
xizmatida boʻlish uchun kelib yetganini, bu payt Farhod jon berayotib, nolalar qilganini, oʻzini 
bir tosh orasiga olib eshitganini bayon etadi. U shaxs Farhod qabrinm koʻtarib, u yerda mujovir 
(mozorda yashovchi) boʻladi va xalq orasida koʻrganlarinn hikoya qilib yuradi. Bundan Shirin 
ham xabar topadi. 
 
3. Bayt mazmuni: (agar Parvez qamaldagi xalqni ozod qilmasa), ularning toqati toq boʻlib, 
Bonudan yuz oʻgiradilar (aynan: Bonu bilan oq boʻladilar). Shoir bu yerda xalq orasida keng 
tarqalgan «Oq boʻlmoq» iborasini qoʻllaydi. 
 
4. Bu baytda shoir Mehinbonuning tadbirkorlik bilan Xusrav yuborgan odamlarga muomalasini 
bayon etib, u yuborgan maktubni oʻpib, sudo’ afsuni, ya’ni bosh ogʻrigʻini daf etish uchun 
yozilgʻan tumordek boshimgʻa qoʻydim, deydi. 
 
5. Bu ikki bayt Navoiy istioralariga yorqin misoldir: Farhod oʻlimidan keyin xastahol Shirinni 
togʻ tepasida Farhod qurgan qasrga yuboradilar. Shoir ikki baytda mohirlik bilan 8 marta istiora 
san’atini qoʻllaydi: falak – togʻni, oy – Shirin, chaman – bogʻ, gul – Shirin, Quyosh – Shirin, 
jonfido ayvon – qasr, pari – Shirin, chashmai hayvon – Farhod qazgan ariqni anglatadi. 
LI 
Bob sarlavhasi Shirinning safar vaqtida unga Sheruyaning koʻzi tushib qolishligi va Xusravni 
oʻldirib, Shirinni oʻziga soʻratishi, Shirin esa uni muloyim soʻzlar bilan yupatib, toqqa ravona 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling