Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 150 library.ziyonet.uz/ 1. Favoris – «foris»ning koʻpligi; suvoriy, sher, demakdir. 2. Abul Favoris – Shoh Gʻarib Mirzo (Husayn Boyqaroning oʻgʻli)ning laqabi. Xallada davlatuhu – (arabcha duo), «xudo davlatnni abadiy qilsin», demakdir. Bu ibora shohlar, shahzodalarning ismidan keyin aytiladi yoki yoziladi. 3. Temurxon – Amir Temur, Temurlang (13369.4, Shahrisabz – 1405. Oʻtror sh.) – Oʻrta Osiyoda yirik feodal davlat arbobi, sarkarda. Temurning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi mayib boʻlgan, oqsoqlangan. Shuning uchun uni Temurlang (oqsoq Temur) deyishgan. Qabri Samarqandda Guri Mir maqbarasida. 4. Ulugʻbek (laqabi, asl nomi Muhammad Taragʻay; 1394. Sultoniya sh. (hozirgi Eronda) 1449. – Samarqandlik buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, otasi Shohruh davrida 17 yashar Ulugʻbek Movarounnahr va unga yondosh viloyatlarning toʻla hukmdori qilib tayinlanadi. Keyinchalik (1414) uning davlatiga Xorazm ham qoʻshildi. 1447 y. Shohruh vafotidan keyin Ulugʻbek Shohruh tasarrufidagi Xuroson bilan Movarounnahrni birlashtirib, kuchli davlat tuzmoqchi boʻldi. Lekin reaksion kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. 1449 yili Ulugʻbek siyosatidan norozi oʻgʻli Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning fatvosi bilan Samarqand yaqinidagi qishloqda qatl etildi. Samarqandda dafn qilingan (Guri Mirda), Ulugʻbek davrida, ayniqsa, Samarqandda hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, savdo-sotiq ravnaq topdi. Ulugʻbek musiqa ilmi va adabiyot bilan ham shugʻullangan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» nomli tazkirasida Ulugʻbek faoliyatiga yuksak baho beradi va uning she’rlaridan namuna keltiradi. 5. «Zichi Koʻragoniy» – Ulugʻbekning oʻz rasadxonasida olib borgan astronomiyaga oid kuzatishlari asosida tuzilgan jadvallardan iborat asari. Uning maxsus nazariy qismi – muqaddimasi juda koʻp tillarga tarjima qilingan. 6. Ilm ul-yaqin – har narsaning mohiyat va kayfiyatini bilish, ochish. 7. Tahmuras – miloddan avvalgi Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni. Afsonalarda uni Marvda kuhandiz, Xuroson, Nishopur va Isfahonda Magʻriz va Soriyyani barpo qilgan (mil. av. 830 y.), deyiladi. Navoiy «Tarixi muluki Ajam‖da yozishicha, roʻza tutishlik undan sunnat qolgan. Forscha kitob yozishlik va boʻz toʻqishlikni Tahmuras ixtiro qilgan. U har kimning biror sevgan odami boʻlsa, uning suvratnni chizdirib, shu bilan xursand boʻlar ekan. Shundan butparastlik kelib chiqqan ekan. 8. Zahhok – qadimgi afsonalarga koʻra, Jamshiddan soʻng taxtga oʻtirgan oʻta zulmkor podshoh. Uning ikki yelkasida ikkita maraz (illat, yara; boshqa rivoyatda ikki ilon) boʻlib, uning ogʻrigʻiga odamzod magʻzi (miyasi)dan boʻlak narsa taskin bera olmas ekan. Shu sababli har kuni ikki gunohkorni oʻldirib, magʻzini unga berar, agar gunohli odam topilmasa, jurba tashlab xalq orasidan ikki kishini qatl qilar ekanlar. Bir kuni jurba isfahonlik ohangar – temirchi Kova oʻgʻillaridan biriga tushib qatl qilinadi. Soʻngra yana bir oʻgʻliga tushadi. Dargʻazab Kova odamlarni yigʻib, Zahhokka qarshi isyon koʻtaradi. Ular temirchilar saxtiyoni – partugʻini bayroq qilib, Zahhok ustiga otlanadilar. Kovaga Jamshidning nabirasi (boshqa rivoyatda Tahmuras naslidan Obitin oʻgʻli) Faridun kelib qoʻshiladi va Zahhokni oʻldiradi. 9. Bu va keyingi baytning mazmuni: nima foydali, nima zararli ekanligini hikmat ajratib berishligini aniq anglaganingdan keyin, foydalilari bilan shugʻullan. Lekin hamma ishda ham oʻrtani tutishga mayl qil. 10. Bu baytda shoir irsoli masal san’atini qoʻllaydi: u yuqoridagi baytdagi oʻz muddaosi – mizoj |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling