Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 30 library.ziyonet.uz/ Falak deb dard elining shohi oni, Malak deb dard oʻti ogohi oni. Tushub ishq ahli ichra har taraf joʻsh, Chu tugʻdi oʻtda sayr aylar Siyovush (7) . Vafo xaylida gʻavgʻo shodligʻdin, Biri-birga muborakbodligʻdin. Ato ul durgʻa chun nazzora qildi, Sadafdek ogʻzi kulmakdin yoyildi. Sochib oncha javohir olam ichra Ki, andin bahru kon qolib gʻam ichra. Yasab kishvarni oyin birla borcha, Bu oyin tuhfai Chin birla borcha. Bu yangligʻ hukmi om aylab nadivor «Ki, Chin mulkida boʻlsa harne devor Yasalsun borcha oyin birla zebo, Tutulsun borigʻa iksunu debo. Ne debo, borchasi sanginu dilkash, Xito suratlari birla munaqqash». Qilib bu nav’ ziynat birla oyin, Tamomi Chinni suratxonai Chin. Xaloyiq harne qilsa tergamak yoʻq, Ne qilgʻonni yomon qilding demak yoʻq. Tuzub bir jashnkim charxi kuhansayr, Aning davrida bu toqi kuhandayr — Aningdek koʻrmayin bazmi Kayoni, Yuzidin bircha ham bermay nishoni. Falakdek xon fuzunroq anda haddin, Quyosh qursi kibi non xud adaddin. Olib kishvar elining ehtiyojin, Bagʻishlab elga uch yilliq xirojin. Ulus tutmay tarabdin bir dam orom, Vale asrab tarab tavrida andom. Tarab gʻavgʻosin ul kishvarda chogʻlab, Mashaqqat korvoni raxt bogʻlab. Qilib yagʻmo xaloyiqdin garona, Tutub aysh anda manzil jovidona. Yuzinda kimsa chindin tormayin bahr, Magar dashti yuzi lek ul dagʻi shahr. Qilib mahv el ichidin boda qaygʻu, Qaro qaygʻuni daf’ aylab qizil suv. Ketur, soqiy, chekib yirlar uchun un, Manga toʻydin ulush ber, jomi gulgun. Meni Chin ahli yangligʻ mayrarast et, Toʻlo chiniy ayogʻlar birla mast et. [XIII] Shahzoda Farhodqa «Al-asmou tanzilu minassamo» (1) hukmi bila ishq sirehri avjidin nomdorliq nasib boʻlmoq va shavq gulshanida gʻuncha erkonda guldek koʻnglaki chok, balki bulbuldek koʻngli gʻamnok boʻlmoq va dard muallimi maktabida ishq kutubin lafz-balafz, balki muhabbat avroqin harf-baharf oʻqumoq va dilovarliq maydonida shijoat varzishini qilichdek tez etib oʻqdek tuz etmak va zamon kinavarlaridin xuddek saromad va nayzadek sarafroz boʻlmoq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling