Alisher Navoiy (1441 1501)
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
@Davlat_tili_archives
Kimki, yolgʻon soʻzni birovga toʻnkagay, oʻz qora yuzini yogʻga bulaydi. Ozgina yolgʻon ham ulugʻ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir. Nafʼing agar xalqqa beshakdurur Bilki, bu nafʼ oʻzungga koʻprakdurur. Odami ersang demagil odami, Onikim yoʻq xalq gʻamidin gʻami. Onalar oyogʻi ostidadur Ravzayi jannatu jinon bogʻi. Ravza bogʻi visolin istar esang, Boʻl onaning oyogʻin tuprogʻi. Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani, Qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani. Navoiy gʻazal va ruboiylaridan namunalar Gʻazallar Qaro koʻzum Qaro koʻzum, kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil, Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil. Yuzung guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil. Takovaringgʻa bagʻir qonidin hino bogʻla, Itinggʻa gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil. Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx, @Davlat_tili_archives Xamir etib, yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil. Yuzung visoligʻa yetsun desang koʻngullarni, Sochingni boshtin ayogʻ chin ila shikan qilgʻil. Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon, emas moneʼ, Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil. Yuzida terni koʻrub oʻlsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgʻil. Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang, Aning boshogʻligʻ oʻqin shamʼi anjuman qilgʻil. Mubtalo boʻldim sanga Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldum sanga, Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga. Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin koʻngul, Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga. Men qachon dedim: "Vafo qilgʻil manga" zulm aylading, Sen qachon deding: "Fido boʻlgʻil manga" boʻldim sanga. Qay pari paykarga dersen telba boʻldung bu sifat, Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, boʻldum sanga. Ey koʻngul, tarki nasihat aylading ovora boʻl, Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga. Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, @Davlat_tili_archives To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga. Kelmadi Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi, Koʻzlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadii. Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yoʻlida intizor, Keldi jon ogʻzimgʻavu ul shoʻxi badhoʻ kelmadi. Ul parivash hajridinkim yigʻladim devanavor, Kimsa bormukim anga koʻrgannda kulgu kelmadi. Tolibi sodiq topilmas yoʻqsakim qoʻydi qadam Yoʻlgʻakim avval qadam maʼshuqqa oʻtru kelmadi. Ey Navoiy, boda birla hurram et koʻngul uyin, Ne uchunkim boda kelgan uyga qaygʻu kelmadi. Koʻrgali husnungni zoru… Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga, Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga. Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil, Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga. Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading, @Davlat_tili_archives Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga. Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl, Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga. Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga. Orazin yopqach koʻzimdin Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh, Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh. Qut bir bodomu yerim goʻshan mehrob edi, Gʻorati din etti nogah bir baloliq koʻzu qosh. Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini, Subhnung bot-bot dami andogʻki aylar mehr fosh. Boʻsae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing, Desam ogʻzi ichra aytur laʼl ham bor navʼ tosh. Novaking koʻnglimga kirgach jon talashmoq bu ekin, Kim qilur paykonini koʻnglum bila jonim talosh. Umri jovid istasang fard oʻlki, boʻston Xizridur, Sarvkim daʼb ayladi ozodaliq birla maosh. Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling