Alisher Navoiy (1441-1501)


Download 220.82 Kb.

Sana09.04.2017
Hajmi220.82 Kb.

 

 

2014 yil 



 

 

son 



 

 

 



 

Alisher Navoiy 

(1441-1501) 

        

                       

 

 

             

M. Tursunov  

Ma`naviy-marifiy ishlar 

bo`yicha direktor o`rinbosari, 

bir nechta uslubiy  

qo`llanmalar muallifi 

Sog`lom bola tarbiyasi azaliy qadriyat 

 

Bugun  tezlik  va  o`ta  shiddat  bilan  o`zgarib  borayotgan  dunyoda  globallashuv 



jarayonlarining  ijobiy  tomonlari  bilan  bir  qatorda,  uning  salbiy  oqibatlari  ham  hayotimizga 

kirib kelmoqda.  

Bunday  xatarlardan  hayotimizni  asrash,  ma’naviy  bo’shliqqa  yo`l  qo`ymaslik  uchun, 

avvalambor,  ezgu  insoniy  g`oyalar  va  yuksak  mahorat  bilan  yaratilgan  asarlar  orqali,  bugun 

jahon  maydonida  yuz  berayotgan  keskin  aql-zakovat  va  iste’dod  musobaqasida  bellashuvga 

qodir bo’lishimiz lozim.  

Davlatimiz  Siz  yoshlarning  ta’lim-tarbiya  olib  barkamol  shaxs  bo’lib  voyaga 

yetishingizda  barcha  imkoniyatlarni  ochib  bermoqda.  Mamlakatimizda  ta’lim  olishning 

huquqiy  asoslari  yaratildi.  Har  bir  fan  bo’yicha  darsliklarning  yangi  avlodi  yaratildi  hamda 

amaliyotga  joriy  etildi.  Davlatimiz  rahbari  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  “Bizga 



bitiruvchilar  emas,  maktab  ta’lim  va  tarbiyasini  ko’rgan  shaxslar  kerak”,  deb  ta’lim 

xodimlari oldiga vazifa qo’ydilar. Tarbiya haqida gapirar ekanmiz, u – inson ma’naviyatining 

ko’zgusidir. 

Qomusiy olimlarimizdan Al-Xorazmiyning ilmiy bilimlar sohasidagi kashfiyotlari, Abu 

Nasr  Farobiyning  fozil  inson  kontsepsiyasi,  Abu  Rayhon  Beruniyning  ilmiy  bilish  yo’llari, 

usullari,  ilm-hunarni  egallash  metodlari,  axloqlilikning  belgilari  va  uni  tarkib  toptirish 

usullariga  oid  qarashlari,  Abu  Ali  ibn  Sinoning  aqliy,  axloqiy,  jismoniy  kamolotga  oid 

ta’limoti, ta’limiy-axloqiy asarlar barkamol inson tarbiyasida muhim o’rin tutadi. 

Shu sababdan milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqni belgilab beruvchi tarbiya sohasidagi 

boy merosni targ`ib va tashviq etish mustaqil davlatimiz ziyolilarining asosiy vazifasidir. 

Abdulla  Avloniy  “Turkiy  Guliston  yoxud  axloq”  asarida  tarbiya  turlari  haqida  fikr 

yuritar  ekan,  “Tarbiyaning  zamoni,  ya’ni  bolaning  yetuk  tarbiya  topishida  ijtimoiy  muhit, 

oilaning  o’rni,  “Badan  tarbiyasi”  sog`lom  insonni  tarbiyalash,  “Fikr  tarbiyasi”  tafakkurini 

rivojlantirish,  fikrlashga  o’rgatish,  “Axloq  tarbiyasi”  –  yaxshi  xulq  va  odatlarni  tarkib 

toptirish kabi masalalarga e’tiborni qaratadi. 

Qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy mezoni sifatida 

aqliy  yetuklik,  sog`lom  fikr,  yuqori  iste’dod,  ijodkorlik,  yaxshi  xulq,  nafosat  tarbiyasini 

shakllantirish tushunilgan. 

Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqqan  holda,  aziz  o’quvchilar  mustaqil  va  keng 

fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishishi 

lozim.  

Har  bir    ota-ona  farzandining  sog`lom  bo’lishini    va  barkamol,  aql-zakovatli,  baxtli 

bo’lishini  istaydi.  SHunday  farzandni  voyaga  yetkazish,  uning  hayotda  munosib  o’rin 

egallashini  ko’rish,  shu  borada  ularga  ko’maklashish  —  ota-onaning  eng  ulug`,  eng 

muqaddas orzusidir. 


 

 

 



ЯЗЫК - ЭТО ОКНО В НОВЫЙ МИР 

 

    Yu.Sarimsaqova 

     Rus tili uslubiy 

  birlashmasi rahbari 



 

 

Ничто на свете не связано с человеком так прочно, как язык. Нет на свете лучшего 



средства  общения.  Чем  лучше  ты  владеешь  языком,  тем  больше  у  тебя  права 

называться человеком. Благодаря языку ты встречаешься с великим множеством новых 

людей.  Благодаря  языку  у  тебя  появляются  друзья  в  других  странах  и  даже  в 

отдалённых временах. Но главное - новый язык стоит учить потому, что он проложит 

тебе дорогу к другим людям. 

Язык - это орудие дружбы, и с тех пор, как стоит мир, лучшего орудия ещё никто 

не придумал. 

Мировыми  языками  называются  некоторые  наиболее  распространённые  языки, 

употребляемые  между  собой  представителями  разных  народов  за  пределами 

территорий, населённых людьми, для которых они изначально родные. 

Функции этих языков охватывают международные сферы - дипломатию, мировую 

торговлю,  туризм.  На  них  общаются  учёные  разных  стран.  Они  принимаются  как 

“рабочие языки” ООН и других международных организаций, а также их изучают как 

“иностранные языки”, т.е. обязательный предмет обучения в вузах и школах во многих 

государствах мира. 

Состав мировых языков изменчив. В настоящее время в него входят английский, 

испанский, китайский, немецкий, русский, французский. 

Русский  язык  издавна  служит  средством  межнационального  сотрудничества 

многих  народов  разных  стран  и  является  общепризнанным  мировым  языком  с 

середины  XX  века.  Богатейшая  русская  классическая  художественная  литература  и 

непревзойдённые по качеству и количеству переводы на русский язык литературы всех 

языков мира способствуют признанию русского языка как мирового. 

Принятие  человечеством  данного  языка  как  мирового  связано  с  авторитетом, 

ролью страны этого языка в истории и современности. 

Наряду с социально-историческими причинами существенны и лингвистические. 

Речь идет о том, насколько данный язык подготовлен к преподаванию носителям иных 

языков  и  культур.  Он  должен  быть  сформировавшимся  национальным  литературным 

языком,  обладающим  длительной  письменной  традицией,  установившимися  нормами, 

хорошо исследованным и описанным в грамматиках, словарях, учебниках. 

 


 

 

 

 

 

 

     Siz nechanchi sinfda o`qiysiz? 

     Q.Qosimov 

Jurnal muharriri

 

Bu savol Sizga qiziq, balki erish tuyulishi mumkin. Lekin... 

Biz  aynan  ana  shu  lekinga  to`xtalib,  biroz  bosib  o`tgan  yo`limizga  nazar  tashlasak.  

Biz  hozir  aytadigan  fikrlarni  har  bir  kishi  do`ppini  bir  chekkaga  olib  qo`yib, 

mulohazalarimizni aql tarozisiga qo`yib, o`z xulosasini chiqaradi degan umiddamiz. 

Bu  yog`i  oddiy  arifmetika:  Agar  bir  o`quvchi  bitta  dars  jarayonida  arzimagan  10 

daqiqani hayol surib-mi, boshqa keraksiz ishlar bilan chalg`ib-mi, uyqusirab-mi va hokazolar 

bilan  bekor  o`tkazsa  –  bu  bir  kunda  o`tilgan  6  soat  darsda  60  daqiqa  yoki  1  soat  yo`qotildi 

degani.  Bu  sonni  bir  o`quv  yiliga  ko`paytirsak  –  o`rtacha  204  soat  bo`ladi.  Agar  9  sinf 

o`quvchisi 9 yilni ana shunday bekorchi 10 daqiqalar bilan o`tkazgan bo`lsachi  – bu    1836 

soatni  tashkil  etadi.  Agar  bu  ulkan  sonni  dars  soatlariga  aylantirsak  nima  bo`lishini 

bilasizmi?!!!  2754  soat  dars  havoga  uchdi  degani.  Agar  bu  sonni  yillik  o`quv  soatlariga 

aylantirsak salkam 2,5 yillik dars soatlari bajarilmay qolganiga guvoh bo`lamiz... 

Biz arzimagan 10 daqiqani aytayapmiz.  Bitta darsda 15 daqiqa yoki 20 daqiqa diqqat 

–  e’tiborsiz  qatnashgan  o`quvchi  haqida,  turli  sabablar  bilan  –  masalan,  qarindoshnikidagi 

to`y  bahona  3  kun,  dada  va  onaning  tug`ilgan  kuni  bahonasida  2  kun,  turli  marosimlaru 

dangasalik  bilan  maktabga  bormagan  o`quvchi  haqida,  uning  bilim  darajasi,  odamiyligi 

haqida fikr yuritishga yuragimiz bellamadi.  

Aziz o`quvchi, haqiqatni o`zingiz-o`zingizdan so`rab ko`ringchi - Siz nechanchi sinfda 

o`qiysiz?...  



 

 

Mutalov Muhammad Ali   

     9 a sinf o`quvchisi 

CHUMOLI FALSAFASI.  

(Internet materiallari asosida) 

 

Men bolalarga doim chumoli falsafasi deb nomlangan to`g`ri hayot yo`lini uqtirib kelaman. 



Chumolilar hayratda qoldiradigan 4 ta konsepsiyadan iborat ajoyib falsafaga ega: 

1.

 



Chumolilar hech qachon maqsadlaridan ortga qaytmaydilar.   

Agar biror yoqqa ketayotgan bo`lsa, xalaqit bersangiz yoki to`xtatsangiz, ular darrov boshqa yo`l 

topadilar. Qanday ajoyib falsafa! 

2.

 



Chumolilar yoz bo`yi qish g`amini yeydilar. 

Hamma vaqt yoz bo`lib turmaydi. Yozda ortiqchasini qishga g`amlaydi. Siz ham kelajak haqida 

o`ylang va realist bo`ling. 

3.

 



Chumolilar qish bo`yi yoz to`g`risida o`ylaydilar. Bu juda muhim. Ular qish ham mangu 

cho`zilmasligini, tez orada issiq kunlar kelishini o`ylaydilar. Ular doim yaxshi o`zgarishlarni 

kutib yashaydilar.  

4.

 



Chumolilar qishga tayyorgarlik ko`rish uchun  yoz bo`yi mehnat qiladilar. Qo`ldan kelgancha 

hamma ishni o`z vaqtida qilish lozim. Qanday ajoyib  

Haqiqatan  ham  amerikalik  faylasuf  Jim  Ron  fikrlarida  jon  bor.  Albatta  biz  ham  shu  fikrlar  asnosida 

o`z  shahsiy  falsafamizni  yaratishimiz  va  bu  orqali  kelajak  orzularimizni  amalga  oshirish  rejasini 

tuzmog`imiz  lozim.  Zero,  kelajakka  nurli  ko`zlar  ila  boqmoq  lozim.  Hech  qachon  tushkunlikka, 

umidsizlikka  tushmang.  O`z  maqsadingiz,  orzuyingiz  yo`lida  tinmay  mehnat  qiling.  Ana  shunda  siz 

ko`zlagan maqsadingizga yetishasiz! 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

    

S. Musaboyev  

 

 

 

 

(hikoya)


 

    Mohir pedagog,  

  iste’dodli yozuvchi 

o`nlab asarlar muallifi 



 

 

Birodar! Xech qachon mana bunday axvolga tushganmisiz? 



 

Faraz  qilaylik,  kunlardan  bir  kuni  nechundir  yuragingiz  siqildi,      allanechuk  ruxan 

bo`shashib  borayotganingizni  his  qilasiz.    Ochig`ini  aytganda,  bunaqa  xolat  sababini 

dabdurustdan  tushuntirish  ham,  anglab  yetish  ham  anchayin  mushkul  ish.  Qisqasi,  hayot 

kemasi  noma’lum  sayozlikka  kirib  qolgan,  botib  qolish,  halokat xavfi  taxdid  solayotir...  Bu 

o`xshatishning turmushdagi salbiy  surati shuki, odamning yillar davomida  o`rganib qolgan,  

qadr  topgan  o`z  ishidan  qaysidir  fursatda  bir  karra  ko`ngli  soviydi.  Nimadir  bo`lgan! 

Xamkasblarni,  qadrdonlarni  xatto,  ko`rgisi  kelmaydi.  Buning  ustiga  boshqa  bir  xunuk 

kayfiyat sirtmoq soladi: qaergadir bosh olib ketish, noma’lum va mavxum ishlarning boshini 

tutish istagi tinchlik bermaydi. 

 

Shunda  sizning  qarshingizda    ikki  muammo  kundalang  bo`ladi,  Birinchisi,ruxiy 



tushkunlik  sababini  topib,  ish  o`rnida  qaytadan  ildiz  otish,  Ikkinchisi,  eng  xavflisi  sizning 

yuragingizga g`ulg`ula solib,  tani joningizga tinchlik bermayotgani, ishdan bo`shash. 

 

Bunday  nohush  fursatda  sizga  hech  kim  yordam  berolmaydi.  Birov  to`g`ri  yo`l  



ko`rsatolmaydi.  Inchunun,  siz  birovga  yorilmagansiz,  o`y  hayollaringiz  balki  o`tkinchi, 

ko`zlagan maqsadingiz pinxon va mavxum. 

 

Sayozlikka  botayotgan  kemani  o`z  darg`asining  aql  idroki  va  maxorati  ro`shnolikka 



olib chiqadi. Binobarin sizni ham qutqaradigan  samoviy darg`a bor. Bu o`z ichki quvvatingiz 

va  teran  muloxazangizdir.Faqat  siz  ularni  topa  olasizmi,  zarur  maqsad  yo`lida    safarbar  eta 

olasizmi? 

 

Shu o`rinda sizdan jiddiy bir mas’uliyat, hayotga cheksiz muhabbat talab etiladi. Zero, 



tushkunlik  bulutlari  iskanjaga  olgan  taqdirda  ham  mehnatga  mahkam  yopishsangiz  va  

qadrdon  ish  joyini  tashlab  ketmasangiz,  bilib  qo`ying,  xayrixoxlar,  do`stlar  istiqbolingizga 

shoshiladi, qo`llab quvvatlaydi.  Shoyad, shu fursat   sizning ham  baxri-dilingiz ochiladi,  aql-

shuuringiz ravshan tortadi. 

          Chunki,  siz    o`tkinchi  kayfiyatlarning  xalokatli  sirtmog`iga  bo`yin  bermadingiz,  eng 

muximi, hayot kemasini sayozlikdan olib chiqa oldingiz!  

 

Zero,  bu  sizning  g`alabangiz  edi.  Xuddi  mana  shu  g`alabani  ta’min  etgan  botiniy 



intilishning nomi esa IRODA, deb ataladi. 

 

Bu ayni haqiqat, aziz birodar! 



 

        


 

 

 



Bahodirjon Fayzullayev 

 

Ona tili va adabiyot 

fani o`qituvchisi 

Iste’dodli shoir, bir 

nechta she’riy 

to`plamlari nashr etilgan. 



 

 

 

- Qaldirg`och kelibdi dedingmi? 



Buncha yoqimli bo`lmasa so`zlaring… 

 

 



Sog`inchlaring tikilar, ona, 

Chehrangga nur yugurar, ona, 

Rayhon ekib yayraysan hali, 

Ona, yana bahor keladi. 

 

O`sma hidin xush ko`rgan singlim, 



Tol bargakni tush ko`rgan singlim, 

Tut shoxiga arg`imchoq ildim, 

Singkim, yana bahor keladi. 

 

Xasta yurak, xastalangan jon, 



Shifo so`rab zorlandim har on, 

Ko`klamga yetdik otajon… 

Ota , yana bahor keladi. 

 

 

 

 

Satimova Zulayxo 



8 a sinf o`quvchisi 

    


    Bilimlar bellashuvi sovrindori 

 

Ko`klamoyim 

 

Bahoroyim ko`klaringni ko`z-ko`z etib, 



Tog`da lola, bog`da gullar ochibsanmi?! 

Iforingdan bu dillarni bahra etib, 

Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?! 

 

Daraxtdagi novdalarda gul ochirib



Adirlarni yashil tusga bo`yabsanmi?! 

Men keldim deb ko`ngillarni shodon aylab. 

Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?! 

 

Baland tog`ni bezab turar qizg`aldoqlar, 



O`z sepingni har tomonga yoyibsanmi?! 

Doshqozonda pishar qaynoq sumalaklar, 

Ko`klamoyim yurtimga xush kelibsanmi?!

 


Teshaboyeva 

Mohiraxon 

 

 9 b sinf o`quvchisi 

Istedodli o`quvchi. 

She’rlari viloyat va 

respublika gazetalarida 

chop etilgan. 

Kelgusida taniqli 

shoira bo`lish orzusida  

 

 



Oqibat 

 

Dunyo xech to`ymadi ko`z yoshga, 



Alam jang boshladi bardoshga. 

Tanaga sig`magan bir boshga, 

Nelarni solgan bu oqibat. 

 

Shoh Mashrabni qilgan devona, 



O`z o`g`liga begona ona. 

Haqiqatni izlaydi yana

Yolg`ondan to`lgan oqibat. 

 

Yaxshilikni bilmagan qancha, 



Ota nasixatin uqqancha. 

Ulug`bekka nayzasin sancha, 

Jonini olgan oqibat 

 

Qaldirg`och farzandin xor qilmas, 



Bir ona mehriga zor qilmas. 

Dunyoni ko`ziga tor qilmas 

Qushlardan qolgan bu oqibat. 

 

G`amda kim ham yelka tutadi, 



Yillar uzr so`rab o`tadi. 

Qoshin kerib ajal kutadi, 

Tushlarda qolgan bu oqibat 

… Qushlardan qolgan bu o q i b a t. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Xamidova O`g`iloy  

9 b sinf o`quvchisi 

 

She’rlar mashq qilib 



turadi.She’rlarsiz 

hayotini tasavvur ham 

etolmaydi. 

Kelajakdagi orzusi- 

advokat bo`lish 

 

 



 

Qish 

 

Qishning go`zal ziynati, 



Kirib kelar yangi yil. 

Uylar mexmonga to`lib, 

Boshlanadi yangi yil. 

 

Uyimizda ko`z olib, 



Yaltiraydi archalar. 

Aytaman yangi yilda 

She’rlarimdan parchalar. 

 

Ajoyib xayol 

 

Chuqur xayollar surib,  



Ba’zida o`ylab ko`rib, 

Yer shundayin kattami, 

Oy undan ham kattami? 

Quyosh charaqlab tursa, 

Men bilan birga yursa. 

Quyosh ham yuradimi, 

O`zi xam biladimi. 

 

 



Axmadjanova 

Muxtasarxon  

8 d sinf o`quvchisi 

 

Bo`sh vaqtlarida 



she’rlar mashq qilib 

turadi. 


Kelgusida yaxshi inson  

bo`lish orzusida 

 

Onajonimga 

 

Agar Sizni bag`rimga bossam, 



Keng dunyolar esdan chiqadi. 

Oy yuzizga bir bora boqsam

Murg`ak qalbdan dardlar ketadi. 

Xusn olgan farishta sizdan, 

Mening uchun farishtam o`ziz. 

O`rnak olsin onajon sizdan,  

Mendayin bir erkatoy qiziz. 

Dunyolarga almashmam sizni, 

Jon onajon, yig`lamang, faqat. 

Ne istaydi ko`nglingiz ayting, 

Xizmatizga  shayman toabad! 

 

 

 



 

Abdullayev Dilshodbek 

               5 b sinf o`quvchisi 

 

 Daqiqa 

 

Vaqt aytadi har damda, 



Kimlar buni bilmaydi. 

Bir kun necha soatlik, 

Nazarga ham ilmaydi. 

Aslidachi bir kunda

Ellik sahifa kitob, 

O`qish kerak albatta 

Bo`lsa hamki u betob. 

 

 



 

 

 



O`tkirova Maftunaxon 

8 s sinf o`quvchisi 

 

Bo`sh vaqtlarida she’rlar 



mashq qilib turadi. 

Orzusi- yetuk 

huquqshunos bo`lish  

 

 



 

Farishtam 

 

Mening dunyodagi eng go`zal baxtim, 



Moviy ko`zli oxu, ko`kdagi taxtim. 

Sizni baxtli qilish meningdir ahdim, 

Onajonim, farishtam, farishtaginam. 

 

Sizning so`zlaringiz xayot tayanchi, 



Toza yuragingiz dunyo quvonchi. 

Kuchli irodangiz Vatan ishonchi, 

Onajonim, farishtam, farishtaginam.

 

 



 

 

 



 

Tolibjanova Ruxsora 

5 b sinf o`quvchisi 

 

 



Mening go`zal Chortog`imsan! 

 

Xizir nazar etgan joy, 



Gullagan gul shahrimsan. 

Ramzi ko`k, ramzi chiroy, 

Mening go`zal Chortog`imsan! 

 

Jaxon ichra jaxonim 



Maskani jonajonim, 

Olamda yo`q bo`stonim- 

Mening go`zal Chortog`im! 

 


 

 

 

Mahmudov Doniyor 

5 a sinf o`quvchisi 

 

 



 

 

Onajonim allasi 

 

Kechalari uxlamay, 



Alla aytib chiqadi. 

Bolam baxtli bo`lsin deb, 

Duo qilib chiqadi. 

Onajonim allasi, 

Mehribonim duosi. 

 

Oq yuvib, oq tarab, 



Bizni ulg`aytiradi. 

Sog`lom bola bo`lsin deb, 

Bor kuchini beradi. 

Onajonim allasi, 

Mehribonim duosi. 

 

Birovdan kam qilmaydi



Yugurib yelib o`zi. 

Faqat bizni o`ylaydi, 

Tinim bilmay kunduzi. 

Onajonim allasi, 

Mehribonim duosi. 

 

 



 

Abdug’ofurova Shodiyaxon 

         8 a sinf o`quvchisi 

 

 

      



 

 

  Abdullayeva Sarvinoz  

       8 a sinf o`quvchisi 

 

 



 

 

Abdurahmanova Mohichehra 



7 a sinf o`quvchisi 

 

Dadajonim 

 

Quvonchimiz o`zingiz, 



Mehr to`la ko`zingiz. 

Bizga boqqan oningiz, 

Yorishadi yuzingiz. 

 

Ketsangiz siz yiroqlab, 



Xuvillaydi uyimiz. 

Go`yoki uchib ketgan 

Farishtasi xovlimiz. 

 

Bergan tarbiyangizdan, 



To`gri saboq olamiz. 

Xuddi siz aytganingizdek

Zo`r shifokor bo`lamiz. 


    

                    

 

Mamadjanova Asalxon 

     8 s sinf o`quvchisi 



 

Murakkab foizlar va ular bilan bog’liq masalalar. 

 

Agar biror miqdordagi pul, aytatlik 



p

 so’m omonat kassaga qo’yilsa va unga boshqa tegilmasa, 

ya’ni boshqa pul qo’shilmasa yoki biror qismi olinmasa, u holda bu

p

 omonatga uning ma’lum foizi 

qo’shilib  turadi.  Navbatdagi  foizlar  avvalgi  miqdor   

p

  ga  va  qo’shilgan    foydaga    nisbatan    ham  

qo’shilib  boriladi. 

Aytaylik, bir yilda qo’shiladigan foyda omonatga qo’yilgan pulning  



a

%    ini  tashkil  etsin.  U  

holda birinchi  yil oxiridagi  foyda 

p

 miqdor pul uchun   

100

a

p

  so’mni tashkil etadi. Buni yanada 



ixchamroq ifodalash  uchun       

100


a

k

      belgilash  kiritaylik.  U  holda, birinchi  yil  oxiridagi  foydani 



qisqacha  

k

p

  so’mga teng deya olamiz. 



Shunday  qilib,  birinchi  yil  oxirida  omonatdagi  pul  dastlabki  qo’yilgan    pul    bilan    foydaning  

yig’indisi 

)

1

(



k

p

pk

p



ga  teng  bo’ladi. 

Endi  omonatdagi  pulga  ikkinchi  yili  ham  tegilmagan  desak, u  holda  ikkinchi  yil  uchun  

qo’shiladigan    foyda    yangi 

)

1

(



k

p



miqdorga    nisbatan    hisoblanishi    kerak.    Shuning    uchun  

ikkinchi yil  qo’shiladigan  foyda   



k

k

p



)

1



(

  bo’ladi.  Demak,    kassadagi    omonatning    umumiy  

miqdori  

)

1



(

)

1



(

)

1



(

k

p

k

k

p

k

p







2

   


 bo’ladi. 

Uchinchi  yil  davomida  keladigan  foyda  oxirgi  miqdordan hisoblanib,  u 



k

k

p

2

)



1

(



  ga  


tengdir.    Demak,    uch    yil    ichida  omonatdagi  pul 

3

2



2

)

1



(

)

1



(

)

1



(

k

p

k

k

p

k

p







.ga    teng  

bo’ladi. 

Shunday  qilib,  biror  

n

  yildan  keyin  omonatdagi  pul  



n

k

p

)

1



(



 bo’lishi  kelib  chiqadi. 

 

1-masala:  

Aytaylik  omonat  kassaga  15 000  so’m  qo’yildi  va  bir  yilda  keladigan  foyda 

omonatning 4% ini tashkil etsin. Agar  omonatdagi pulga tegilmasa, u holda 5 

yildan  keyin  u  qancha  bo’ladi? 

Yechish: Belgilashga ko’ra 

04

,



0

100


4



k

 bo’lgani uchun omonatdagi  pul  miqdori  

18240

)

04



,

1

(



15000

)

04



,

0

1



(

15000




 



so’m  bo’ladi. 

 

2-masala:  

1983 yil o’rtalarida yer yuzi aholisi 4,72 mlrd.dan iborat  bo’lib,  yillik  o’sish 

1,8%  ni  tashkil  etgan.  1990  yil    o’rtalariga    kelib    yer  yuzi  aholisi  qancha 

bo’lgan? 

Yechish:        Bu  masala  huddi    4,72    mlrd    omonat    qo’yilib,    yiliga  1,8%  foyda  olinishi 

masalasiga  o’xshashdir.  Shuning  uchun  yuqoridagi  mulohaza  va  hulosalarga  asoslanib,  7  yildan  

keyingi aholi   soni 

35

,



5

133


,

1

72



,

4

)



018

,

1



(

72

,



4

)

018



,

0

1



(

72

,



4





 



  mlrd.ga  teng  bo’lganini  topamiz. 

  Sobirova M.    

 

9 a sinf o`quvchisi              

 

 



 

 

Men 9 – “A” sinf o’quvchilari haqida ikki og`iz gapirib o`tmoqchiman. 



Avvalo, bu sinfning ilg`orlari, ya’ni bilimda tengi yo`q o`quvchilari haqida gapishdan 

oldin,  bu  sinfning  jonkuyar  va  oqila  sinf  rahbari  haqida  aytib  o`tishni  joiz  deb  bilaman.     

Bizning sinf rahbarimiz Usmanova Shoxistaxon - bu bilim maskaniga qadam qo`yganimizdan 

buyon  bizga  ikkinchi  ona  vazifasini  o`tadilar.  Yaxshi-yomon  kunlarimizda  yonimizda 

bo`ldilar.  Ular  bamisoli  bir  daraxt,  biz  esa  ularning  mevalarimiz.  Biz  bunday  ustozga  chin 

dildan rahmat aytamiz. 

Sinfimizda ilg`or, a’lochi o`quvchilar juda ko’p. Otamirzayeva Shoxsanam, Xolmatov 

Bekzod, Adasheva Matluba, O`tbosarov Muzaffar, Mutalov Muhammadlarning o`rni alohida. 

Bu  bilan  boshqalarning    nufuzi  yo`q  demoqchi  emasman,  har  ishda,  har  narsada  har  bir 

o`quvchining o`rni bor. 

Sinfimiz  bilimda  ham,  badiiy  tadbirlarni  o`tkazishda  ham  lmaktab-internatda  o`z 

o`rniga ega.  Bilimlar belleshuvida bir qator o`quvchilarimiz qatnashdilar va nufuzli o`rinlarni 

egalladilar.  O`tbosarov  Muzaffar,  Otaxanov  Ikromjon,  Yoqubjanov  O`rozalilar  faxrli 

o`rinlarni  egalladilar.  Xolmatov  Bekzod  esa  tarix  fanidan  birinchi  o`rinni  egallab  viloyat 

bosqichiga  yo`llanma oldi. 

Bizda  yana  sho`x  va  quvnoq  yigitlardan  tuzilgan  “Shum  yigitlar”  jamoasi  mavjud.  Bu 

jamoani  biz  ertalabki  saflanishlarda,  tadbirlarda  ko`rar  va  ularning  chiqishlaridan  zavqlanar 

edik.  Lekin  keyingi  paytlarda  biz  bu  jamoani  deyarli  ko`rmayapmiz.  Ular  albatta  yana 

sahnaga qaytishlarini aytishdi. Bu jamoa yigitlariga omad tilaymiz.  

          

 

 

Biz  yana  barcha  o`qituvchilarimizga  va  guruh  tarbiyachilarimizga  minnatdorchilik 



bildirmoqchimiz.  Ular  bizga  bilim  sirlarini  chuqurroq  egallashimiz  uchun  o`z  kuchlarini 

ayashmayapti.  Bundan  tashqari  mustaqil  shig`ullanishimizga  imkon  va  sharoit  yaratib 

berishmoqda.    Men  shu  sinfda  o`qiyotganimdan  xursandman.  Shu  o`rinda  Umid  jurnali  va 

uning  muharriri Qobiljon Qosimovga minnatdorchilik bildiraman.  

  


Abdullayev Mansurbek   

    9 a sinf o`quvchisi 

MUHAMMAD YUSUF  

 

 



O‘zbek milliy adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad 

Yusufdir.  U  1954  yil  26  aprelda  Andijon  viloyatining  Marhamat  tumani,  Qovunchi 

qishlog`ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili 

va  adabiyoti  institutini  (1978)  tamomladi.  1978—1980  yillarda  respublika  Kitobsevarlar 

jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa 

G’afur  G’ulom  nomidagi  Adabiyot  va  san’at  nashriyotida,    «O’zbekiston  ovozi» 

ro‘znomasida  faoliyat  yuritdi.  1997-yiidan  e'tiboran    O'zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi 

raisining o'rinbosari etib tayinlandi. 

Garchi,  uning  she'rlari  vaqtli  matbuotda  tez-tez  chop  etilib  turgan  bo'lsa-da,  birinchi  she'riy 

to'plami nisbatan kech - 1985-yildagina e'lon qilingandi. Shundan keyin shoirning «Bulbulga 

bir  gapim  bor»  (1987),  «Iltijo»  (1988),  «Uyqudagi  qiz»  (1989),  «Halima  enam  allalari» 

(1989),  «Ishq  kemasi»  (1990),  «Ko'nglimda  bir  yor»  (1990),  «Bevafo  ko'p  ekan»  (1991), 

«Yolg'onchi  yor»,  «Erka  kiyik»  (1992),  «Osmonimga  olib  ketaman»  singari  o'nlab  she'riy 

majmualari  °'quvchi  qo'liga  yetib  bordi.  U  yirik  poetik  janrlarga  ham  murojaat  etib, 

«Osmonning oxiri», «Qora quyosh» singari dostonlar yaratdi. 

 1989 yilda  «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti 

berilgan. 

U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shuning uchun ham uning she’riyati 

butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi 

yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib 

turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. 

Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:  

 

O'tar qancha yillar to'zoni,  



Yulduzlar — ko'zyoshi   samoni.  

O'tar inson yaxshi-yomoni,  

Mehr qolur, muhabbat qolur. 

 

Istiqlol  yillarida  erishgan  yuksak  ijodiy  yutuqlari  uchun  Muhammad  Yusufga  1998-yilda 



«O`zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. 

 

Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.  



 

 

 



 

Otamirzayeva Shohsanam 

       9 a sinf o`quvchisi 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR 

 

      Bobur  dunyoni  hayratga  solgan  yirik  davlat  va  madaniyat  arbobi,  mohir  sarkarda, 



donishmand  tarixchi,  zakovatli  olim  va  tarjimondir.  Ayni  paytda  u  adabiyotimizning 

Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi. 



 Bobur  1483-  yili  Farg'ona  viloyatining  poytaxti  Andijonda  tug'ilgan.  Otasi  ushbu 

viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to'rtinchi avlod — evara edi. Onasi Qutlug' 

Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o'n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ko'rinadiki, 

Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng 

mashhur  shaxslaridan  biridir.  Murakkab  va  ziddiyatli  hayoti  o'spirinlikdan  to  umrining 

oxirigacha  jang-u  jadallar,  sarson-sargashtalik,  zafar  va  mag'lubiyat,  ijod-u  bunyodkorlik 

og'ushida kechdi. 

Bobur  1497-  yili  15  yoshida  sohibqiron  Amir  Temur  poytaxti  Samarqand  shahrini 

egallaydi. Lekin moddiy tanqislik, qaltis siyosiy at tufayli bu shahri azimni tashlab chiqishga 

majbur boiadi. Andijonda lat yuz bergandi. Bobur ishongan beklar taxtga ukasi Jahongir mirzoni 

zmoqchi bo'ladilar. Ikki yil sargardonlikdan so'ng katta mashaqqatlar Andijon qaytarib olinadi. 

1500-  yilda  Bobur  Samarqandni  jangsiz  qo'lga  kiritadi.  Lekin  Shayboniyxon  yaqinlashib 

kelayotganligi  uchun  kuch  to'plash  maqsadida  Shahrisabzga  jo'naydi.  Bobur  Samarqandni 

tashlaab  ketishga,  nafaqat  Samarqandni,  jondan  aziz  Vatanini  ham  butunlay  tark  etishga 

majbur  bo'ldi.  Ikki  yilga  yaqin  sarson-sargardonlikdan  so'ng  Kobulga  yo'l  oladi.  Kobul  va 

G'aznani  jangsiz  egallaydi  va  o'zini  podshoh  deb  e'lon  qiladi.  1507-  yildan  Hindistonni  zabt 

etish  harakatiga  tushgan  Bobur  1526-  yili  o'z  maqsadiga  yetadi.  Bobur  va  boburiylarning 

hukmdorligi Hindiston tarixida juda katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. Bobur Hindistondagi din-

mazhab  janjallarini  oldini  olishga,  mamlakatda  tinchlikni  qaror  toptirishga  urindi.  Begona  bir 

yurtni  zabt  etish  hech  qachon  oson  kechmagan.  1526-  yilning  21-  dekabrida  Bobur 

dushmanlari  tomonidan  zaharlanib,  tasodif  tufayli  omon  qoladi.  Bu  ahvol  yigirma  besh-

yigirma  olti  kun  davom  etadi.  Bobur  1530-  yilning  26-  dekabrida  Agrada  vafot  etadi.  Keyin 

uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko'chiriladi. 

Bobur  xalqimizning  har  jihatdan  yetuk,  g'oyat  iste'dodli  farzandi  edi.  U  o'ta  notinch, 

sargardonlikda  kechgan  umrini  zo'r  salohiyati  tufayli  jozibali  qila  oldi.  Uning  hayoti  faqat 

janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to'la edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv - 

"Xatti Boburiy"ni kashf qildi. Umr bo'yi ajoyib she'rlar yozdi, devon tartib qildi. Musiqa bilan 

shug'ullanib,  "Chorgoh"  maqomiga  "savt"lar  bitdi.  1521-yilda  she'riy  yo'lda  soliq  ishlarini 

tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" ("Zakot bayoni") asarini yozdi. 1523-1525-yillarda aruz 

vazni  haqida  "Muxtasar"  nomli  risola  bitdi.  Boburning  "Harb  ishi",  "Musiqa  ilmi"  nomli 

asarlari  hozirgacha  topilgan  emas.  U  tarjima  bilan  shug'ullandi.  Xo'ja  Ahrorning  "Volidiya" 

asarini she'riy yo'l bilan o'zbekchaga o'giradi. 

Muallifning  "Boburnoma"  asari  nafaqat  o'zbek  adabiyoti,  balki  jahon  adabiyotining  nodir 

namunasi  sanaladi.  Bu  memuar  (esdalik)  asarida  Bobur  o'n  ikki  yoshida  taxtga  chiqishidan 

boshlab  umrining  oxirigacha  boshidan  o'tkazganlarini,  ko'rgan-kechirganlari,  guvohi  bo'lgan 

voqealarni  siyosatchi,  davlat  arbobi,  olim,  sayyoh  va  shoir  nigohi  bilan  tahlil  etadi.  Shuning 

uchun bu asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar 

uchun  birday  manba  bo'la  oladi.  "Boburnoma"ning  o'zbek  nasri  taraqqiyotidagi  o'rni 

beqiyosdir. 

Bobur o'zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she'rlarini 

to'plab,  1519-  yilda  Kobulda,  1528  -  1529-  yillarda  Hindistonda  devonlar  tuzgan.  Bu  ikki 

to'plam  o'sha  joylar  nomi  bilan  "Kobul  devoni",  "Hind  devoni"  deb  ataladi.  Kobul  devoni 

topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she'rlarining soni to'rt yuzdan ortiq. 

Shundan  119  tasi  g'azal,  231  tasi  ruboiy.  Shuningdek,  shoir  devonidan  tuyuq,  fard,  masnaviy, 

qit'a, muammo kabi janrlar ham joy olgan. 


Rahimov Mirzaabdulla   

 

7 a sinf o`quvchisi 

 

Baliqlarning ahamiyati. 

 

         



Baliqlarning  amaliy  ahamiyati  juda  katta.  Jahonda  yiliga  50  mln 

tonnadan  ortiqroq  baliq  ovlanadi.  Bu  miqdor  oziq  birligi  bo`yicha  650 

mln bosh qoramolga to`g`ri keladi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq 

–  ovqat  mahsulotlari  sifatida  ishlatiladi.  Baliqchilik  sanoati  chiqindilaridan 

chorva  mollari  uchun  baliq  uni,  qishloq  xo`jaligi  ekinlari  uchun  o`g`it 

tayyorlanadi.  Bundan  tashqari  baliq  yog`i  tibbiyotda  dori  sifatida  ishlatiladi. 

Baliq 

maxsulotlari vitaminlarga boy bo`ladi.  



Baliq  go`shti  oqsilga  boy  mazali  bo`lishi  bilan  birga  organizmda  tez  hazm 

bo`ladi.  Balqning  ikrasi  ham  hushta’m  taom  xisoblanadi.  Ayniqsa  seld  va 

lasossimon baliqlarning go`shti  yuqori kaloriyali bo`lib ularning ikrasi juda 

qadrlanadi.  Baliq  go`shtini  qaynatib,  qovurib,  dudlab,  tuzlab  yoki 

konservalangan xolda iste’mol qilinadi.  

 

 



 

Adasheva Matluba   

 

9  a sinf o`quvchisi 

 

 



                                 Biologiyadan qiziqarli savollar 

 

1.Kolorado qo`ng`izining qurtlari va g`umbagi qayerda rivojlanadi? 



2.Ko`zlari  teri  ostida joylashgan, tuproqda 30-60  sm  chuqurlikda  yashaydi, dum  va oyoqlari 

yo`q, bu ta’riflar suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qaysi turkumiga mansub? 

3.Ba’zi  hasharotlar  orasida  mozaik  ko`rish  mavjud.  Lekin  o`rgimchakning  8  ta  ko`zi  bo`lsa 

ham unda mozaik ko`rish mavjud emas .  Nima uchun? 

4. “Dengiz arisi” nomini olgan hayvon qaysi va nima uchun? 

5.Qizilquyruq qaysi sinf va tipga mansub? 

6.Suvda  yashaydigan  qaysi  sutemizuvchilar  hidni  yaxshi  sezmaydi,  biroq  o`ljasini  hidini  tez 

payqaydi? 

7.Kitlardagi rudiment organ qaysi? 

8.  “Men  butun  umrim  bo`yi  aqliy  va  jismoniy  mehnatni  sevib  keldim,  ikkinchisini,  hatto 

ortiqroq ko`raman” – deb yozgan inson kim? 

9.Bunday  qaddi-qomat  umurtqa  pog’onasini  bo’yin  va  bel  qismidagi  oldinga  egilishlarini 

normaga nisbatan kam, ko’krak qismidagi orqaga egilishning esa ko`p bo`lishi tufayli vujudga 

keladi. Bu qanday qaddi-qomat? 

10.Qaysi nafas olish organida havo mavjud emas? 

11.Adashgan ma’nosini beruvchi nerv markazi qaysi? 

12.Qaysi  vitamin  yetishmaganda  ko`zning  shox  pardasi  xiralashadi  hamda  ko`rish  o`tkirligi, 

ranglarni ajratish qobiliyati pasayadi, soch to`kiladi? 



 

 

Satimboyev Ne’matjon 

   8 s sinf o`quvchisi.

 

Matematik topishmoqlar 

 

1. -  Buvijon nabirangiz necha yoshda? 



    - Mening yoshim nechada bo`lsa nabiram shuncha oylik. 

    - Sizning yoshingiz nechada? 

    - Nabiram yoshi bilan mening yoshimni qo`shsang  65 chiqadi. Nabiram nesha yoshda? 

 

2.  Salimning  akalari  qancha  bo`lsa  opalari  ham  shuncha.  Katta  opasining  ukalari  soni  singillari 



sonidan 2 marta ko`p. Shu oilada nechta o`gil va nechta qiz bor? 

 

 

Haydarova Gulsora   

  7 a sinf o`quvchisi

 

Qiziqarli savollar 

 

1. Sham nimadan tayyorlanadi? 



2. “Volfram” so`zining ma’nosi ? 

3. Yashil brilliant eritmasi nima deb ataladi? 

4. Xindular buni “daraxt yoshlari“ deb atashgan. Bu nima? 

5. Alkimyogarlar suvni nima deyishgan? 

6. Ruteniy elementi qaysi davlat sharafiga qo`yilgan? 

7. Litiy qachon va kim tomonidan kashf etilgan? 

 

 

To`raxanova Shodiyona  7 a sinf 



 

 

 



 

 

 



 

 



O’ 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.Suv tashiydigan qadimiy idish 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



2.Kavkazdagi davlat 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



3.Yevropadagi davlat 

 

 



 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



4. O`zbek avtomobili 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



5.Qarz olish 

 

 



 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



6. Yapon elektronika firmasi 

 

 



 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



7. Kulgi, iljayish 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



8. Issiq va sovuq o`lchov birligi 

 

 



 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



9.Bahor mevasi 

 

10   



 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

10. Uzoqni yaqin qiladigan… 



 

Abduvahobov Sherzodbek. 7 a sinf 

 

 





 



 

 

 



 

1. Gul turi 

 

 



 

 

2. Koinot, dunyo 



 

 



 

 

3. Chuqur, o`ra 



 

 



 

 

4.Otaning singlisi 



Dadaboyev Bahtiyor  7 a sinf 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

1.Gul nomi bilan ataladigan sayl 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



 

2.Boychechakka sinonim gul 

 

 

 



 



CH 

 

 

 



 

 

 



 

3.Yarmi idish yarmi gul 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

4.Uyda parvarish qilinadigan gul 

 

 

 



 

 

CH 

 

 

 



 

 

 



 

5. …gul 


 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



 

6.Tikonli gul 

 

 

 



 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Xudayberdiyev Asrorbek  8 d sinf 

 

 



 

 

 



1  O’ 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.Meva turi 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



2.Italiyadagi mashhur minora 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



3.Poytahti DAKKA  

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



4. Afrikada paydo bo`lgan qabila 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



5.Yuz qismi 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



6. Tottenxem futbol jamoasi hujumchisi 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



7.Radius so`zining ma’nosi 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Mirjalilova Mohlaroyim.   8 s sinf 

 

 



 

 



O’ 

 

 



 

 

 



 

1.Keng va … 

 

 

 





 

 



 

 

 



 

2.Ayollar taqinchog`i 

 



 



 

 

 



 

 

 



 

3.Momo va …  

 

 

 





 

 



 

 

 



 

4. O`zi bitta ko`zi mingta 

 



 



 

 

 



 

 

 



 

5. Qush turi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

6. Ko`k kuylakli bir ayol, sariq bola ko`targan 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

7. Ayiq … yaladi, asalari taladi.  

 

 

 





 

 



 

 

 



 

8. … va Zuhra 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

9.Lolaning makoni 

 

 

 



10 

 

 



 

 

 



 

10. Aziz ne’mat. 

 

 

 



 

 

Mamatvaliyeva Shirinbonu 



 

 

 

Mamatvaliyev Jasurbek 

            8 d sinf   

 

 

 



 

 

5 b sinf 



 

 

 



Jamoliddinova O 

 

 

 

 

Sobirov Sohibjon 

7 a sinf  

 

 

 



 

 

5 b sinf 



         

 

 



 

Isoqova Nilufarxon 

 

 

 

        Ortig`aliyev Ulug`bek 

 

       8 d sinf 

 

 



 

 

 



 

  5 b sinf 

      

 

 



Hurmatli jurnal mushtariylari: Siz yuborgan rasmlar, maqolalar, krosvordlar, topishmoqlarning hammasini jurnalimizda bosib 

chiqarishning imkoni yo`qligi sababli, keyingi sonlarda berib borishni rejalashtrirdik.  

 

 

 



Fevral – matematika va informatika fanlari oyligi 

 

 



Maktab internatda mazkur oylikni samarali o`tkazish bo`yicha tadbirlar rejasi tuzilgan.  

Mazker rejaga muvofiq quyidagi nominatsiyalar bo`yicha tanlov e’lon qilqinadi: 

 

 

 



1.

 

Eng faol sinf. 



2.

 

Eng faol sinf kutubxonasi 



3.

 

Rasmlar tanlovi. 



4.

 

Refaratlar va ilmiy maqolalar tanlovi. 



5.

 

Yosh modelchilar tanlovi. 



6.

 

Eng yaxshi dars ishlanmalari tanlovi. 



7.

 

Matematik topshiriq va topishmoqlar tanlovi. 



 

 

 



Natijalar oylik yakunida hakamlar tomonidan e’lon qilqinadi. 

 

 



 

 

 



Aniq fanlar uslubbirlashmasi 

 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling