Alisher Navoiy (1441-1501)
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotning bog’I Davlatxon atalmish joyida tavallud topgan.
Otasi G’iyosiddin Muhammad. Uni G’iyosiddin kichkina ham deb atashgan. Otasi temuriylar saroyidagi amaldorlardan. Onasi SHayx Abu Said CHanganing qizi.Alisher Navoiy 4-5yoshlaridanoq Qosim Anvarning g’azallarini, SHayx Sa’diyning ‘’Guliston’’va ‘’Bo’ston’’ asarlarini, Farididdin Attorning ,,Mantiq ut- tayr’’ ya’ni ,,Qush nutqi’’ asarini berilib o’qigan. Alisher Navoiy 7-8-yoshlaridanoq she’rlar yoza boshlagan va 15yoshida shoir sifatida tanilgan. Alisher Navoiy o’zbekcha she’rlariga ,,Navoiy ya’ni ,,navo’’ –kuy; ohang; bahra; dard; g’am, forscha she’rlariga ,,Foniy’’ ya’ni o’tkinchi taxallusini qo’llagan. Alisher Navoiy o’z ijodida sharq she’riyatining 16 xil janridan foydalangan. 1483-1485-yillari shoirning eng buyuk asari- 5 dostondan iborat ,,Xamsa’’ yaratildi. Bu ,,Xamsa’’ asari arabcha so’z bo’lib ,,beshlik’’ degan ma’noni bildiradi. Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvar kuni Hirotda sakta ya’ni tananing harakatdan qolishi kasallikidan vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |