Alisher navoiy (1441–1501) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 7-mavzu


Mufradot» nomli bir asar ham yozgan. Alisher Navoiy yirik va hassos tilshunos olim hamdir. Uning 1498-yilda yaratilgan «Muhokamat ul-lug‘atayn


Download 3.32 Mb.
bet4/4
Sana13.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1770021
1   2   3   4
Bog'liq
alisher-navoiy-10-sinf-7-mavzu

Mufradot» nomli bir asar ham yozgan.
Alisher Navoiy yirik va hassos tilshunos olim hamdir.
Uning 1498-yilda yaratilgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari tilshunosligimiz xazin asidagi bebaho gavhardir.
Unda alloma adib, o‘z tili bilan aytganda «nazm gulistonining andalibi nag‘masaroyi» sifatida eski o‘zbek tilini, uning badiiy uslubini ilmiy-nazariy jihatdan har tomonlama asosladi, turkiy til imkoniyatlarini amaliy jihatdan isbotlab ko‘rsata oldi.
Alisher Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligiga alohida urg‘u qaratadi. O‘zbek tilidagi ifoda imkoniyatlarining boyligini namoy ish qiladi. Har bir so‘zdagi ma’no nozikliklarini juda ishonchli tarzda, mantiqiy dalillar bilan ko‘rsatib beradi.
U arab, fors, hindiy tillari qatorida o‘zbek tilining ham eng qadimiy tillardan biri ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Fikrlarini qiyoslash usulidan foydalangan holda bayon etadi. Buning uchun u fors-tojik tilini jalb etadi.
Biroq biror o‘rinda ham u xolislikdan chekinmaydi.
Adib turkiy tildagi yuzta fe’lni keltirib, ularning ma’nosini anglatadigan so‘zlarn ing fors tilida mavjud emasligini ko‘rsatadi. Yoki so‘z ma’nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg‘u beradi.
Asarda yig‘lamoq fe’lining eng baland va doimiy ma’nosi qayd etiladi. Uning yonidagi yig‘lamsinmoq fe’lida esa ma’noning oza yishi hisobiga yangilanishi aks etadi. Ingramoq va singramak ham yig‘lash ma’nosini beradi. Faqat ularda «dard bila yashurun ohista yig‘lamoq» ma’nosi ustunroq.
Siqtamoq esa «yig‘lamoqda mubolag‘adur». Turkiylarda «biyik un bila», ya’ni qattiq tovush chiqarib yig‘lash ham bor. Bunga o‘kurmak deyiladi. Adib fikrini davom ettirib shunday yozadi: «Chun o‘kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo‘qtur».
Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling