Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil 3-yanvar 1501-yil) ulugʻ oʻzbek va boshqa
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
adiblar
ALISHER NAVOIY Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.[1][2][3] Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. Alisher Navoiy Tavalludi 9-fevral 1441-yil Hirot, Temuriylar imperiyasi Vafoti: 3-yanvar 1501-yil (60 yoshda) Hirot, Temuriylar imperiyasi Fuqaroligi Temuriylar imperiyasi va Greater Khorasan Kasbi: Davlat arbobi, faylasuf, shoir, yozuvchi Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan , Kamol Turbatiy e’tiborini qozongan.Sayid Hasan Ardasher Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Hayoti Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir Alisher“ deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ — amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad (uni Gʻiyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan ekan. Buyuk shoir oʻz asarlarida bu qutlugʻ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot toʻgʻrisidagi baʼzi maʼlumotlarni esa uning zamondoshlari oʻz kitoblarida beradilar. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda oʻsdi. Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida boʻldi. Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan soʻng uni maktabga berdilar. U boʻlajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga oʻqidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi. 1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch boʻlib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yoʻl oladi. Yoʻlda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma“ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi. Alisher xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd choʻli bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib, uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, toʻxtab qoladi. Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U suv toʻla mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻilllarini yoʻqligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga oʻtiradi, notinchliklar bosiladi. Gʻiyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa oʻqishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni sheʼriyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Boʻlajag shoir Saʼdiy Sheroziyning „Guliston“. „Boʻston“, asarlarini, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“(„Qush mantigʻi“)ni soʻngsiz ishtiyoq bilan oʻqidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning oʻy-xayolini tamom egallab oldi: Bir kuni qushlar jam boʻlibdi. Har xil: toʻti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. Oʻrtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, oʻzini taʼrifu tavsif etibdi. Soʻng u hammani olam podshosi Semrugʻni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. „Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!“ — deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Semurgʻ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yoʻli Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga gʻaeq boʻldi. Patidan biri tushib qolgan ekan. Ogoh boʻlganlar aqlu shuurini yoʻqotdilar. Chin mulki esa hashamat(ulugʻvorlikka) chulgʻandi. Qushlar zavq-u shavq bilan yoʻlga tushadilar. Biroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar eʼtiroz bildirib, uzr aytib, oʻzlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrugʻga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bagʻishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yoʻlga tushadilar. Hudhud buy oʻlning ishq yoʻli ekanligi, unga kirgan odam Shayx Sanʼon singari oʻzligidan kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib oʻtadilar va oʻzlarining Semurgʻ ekanligini anglab yetadilar. „Mantiq ut-tayr“ xayoli Alisherga bir umr hamroh boʻldi. Umrining soʻngida esa „Lison ut-tayr“(„Qush tili“) nomi bilan kitob yozdi. Boʻlajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib oʻqir edi. 1453-yilda Alisherning otasi Gʻiyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, soʻng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh doʻst — Husayn va Alisher yana birga boʻldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra sheʼr yod olganini aytdi. Sheʼr shunchaki nutq oʻstirish emas, maʼrifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida oʻz sheʼrlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, sheʼrlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher oʻz davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan sheʼr oʻqishni iltimos qiladi. Alisher oʻzining: Orazin yopgʻoch, koʻzimdin sochilur har lahza yosh, Boʻylakim, paydo boʻlur yulduz nihon boʻlgʻoch quyosh. matlaʼi bilan boshlanadigan gʻazalini oʻqiydi. Sheʼrdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: „Valloh, agar muyassar boʻlsa edi, oʻzumning forsiy va turkey tillarda aytgan oʻn-oʻn ikki ming baytimni shu gʻazalga almashtirardim va buni oʻzimning katta yutugʻim deb hisoblar edim“. Bu turkiy (oʻzbek) sheʼriyatiga juda katta isteʼdod kirib kelayotganidan nishona edi. Yigitlik yillari 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga shoʻngʻib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida oʻqishni davom ettirdi. Doʻstlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini taʼqib va tayziq ostiga olgan, jumladan, togʻalari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylarni oldinma- keyin qatl ettirgan edi. Ular isteʼdodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy — „Mahmud Nuran“ deb eʼzozlagan bu mashhur shoir va olim oʻzini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Saʼdiddin Koshgʻariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, oʻsha yerda yashar edi. Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan sheʼriy maktubi bor. U „Masnaviy“ nomi bilan „Xazoyin ul-maoniy“ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga joʻnash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi boʻlgan, lekin uni topmagan. Soʻng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va oʻz otasidek yaqin koʻrgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini taʼrif etish bilan boshlanadi. Vatan va doʻstlarni tashlab ketish ogʻir. Xayrlashmay ketish undan ham ogʻir. U ulugʻ doʻstiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson soʻz bilan ulugʻdir, „falak jismining joni“-soʻz, ayqisa „nazm“ (sheʼr), deydi shoir. Va oʻzida sheʼr yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy oʻz „Shohnoma“sini 30 yilda yozgan boʻlsa, u oʻshanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan „Xamsa“si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yoʻq. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yoʻq. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yoʻldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan doʻsting boʻlmasa. Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, oʻqish uchun keldi, deydi. Toʻgʻri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qoʻlida oʻqidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek ragʻbat va hoiylik koʻrsatadi. Nihoyat, Samarqand oʻz goʻzalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoi uni „firdavsmonand“(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon „gardi fano“ oʻltirmasligini — zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465- 1466-yillarda uning muxlislari sheʼrlarini toʻplab, „devon“ tuzadilar. Bu kitob bugun „Ilk devon“ nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni eggalash uchun boʻlgan jangda Abusaid halok boʻladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti qoʻlga oladi va Samarqandga xat yoʻllab, Navoiyni oʻz yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi. Davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir boʻlib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro uni oʻziga gʻoyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. Toʻgʻri, Bayqaro va Navoiy oʻrtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham boʻldi. Lekin oʻz davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda koʻp sinovlardan muvaffaqiyat bilan oʻtib, avlodlarga oʻrnak boʻldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning oʻzida Abusaid Mirzoning oʻgʻli Yodgor Muhammad taxt daʼvosi bilan qoʻzgʻaldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qoʻshin tortadi va gʻalaba qozonadi. 1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh koʻtaradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qoʻshin bilan yana yoʻlga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qoʻzgʻolon boʻlganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday toʻqnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qoʻli baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qoʻshiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qoʻliga oʻtadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq taʼsir etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. Oʻsha 1470-yilning oʻzida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murgʻob daryosi boʻylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va BogʻI Zogʻonda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qoʻlga oladi. Shundan keyingina Xurosonda maʼlum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, gʻoyat noziktaʼb bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak boʻlmasin uning uchun zil- zambil yuk boʻlib, Husayn Bayqaroga boʻlgan ixlos va muhabbatigina uni isteʼfo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. `Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan koʻplab gʻalayonu qon toʻkishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1472-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon boʻldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish koʻrdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa „amir“(vazir)likka qoʻydi. Buyuk shoir „amiri kabir“ (ulugʻ amir), „amirul muqarrab“ (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf boʻldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr boʻldi. Ulugʻ amir oʻzi bosh boʻlib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni taʼmir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi. Ijod ogʻushida Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“ („Badiiylik ibtidosi“)ni 1472-1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon — „Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda „Vaqfiya“ asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan „Xamsa“ yaratish edi. Nizomiyning „Panj ganj“ nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa“si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: „Maxzan ul — asror“(„Sirlar xazinas“), „Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Hayf paykar“(„Yetti goʻzal“), „Iskandarnoma“. Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini „Matla ul-anvor“ („Nurlar boshlanishi“), „Shirin va Xusrav“, „Majnun va Layli“, „Hasht behisht“(„Sakkiz jannat“), „Oynayi Iskandariy“ (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483- yilda oʻz „Xamsa“sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba „Xamsa“ yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul- vaqoe“sidan: "Shoh Navoiyga: „Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik“, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni „pirim“ deb atar edi Alisher esa har gal: „Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap boʻldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz“, der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan soʻradi: — Pir nima-yu, murid nima? Alisher javob berdi: Pirning tilagi — muridning tilagi boʻlishi kerak. Shunda Sulton Husayn oʻzining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopagʻon edi. Sulton Husayn aytdi: Siz pir, men murid boʻladigan boʻlsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman. Alisher noiloj otga minishga majbur boʻladi. Ot gʻoyat asov boʻlib, shohdan boshqani oʻziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyogʻini uzangiga qoʻyishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga oʻshqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga oʻtirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan koʻtarib oldilar. Tarihda bunday hol koʻrilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480-1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr boʻldi. Shoir „Xamsa“ dan keyin koʻp oʻtmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlar tarixi“) shularning biri edi. Bu asar „Muhokamat ul-lugʻatayn“da „Zubdat ut-tavoxir“(„Tarixlar qaymogʻi“) deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin doʻstlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bagʻishlab „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“, „Xamsat ul- mutahayyirin“, „Holoti Pahlavon Muhammad“ asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy boʻlib, shoirning bu ulugʻ zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bagʻishlangan „Risolayi muammo“ (ikkinchi nomi „Mufradot“) risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan boʻlsa — da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy oʻzbek tilida muammo yozgan ilk oʻzbek shoirlaridan boʻldi. „Xazoyin ul- maoniy“ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri „Xazoin ul maoniy“ („Maʼnolar xazinasi“)ni tuzish boʻldi. 1492-1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan sheʼriy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik sheʼrlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha boʻlgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini „Gʻaroyib us-sigʻar“(„Yoshlik gʻaroyibotlari“) deb atadi. Hayotining soʻnggi yillari Alisher Navoiy xaykali, Samarqand 1490-yillarning boshidagi ogʻir yoʻqotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo boʻlish Navoiyga qattiq taʼsir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar toʻqiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qoʻyadi. Bu-Moʻmin Mirzoning oʻz bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach oʻrniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qoʻzgʻoloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga joʻnaydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning oʻgʻli Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, oʻgʻli Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon oʻgʻli — 13 yoshli Moʻmin Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon oʻrtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Moʻmin Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va oʻgʻil orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qoʻlga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yoʻllagan yashirin farmoni maʼlum boʻlib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi. Alisher Navoiy maqbarasi tolibonlar xujumigacha, Hirot, 1976-yil. Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-oʻgʻil urushida Badiuzzamon yengiladi. Moʻmin Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir oʻgʻli Abulmuhsin otasiga qarshi bosh koʻtaradi. Shoh oʻz qoʻshini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil boʻlib kelishini shart qilib qoʻyadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulugʻlari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini soʻraydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-oʻgʻillarni yarashtirib, Hirotga qaytadi. 1498-yilda Alisher Navoiy „Majolis un–nafois“ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan „Mantiq ut–tayr“ ga javob yozadi. „Lison ut-tayr“ Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498-1499-yillarda xatlarini toʻplab, „Munshaot“ tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan boʻlib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yoʻllangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan „Mahbub ul–qulub“ asari uning eng soʻnggi asari boʻlib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq — shohda gadogacha, olimdan choʻpongacha, shoirdan dehqongacha ulugʻ farzandining oʻlimiga qaygʻu va iztirob bilan motam tutadi. „Xamsa“ Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida: „Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ deya taʼkid etadi. „Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi. "Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi. „Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi. „Layli va Majnun“ dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi. „Xamsa“ tarkibidagi „Sabʼai sayyor“ va „Saddi Iskandariy“da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. „Xamsa“ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi. OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20 asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan. „Xamsa“ haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, Sodir Erkinov, S.Nazrullaeva, A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari maʼlum. OʻzMUda „Xamsa“ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Navoiy Devonidan sahifa Tasavvufiy asarlari Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr" dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan. "Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil- quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi. Nasriy asarlari Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir. "Mahbub ul-qulub"(1500-1501) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda „Soriun-nosning afʼol va ahvolining kayfiyati“ (1), axloqiy muammolar (2), „mutafarriqa favoyid va amsol surati“ (3) masalalari ifodalangan. „Xamsatul-mutahayyirin“(„Besh hayrat“,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ (1488-89), „Holoti Rahlavon Muhammad“(1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. „Munshaot“ (1498-1499) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. Ilmiy-filologik merosi „Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan. Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bagʻishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi. Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20- yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli. Tarix va iqtisodga oid asarlari Navoiyning portreti. Portret Qirgʻizistonning Isfana shahridagi Alisher Navoiy oʻrta maktabining asosiy zalida uzoq yillar davomida turgan. Portret 2012-yil mahalliy qirgʻiz rasmiylarining tazyiqi ostida asosiy zaldan olib tashlangan. Mahalliy rasmiylar maktab nomini almashtirishga harakat qilishmoqda. „Tarixi muluki Ajam“ („Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. „Tarixi anbiyo va hukamo“ („Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida „Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning „Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi. „Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy- madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan. Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari asosida „Devoni Foniy“ tuzilgan boʻlib, uning muqaddimasida „Sittai zaruriya“ („Olti zarurat“) va „Fusuli arbaa“ („Toʻrt fasl“) forsiy qasidalari majmualari berilgan. „Sittai zaruriya“ toʻplamidagi qasidalar „Ruhul-quds“ („Muqaddas ruh“), „Aynul-hayot“ („Hayot chashmasi“), „Tuhfatul-afkor“ („Fikrlar tuhfasi“), „Qutul-qulub“ („Qalbdar gʻizosi“), „Minhojun-najot“ („Qutilish yoʻli“), „Nasimul-xuld“ („Jannat nasimi“) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy- mantiqiy javob tarzida yozilgan. „Fusuli arbaa“da Sulton Husayn Boyqaro madhidan soʻng „Bahor“, „Saraton“, „Xazon“ („Kuz“) va „Day“ („Qish“) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bagʻishlangan „Mufradot“ (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda gʻazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida „Sabʼatul-abhur“ („Yetti dengiz“) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada oʻrganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan oʻrganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasi FA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi. [Kitobning butun bir ko'rinishi] Alisher Navoiy oʻz asarlarida oʻzbek sʻozini etnonim sifatida ishlatgan. „Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali, Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas“.[4] Sheʼrlari Nashr qilingan asarlari Yana Navoiy haqida Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi — Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi Gʻiyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan Alisher etti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut-tayrʼ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan,Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469- yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga 'muqarrabi hazrati sultoniyʼ ('sulton hazratlarining eng yaqin kishisiʼ) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Navoiy ijodi ixlosmandlari uning sheʼrlarini yigʻib, 'Ilk devonʼ (1464-65) tuzgan edilar, soʻngra 'Badoyiul-bidoyaʼ ('Goʻzallikning boshlanishiʼ), 'Navodirun- nihoyaʼ ('Nodirliklar nihoyasiʼ) nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq 'Xazoyinul-maoniyʼ nomli toʻrt devon (1491-1498)ga jamlangan. Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi 'Xamsaʼ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq 'Xamsaʼ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. 'Xamsaʼ tarkibiga 'Hayrat ul-Abrorʼ, 'Farhod va Shirinʼ, 'Layli va Majnunʼ, 'Sabʼai sayyorʼ, 'Saddi Iskandariyʼ kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan boʻlsa-da, maxsus 'Lisonut-tayrʼ dostoni(1499)da, 'Nasoyimul-muhabbatʼ manqabasiʼ(1495-96)da, 'Tarixi anbiyo va hukamoʻ(1485-8), 'Arbainʼ, 'Munojotʼ singari asarlarida aks etgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. 'Arbainʼ, 'Munojotʼ kabi asarlari chop etildi. Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir. 'Mahbubul-qulubʼ(1500-01) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda 'Soriun-nosning afʼol va ahvolining kayfiyatiʼ (1), axloqiy muammolar (2), 'mutafarriqa favoyid va amsol suratiʼ (3) masalalari ifodalangan. 'Xamsatul-mutahayyirinʼ('Besh hayratʼ,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. 'Holoti Sayyid Hasan Ardasherʼ (1488- 89), 'Holoti Rahlavon Muhammadʼ (1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. 'Munshaotʼ (1498-99) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. 'Majolisun-nafoisʼ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va tiliga tarjima qilingan. Navoiy 'Muhokamatul-lugʻataynʼ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. Oʻzbek tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. Oʻzbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bagʻishlangan 'Mezonul- avzonʼ(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. 'Tarixi muluki Ajamʼ ('Ajam shohlari tarixiʼ,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan 'Tarixi Tabariyʼ, 'Shohnomaʼ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻl-gan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. 'Tarixi anbiyo va hukamoʻ ('Paygʻambarlar va hakimlar tarixiʼ, 1485-1498) asarining birinchi boʻlimida 'Qissasul-anbiyoʻlar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning 'Hukamo zikridaʼ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi. 'Vaqfiyaʼ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy- madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi. 2016-yili Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ochilgan. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR Zahiriddin Muhammad Bobur — Boburiylar davlati asoschisi, shoh va shoir. Zahiriddin Muhammad Bobur Hayoti va ijodi Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo'lsa, ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi. Otasi tomondan: Amir Temur ko‘ragon (1336-1405) Mironshoh Mirzo (1366-1408) Sulton Muhammad Mirzo (1398-1444) Sulton Abu Said ko‘ragon (1424-1469) Umarshayx Mirzo ko‘ragon (1456-1494) Bobur (1483-1530) Onasi tomondan: Tug‘luq Temurxon (1329-1362) Xizr Xo‘jaxon (1358-1399) Muhammadxon (? - 1416) Sharalixon (taxtga chiqmagan ) Uvaysxon (1418-1425-yillarda) Yunusxon (1468-1487) Yunusxonning qizi Qutlug‘ Nigorxonim (1457-1504) Bobur (1483-1530) Boburning onasi oʻqimishli bo‘lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi. Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur so‘fiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).Movarounnahr XV asr oxirida oʻzaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3-yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborBu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494-yil iyul) dan keyin taxtga oʻtirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5-6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan soʻng 43 yoshida vafot etdi. Uning oʻrniga Buxoroda hokim boʻlgan oʻgʻli Boysungʻur oʻtiradi. 1495—1496-yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan soʻng Samarqandni egallaydi, Boysungʻur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qoʻshinni taʼminlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz oʻgirib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga oʻtadilar. Andijondan koʻngli notinch boʻlgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda ogʻir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan soʻng, uni tark etishga qaror qiladi, ammo Xoʻjandga yetganda Andijon ham qoʻldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga oʻtganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, togʻasi Mahmudxon koʻmagida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi. Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qoʻshiniga salbiy taʼsir etib, koʻpchilik bek, navkarlar (700—800 kishi) Boburni tark etadi. Oʻziga sodiq kishilar (200—300) bilan qolgan Bobur maʼlum muddat Xoʻjandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Maʼlum muddat oʻtgach, Bobur Xoʻjandga qaytadi, koʻp oʻtmay, Margʻilonni qoʻlga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini koʻradi. Nihoyat, 2 yildan soʻng (1498-yil iyun) uni qayta qoʻlga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida „Xoʻjand suvining Axsi tarafi viloyatlarini…“ qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi.Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499-yil Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay, katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniyxon Buxoro va Qorakoʻlni egallaydi (1499), Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1500), biroq shahar aholisi va zodagonlarining maʼlum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hokimi Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga daʼvat etganlar. Bobur 1500-yil kech kuzida oʻz qoʻshini (240 kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqandning barcha tumanlari, Qarshi va Gʻuzor shaharlarida Bobur hokimligi eʼtirof etiladi, ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon katta kuch toʻplab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501-yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501-yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga, Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi.Shayboniyxonning bobosi Abulxayrxon 1451-yilda Temuriylar davlatida Boburning bobosi Abu Saidning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Shu bilan birga, Abulxayrxonning qizi Xonzoda Abu Saidga turmushga chiqdi. Uning qizidan nabirasi Temuriylar oilasining Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida dafn etilgan[1]. Oʻzbek xoni Abulxayrxon 1450-yilda Ulugʻbekning qizi Robiya sulton begimga (1485-yil vafot etgan) uylangan. Ularning nikohidan Suyunchxoʻjaxon, Koʻchkunchixon va Oq Burun sultonlar tugʻilgan. Suyunchxoʻjaxon va Koʻchkunchixonlar shayboniylar orasida katta nufuzga ega boʻlib Turkiston, Toshkent va Movarounnahrni idora etganlar. Koʻchkunchixon Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Shayboniylar davlatini boshqargan[2]. Shayboniyxon Boburning amakivachchasi, Mahmudxonning qizi - Oysha Sulton xonimga uylangan, u Mug’ul xonim nomi bilan tanilgan va xon umrining oxirigacha uning hurmatli rafiqasi bo’lgan. Boburning yana bir amakivachchasi, Qutluk Xonim, shayboniyzoda Jonibek Sulton bilan turmush qurgan[3]. 1519-yilda Bobur sheʼriy toʻplamining qoʻlyozmasini Samarqandga Koʻchkunjixonning oʻgʻli, shoir Poʻlat Sulton Shayboniyga yuboradi[4]. 1520-yillarda Bobur shayboniylar bilan yaxshi munosabatlarni oʻrnatdi. Boburning oʻzi taʼkidlaganidek, 1526-1527-yillarda Hindistonni bosib olish paytida oʻzbek sarkardalari - sultonlar: Qosim Husayn Sulton, Bihub Sulton, Tang Atmish Sulton, shuningdek, Gʻozipurdan Mahmudxon Nuxani, Baba Kashka, Tulmish O’zbek, Qurbon Chaxri uning tarafida jang qilishgan. 1528-yilda Shayboniylar Boburga elchilarni yuborib, uni Hindistondagi gʻalabasi bilan tabrikladilar.[5]. Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501- 1504-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur bo‘ladi.Bobur 200—300 navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. „Bogʻi Shaxroro“, „Bogʻi Jahonoro“, „Oʻrtabogʻ“, „Bogʻi vafo“ va „Bogʻi Bobur“ kabi oromgohlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506-yil bahorda vafot etgan Qutlugʻ Nigorxonim Mirzo Ulugʻbek shu yerda bunyod ettirgan „Bogʻi Navroʻziy“ga dafn etiladi. Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi, uning manfaatlari yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katta obroʻ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot eʼtiborli oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birin-ketin magʻlubiyatga uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar. 1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi, ammo bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi. Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi, ammo Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq toʻqnashuvda (1510) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketma-ket zarar yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktabr boshida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia yoinaldshiagi eroniylar raʼyi bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512- yil 28-aprelda Koʻli malik jangida Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib oʻtib, avval Huzar (Gʻuzor) qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi. 1512-yil 24-noyabrda Gʻijduvon jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzil-kesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga qaratadi. 1519-yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5-6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi. Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi. Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.U turli g'azallar muallifi sanaladi. Boburning oʻz guvohligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan. Adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olim-u fozillar davrasida boʻldi, xususan, ijod ahliga, kasb-u hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yor-u diyor sog‘inchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosoʻzliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gʻazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi. Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518-1519-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan. 1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur „Mubayyin“ asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiy- iqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturul-amal sifatida moʻljallangan „Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari „Boburnoma“ ustidagi ijodiy ishini 1518—19-yillarda boshlagan. Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, „Xatti Boburiy“, shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan, ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. „Xatti Boburiy“da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan. 1526-yil 21-dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʼdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʼnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527-yil oktabrida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan „Volidiya“ asarini sheʼriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon boʻlgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oʻz eʼtiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogʻayib ketgan. Bu yillarda u „Boburnoma“ fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi gʻazal- ruboiylar yaratdi, oʻz iborasi bilan aytganda, „Hindistongʻa kelgali aytqon ashʼorni“ tartibga solib, shuningdek, „Volidiya“ tarjimasini, „Xatti Boburiy“ bilan bitilgan namuna va qitʼalarni Movarounnahr va Afgʻonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiy- axloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri boʻldi. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan „Bogʻi Bobur“ga qoʻyildi. Boburning qizi Gulbadan Begim (1522, Kobul -1603, Dexli) Markaziy Osiyodan oʻrta asrlarda etishib chiqqan yagona ayol-tarixchi. Boshqa farzandlari: Fahr an-Nisa-begim (1502—1502), Humoyun (1508— 1556), Mixr Jahon-begim, Ishan ad-Daulat-begim, Barbul-mirzo (1518—1521), Faruk-mirzo (1526—1527), Gul Barg-begim, Masuma Sulton-begim, Kamron- mirzo (1509—1557), Gul Izar-begim, Muhammad Askari-mirzo (1517—1554), Sulton Ahmad-mirzo (1517—1525), Shohruh-mirzo (1522—1527), Gul Rang- begim (1511/15 - 1534-yildan keyin), Gulchehra-begim (1515 / 17—1557), Abu Nosir Muhammad Hindol-mirzo (1519—1551), Alur-mirzo (1524—1529) Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr- qimmat topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993- yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi. Bobur ijodini oʻrganish 1958-yil yoʻlga qoilgan. Bu yili Toshkentda katta ilmiy anjuman tashkil qilingan. Sharof Rashidov Bobur ijodini oʻrganish uchun alohida eʼtibor qilgan. Bobur asarlari nashr qilingan[6] va Hamid Sulaymonov Bobur miniatyuralarining nusxalarini xorijdan olib kelib nashr qilgan. Sharqshunos Sabohat Azimjonova Bobur xayoti va tarixi toʻgrisida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fundamental monografiy nashr qilgan. Bobur nafaqat buyuk sarkarda,shoh balki buyuk shoir boʻlgan. Bobur haqida oʻzbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ʻʻYulduzli tunlarʼ’asarini yozgan.Bu asar aynan Boburning yoshligidan to vafot etgunga qadar voqealirini oʻz ichiga qamrab oladi. Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (3. Mashrabov, S. Shokarimov: „Asrlarni boʻylagan Bobur“; S. Jalilov: „Boburning Fargʻona davlati“, „Bobur va Andijon“; Qamchibek Kenja: „Hind sorigʻa“; X. Sultonov: „Boburning tushlari“, „Boburiynoma“; R. Shamsuddinov: „Boburiylar izidan“, „Boburiylar sulolasi“; T. Nizom: „Uch soʻz“), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: „Bobur izidan“, „Muqaddas qadamjolar“; T. Roʻziyev: „Bobur salomi“, „Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya“; T. Hamidov: „Iftixor“ va h.k.) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998-yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh as-Salom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berildi. FURQAT Furqat (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon —1909, Yorkent) — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. 8 yoshida Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini yod oladi. 14 yoshida madrasa talabasi boʻladi. Furqat 1873—1876-yillarda madrasada oʻqigan. Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur oʻrgangan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan. 1876-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahridagi savdogar togʻasining iltimosiga koʻra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik oʻzi ham kichik doʻkon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan. Tavalludi Zokirjon Mullo Xolmuhammad oʻgʻli 1859-yil Qoʻqon, Toshkent Vafoti 1909-yil Yorkent Fuqaroligi Qoʻqon xonligi va Rossiya Imperiyasi Sohasi shoir, yozuvchi Mashhur ishlari „Ilm xosiyati“, „Gimnaziya“, „Vistavka xususida“, „Akt majlisi xususida“, „Suvorov“, „Nuh manzar.“ Dini Islom Ijodining boshlanishi Furqat Yangi Margʻilonda ijodkor sifatida toʻla shakllandi, oʻz gʻazallariga „Furqat“ taxallusini qoʻyib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda oʻtkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilgʻor adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich boʻldi. 80-yillarning boshlarida Furqat Qoʻqonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi boʻlgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda boʻladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, sheʼriyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi. Furqatning Qoʻqondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang- barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz sheʼriyat anʼanalari ruhida koʻplab ishqiy gʻazallar, muxammaslar yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga goʻzal nazira va taxmislar bogʻlagan, uning sheʼrlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng oʻrin egallay boshlagan („Boʻldi“ radifli muxammasi va boshqa sheʼrlarida). Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qaygʻurgan („Ne jurm oʻttiki bizdin, bunchalik Fargʻona tang boʻldi?...“). Qoʻqon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bogʻliq holda yaratilgan: „Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?“ misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toj-u taxtdan, shaʼn-u shavkat va aʼyonlardan maxrum boʻlgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng oʻrin egallaganining isbotidir. Ijodiy merosi Furqatning ijodiy merosida anʼanaviy sheʼriy turlar, oʻzbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi oʻrin egallaydi. Uning gʻazal va muxammaslari, bogʻlagan taxmislari oʻzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan oʻquvchini maftun etadi. Furqat sheʼrlarida ona yurt tabiati va bahor goʻzalligi, joʻshqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning maʼnaviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, „Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman boʻlsa“, „Umr xush oʻtmas bahor ayyomi sahro boʻlmasa“, „Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang“, „Jannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik“, „Koʻngul dardigʻa topmay boraman hargiz davo istab“, „Fasli navbahor oʻldi ketubon zimistonlar“ kabi misralar bilan boshlanuvchi gʻazallari, „Etti falak“, „Biri“, „Istar koʻngul“, „Doʻst“, „Kokulung“ radifli muxammaslari, Navoiy gʻazallariga taxmislari davr sheʼriyatining ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi. Furqat sheʼriyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zoʻravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada eʼtibor topib, donolarning xor-zor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan. „Charx kajraftorning bir shevasidan dogʻmen:Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur“ kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yoʻnalishni aks ettiradi. „Bormasmiz“ radifli sheʼrida esa oʻzbek milliy ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur „Sayding qoʻyaber, sayyod...“ musaddasida esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qatʼiy qoralaydi. Furqat xuddi shu yillarda „Xammomi xayol“ risolasini yozadi. „Chor darvesh“ hikoyatini forschadan tarjima qiladi. „Nuh manzar“ nomli sheʼriy kitob yaratadi. „Bulardin boʻlak har xil gʻazaliyotim Fargʻona muzofotigʻa (yaʼni, yon atrof qishloq-shaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) boʻldi“, deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor sheʼrlarini toʻplab, majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning oʻzi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Shoir Toshkent shahrida Furqat taxminan 1886—1887-yillarda Margʻilonga borib, u yerdagi Masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, yor-u birodarlari koʻmagida kichik doʻkon ochgan boʻlsa-da, asosan, sheʼriyat bilan shugʻullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Ulshdmy Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning „Toshkent shahrida bosma boʻlgʻon“ ligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan oʻzgarishlarga, sekin-asta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish uygʻonadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, oʻz koʻzi bilan koʻrish ishtiyoqi zoʻrayadi. 1889-yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xoʻjandda toʻxtab, Toshxoʻja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889-yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Koʻzga koʻringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxoʻja eshon tavsiyasi bilan maʼlum muddat „Farhat“ (shodlik, xursandlik) taxallusida sheʼrlar yozadi, lekin koʻp oʻtmay, eski taxallusiga qaytadi. Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor maʼmurlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli konsertlarga kiritishni uyushtirdilar, koʻrgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan oʻzgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy oʻzgarish boʻladi va bu hol uning ijodida oʻz badiiy ifodasini topadi — maʼrifatparvarlik, yevropacha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir sheʼrlarining yetakchi gʻoyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatning koʻp asrli oʻzbek adabiyotiga yangi mavzular, yangi gʻoyalar olib kirishiga zamin boʻldi. Toshkentda ochilgan erlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va sanʼat oʻchoqlarini, tobora koʻproq kirib kelayotgan fan-texnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning „Ilm xosiyati“, „Gimnaziya“, „Vistavka xususida“, „Akt majlisi xususida“, „Toshkent shahrida boʻlgʻon nagʻma bazmi xususida“, „Suvorov“ va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 1890-yillarda Turkiston viloyatining gazetasida chop qilindi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targʻibotchisi sifatida namoyon boʻladi; oʻz vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilgʻor xalqlar qatoridan oʻrin olishga daʼvat etadi. Biroq Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini soʻngroq tushunib yetdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan „Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʻasi xususida“ asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida ran ochib, sheʼriyatda realistik tasvir masalasini koʻtardi. Publitsist sifatidagi faoliyati Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890-yildan boshlandi. „Turkiston viloyatining gazeti“ ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita qatnashdi. Bir yildan koʻproq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilgʻor maʼrifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida oʻz maqolalarini eʼlon qildi. Masalan, 1891-yil 1-yarmida „Xoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. Oʻzi yozgoni“ publitsistik asarini yozib, shu gazetada eʼlon qildi. 1891- yil mayda Samarqandga bordi, osori atiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yoʻlladi, keyin Buxoroda boʻldi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u atayin qaytib kelmaydigan qilib oʻz yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891- yilning iyulida Marv—Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Doʻstlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan „Sabogʻa xitob“ sheʼriy maktubida vatan ishtiyoqi, doʻstlar sogʻinchi, gʻurbat azoblari va yolgʻizlik motivlari birinchi oʻringa chiqqan. -- Shoir sayohati == Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga oʻtdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida boʻldi. 1892-yilning martida Istanbuldan Oʻrta dengiz orqali Arabistonga — Makka, Jidda, Madina shaharlariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan „Hajnoma“ asarini yaratdi. Soʻng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, ona yurt sogʻinchi va iztiroblari aks etgan. „Adashganman“ radifli hamda „Kashmirda“, „Bulbul“ deb nomlanuvchi lirik sheʼrlar turkumi shu jihatdan oʻziga xos hijronnomadir. 1893-yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkentda turgʻun yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor boʻlgan shoir dorivor oʻsimliklar bilan savdo qiluvchi doʻkon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan shugʻullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval boshlagan „Sayohatnoma“ asari ustidagi ishni Yorkentda davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yoʻq. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli mavzudagi xat-maqolalar, Fargʻona va Toshkentdagi yor-doʻstlariga maktublar yoʻllab turgan. Furqat oʻzbek matbuoti tarixida felyeton janrini boshlab berdi („Hind nayrangbozi Yorkendda“, 1905). Barkamol lirikasi, jozibali nasri va publitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Furqat ona vatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkentning Dongdor qabristoniga koʻmilgan. 1990-yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan. Xotira Furqatning sheʼrlari kitob holida dastlab 1913-yilda Muqimiy sheʼrlari bilan birga bayoz holida toshbosmada bosilgan edi, 50–80-yillarda koʻp bor nashr etildi. Shoir hayoti va ijodi haqida qator ilmiy asarlar yozildi, dissertatsiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinossenariy va boshqa yaratildi. Oʻzbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, koʻcha va xiyobonlar, bogʻlar uning nomi bilan ataladi. Ogahiy Ogahiy (taxallusi; toʻliq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (17.12.1809., Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi —14.12. 1874.) — oʻzbek shoiri, tarixchi,tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassik asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan. 1829-yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825—42) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashgʻul bir paytda otdan yiqilib, oyogʻi „shakarlang“ (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-yildan miroblik vazifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan. Ogahiy xalq orasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — „Taʼviz ul-oshiqin“ („Oshiqlar tumori“, 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzilgan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muhammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga „Ashʼori forsiy“ nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzusi turadi. Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab oʻtolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, gʻoyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; sheʼriyatida ishq — iymon, eʼtiqod, vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning oʻy-kechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlantiruvchi kuch. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta oʻrin egallagan. Shoir oʻzi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan. Ogahiy janr imkoniyatlariga ijodiy yondashib, ularni takomillashtirgan: oʻzigacha boʻlgan 7—8, 10—12 baytli gʻazal yozish tartibini 23 baytgacha yetkazgan, mustazod janrining qoʻsh orttirma misrali yangi shaklini kashf etgan: Ey yor, sango ushbu jahon bogʻi aro gul bir oshiqi hayron, diydoriga shaydo,Bir shuyftadur kokili mushkulinga sumbul ham holi parishon, ham boshida savdo. Shoir aruzning juda koʻp bahrlaridan foydalangan. Uning gʻazallari „Shashmaqom“ning hamma kuylariga tushadi, Xorazm xalq ohanglariga mos keladi. Ogahiy „Riyoz uddavla“ („Saltanat bog'lari“, 1844), „Zubdat uttavorix“ („Tarixlar qaymogʻi“, 1845—46), „Jomeʼ ul-voqeoti sultoniy“ („Sultonlik voqealarini jamlovchi“, 1857), „Gulshani davlat“ („Davlat gul-shani“, 1865), „Shohidi iqbol“ („Iqbol guvohi“, 1872) va boshqa tarixiy asarlarida Olloqulixon, Rahimqulixon(1843—46), Muhammad Aminxon (1846 — 55), Sayid Muhammadxon (1856—64), Muhammad Rahim II (1864—1910) hukmronligi davrida Xorazmda yashagan oʻzbeklar, turkmanlar|turkman, qoraqalpoqlar|qoraqalpoq, qozoqlar|qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan. Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiyasiga taʼsir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning „Qasidai nasihat“ asari Feruzga bagʻishlangan. U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambagʻalparvar boʻlishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega boʻlsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yoʻllarini ham koʻrsatib oʻtgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmogʻi lozim. U aysh-ishratdan, fitna va gʻiybatdan, gʻaflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq boʻli-shi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish toʻgʻrisidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qoʻydirgan, koʻp ezgu ishl arni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir. Ogahiy „Ravzat us-safo“ (Mirxond), „Tarixi jahonkushoyi Nodiriy“ (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), „Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ“ (3. Vosifiy), „Miftoh ut-tolibin“ (Mahmud binni Shayx Ali Gʻijduvoniy), „Tabaqoti Akbarshohiy“ (Muhammad Muqim Hirotiy), „Tazkirai Muqimxoniy“ (Muhammad Yusuf Munshiy), „Ravzat us-safoyi Nosiriy“ (Rizoqulixon Hidoyat), „Axloqi Muhsiniy“ (Koshifip), „Qobusnoma“, „Zubdat ul-hikoyot“, „Sharhi daloil ulhayrat“ (Muhammad Voris), „Guliston“ (Saʼdiy), „Yusuf va Zulayho“ (Jomiy), „Shoh va gado“ (Hiloliy), „Haft paykar“ (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Ogahiy „Haft paykar“ni nasriy yoʻl bilan, „Guliston“ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. „Yusuf va Zulayho“ hamda „Shoh va gado“ dostonlarini esa baytma-bayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijodiy tarjima namunasini yaratgan. „Miftoh ut-tolibin“ (inv. № 8473), „Ravzat us-safoyi Nosiriy“ (D-125), „Tabaqoti Akbarshohiy“ (TNS—106), „Tazkirai Muqimxoniy“ (TNS—105), „Firdavs ul- iqbol“ (S—571), „Shohi-di iqbol“ (S—572), „Yusuf va Zulayho“ (TNS—117), „Taʼviz uloshi-qin“ asarlarining qoʻlyozma nusxalari Toshkent, Dushanba va Sankt-Peterburgda saqlanadi. „Zafarnoma“ (Ali Yaz-diy), „Bahoriston“, „Salomon va Ibsol“ (Jomiy), „Hasht behisht“ (Xus-rav Dexlaviy) asarlarining Ogahiy tarjimasi hanuzgacha topilmagan. Taʼviz ul-oshiqin“ Xivada toshbosmada nashr etilgan (1905—09). Oʻzbekistonda koʻchalar, maktablar, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri, istirohat bogʻi va boshqa muassasalarga Ogahiy nomi berilgan. Qiyot qishlogʻida Ogahiy bogʻi tashkil etilib, shoirning uy muzeyi ochilgan; muzey oldida Ogahiyga haykal oʻrnatilgan. MUQIMIY Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli) (1850, Qoʻqon — 1903-yil 25-may, Qoʻqon) — oʻzbek shoiri va mutafakkiri. Oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli Muhammad (Muqimiy) Tavalludi 1850-yil Qoʻqon xonligi Vafoti 1903-yil 25-may Qoʻqon xonligi Fuqaroligi Turkiston Muxtoriyati, SSSR Sohasi shoir, satirik Mashhur ishlari «Oshiq boʻlibman», «Ayrilmasun», «Oʻzim har joydaman», «Aqlu hush uchdi boshimdin…», «Tanobchilar», «Toʻy», «Saylov (Adabiyot)» Dini Islom Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Muqimiy (maʼnolari). Hayoti Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xoʻjandlik boʻlib, Qoʻqonda yashaganlar. Muqimiy boshlangʻich maʼlumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxoʻjada sheʼriyatga havas uygʻotgan. Muqimiy Qoʻqondagi Nodira bino qildirgan „Moxlar oyim“ madrasasida, soʻng Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1864-1865; 1875-1876). 1876-yilda Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan faoliyati vaqtda amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan „Tanobchilar“ satirasini yozgan. Ijodi 70-yillar oxirlarida Qoʻqonga qaytgan va ijod bilan shugʻullangan. Otasi vafotidan soʻng moddiy ahvoli ogʻirlashgach, „Hazrat“ madrasasining kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan (1885), butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887-1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur oʻrgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgʻor ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bogʻlab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanʼatpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anʼanalardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oʻrgandi, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻladi. Jomiyni oʻziga ustoz bildi. Oʻzbek, fors mumtoz shoirlari anʼanalarini davom ettirdi. Oʻzbek adabiyotida demokratik yoʻnalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bogʻliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgʻor fikrli shoirlar oʻzbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sugʻorilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheʼrlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doʻstlik, sadoqat, samimiyat vafodorlik, sabot va matonat ulugʻlangan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan („Kelur oxir seni ham yoʻqlagʻudek bir zamon yaxshi“ va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boʻlgan sheʼrlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan. Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy oʻrin tutadi. „Oshiq boʻlibman“, „Ayrilmasun“, „Oʻzim har joydaman“, „Aqlu hush uchdi boshimdin…“ kabi sheʼrlari bunga misol. Hajviyoti Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan („Tanobchilar“, „Toʻy“, „Moskovchi boy taʼrifida“, „Hajvi Viktor boy“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar)- „Saylov (Adabiyot)“, „Dar mazammati zamona“ va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan („Hajvi halifai Mingtepa“). Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan („Devonamen“, „Koʻsamen“ „Hayron qildi loy“, „Pash-shalar“, „Shikoyati bezak“ va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan („Taʼrifi pech“, „Aroba qursin“, „Loy“ va boshqalar). Sayohatnoma asari BERDAQ Berdaq (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli) (1827—Moʻynoq tumani—1900)—shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, soʻng madrasada tahsil koʻrgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxoʻja asarlarini chukur mutolaa qilgan, ulardan oʻrgangan. U tarixni va xalk, ogzaki ijodini yaxshi bilgan. B.ning lirik sheʼrlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18— 19-asrlardagi ijtimoiy hasti oʻz ifodasini topgan. U oʻz davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik gʻoyalari ilgari suriladi. B. ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir ("Boʻlgan emas", "Soliq", "Bu yil", "Umrim" va boshqalar). Shoir qaqiqat uchun, megʻnatkash ommaning baxti va kelajagi uchuy fidokor kurashchilarni orzu qiladi ("Xalq uchun", "Menga kerak" va boshqalar). Tarixni mavzudagi "Avlodlar", "Omongeldi", "Azadosbiy", "Ernazarbiy" asarlarida shoir xalq qaxramonlaripi faxr bilan kuylaydi. B.ning "Avlodlar" asari tarixiy voqealar solnomasi boʻlib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fiqolari bayon qilinadi. B. baʼzi taʼmagir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi ("Yaxshiroq", "Shekilli" va boshqalar), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni vatanni sevishga, maʼrifat choʻqqilarini egallashga chaqiradi ("Oʻgʻlimga", "Ahmoq boʻlma" va boshqalar). Berdaq Tavalludi 1827. Vafoti. 1900 Sheʼriy mushohadalari va hayotga karashlarvda B. mehnatkashlarning baxtiyor yashashini orzu qildi. B. xalqni baxtli qilish haqida oʻylar ekan, Alloxdan madad soʻraydi ("Yordam ber"), baxt haqida fikr yuritadi ("Izladim"), odil podshoni orzu qiladi ("Kerak"), baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi. B. ijodi xalq ogʻzaki adabiyoti anʼanalariga yaqin turadi. Ijodi serqirraligi, asarlarining gʻoyaviy va badiiy yuksakligi bilan qoraqolpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeni egallaydi. Uning koʻpgina asarlari oʻzbek va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda B. tavalludining 170 yilligi ksng nishonlandi (1998). Toshkent shahridagi hisbonlardan biriga B. nomi berildi va byusti oʻrnatildi. Shoir tugilgan joy — Boʻzatovda ham byusti oʻrnatilgan (1998). Nukus shla B.ga haykal qoʻyilgan musiqiy drama teatri, koʻcha va maktabga Berdaq nomi berilgan Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Shoirning asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli boʻlib, Berdaq uning taxallusidir. Mutafakkir toʻgʻrisida maʼlumotlar kam saqlanib qolgan. Uning tarjimai holi va ijodiga oid maʼlumotlarni, asosan, oʻzining asarlarida uchratish mumkin. U Orol dengizining janubida joylashgan Moʻynoq tumanining Oqqalʼa degan joyida dunyoga kelgan. Berdaq oʻn yoshligidayoq otasi Qargʻaboy Boʻronboy oʻgʻli va onasidan ayrilgach, amakisi Qoʻchqorboyning qoʻlida tarbiya koʻra boshlaydi. Berdaq oʻn yoshidan ovul maktabiga, maktabni bitirgandan soʻng oʻz bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida oʻsha davrda yirik ilm maskani hisoblangan Qoraqum eshon madrasasida tahsil oldi. U yoshligidan boshlab sheʼr yozishni mashq qila boshladi. Xalq qoʻshiqlari, turli afsonalar, ertaklar, maqol va matallar, dostonlar bilan tanishish, mashhur shoirlarning sheʼrlaridan bahramand boʻlish mutafakkir badiiy ijodini kamolga yetib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, Berdaq asta- sekin mashhur shoir va xalqqa tanilgan baxshiga aylana bordi. Eng muhimi, sheʼrlariga oʻzi kuy bastalab kuylay boshladi. Berdaq koʻp shaharlarga sayohat qildi. Markaziy Osiyoning yirik shaharlarida boʻldi. Urganch va Buxoroni ziyorat qilib, qadimiy yodgorliklar bilan tanishdi. Berdaq Alisher Navoiy, Fuzuliy va Maxtumquli ijodlarini chuqur oʻrganib, sheʼrlarini mutolaa qildi. Zamondosh shoirlar bilan musohib boʻldi. Berdaq sheʼrlarining aksariyati kambagʻal, beva-bechoralarning ayanchli hayoti, ularning ogʻir mehnati, boy-zodagonlarning ularga nisbatan qilgan shafqatsizligi, zoʻrovonligi va adolatsizligiga bagʻishlangan. Uning sheʼrlarida insonparvarlik, tenglik, saxiylik, adolat, vatanparvarlik, mehr-shafqat, qahramonlik va mardlik, mustaqillik, milliy ozodlik va haqiqat uchun kurash, mehr-muhabbat kabi umuminsoniy va milliy qadriyatlar oʻz aksini topgan. Berdaqning sheʼr va dostonlari xalq ommasining turmushini xolisona va haqqoniy tasvirlab berish bilan ajralib turadi. ayniqsa, Xiva xonligi va Chor Rusiyasi hukmronligi davrida oddiy xalqqa nisbatan oʻtkazilgan zulm-zoʻrliklar shoirning bir qator sheʼrlarida ochiq tasvirlab berilgan. Shuning uchun u oʻz zamonasidagi adolatsizlikdan, xon gumashtalaridan, soliq yigʻuvchilardan,miroblarning oʻzboshimchaligidan, zolimligidan noliydi, inson qancha mexnat qilmasin, muhtojlikdan chiqaolmasligidan zorlanadi: Berdaq oʻzining “Soliq”, “Boʻlgan emas”, “Bu yil” kabi sheʼrlarida xon va beklarning olib borayotgan siyosatini qoralaydi, ularning mehnatkash xalqqa oʻtkazayotgan zulmini, shafqatsizligini tasvirlaydi. Berdaq insonni yuksaklikka koʻtaradi, xalqni katta kuch ekanligini taʼkidlab, hukmron sinf vakillarini mehnatkash xalqni hurmat qilishga, ularga yordam berishga chaqiradi. Shoir oʻzini xalqning ajralmas bir qismi, deb tasavvur qiladi. Shoirning “Omongeldi”, “Xalq uchun”, “Aydosbiy”, “Yaxshiroq”, “Boʻlgan emas”, “Yernazarbiy” asarlarida qoraqalpoq xalqining xonlar zulmiga qarshi qahramonona kurashi, milliy-ozodlik harakati aks ettirilgan. Berdaq inson oʻz faoliyatida, xatti-harakatida, maqsadiga erishishida erkin ekanligini yozadi. Masalan; u “Axmoq podsho” dostonida ayrim boylar va amaldorlarning jabr-zulmi oxirgi nuqtasiga borib taqalgandan soʻng sabr-toqati tugagan xalq oʻz ixtiyori bilan ularga qarshi bosh koʻtaradi, deydi. Berdaq ijodiy merosida axloq, xulq-odob, nafosat va goʻzallik masalalari muhim oʻrinni egallaydi. Uning sheʼrlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, xalqlar doʻstligi, oddiy axloq qoidalari toʻgʻrisida qimmatli fikrlar uchraydi. Shoirning aytishiga qaraganda, baʼzi mulla va eshonlar xalq oldida oʻzlarini halol va pok, adolatparvar etib koʻrsatadilar. Amalda esa buning aksini koʻramiz. Shoir ularning munofiqligini fosh etib tashlaydi. Berdaq oʻzining axloqiy qarashlarida Sharqning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirdi. U “Izladim”, “Xalq uchun”, “Yaxshiroq”, “Menga kerak” kabi sheʼrlarida kishilarning halol mehnatini ulugʻlaydi. Uningcha, har bir odamning asosiy burchi xalqqa va uning farovonligi yoʻlida xizmat qilishdir. Berdaq axloqiy qarashlarining yana bir muhim tomoni – kishilarni hurmat qilish, ayniqsa, qarilar, zaif va nogironlar, kambagʻal va beva-bechoralarni izzat nafsiga tegmaslik, ularga iloji boricha yordam koʻrsatishdir. Berdaq xuddi Navoiy kabi odamlarni axloq-odobiga qarab, ularni ikkiga: yaxshi va yomonga boʻladi. Yaxshi odam deganda, u butun insoniy fazilatlarni oʻzida toʻplagan dono, aqlli, bilimdon, oʻzgalarga yordam beruvchi, feʼl-atvori goʻzal kishilarni koʻz oldiga keltiradi. Yomon odam esa Berdaqning nazarida, xalqning ofatidir, u xalqni ham, ogʻa-inini ham qadriga yetmaydi. Umuman olganda, shoir axloqiy qarashlarining markazida insoniylik turadi. Berdaq qoʻp sheʼrlarida bolalarni tarbiyalash, kattalarni hurmat qilish, yosh avlodga vatanparvarlik, oʻz xalqiga muhabbat, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va birodarlik gʻoyalarini singdirishga intildi. Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur shoiri, asl farzandidir. Qoraqalpogʻistondagi koʻpgina maktablar, koʻchalar, kinoteatrlar, kutubxonalar shoirning nomiga qoʻyilgan. Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat mukofoti taʼsis etilgan. Bu mukofot badiiy adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi eng yaxshi ishlarga beriladi. Berdaqning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan adabiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy gʻoyalari hozirga mustaqillik sharoitida ham oʻz tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolmoqda. MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY Toʻliq ismi - Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja) (20-Yanvar 1875 Samarqand — 25-Mart 1919 Qarshi) dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy Tavalludi 20-yanvar 1875-yil Samarqand, Buxoro amirligi Vafoti 25-mart 1919-yil (44 yoshda) Qarshi, Buxoro amirligi Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Buxoro Amirligi U Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899–1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903–1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Kitoblari "Risolai asbobi savod" ("Savod chiqarish kitobi", 1904), "Risolai jugʻrofiyai umroniy" ("Aholi geografiyasiga kirish", 1905), "Muntaxabi jugʻrofiyai umumiy" ("Qisqacha umumiy geografiya", 1906), "Kitobat ulatfol“ ("Bolalar xati", 1908), "Amaliyoti islom" (1908), "Tarixi islom" (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908-yilda) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi oʻz hovlisiga koʻchirib keltiradi. „Padarkush“ dramasi Behbudiy 1911-yilda „Padarkush“ dramasini yozdi. Bu birinchi oʻzbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda boʻlib, oʻqimagan, johil va nodon bolaning oʻz otasini oʻldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini „milliy fojia“ deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yoʻl qoʻymaydi. „Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining 100 yillik yubileyi sanasiga bagʻishlanadi“ degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan oʻtkazadi. Drama 1913-yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qoʻyish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914-yil 25-yanvarda sahnaga qoʻyildi. Drama xalqqa kuchli taʼsir koʻrsatadi. „Padarkush“ ham janr, ham mazmuniga koʻra yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan asar boʻldi. Drama Toshkentda 1914-yil 27-fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi. Faoliyati Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2-marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi hindi“sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913). Sayohati Behbudiy 1914-yil 29-mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida boʻladi, 8-iyunda Istanbulga keladi. Undan Adarnaga o'tib, yana Istanbulga qaytadi va 20-iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. Soʻng Quddus, Bayrut, Yofa, Halil ar- Rahmon, PortSaid, Shom shaharlarida boʻladi. Sayohat xotiralari „Oyna“ jurnalida bosilib turadi. Bu „xotiralar“ har jihatdan muhim boʻlib, anʼanaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi oʻziga xos namunasi edi. Muallif unda yoʻl taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng oʻrin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida maʼlumotlar toʻplaydi. Turli-tuman millatlar, ularning urf- udumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, eʼtiqod masalalariga katta ahamiyat beradi. „Oyna“ jurnali „Oyna“ jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq „Ikki emas, toʻrt til lozim“, degan maqola bilan chiqib, oʻzbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (masalan, fransuz) tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi („Har millat oʻz tili ila faxr etar“ –1914, № 35), oʻzaro munosabatlari („Til masalasi“ – 1915, № 11,12) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta eʼtibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini koʻtardi („Tanqid saralamoqdir“ – 1914, № 27). Millat shaʼnini oyoqosti qiluvchi fikrqarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini oʻz nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi („Sart soʻzi majhuldur“ 1915, № 22,23,25,26). Maqolalari Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilma-xil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, „xayoliy“, „bu toifaga qoʻshulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik“ deb yozgan edi („Xayrul umuri avsatuho“ — „Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidir“, „Xurshid“ gazetasi 1906-yil, 6son). Oʻzlikni anglashni muhim biladi. "Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni "qulq „marquq“ derlar", deb yozadi („Sart soʻzi majhuldur“, „Oyna“ jurnali, 1914, № 23). 1917-yilning oxiri 1918-yilning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal boʻlayotgan bir paytda oʻlka xalqlarini birlikka chaqiradi. Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qoʻshilishi Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizgʻin qoʻshildi. Aslida bu faoliyat 1906- yildan boshlangan. Shu yili „Rusiya musulmonlari ittifoqi“ning Nijniy Novgorodda oʻtkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda boʻlib oʻtgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq soʻzladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. Behbudiy shu qurultoyda oʻlka musulmonlar shoʻrosining raisi etib saylandi. 1917-yil 26- noyabrda Behbudiyda Qoʻqonda oʻlka musulmonlarining 4-favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27-noyabrga oʻtar kechasi „Turkiston muxtoriyati“ eʼlon qilindi. Uning gʻoyaviy asoschilaridan biri Behbudiy edi. Muxtoriyat shoʻrolar tomonidan vahshiyona bostirildi. Behbudiy may oyining boshlarida Samarqandga qaytadi. U yerda koʻp tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston shoʻrolar hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi, ammo natija chiqmaydi. 1919-yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya aygʻoqchilari koʻmagida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qoʻlga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin maʼlum boʻladi. Fitrat, Choʻlpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiyga atab marsiyalar yozganlar. Qarshi shahri 1926–1937-yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan. Xotira Oʻzbekistonda (H. Sayd, N. Avazov, 3. Axrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; Behbudiy Qosimov bilan hamkorlikda), AQShda (E. Olvort) va Behbudiy mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi boʻyicha iimiy izlanishlar olib boriladi. Toshkent shahrida koʻcha va maktabga Behbudiy nomi qoʻyilgan. Afsuski, baʼzi gʻarb olimlari (P.Sartori, D.Devis) Mahmudxoʻja Behbudiyning oʻlka tarixidagi ijobiy oʻrni haqidagi tadqiqotlarni (Sadriddin Ayniy, B.Qosimov, N.Karimov, I.Boldauf) eʼtibordan chetda qoldiradilar. Ular Behbudiy salafiy bo‘lgan deb hisoblashadi.[1] Nashr qilingan asarlari Behbudiy. „Padarkush“. „Sharq yulduzi“ jurnali, 1989, 7-son. Behbudiy. „Ehtiyoji millat“. „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, 1989. Behbudiy. „Bayoni haqiqat“. „Fan va turmush“. 1992, 5-son. Behbudiy. „Yoshlarga murojaat“, „Ikki emas, toʻrt til lozim“. „Tafakkur“ jurnali, 1994, 1-son. Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri) ABDULLA AVLONIY Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. Abdulla Avloniy Tavalludi: 12-iyul 1878-yil Toshkent Vafoti 25-avgust 1934-yil (60 yoshda) Toshkent Fuqaroligi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR va Turkiston general-gubernatorligi U Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab- maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi. Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.[1][2][3] Nashr qilingan asarlari Avloniy. «Toshkent tongi». T., 1978. Avloniy. Oʻson millat. T., 1993. Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992. Avloniy. Afgʻon sayohati. Kundaliklar. «Sharq yulduzi», 1990, 7-son. Milliy uygʻonish. T., 1993. Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, «Maʼnaviyat»., T., 1998-yilesktop XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijgimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi. XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. 1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maʼrifat tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari bilan shugʻullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U 1934 yilda vafot etdi. Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va maktab kitoblari, toʻrt teatr kitobi”qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taʼkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir. Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anʼanaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu har bir kishining tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining oʻz xalqiga boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”. Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheʼr, hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy kurashlar gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir sheʼriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun mehrini shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida gʻoyat masʼuliyatli boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol tarafdori sifatida tezda ilgʻab oldi. Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” (I, II, III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi” (1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maʼrifat targʻib qilingan, jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning bu davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qoʻllagan. Milliy kuylarga moslab sheʼrlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan. Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan boʻldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu sheʼrlarning ohang va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, ular xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi. Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi (“Qutuldik”, “Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat marshi” (1919), “Ishchilar qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp oʻtmay, rus sovet tuzumi eski chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet siyosati riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin tushkun ohanglarning paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 1919). Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar yozdi. 1919–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon sayohati” kundaliklari esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik, totuvlik aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda “Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari (“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu (“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan. Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910 yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar” inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz”da esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi. Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga toʻgʻri keladi. Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop etilgan. “Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi. U tarjimai holida bu haqda shunday yozgan: «12 yoshimdan O‘qchi mahallasidagi madrasada dars o‘qiy boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o‘qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o‘sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjumon» gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim». Avloniy madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug‘ullandi. O‘qish va o‘qitish usuliga isloh kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etdi va yosh pedagog- o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi. Abdulla Avloniy maktab o‘quvchilari uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy Guliston yoki axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo‘lgan darsliklarni yozgan. 1895 yildan ijodiy faoliyati boshlangan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, feleton va kichik hajmli dramatik asarlar yaratgan. Shoir o‘z asarlarida zamonasidagi qoloqlikni, johillikni tanqid qiladi va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqiradi. Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq orasidan yetishib chiqqan noshir va jurnalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To‘y», «S’ezd», «Layli va Majnun», «O‘liklar» kabi dramatik asarlarni yozib, ularda jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo‘pol va yaramas urf- odatlarni fosh etadi. Abdulla Avloniy shoir sifatida ko‘plab she’rlar bitgan. Uning she’rlari xoh eski urf-odatlarga qarshi qaratilgan bo‘ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo‘ladimi, hamma-hammasida inson, uning axloqiy go‘zalligi va ma’naviy boyligi kuylanadi. Jumladan, «O‘z mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boylikni mo‘l-ko‘l isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun sariq chaqani ravo ko‘rmagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko‘zlari qiymas», deb qoralaydi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi. Avloniy 1913 yili «Turon» teatr truppasini tashkil etdi va shu teatr uchun original sahna asarlarini yaratish bilan birga qardosh dramaturglarning pesalarini o‘zbek tiliga tarjima ham qildi. Abdulla Avloniy 20-yillarda o‘zbek xalqi maorifi va madaniyati taraqqiyotida ishtirok etibgina qolmay, qo‘shni afg‘on xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotida ham muayyan rol o‘ynagan. U ma’lum muddat Afg‘oniston xalq maorifi vaziri, so‘ng Sho‘rolar Ittifoqining Afg‘onistondagi konsul-elchisi vazifalarida xizmat qilgan. Avloniy umrining so‘nggi yillarida O‘rta Osiyo Kommunistik universitetida dars berish bilan birga o‘zbek adabiyotidan qator darsliklarni yaratgan. CHO’LPON Choʻlpon (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov) (1897, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab, madrasada (1908-1912), soʻngra rus- tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan. Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon Tavalludi 1897 Andijon shahri Vafoti 1938.4.10 Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR Sohasi shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon Mashhur ishlari „Kecha va kunduz“, „Novvoy qiz“, „Oydin kechalarda“, „Buloqlar“, „Tong sirlari“, „Soz“ Mashhur sovrinlari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) 1914-yil Toshkentga kelib, „Sadoi Turkiston“ gazetasi bilan hamkorlik qilgan. „Yangi Sharq“, „Ishtirokiyun“ (1920-yildan „Qizil bayroq“, 1922-yildan „Turkiston“) gazetasida adabiy xodim (1919-1923), Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan Oʻlka oʻzbek bilim hayʼati, 1922-yildan Ilmiy hayʼat)da rais (1920-1923), „Buxoro axboroti“ gazetasida muharrir (1921- 1922), „Turon“ teatrida direktor (1921; 1922-1923), „Mushtum“ jurnali va „Darxon“ gazetasida texnik muharrir, adabiy xodim (1922-1923), Oʻzbek drama studiyasi (Moskva, 1924-1927) va Oʻzbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh (1927-1931), SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931-1934), „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallari hamda „Teatru“ gazetasida adabiy xodim (jamoatchilik asosida, 1935-1937). Ijodi Adabiy ijodi 1913-1914-yillarda Andijonning ijtimoiy va madaniy hayoti haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. 1914-yil Toshkentda Munavvar Qori Abdurashidxonov va Ubaydulla Xoʻjayev bilan tanishish Choʻlponning milliy uygʻonish harakati namoyandasi sifatida shakllanishida muhim omil boʻlgan. Choʻlpon „Sadoi Turkiston“ gazetasida dastlabki „Turkistonli qardoshlarimizga“ sheʼri, „Qurboni jaholat“, „Doʻxtir Muhammadyor“ hikoyalari va „Adabiyot nadir?“ maqolasini eʼlon qilib (1914), shu davr adabiyoti namoyandalari safidan oʻrin egallagan. Turkiston aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashayotganining asosiy sababini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatida koʻrgan Choʻlpon, boshqa jadidlar qatori, oʻz asarlari bilan xalqning madaniy va maʼrifiy saviyasini koʻtarishga kirishgan. 1917-yil Fevral inqilobining roʻy berishi taraqqiyparvar ziyolilar dunyoqarashini oʻzgartirib yubordi. Ular, shu jumladan, Choʻlpon mustaqillik uchun kurash endi targʻibiy-tashviqiy davridan amaliy faoliyat bosqichiga oʻtganini angladilar. Choʻlpon Turkiston muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etib, muxtoriyatni sharaflovchi „Ozod turk bayrami“ sheʼrini yozdi va bu sheʼr oʻzbek davlatchiligi tarixida ilk madhiya boʻldi. Shu davrda Turkistondagi koʻp millatli ziyolilar oʻrtasida federalizm gʻoyasi keng tarqalgani sababli Choʻlpon ayni paytda Z.Validiy bilan birga Orenburgga borib, Boshqirdiston muxtoriyat hukumatining tashkil etilishida ham ishtirok etdi. Federalistlarning fikrlariga koʻra, Turkiston va Volga boʻyidagi turkiy xalqlar oʻz muxtoriyat hukumatlarini barpo etganlaridagina bu hukumatlarning bolsheviklar tomonidan tan olinishi va birgalikda himoyalanishi mumkin edi. Muxtoriyat tugatilgach, Choʻlpon „Ilmiy kengash“, „Chigʻatoy gurungi“, „Nashri maorif“ tashkilotlari va „Turon“ teatrida adabiy, ilmiy-maʼrifiy ishlar bilan mashgʻul boʻldi. Ayni paytda shoʻro davlatining mustamlakachilik siyosati oqibatlarini fosh etuvchi sheʼr va maqolalar yozish bilan istiqlol uchun kurashda davom etdi. Ammo respublika madaniyat xodimlarining 2-qurultoyi 1927- yildan keyin Choʻlponga qarshi boshlangan kurash uni siyosiy faoliyatdan uzoqlashishga, hatto 1931-1935-yillarda Moskvaga qochib borib, musofirlikda yashashga majbur etdi. Vafoti Jadidlarga qarshi boshlangan kampaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi. Taʼqib va tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 30- yillarning boshida yana Moskvaga ketgan va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlagan. Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938- yil 4-oktabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi. Adabiy merosi Choʻlponning adabiy merosi sheʼriyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik va adabiy tanqidiy maqolalar hamda tarjimadan iborat. Sheʼriy asarlari Choʻlponning sheʼriy asarlari „Oʻzbek yosh shoirlari“, „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926) va „Soz“ (1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda eʼlon qilishgan. Ular gʻoyaviy-tematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va ijtimoiy-siyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat manzaralari tasvirlangan sheʼrlarida Choʻlpon jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan. Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta mahorat bilan aks ettirgan. „Goʻzal“, „Sezgi“, „Sirlardan“, „Men shoirmi?“ singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Barmoq vazni Choʻlpon va Fitratning ijodiy izlanishlari bilan 20-yillarning boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining asosiy vazniga aylandi. Tarixiy davr va tarixiy sharoit Choʻlpondan muhabbat va tabiat lirikasidan koʻra shu davrdagi oʻzbek xalqining ijtimoi-ysiyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvolini yaxshilashga qaratilgan asarlar yozishni taqozo etdi. Vatan va millat manfaati bilan yashagan shoir davrning shu talabi bilan bolsheviklar olib borgan siyosatning mustamlakachilik mohiyatini fosh etishga, xalqni zulm va zoʻravonlikka qarshi hurriyat uchun kurashga daʼvat etishga qaratilgan sheʼrlar yozdi („Buzilgan oʻlkaga“, „Xalq“, „Vijdon erki“, „Kishan“ va boshqalar). Choʻlpon bu sheʼrlari bilan adabiyotning kurash quroliga aylanishi mumkinligini isbotlab berdi. Shoirning yurak qoni bilan yozilgan bu sheʼrlari vatandoshlarida oʻzbek diyoriga otashin muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, erk va hurriyat gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyaladi. Agar Choʻlponning „koʻngil lirikasi“ anʼanalari keyinchalik Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqalar ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi. Hikoyalari Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning 20-yillarda yozgan „Oydin kechalarda“, „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“ singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, „Kecha va kunduz“ (1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan. Nasriy ijodi Choʻlpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U „Yoʻl esdaligi“, „Vayronalar orasidan“ kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida 20-yillardagi mustamlaka oʻlka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir sanʼatini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi. Choʻlpon yozuvchilik mahoratining shunday qirralari „Kecha va kunduz“ romanida, ayniqsa, yorqinroq aks etgan. Choʻlpon Abdulla Qodiriy bilan birga oʻzbek adabiyotida realistik roman va hikoya janrlarining taraqqiyot tamoyillarini belgilab berdi. Sahna asarlari Choʻlponning dramaturgiya sohasidagi dastlabki izlanishlari 1919-yilga oid. U shu yili „Temirchi“, „Gunoh“, „Choʻrining isyoni“ singari kichik sahna asarlarini yozdi. 20-yillarning boshlarida esa Choʻlponning „Yorqinoy“, „Xalil farang“, Oʻldiruvchi (1921), „Sevgi va saltanat“, „Choʻpon sevgisi“ (1922) pyesalari maydonga keldi (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Tarjimonlik sohasidagi faoliyati Choʻlpon „Turon“ teatriga direktorlik qilgan yillarida sahna sanʼati va dramaturgiya sirlarini, shuningdek, rus tilini puxta egallagani tufayli 1924-yil Moskvada tashkil etilgan oʻzbek drama studiyasiga adabiy emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini bilmagan vatandoshlariga moskvalik mashhur artist va rejissorlarning maʼruzalarini tarjima qilib berishdan tashqari, oʻzi ham studiyachilar uchun sahna asarlari („Yorqinoy“, „Yana uylanaman“, „Qorovul uyqusi“, Lev Sverdlin bilan hamkorlikda), „Uzun quloq bobo“ni yozib, rus va yevropa dramaturglarining pyesalari (K.Gotssi, „Malikai Turondot“, Nikolay Gogol, „Tergovchi“, Vladimir Bill Belotserkovskiy, „Labbay“, Molyer, „Xasis“)ni tarjima qilib berdi. Choʻlpon 1927-yilda Moskva va Boku drama studiyalari qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat namuna truppasi (1929-yildan Oʻzbek davlat teatri) tashkil etilgach, mazkur truppa (teatr) ning adabiy emakdoshi sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda uning kishilar va jamiyat hayotidagi nuqsonlarni hajv etuvchi „Mushtumzoʻr“, „Hujum“ (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928), „Oʻrtoq Qarshiboyev“ (1929) kabi pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Choʻlpon ayni paytda teatr tarjimoni sifatida ham samarali ijod qilib, K.Goldonining „Ikki boyga bir qarol“, Lope de Veganing „Qoʻzi buloq“, William Shekspirning „Hamlet“, F.Shillerning „Bosmachilar“, Bill Belotserkovskiyning „Poʻrtana“, S.Levitinaning „Hukm“, A.Faykoning „Portfelli kishi“, V.Tretʼyakovning „Naʼrangni tort, Xitoy!“, Vs. Ivanovning „14–69 raqamli zirhli poyezd“ pyesalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Choʻlpon adabiy emakdosh, dramaturg va tarjimon sifatida Uygʻur bilan birga professional oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi. Maqolalari Choʻlponning adabiyot va sanʼat masalalariga bagʻishlangan faoliyati kichik- kichik maqolalardan iborat boʻlsada, ularning ayrimlari dasturiy ahamiyatga ega. Choʻlpon 1914-1915-yillarda yozgan „Adabiyot nadir?“ va „Muhtaram yozuvchilarimizga“ maqolalari bilan adabiyot va sanʼatning xalq va jamiyat oldidagi vazifasini, tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyatini aniq belgilab berdi. U oʻzbek va xorijiy xalqlar adabiyoti namoyandalari („Marhum Tavfiq Fitrat“, „Ikki yuqotish“, „Rizo Tavfiqbek“, „Tagor va tagorshunoslik“, „Ulugʻ hindi“, „Joʻrj Dandon“, „Katta maktab egasi“, „Uvaysiy“, „Ustodning xislatlari“), teatr va musiqa sanʼati („Abo Muslim“, „Iblis“, „Shayx Sanʼon“, „Oydin“, „Malikai Turondot“, „Meyerxold teatri“, „Tursunoy sahnada“, „Ashulaga ishkiboz“, „Qiziqlar“, „Otabola sanʼatkor“, „Bazmcholgʻu toʻdasi“, „Ukraina bandurachilari“), til („Shohnoma“ning turkcha tarjimasi", „Tilimizning ishlanishi“) va tarjima („Tarjima toʻgʻrisida jindak“, „Soʻz, soʻz, suz“) masalalariga bagʻishlangan maqolalari bilan 20-yillarda adabiy tanqid, sanʼatshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarining paydo boʻlishi va shakllanishiga katta hissa qoʻshdi. Tarjima asarlari Choʻlpon adabiy merosining salmoqli qismini tarjima asarlar tashkil etadi. U Moskvada yashagan yillarida moddiy ehtiyoj orqasida koʻpgina oʻtkinchi asarlarni tarjima qilishga majbur boʻldi. Lekin shu bilan birga Choʻlpon Aleksandr Pushkin („Boris Godunov“, „Dubrovskiy“), Nikolay Gogol („Tergovchi“), I.S.Turgenev („Choʻri qiz“), I.Franko („Million“, „Feruza“), L.Andreyev („Gubernator“, „Osilgan yetti kishining hikoyasi“), A.P.Chexov („Qochoq“), A.M.Gorkiy („Ilgaklar“, „Ona“) singari rus va boshqa xalqlar adabiyotining mumtoz asarlarini ham katta mahorat bilan tarjima qilib, zamonaviy milliy tarjima maktabiga asos soldi. Choʻlpon tarjimasidagi William Shekspirning „Hamlet“ tragediyasi oʻzbek tarjima sanʼatining shoh namunasidir. Choʻlpon shoʻro davlatining doimiy tazyiqi va nazorati ostida yashagani sababli uning koʻplab qoʻlyozmalari oʻgʻirlandi. U 1937-yilda „xalq dushmani“ sifatida ayblanib, qamoqqa olinishi arafasida va keyin ham barcha qoʻlyozma asarlari kuydirib tashlandi. Shunga qaramay, Choʻlpondan bizga qadar yetib kelgan 10 jild hajmdagi original va tarjima asarlar oʻzbek xalqining katta madaniy va maʼnaviy boyligidir. Xotira Oʻzbekiston mustaqil respublika deb eʼlon qilingach, Choʻlponning oʻzbek madaniyatini rivojlantirish va xalq ommasini istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholandi. Choʻlponga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va „Mustaqillik“ (1999) berildi. 1997-yil Choʻlponning 100 yilligi keng nishonlanib, Andijonda Choʻlpon uy-muzeyi tashkil etildi, Tillar pedagogika instituti va litsey Choʻlpon nomi bilan ataldi. Oʻzbek milliy akademik drama teatrida Choʻlpon xayoti va ijtimoiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi „Kunduzsiz kechalar“ (Usmon Azim asari) spektakli sahnalashtirildi. Xotirasini abadiylashtirish uchun ko‘chalar hamda muhim inshootlarga nomi berildi. Choʻlpon dastxati. Goʻzal sanʼatlar. Choʻlponning „Oʻzbek yosh shoirlari“ (1923), „Goʻzal yozgʻichlar“ (1925), „Adabiyot parchalari“ (1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz sheʼrlari asosida nashr qilingan „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926), „Soz“ (1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Uning „Kecha va kunduz“ (1936) romani, „Doʻxtur Muhammadyor“ (1914), „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“, „Oydin kechalarda“ hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi. Choʻlponning „Yorqinoy“ (1920), „Xalil farang“ (1921), „Choʻrining isyoni“ (1926), „Yana uylanaman“ (1926), „Mushtumzoʻr“ (1928), „Oʻrtoq Qarshiboev“ (1928), „Hujum“ (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi. Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi. Choʻlpon Pushkinning „Dubrovskiy“, „Boris Godunov“ asarlarini, Gorkiyning „Ona“ romani va „Egor Bulichev“ peʼsasini, Lohutiyning „Evropa safari“ni, Gotsiyning „Malikai Turandot“, Shekspirning „Hamlet“ dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning „Kecha va kunduz“ romani asosida videofilm yaratilga Tarjima qilingan asarlari Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“ romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan. Shu yilning oʻzida „Kecha va kunduz“ romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi. 2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida („Anthologie de la poésie d’Ouzbékistan“) Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga havola qilingan. Tarjilonlar Hamid Ismoilov va Jean-Pierre Balpe. ABDULLA QODIRIY Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) 10.04.1894.-Toshkent- 04.10.1938 – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904– 06), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907–15). 1917-yil Oktabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26). Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914–1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Abdulla Qodiriyning 1917- yil Oktabr toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919–1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati , zamonasining solnomasi . 20- yillar oʻrtalarida yozilgan „Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“ , „Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi „xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi. „Oʻtkan kunlar“ romani [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919–1920). Romandan boblar 1922- yil „Inqilob“ jurnalida eʼlon etildi. 1924–1926-yillari har bir boʻlimi alohida- alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi , jahondagi oʻrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz taraqqiy parvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon muxtoriyatining tor- mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi, „tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon zamonlari“ – XIX a. oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqch i boʻldi. „Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ] „Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-si yosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy- maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs harakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va tahlil etsa-da, inson shaxsining muhit va sh aroitga bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tugʻilib voyaga yetgan saviya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki olam – egachi -singil Zaynab va Xushroʻybibi obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish koʻradi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs xarakteriga xos tugʻma xususiyatlarni sharhlash bilangina ch eklanmaydi, bunday xislatlarning oʻsha kimsalar, qolaversa, oʻzgalar taqdiriga koʻrsatgan taʼsiri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. Oʻzini boshqalar ixtiyoriga topshirib qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana oʻsha ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qoʻl uradi – Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik – yaxshi hislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushroʻybibi oʻz baxti uchun kurashadi; shaxsiy manfaa tlari yoʻlida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning koʻz yoshlari hisobiga, oʻzgalarning baxtiqaroligi evaziga oʻz baxtini tiklaydi. Romandagi Oʻzbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va goʻzal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol oʻgʻli Otabek, qolaversa kelinlari – Kumush, Zaynab taqdirlarining chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor boʻlmasin, oʻta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima boʻlganda ham, Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgoʻy, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan koʻz yumib oʻtolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq- mehrga toʻla yumor bilan yoʻgʻrilgan. Xullas, „Oʻtkan kunlar“ romani toʻqima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uygʻunligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham oʻzbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek adabiyotida ilk roman boʻlishining oʻzi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini oʻynadi. „Mehrobdan chayon“ romani [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda yozib tugatdi. Roman 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan. „Mehrobdan chayon“ romanining mazmuni [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql- zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap- soʻzlar bir qadar kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti- harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr koʻrgan Sayidxon, mulla Siddiq va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil- mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir. Abdulla Qodiriy tarixiy romanlarining 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotiga taʼsiri [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20- yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida turgan murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek , Gʻafur Gʻulom , Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy , M. Avezov, X. Deryayev, Chingiz Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi , asli eronlik amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur mazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi – kishilar harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda. Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta mahorat koʻrsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish, soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“. „Obid ketmon“ qissasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934- yil qishloq hayotidan „Obid ketmon“ qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi oʻzbek adabiyotidagi noyob hodisa. Uni oʻzbek xalqining mehnat, dehqonchilik madaniyati bobidagi yetukligi timsoli, deyish mumkin. Yozuvchi bu obraz tasvirida oʻsha davrda odat tusiga kirgan tor „sinfiylik“ doirasidan ancha chetga chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash yoʻlidan boradi; xolis turib qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy koʻrsatdi; ichki muammo – ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi oxir-oqibatda odam lardagi tashabbusni, shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuygʻusini soʻndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur qissasini oʻzbek adabiyotidagi birinchi „ishlab chiqarish“ qissasi, Obidni esa birinchi ishbilarmon odam obrazi deyish mumkin. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda iqtisod, xoʻjalik masalalarining bilimdoni, tadqiqotchisi sifatida ham koʻrinadi; asar bosh qahramonining harakteri, ruhiy olami asosan mehnatda, xoʻjalik ishlarida ochiladi. Tarjima asarlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning „Fizika“ (1928), Gogolning „Uylanish“ (1935), Anton Chexovning „Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga tarjima qildi. Qozonda bosilgan „Toʻla ruscha- oʻzbekcha lugʻat“ni (1934) tuzishda ishtirok etgan Adibning boshqa tillarga tarjima qilingan asarlar Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. „Oʻtkan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928-yilda, „Mehrobdan chayon“ tojik tilida 1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935-yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar rus, qozoq, uygʻur, tatar, arab, italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir.Vafoti Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib shoʻro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi. Xotira Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991), „Mustaqillik“ ordeni bilan taqdirlandi (1994). Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Toshkent Davlat Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari koʻchalariga, respublikamizdagi koʻplab madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ romanlari asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida „tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan. G’AFUR G’ULOM G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘Afur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan. G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur. G‘afur G‘ulom 1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan. Toʻqqizyoshidaotasidan,oʻnbeshyoshidaonasidanyetimqolganGʻafurGʻulomavv aleskimaktabda,soʻngrarus- tuzemmaktabidataʼlimolgan.„Shumbola“(1936)avtobiografikqissasidaijodkorni ngbolaligi,asrboshidagiToshkenthayotitiniqtasvirlangan.„Shumbola“(1936- 1962),„Yodgor“(1936),„Meningoʻgʻriginabolam“(1965) 1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919 yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi. 1923 yildan G‘.G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinali. Birin- ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar. G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganashi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riybo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan. “Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari. Shoirning boqiy hayot, mangu ko‘k daraxt haqidagi “Qish va qor” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylovlar” (1937), “Men - Yahudiyman” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” (1945), “Bog‘” (1934), “Qayg‘u” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko‘chatlar” (1948) kabi she’rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o‘z aksini topdi. Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948) va boshqalar. “Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan. “Netay” qissasi — keng ijtimoiy umumlashmalarga boy ajoyib asar. Syujet asosiga haqiqiy voqea qo‘yilgan. So‘nggi Buxoro amiri Peterburgga safari chog‘i Toshkentda to‘xtaydi. Amir mamnun va xursand bo‘lishi uchun boylar hamma narsa qiladi. Uning huzuriga ermak uchun Netay ismli qizni keltirishadi. Oddiy ishchilar timsoli yoqimli tarzda ifodalangan - urug‘lar va ularning ayollari hayotning qiyinchiliklariga qaramay, ma’nan boy va juda ta’sirchan bo’lgan Netay ismli o‘n yashar qizni boqib olishadi. Qissada G‘ofur G‘ulomning o‘ta serqirraligi va iqtidorining moslashuvchanligi va nasr texnikasidan mohirona foydalana olishi namoyon bo‘lgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G‘ofur G‘ulom “Navoiy va bizning davr” (1948), “Folklordan o‘rganaylik” (1939) tadqiqotlarini, “Jaloliddin dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941) maqolalarini yaratgan. O‘z davrining dolzard asari yosh avlodni tarbiyalashdagi qudratli kuch haqida so‘zlovchi “Yo‘ldosh” dostoni bo‘lgan. Fuqarolik urushida yaqinlari Yo‘ldoshdan ayriladi. Boshqa yetim bo‘lib qarovsiz qolgan bolalar kabi, bu bolakayga ham davlat g‘amxo‘rlik qiladi — ular uchun boshpana bo‘lgan internatlar va bolalar uylari yaratishadi. Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o‘z Vatani mustaqilligi himoyasi uchun doim tayyor turishadi. Dostonda katta mahorat va iliqlik ila Yo‘ldoshning otasi bilan uchrashuvi aks etilgan, o‘z qarziga vafoli insonlar siymosi chuqur va keng ochib berilgan. Vatan himoyachisi mavzusi G‘ofur G‘ulomning 1941 - 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi. U odamlarni “bor sabri, bor iqtidori”ni fashistlar ustidan g‘alabaga qaratishga chorlaydi. Shoir urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida o‘zbek ayolining o‘rnini tarannum etadi. “Ikki akt” dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, o‘zbek dehqonchiligi va ularning kelajak orzu tuyg‘ularini ifodalaydi. Doston o‘zining chinakan hayot haqiqatiga sadoqati bilan kuchlidir. Bu yerda o‘zbek dehqonchiligining tarixiy ishonchli surati chizilgan. Ushbu mavzu “Qo‘qon” dostonida ham yangraydi. O‘z vaqtida u xalqda ommabop bo‘lgan va qishloq xo‘jaligini mustahkamlash kurashida targ‘ibot vazifasini bajargan. G‘ofur G‘ulom qisqa, o‘tkir syujetli hikoyalar ustasi sifatida ham taniqli bo‘lib, hikoya uslubi o‘rnida u yozuvchining savol-javoblari bilan to‘ldirilgan jonli do‘stona bahs-munozara shaklida, mualliflik nutqi va kitobxonga erkin yuzlanish orqali foydalanadi. G‘ofur G‘ulom tomonidan 30-yillarda yaratilgan ko‘plab nasriy asarlar yangi insoniy munosabatlarga bag‘ishlangan. U asarlarida yoritgan asosiy muammo va yechimlar - bu insonning axloqiy tarbiyasi, uning ma’naviy va madaniy rivoji sari kurashdir. Muallif o‘zining nasriy asarlarida yorqin ijobiy timsollar yaratadi. “Yodgor” qissasidagi katta qalb egasi bo‘lmish ijobiy qahramon Jo‘ra begonaning farzandini tarbiyalaydi. Aynan oddiy insonning begona bolaga bo‘lgan munosabati orqali muallif Jo‘raning yuqori axloqiy darajasini ko‘rsatib bergan. G‘ofur G‘ulom ko‘plab asarlarini bolalarga bag‘ishlagan. “Shum bola” hikoyasi nisbatan omadli hisoblanadi. Qahramon o‘zining fojiali hayoti haqida o‘zi so‘zlaydi. Bola uyidan mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan vaqtda onasi jazolaganligi tufayli, uyidan xolasinikiga qarab qochadi. Ammo, bu yerda ham bolaning omadi kelmaydi: u tasodifan tog‘asining bedanasini o‘ldirib qo‘yib, bu uydan ham ketadi. Shunday qilib, u darbadar va ovoralik qilishni boshlaydi. Yozuvchi o‘z e’tiborini shum bolaning xavotirlari va ichki kechinmalarini tasvirlashga qaratadi. Tashqi hodisalar, narsalar va kichik qahramonni o‘rab turgan barchasini tasvirlash inson tuyg‘ularini chuqur namoyon qilishda xizmat qiladi. Bunga barchasi bo‘ysunadi — voqea bayonotining nuqtai-nazari, manzara va asarning timsoliy negizi. G‘ofur G‘ulom o‘zining juda yaxshi she’rlarini bolalar va o‘smirlar uchun bag‘ishlagan: “Ikki bolalik”, “Bilaman”, “Seni Vatan kutmoqda”. Urush yillarida G‘ofur G‘ulom “Sen yetim emassan”, “Seni kutyapman, o‘g‘lim!”, “Vaqt”, “Kuzatish”, “Ayol”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” kabi ajoyib she’rlar yaratgan. “Seni kutyapman, o‘g‘lim!” she’rida shoir front ortida o‘zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g‘alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi. Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo‘lgan muhabbati buyuk ma’no kasb etgan. Bu - ota-onasini yo‘qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g‘amxo‘rligi haqida so‘z boruvchi ajoyib “Sen yetim emassan” she’rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan “Bahaybat”, “G‘alabachilar qo‘shig‘i”, “Vaqt”, “Xotin” she’rlari yuqori fuqarolik she’riyatining namunalari hisoblanadi. Ular “Sharqdan kelmoqdaman” to‘plamidan joy olgan. Urushdan keyingi yillar G‘ufur G‘ulom bir qator she’riy to‘plamlarini nashrdan chiqaradi: “Yangi she’rlar”, “O‘zbekiston olovlari”, “Onalar”, “O‘zbek xalq g‘ururi”, “Tong qo‘shig‘i”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu - sening imzoing”. Ushbu to‘plamlardan joy olgan she’rlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, o‘zbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar. G‘ofur G‘ulom — tinchlik, do‘stlik va xalq baxtining jo‘shqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun kurashga bag‘ishlangan to‘plam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: “Dunyo minbaridan”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu — sening imzoing” va boshqalar. G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur. G‘ofur G‘ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. G‘ofur G‘ulom o‘zining maqolalaridan birida shunday yozadi: “Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning ko‘plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin “men uchun vazn, lug‘at, timsol, she’rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan” Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman”. Mayakovskiy satirasidagi darg‘azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag‘oyat ulkan tuyg‘u kuchidan tashqari, men o‘zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolag‘alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va ma’no ifodaliligini oshiruvchi she’r qurilishidan ham o‘zbek she’r tuzimida foydalanishimga to‘g‘ri keldi”. Bular G‘ofur G‘ulomning ko‘plab she’rlarida namoyondir, masalan: “Turksib yo‘llarida”, “Ona yer”, “Yashasin, tinchlik!”. G‘ofur G‘ulom ijodining urushdan keyingi davri o‘zbek adabiyoti rivojida muhim o‘rin egalladi. Urushdan avvalgi davrlarda uning she’rlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan narsalarni qo‘lda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki kechinmalari va o‘y-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, “Unutma, Vatan seni kutmoqda!” va “G‘alaba bayrami” she’rlari — shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bog‘lovchi halqasi kabidir. Ijod namunalari “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” “Sizlarga — yoshlar” “Bahaybat” “Vaqt” “Qutbda saylovlar” “Yashasin, tinchlik!” “Ikki akt” “Ikki bolalik” “Jaloliddin dramasi haqida” “Seni kutaman, o‘g‘lim!” “Xotin” “Qish” “Qish va qor” “Sharqdan kelmoqdaman” “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” “Onalar” “Bahor taronalari” “Mening o‘g‘rigina bolam” “Muqimiy” “Navoiy va bizning davr” “Netay” “Yangi she’rlar” “O‘zbekiston olovlari” “Shum bola” “Kuzgi ko‘chatlar” “Kuz keldi” “Tong qo‘shig‘i” “G‘alabachilar qo‘shig‘i” “Kuzatish” “Dunyo minbaridan” “Bog‘” “Toshkent” “Seni Vatan kutmoqda” “Qayg‘u” “Sen yetim emassan” “Folklordan o‘rganaylik” “Shariatdagi nayranglar” “Non” “Bu — sening imzoing” “Yo‘ldosh” “Men Yahudiyman” “Bilaman” “Yodgor” G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyul kuni vafot etgan. Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan. HAMID OLIMJON Hamid Olimjon (Hamid Olimjonov[1]) (1909.12.12, — Jizzax — 1944.3.7, Toshkent; „Forobiy“ qabristoniga qayta dafn etilgan) – oʻzbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida (1923–1928), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–1931) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gazetasida boʻlim mudiri (1926–1927). „Yoshlar“ gazetasida (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jurnallarida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932– 1934), Til va adabiyot instituti (1934–1937) va Oʻquvpedagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–1939), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939–1944). Tavalludi 12-dekabr 1909-yil Jizzax Vafoti 3-iyul 1944-yil (34 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston SSR Sohasi shoir, publitsist, adabiyotshunos Mashhur ishlari „Koʻklam“, „Tong shabadasi“, „Zaynab va Omon“,„Oygul bilan Baxtiyor“,„Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“, „Muqanna“, „Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“ Mashhur sovrinlari Oʻzbekiston xalq shoiri (medali). Dini Islom Hamid Olimjonning soʻz sanʼatiga qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari hamda bobosi Mulla Azim xonadoniga kelib turuvchi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlining doston va termalari asosida shakllangan. Dastlabki asarlari – „Koʻklam“ (sheʼrlar, 1929), „Tong shabadasi“ (hikoyalar, 1930). „Olov sochlar“ (1931), „Poyga“, „Oʻlim yovga“ (1932), „Daryo kechasi“ (1936), „Sheʼrlar“ (1937), „Oʻlka“, „Oygul va Baxtiyor“ (1939), „Baxt“ (1940), „Qoʻlingga qurol ol!“, „Ona va oʻgʻil“ (1942), „Ishonch“ (1943) sheʼriy toʻplamlari muallifi. Hamid Olimjon ijodining 1-davrida hikoyalar yozgan boʻlsada, uning isteʼdodi koʻproq lirik sheʼriyat tabiati bilan uygʻun boʻlgan. Dastlabki sheʼrlarida yangi adabiyot va yangi adabiy shakllar yaratish gʻoyasi hukmronlik qilgan. 30- yillarning oʻrtalariga kelib, hayotiy va ijodiy tajribasi oshishi bilan Hamid Olimjon ona-yurt tabiatidan, jamiyat va xalq hayotidan olgan boy taassurotlarini lirik sheʼr doirasida yorqin badiiy ifodalash sanʼatini egallay boshlagan („Kuychining xayoli“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Holbuki, tun…“, „Ishim bordir oʻsha ohuda“ va boshqalar). Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan ijodida 20-asr oʻzbek lirikasining yaxshi namunalari hisoblangan „Oʻrik gullaganda“, „Sevgi desam…“, „Tinim-sizdir yolgʻiz shabboda…“, „Shodlikni kuylaganimning sababi“, „Oʻzbekiston“ singari lirik sheʼrlarini yozgan. Bu sheʼrlar gʻoyaviy mundarijasi, shakli, goʻzal tili va uslubi bilan eʼtibor qozongan. Dostonlari 1916-yil Jizzax qoʻzgʻolonining shafqatsizlik bilan bostirilganini koʻrgan shoir 30- yillarda sovet mamlakatida olib borilgan qurilishlar, roʻy bergan iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlarni koʻrib, kelajakka katta umid bilan qaragan. Hamid Olimjon qalbi va shuurini egallagan shunday nekbin tuygʻu va xayollar uning ijodida romantik tasvir metodining shakllanishiga sababchi boʻlgan. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan „Ikki qizning hikoyasi“ (1937), ayniqsa, „Zaynab va Omon“ (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga intilgan. Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937) hamda „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdirini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Hamid Olimjon oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan („Qoʻlingga qurol ol!“, „Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“ va boshqalar). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda „Sevgi“, „Sen tugʻilgan kun“, „Jangchi Tursun“, „Roksananing koʻz yoshlari“ singari sheʼr va balladalarini yaratgan. Pogodin, Uygʻun va Sobir Abdulla bilan hamkorlikda „Oʻzbekiston qilichi“ (1942) dramasini yozgan, front safari (1943-yil, fevral) taassurotlari asosida esa publitsistik maqola va ocherklarini eʼlon qilgan. Muqanna“ tragediyasi Hamid Olimjonning „Muqanna“ (1943) tragediyasi ham urush davrining ijtimoiy buyurtmasi asosida maydonga kelgan. Hamid Olimjon ushbu asarning markaziy qahramonlari – Muqanna, uning sevgilisi Guloyin va boshqa qahramonlar obrazlari orqali har bir mamlakatning mustaqilligi masalasi xalq taqdiri, shu xalqning ozodligi, farovonligi va kelajagi bilan bogʻliq gʻoyat muhim ijtimoiy va siyosiy masala ekanligini koʻrsatib bergan. Ammo bu asar keyinchalik uniki emasligi aniqlangan. Oʻzbek madaniy merosiga qoʻshgan hissasi Hamid Olimjon adabiy ijod bilan birga IT ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan. Ammo u shu davrda yozgan maqolalarida vulgar sotsiologizm taʼsiridan chiqib keta olmay, ayrim millatparvar yozuvchilar ijodini qoralagan. 30-yillarning 2- yarmida esa Hamid Olimjon „Alpomish“ xalq eposini nashrga tayyorlash va Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan uning adabiy merosini oʻrganish jarayonida mumtoz oʻzbek adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga katta mehr bilan yondashgan va madaniy merosimizning bu oltin sahifalarini toʻgʻri ilmiy pozitsiyadan turib talqin etgan. U Navoiy komitetining masʼul kotibi sifatida ulugʻ shoir merosini oʻrganish va asarlarini rus tiliga tarjima qilish ishiga katta hissa qoʻshgan. Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlangan „Alpomish“ dostoni (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli) esa uzoq yillar davomida xalq ogʻzaki ijodi asarlarini oʻrganish va ilmiy nashrini tayyorlash ishida asos boʻlib xizmat qilgan. Tarjima asarlari Hamid Olimjon adabiy ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etgan. U Pushkinning „Kavkaz asiri“ va „Suv parisi“ dostonlari, Mikhail Lermontovning „Zamonamiz qahramoni“ qissasidagi „Bela“ va Gorkiyning „Chelkash“ hikoyalari, N.Ostrovskiyning „Poʻlat qanday toblandi“ romani, A.Korneychukning „Platon Krechet“ pyesasi, shuningdek, Bayron, Pushkin, Shevchenko, P.Tichina, M.Bezimenskiy, M.Svetlov, K.Simonov, V.Inber kabi shoirlarning ayrim sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xotira Hamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teatriga Hamid Olimjon nomi berilgan. Toshkent shahrida shoir nomi bilan atalgan maydonda unga haykal oʻrnatilgan (1990). Mashhur asarlari „Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“, „Ishim bordir oʻshal ohuda“ singari goʻzal sheʼrlari mashhur. „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939), „Zaynab va Omon“ (1938) kabi dostonlar va „Muqanna“ (1942), „Jinoyat“ (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. ZULFIYA Zulfiya Isroilova (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — „Zulfiya“ nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1984). Taxallus: Zulfiya Tavallud sanasi: 1-mart 1915-yil Tavallud joyi: Toshkent, Toshkent vil., Rossiya imperiyasi Vafot sanasi:1-avgust 1996-yil Vafot joyi: Toshkent, Oʻzbekiston Fuqarolik: SSSR→ Oʻzbekiston Kasb: Shoira Yoʻnalish: sotsial realizm Janr: sheriyat 1931-yil Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirib, 1934-yil tugatgan. 1935-yil Oʻzbekiston SSR Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga oʻqishga kirgan va u yerni 1938-yilda tamomlagan. Faoliyati 1938—1940-yillarda Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir, Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941—1950), „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (qarang „Saodat“ jurnali) jurnalida boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—1985) boʻlib ishlagan. Ijodi Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“, „Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiya sheʼriy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi. 1940-yillar oxirida eʼlon qilingan Sovet Ittifoqining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, „davr gʻoyalari“ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi. 1950-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. „Mushoira“, „Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush“, „Qozogʻiston oʻlanlari“, „Men chizolmagan surat“ singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „Oʻylar“ (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol“ (1972), „Yillar, yillar…“ (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan „Quyoshli qalam“ (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagʻishlangan turkum sheʼrlar ham yozdi („Lolaqizgʻaldoq“, 1975). Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun „Semurgʻ“ pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi. Tarjimalari A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, M. Karim, P. Amrita, Y. Bagryana va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Mukofotlari Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan. Nashr qilingan asarlari Tanlangan asarlar (3 jildlik). Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983—1986. Shoira publitsist, adabiyotshunosi va jamoat arbobi boʻlgan Hamid Olimjonning rafiqasi edi OYBEK Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 10.01.1905 — Toshkent — 01.07.1968) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum- internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930). Oybek (Muso Toshmuhammad) Tavalludi 10-yanvar 1905-yil Toshkent Vafoti 1-iyul 1968-yil (63 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston SSR Fuqaroligi Turkiston Muxtoriyati, Sohasi shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim, jamoat arbobi Institutlar Toshkent instituti, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (1933- yil), Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot instituti (1934–1937-yillar), Oʻzbekiston Til va adabiyot instituti (1950–1952-yillar) Mashhur ishlari „Qutlugʻ qon“, „Navoiy (roman)“, „Sayyohi hindi“, „ Quyosh qoraymas“, „ Oltin vodiydan shabadalar“, „Ulugʻ yoʻl“, „Bolalik xotiralarim“ Mashhur sovrinlari Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (medali) Oybek mehnat faoliyatini talabalik yillaridan boshlab o’rta maktab, texnikum va ishchilar fakultetlarida (1925-1927),Xalq xo’jaligi Qishloq xo’jalik va Pedagogik institutlarida til va adabiyot fanlaridan dars beradi , Toshkent institutining iqtisod fakultetida esa assistent sifatida xizmat qiladi (1930-1935). Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institute (1933) va Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot institutida (1934-1937) ilmiy xodim bo’lib ishlaydi. 1937-yilda Sovet davlati qatag’on siyosatining avj olishi Oybekning “millatchi” va “milliy ittihodchilar” ga xayrixoh kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi bo’ladi.kambag’al oiladan chiqqanligi va internatda tarbiyalaganligi tufayli qatag’ondan omon qolgan Oybek 1938-yil oxiridagina O’zbekiston o’quv –pedagogika nashriyotiga tarjimon-muharrir sifatida ishga qabul qilinadi. 1941-1945 – yillar urushining boshlanishi bilan u yana nomatlub shaxs sifatida quvg’inga uchraydi.O’zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi bilan akademiyaning gumanitar bo’limiga (1935-1951), Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Yozuvchilar uyushmasi hayatiga rais, “Sharq yulduzi “ jurnaliga bosh muharrir (1945-1959) etib tayinlanadi; Til va adabiyot institutining direktori (1950-1952) hamda “O’zbek tili va adabiyoti “ jurnali bosh muharriri (1958-1968) vazifasini bajaradi; 50-yillar avvalida yana qatag’on to’lqining boshlanishi bilan insult xastaligiga uchradi va uzoq davom etgan xastalik oqibatida vafot etadi. Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. „Cholgʻu tovushi“ degan birinchi sheʼri 1922-yil „Armugʻon“ jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon , shuningdek, „yosh usmonlilar“ sheʼriyati taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat „Tuygʻular“ (1926) va „Koʻngil naylari“ (1929) toʻplamlarini eʼlon qilgan. Oybek dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan sarbast sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati „Mashʼala“ (1932) toʻplamidan oʻrin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, „koʻngil lirikasi“ namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, „Yevgeniy Onegin“ sheʼriy romanini tarjima qilishi (1936) jarayonida orttirgan tajribasi tufayli va Aleksandr Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat tilini nafosat yogʻdulari bilan jilolantirib yubordi. Dostonlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik koʻlam Oybek sheʼriyatiga xos xususiyatlardir. U lirik sheʼriyat bilan bir qatorda dostonnavislik sohasida ham izlanishlar olib borib, „Dilbar — davr qizi“ (1932), „Oʻch“ (1933), „Baxtigul va Sogʻindiq“ (1934), „Qahramon qiz“ (1936), „Gulnoz“ , „Kamonchi“ , „Navoiy“ (1937) singari dostonlarni yozdi. Shoir bu dostonlarida oʻz davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiy-maʼnaviy masalalarini koʻtarish bilan birga tarixiy oʻtmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro-epik sheʼriyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir sanʼatkor ekanini namoyish etadi. „Oʻch“ va „Navoiy“ dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak „Qutlugʻ qon“ va „Navoiy“ romanlari uchun oʻziga xos eskiz vazifasini oʻtadi. Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937-38-yillarda yozuvchilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan lirik sheʼrlari burjua sheʼriyati namunalari, deb baholandi. Davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, „koʻngil sheʼriyati“ga tamomila zid oʻlaroq, „fajdanlik sheʼriyati“ deb atalgan sheʼriyat namunalarini yaratishga majbur boʻldi. Shunga qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani egallashga daʼvat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan „Oʻzbekiston“ , „Dneprostroy“ , „Fanga yurish“ , „Raisa“ , „Qizlar“ singari oʻnlab sheʼr va dostonlari 30-40-yillar oʻzbek sheʼriyatida muhim voqea boʻldi. Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida „Qizlar“ (1947) dostonidan tashqari, „Hamza“ (1948), Pokiston taassurotlari asosida „Zafar va Zahro“ (1950) va „Haqgoʻylar“ (1952) dostonlarini yaratdi. 60-yillarda shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida „xrushchyovcha“ harorat jilvalari koʻringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana „sof lirika“ning guzal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga bagʻishlangan „Davrim jarohati“ (1952), „Guli va Navoiy“ (1968) dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-yillar oʻzbek sheʼriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qoʻshadi. Nasriy merosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ] Oybekning nasriy merosi 5 roman („Qutlugʻ qon“, „Navoiy“, „Oltin vodiydan shabadalar“, „Quyosh qoraymas“ va „Ulugʻ yoʻl“), 4 qissa ( „Shonli yoʻl“ , „Hyp qidirib“ , „Bolalik xotiralarim“ va „Bola Alisher“ ) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi — „Qutlugʻ qon“ asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938-yilda, qisqa muddatda yozilgan va 1940-yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toʻyingan bu asarda oʻzbek xalqining Birinchi jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, oʻlkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi toʻlgan xalqning norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki qoʻzgʻolon koʻtarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining Oʻrta Osiyo aholisini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoni 1916-yil qoʻzgʻo lonining gurullab yonishi uchun bir turtki boʻldi. Oybek romanda Yoʻlchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning oʻzaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qoʻzgʻolonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini taʼkidlab koʻrsatish maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boʻyoqlardan koʻproq foydalandi. 1937-yil tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol edi. Oybek bu asari bilan Abdulla Qodiriy, Chulpon va Sadriddin Ayniy boshlab bergan tarixiy romannavislik anʼanasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq harakterini oʻzida mujassamlantirgan Yoʻlchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. „Qutlugʻ qon“ oʻzbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir. Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp bor murojaat etgan. Uning 1942-yil Ikkinchi jahon urushining qizgʻin bir paytida „Navoiy“ romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15-asrdagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. Oybek Navoiy obrazini 15-asr Xurosonida roʻy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. „Navoiy“ romani keyinchalik oʻzbek adabiyotida „Ulugʻbek xazinasi“, „Koʻhna dunyo“ (Odil Yoqubov), „Yulduzli tunlar“, „Avlodlar dovoni“ (Pirimqul Qodirov) singari tarixiy-biografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi. „Quyosh qoraymas“ romani Oybekning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati tasviriga bagʻishlangan „Quyosh qoraymas“ (1943-1959) romani alohida eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchun, uni 50-yillarda — xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orqali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi. Adib „Oltin vodiydan shabadalar“ (1949) romanida urushdan keyingi davr qahramoni obrazini, „Qutlugʻ qon“ romanining davomi sifatida yozilgan „Ulugʻ yoʻl“ (1967) asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-yillardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi. Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan boʻlmasin, adib shu davr hayotini mukammal oʻrgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon boʻladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxsni Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining roʻyobga chiqishi yoʻlida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi. Oybek ozgina boʻlsada, oʻz kuchini dramaturgiyada ham sinab koʻrdi. U urush yillarida Chingizxon istilosiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragʻbatlantiruvchi „Mahmud Torobiy“ operasi librettosini yozdi (1944) va shu mavzu boʻyicha drama teatrlari uchun „Gʻalvirchi“, rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida „Xalq qalqoni“ pyesalari ustida ishladi. Oybek bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boʻldi. Maqolalari Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqolalar tashkil etadi. Oʻzbek xalqi tarixi va oʻzbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybek oʻzining adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qadimgi davridan to oʻtgan asrning 60-yillariga qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yoʻliga bagʻishlangan koʻplab maqolalar eʼlon qildi. Bu maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, ular keyinchalik Oybekning „Navoiy gulshani“ maqolalar toʻplamini tashkil etdi. Bu maqolalar navoiyshunoslikning oʻzbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa boʻlib qoʻshildi. Shu bilan birga Oybek Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar boʻlimining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik yubileyini tashkil etish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968-yilda nashr etilgan „Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk“ kitobidan oʻrin olgan). Yirik adabiyotshunos Oybek „Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli“ (1935) monografiyasi va boshqa maqolalarida 20-asr oʻzbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini,Alexander Pushkin, Lev Tolstoy va Maksim Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining oʻzbek yozuvchilariga taʼsiri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada oʻrgandi. Mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyoti yutuqlarini qardosh xalqlarga tanishtirishda Oybekning rus tilidagi maqolalari ayriqcha ahamiyatga molik Tarjimalari Serqirra ijod sohibi Oybek jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilib, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy asos solgan oʻzbek tarjima maktabini oʻzining yuksak darajadagi tarjimalari bilan boyitdi. Oʻzbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B. Molyerning „Tartyuf“, Alexander Pushkinning „Yevgeniy Onegin“, Mikhail Lermontovning „Maskarad“, „Dovud Sosunli“ arman eposi, G. Geyne, I. A. Krilov, V. G. Belinskiy, E. Verharn va boshqalarning asarlari bilan tanishdi. Xotira Oybek oʻzining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati bilan oʻzbek xalqining madaniy yuksalishiga katta hissa qoʻshdi. 1980-yilda adib yashagan uyda Oybek uy-muzeyi tashkil etilgan va unga haykal oʻrnatilgan. Toshkentdagi maktab, xiyobon va metro bekatlaridan biri Oybek nomi bilan atalgan, Termiz davlat unversiteti, Toshkent viloyatidagi jamoa xoʻjaligiga Oybek nomi berilgan. Oybek vafotidan keyin „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan(2001).[1] MAQSUD SHAYXZODA Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda (Maqsud Shayxzoda) (1908.25.10 (7.11), Ozarbayjon Respublikasi, Ganja viloyati, Oqtosh sh. — 1967.19.2, Toshkent) — shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Bokudagi doril-mualliminni tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi l-bosqich ozarbayjon maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928-yil fevralda Toshkentga surgun qilingan. Sh. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq ftida qisqa muddat oʻqigani (1928)dan keyin „Sharq haqiqati“ (1929—32), ʻʻQizil Oʻzbekistonʼ’, ʻʻYosh leninchi’’ gaz.lari (1932), „Guliston“ jur. (1933—34) tahririyatlarida xizmat qilgan. 1933-yil Bokudagi ped. institutining barcha kurslari uchun imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni paytda Til va adabiyot institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938- yildan umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi ped. Intlarida oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan. Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda ozarbayjoncha: Maqsud Şeyxzadə Tavallud sanasi 7-noyabr 1908-yil Tavallud joyi Agdash, Aresh uyezdi, Yelizavetpolskiy guberniyasi, Rossiya imperiyasi Vafot sanasi 7-fevral 1967-yil (58 yoshda) Vafot joyi Toshkent, Oʻzbek SSR, SSRI Fuqaroligi Rossiya imperiyasi SSRI Faoliyat turi nosir, shoir, dramaturg Yoʻnalish realizm Janr nazm, nasr, drama Asarlari tili oʻzbekcha, ozarbayjoncha, ruscha Debyut "Oʻnta sheʼr" (1930) Taqdirlanmalari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiUzbek orden rib.pngOrder badge of honor rib.png Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Loyiq soqchi“ (1933). Shundan keyin shahrining „Oʻn sheʼr“ (1932), „Undoshlarim“ (1933), „Uchinchi kitob“ (1934), „Jumhuriyat“ (1935), „Oʻn ikki“, „Yangi devon“ (1937), „Saylov qoʻshiqlari“ (1938), „Kurash nechun?“ (1942), „Jang va qoʻshiq“, „Koʻngil deydiki…“ (1943), „Oʻn besh yilning daftari“ (1947), „Yurt sheʼrlari“ (1948), „Zamon torlari“, „Olqishlarim“ (1949), „Yillar va yoʻllar“ (1961), „Sheʼrlar“ (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. shahrining dastlabki ijodida va qisman 50y.lardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Sh. oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Sh. voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, „Oʻrtoq mulk“ (1933), „Chirogʻ“, „Oʻrtoq“, „Meros“, „Tuproq va haq“ (1936), „Ovchi qissasi“, „Iskandar Zulqarnayn“ (1940), „Oʻn birlar“, „Jenya“, „Oqsoqol“ (1943), „Axmadjonning hikmatlari“, „Uchinchi oʻgʻil“ (1944), „Nurmat otaning tushi“ (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30—40y.lardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Sh. lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini koʻrgan. Shu bilan birga Sh. krfiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, oʻzbek sheʼriyatiga yangi vazn va shakl koʻrinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning, ayniqsa, „Toshkentnoma“ (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan. Shayxzoda Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan „Jaloliddin Manguberdi“ (1944) tragediyasida oʻz yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mugul istilochilariga karshi kurashgan soʻnggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. „Mirzo Ulugʻbek“ (1961) tragediyasida Sh. bosh qahramon obrazini Amir Temur va temuriylar davrida oʻzbek xalqi hayotida roʻy bergan Uygʻonishning yorqin timsoli sifatida aks ettirgan. Shekspirona uslubda yozilgan bu asarda Sh. Ulugʻbek hayotining sunggi 2 yilini tasvirlash orqali uning jahon fani tarixidan munosib oʻrin egallagan mashhur olim, adolatparvar va haqiqatparvar davlat arbobi va ayni paytda saltanatning mutaassib kuchlari oldida ojiz bir inson boʻlganini ham haqqoniy koʻrsatgan. Shekspirona koʻlam va harorat bilan yozilgan „Mirzo Ulugʻbek“ tragediyasining maydonga kelishi oʻzbek dramaturgiyasi va teatri tarixida katta voqea boʻldi. Sh. ssenariysi asosida rejissor L. Fayziyev tomonidan yaratilgan „Ulugʻbek yulduzi“ (1964) filmi esa keng xalq ommasiga ulugʻ oʻzbek olimi va uning fojiali takdiri bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda kalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy utmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. U umrining sunggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida sunggi sahna asarini yozdi. Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina krlmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Sh. umrining sunggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66), „Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Sh. adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yezdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tankidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi. Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol oʻynadi. U Sh. Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi. Shayxzoda 1952-yilda ENKVD xodimlari tomonidan hibsga olinib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 1954-yilda ozod etilgan. ABDULLA QAHHOR Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qoʻqon — 1968.25.5, Moskva) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). Soʻng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yoʻl“ jurnallari va „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30- yillarda yana Toshkentga qaytadi va Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Oʻzdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va oʻsha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.Uning laqabi Hamisha bahor bo'lgan uning Yana bir asarlaridan biri Daxshat hikoyasi edi. Abdulla Qahhor Tavalludi 17-sentabr 1907-yil Fargʻona Vafoti 25-may 1968-yil (60 yoshda) Moskva Fuqaroligi Podsho Rossiyasi Turkiston Muxtoriyati, Sohasi Yozuvchi Institutlar Oʻrta Osiyo davlat universiteti (1926–1930-yillar) Mashhur ishlari „Sarob“ (1934), „Sinchalak“ (1958), „Oʻtmishdan ertaklar“ (1965) Ijodi Abdulla Qahhor ijodi sheʼriyat bilan boshlangan boʻlsada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. „Boshsiz odam“ (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Abdulla Qahhorning dastlabki ijodidagi „Qishloq hukm ostida“ qissasi (1932) shoʻro mafkurasi asosida yozilgan. Uning „Boshsiz odam“ hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy oʻtmish aks ettirilgan. „Qoʻshchinor chiroqlari“ (1951) romanida (dastlabki varianti „Qoʻshchinor“, 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy tasvirlangan. „Sarob“ romani Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — „Sarob“ muhim oʻrinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini koʻrsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi oʻzbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va maʼnaviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. „Sarob“ keng mavzuli roman boʻlgani uchun yozuvchi oʻzining badiiy niyatini yalangʻoch holda koʻrsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari koʻrinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan. Mashhur asarlari Abdulla Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. „Olam yasharadi“ nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932-yilda bosilgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar eʼlon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida „Qoʻshchinor chiroqlari“ romani hamda „Sinchalak“ (1958), „Oʻtmishdan ertaklar“ (1965) va „Muhabbat“ (1968) qissalari muhim oʻrin tutadi. Undan tashqari „Boshsiz odam“, „Anor“, „Bemor“, „Oʻgʻri“, „Dahshat“, „Millatchilar“, „Sanʼatkor“, „Adabiyot muallimi“, „Oʻjar“, „Asror bobo“ kabi oʻnlab hikoyalar yozgan. „Shohi soʻzana“ (1949), „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962), „Ayajonlarim“ (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan. Komediyalari Abdulla Qahhorning isteʼdodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Shohi soʻzana“ („Yangi yer“, 1949–1953) komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qoʻriq yerlarning — Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishidan koʻra baʼzi kishilar ongidagi shoʻrning bartaraf etilishi mavzui birinchi oʻringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi oʻzbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik oʻrtasidagi ziddiyat bu komediyada oʻzining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy boʻyoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni oʻziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham oʻynalib, oʻzbek teatr sanʼatining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bundan ilhomlangan yozuvchi „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962) hamda „Ayajonlarim“ (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan „Tobutdan tovush“da oʻsha davr uchun xos boʻlgan illatlar hajv oʻti ostiga olindi. Ayniqsa soʻnggi asarda Abdulla Qahhor oʻziga xos nozig tuygʻu bilan jamiyatdan poraxoʻrlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yoʻqotish istagida uning ayrim koʻrinishlarini sahnaga olib chiqdi, u „Soʻnggi nusxalar“ nomi bilan ham sahna yuzini koʻrdi. Tarjima asarlari Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida oʻzbek tilini nozig his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U oʻzining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qoʻshdi. Abdulla Qahhor hayotining soʻnggi kunlarida shoʻro jamiyatida shaxsga sigʻinishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi „Zilzila“ qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tugata olmadi. Abdulla Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, Lev Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirgʻiz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind, [[vetnam tili vetnam]] tillarida chop etilgan. Mukofotlari Abdulla Qahhor Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati.„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qoʻqondagi bir necha koʻcha, maktab va jamoa xoʻjaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987).* Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor. Toshkent. „Yosh gvardiya“, 1988. SAID AHMAD Said Ahmad, asl ismi Saidahmad Husanxoʻjaev – Mashhur oʻzbek adibi. Adib Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida dunyoga kelgan. Said Ahmad Tavallud sanasi: 10-iyun 1920-yil Vafot sanasi: 5-dekabr 2007-yil(87 yoshda) Kasb: Yozuvchi "Jimjitlik", "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Ufq" Mukofot: Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiOʻzbekiston xalq yozuvchisi (medali).jpgUzbek orden rib.pngDustlik rib.pngShohrat rib.pngOrder of Lenin ribbon bar.pngXalqlar doʻstligi ordeni Bolaligi 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida tugʻilgan. Uning bolaligi Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Pensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda „Mushtum“ jurnalida ishladi. 1942–1943-yillarda respublika radiosida, 1943–1947-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida, 1948– 1950-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Adib "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan, "Buyuk xizmatlari uchun", "Doʻstlik" ordenlari bilan mukofotlangan. Asarlari Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning „Choʻl burguti“, „Lochin“, „Boʻston“, „Toʻyboshi“, „Jimjitlik“, „Turnalar“, „Hayqiriq“, „Alla“, „Muhabbatning tugʻilishi“, „Qorakoʻz Majnun“ singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning „Sobiq“, „Qoplon“, „Oʻrik domla“, „Mening doʻstim Babbaev“, „Muzey“, „Boʻri ovi“, „Xandon pista“ kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tatqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi. Uning qishloq mavzusidagi „Qadrdon dalalar“ (1949), „Hukm“ (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan „Qirq besh kun", "Hijron kunlari“ (1964), „Ufq boʻsagʻasida“ (1969) romanlaridan iborat „Ufq“ trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan „Jimjitlik“ (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan „Sherzod va Gulshod“ (1945), dunyoning yetti burchiga yoyilgan „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1976), yolgʻiz moʻysafidning ruhiy iztiroblari aks ettirilgan „Kuyov“ (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy mahoratlaridan dalolatdir. Vafoti Said Ahmad 2007-yilning 5-dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi[1]. Hikoyalar toʻplami Said Ahmadning birinchi hikoyalar toʻplami – "Tortiq" (1940). "Er yurak" (1942), "Fargʻona hikoyalari" (1948), "Choʻl burguti" (1960), "Choʻl oqshomlari", "Odam va boʻron" toʻplamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros bilan aks ettirilgan. Said Ahmad oʻz hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulomning yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmdan oʻrganishga intilgan va ular ijodi Said Ahmadning yozuvchi boʻlib yetishishida "darslik" vazifasini oʻtagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifatida tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yoʻnalish muhim oʻrin tutadi. Uning yumoristik mahorati "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1976), "Kuyov" (1986) komediyalarida yorqin namoyon boʻlgan. "Kelinlar qoʻzgʻoloni"dagi xalqona yumor bilan yoʻgʻrilgan Farmon bibi millat mentalitetini, oʻzligini, kuchli va ojiz jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga koʻtarilgan. "Ufq" trilogiyasi "Ufq" trilogiyasi[2] (1964–1974) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. "Ufq" romani XX-asr millat hayotining oʻn yillik davri – Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu musibatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, oʻziga hos ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan. Jimjitlik" romani Jimjitlik (1988) romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojeiy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, "bebosh" ifoda tarzi bilan jozibalidir. Istiqlol yillarida yaratilgan asarlari Said Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi oʻzgarishlar haqida koʻplab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, joʻshqin lirik hikoyalar yaratdi. "Xandon pista" (1994), "Bir oʻpichning bahosi" (1995) hajviy toʻplamlari, "Yoʻqotganlarim va topganlarim" (1998), "Qorakoʻz majnun" (2001), "Kiprikda qolgan tong" (2003) kitoblari, 3 jildli "Tanlangan asarlari" (2000) chop etildi. "Yoʻqotganlarim va topganlarim"da Gʻafur Gʻulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va boshqa bir qator zabardast oʻzbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy boʻyoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tufayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi "Qorakoʻz majnun", "Ot bilan suhbat", "Azroil oʻtgan yoʻllarda" hikoyalari, qatagʻon davri xotiralari bilan bogʻliq. "Borsa kelmas darvozasi", "Taqdir, taqdir...", "Oftoboyim" hikoyalari, adibning oʻzi yaqindan muloqotda boʻlgan ustoz adiblar, tengdoshlari, shogirdlari, va nihoyat, oʻz hayot va ijod yoʻli haqidagi xotira esselari mustaqillik davri oʻzbek adabiyotida muhim hodisa boʻldi. Said Ahmadgagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuygʻular, begʻubor hazil mutoibalar bilan yoʻgʻrilgan xotira esselar bu janrning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi namunalari qatorida turadi. Felyeton janrida ham samarali ijod qilgan. 1947-yil "xalq dushmani" sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan soʻng oqlangan. "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Kuyov" komediyalari hozirgi Oʻzbek milliy akademik teatrida, "Kelinlar qoʻzgʻoloni" dunyoning koʻplab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. "Ufq" asari asosida dramalar, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida "Muhabbat mojarosi" filmi (1970) va boshqalar yaratilgan. "Doʻstlik" (1996), "Buyuk xizmatlari uchun" (1997) ordenlari bilan mukofotlangan. SAIDA ZUNNUNOVA Zunnunova Saida (15.02.1926. Andijon — 20.03.1977, Toshkent) — shoira. Yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi. Andijon oʻqituvchilar institutini (1943) va Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini (1947—52) tugatgan. „Gulxan“ jurnalida (1953—1956), „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasida adabiy xodim (1956—1957), Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1957—1958) hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1962—1967) boʻlib ishlagan. Ijodi Saida Zunnunovaning ilk sheʼri 1945-yil Andijon viloyati „Paxta fronti“ gazetasida bosilgan. „Qizingiz yozdi“ nomli ilk sheʼrlar toʻplami esa talabalik yillari (1948) nashr etilib, sheʼriyat muxlislari eʼtiborini qozondi. Shundan keyin uning „Yangi sheʼrlar“ (1950), „Gullar vodiysi“ (1954), „Qizlarjon“ (1962), „Sheʼrlar“ (1964), „Bir yil uylari“ (1967), „Nilufar“ (1972) sheʼriy toʻplamlari eʼlon kilindi. Shoira goʻzal lirik sheʼrlar bilan bir vaqtda „Sodiq va Anor“(1947), „Xayrixon“ (1949), „Surat bilan suhbat“ (1966), „Qoʻshnilarim“ (1968) singari dostonlar ham yaratdi. Shoira bu sheʼriy asarlarida inson ruhiy hayotining nozik qirralari va tebranishlari, tuygʻu va kechinmalarning murakkab harakati, dardu hasrat va orzu-armonlarning kamalak ranglarini mahorat bilan ifodalay oluvchi shoira sifatida shakllanganini namoyish etdi. Bu hol uning, ayniqsa, „Surat bilan suhbat“ dostonida yorqin koʻrinadi. Zunnunova oʻzbek xotin-qizlari hayotini oʻrganish, ular turmushidagi mashaqqatli jihatlar va murakkabliklarga jamoatchilik eʼtiborini jalb etish niyatida oila va muhabbat mavzuida bir qancha hikoya va qissalar yozdi. Uning „Gulbahor“ (1956), „Povest va hikoyalar“ (1957), „Gulxan“ (1959), „Doʻstlik“ (1960), „Qanot“ (1961), „Olov“ (1962), „Koʻchalar charogʻon“ (1965), „Boʻylaringdan oʻrgilay“ (1972) singari nasriy kitoblarida xotin-qizlar hayoti haqqoniy badiiy tajassumini topdi. Ayniqsa, „Yangi direktor“, „Olov“, „Odamlar orasida“ qissalarida 3. eskilik sarqitlarini fosh etish niqo-bi ostida sovet jamiyatidagi illatlarni keskin fosh etdi. Shoiraning „Ona“ (1966) va „Koʻzlar“ (1968) nomli pyesalari ham bor. Toshkentdagi koʻchalardan biri va 224-sonli maktabga, shuningdek, Andijon shahridagi koʻcha va maktablardan biriga hamda Boʻz tumanidagi akademik litseyga Saida Zunnunova nomi berilgan. 2013-yil 10-iyunda Toshkentdagi Adiblar xiyoboniga Said Ahmad va Saida Zunnunova haykali oʻrnatildi. Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yilda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941–1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi, viloyat maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim boʻlib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi sheʼri 1945 yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. Adabiyotga muhabbat yosh shoirani Oʻrta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga yetaklaydi. U oʻqishni tamomlab, “Gulxan” jurnali, “Oʻzbekiston madaniyati” gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi boʻlib xizmat qildi. Shoiraning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat zavqini tarannum etuvchi “Qizingiz yozdi” (1948), “Yangi sheʼrlar” (1950), “Gullar vodiysi” (1954), “Qizlarjon”, “Bir yil oʻylari” (1967) sheʼriy toʻplamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi. Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning “Gulbahor” hikoyalar toʻplamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan boʻlsa, “Gulxan” (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar boʻlib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi oʻziga xos badiiy boʻyoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan “Olov” (1962), “Boʻylaringdan oʻrgilay” (1972), “Direktor” kabi asarlarning qahramonlari ham munis ayollardir. Soʻzga xasislik, badiiy siqiqlik, tabiiylik, sunʼiy obrazlardan qochish Saida Zunnunova hikoyalariga xos xususiyatlardir. Ona Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, halol mehnat, baxt va muhabbat tuygʻularini kuylagan shoiraning lirik sheʼrlari, jozibador qoʻshiqlari, nasriy asarlari adabiyotimiz xazinasidan munosib joy olgan. Taniqli yozuvchi Said Ahmadning sevimli rafiqasi boʻlmish Saida Zunnunova 1977 yili ogʻir xastalikdan keyin 51 yoshida vafot etgan. TOʻLEPBERGEN QAYIPBERGENOV Toʻlepbergen Qayipbergenov (qoraqalpoqcha: Tólepbergen Qayıpbergenov; 1929.7.5, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 2010) — Oʻzbekiston (1994) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974). Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). "Amudaryo" jur. (1955—57)da, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1957— 58). Qoraqalpogʻiston teleradiokomitetida katta muharrir, rais oʻrinbosari (1958— 59), "Jas leninshi" gaz. bosh muharriri (1959—60), "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti direktori, "Sovet Qoraqalpogʻistoni" gaz. bosh muharriri (1962— 72). Qoraqalpogʻiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshligʻi (1972-yildan), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari (1980-yildan). Dastlabki qissasi — "Sekretar" (1956). "Rahmat, muallim" (1958), "Sovuq tomchi" (1964), "Uyqusiz tunlar" (1965) qissalarining, "Soʻnggi..." (1960), "Qoraqalpoq qizi" (1 — 2-kitoblar, 1963—65), "Qoraqalpoq dostoni" trilogiyasini tashkil etgan "Mamanbiy afsonasi", "Qoraqalpoqnoma" roman- essesi (1978), "U dunyoga bobomga xatlar" (1982) asarlari chop etilgan. "Qoraqalpoqman — tavakkalchiman" (2003) asari, shuningdek, "Familiya" pyesasi, "Berdaq" ("Sahro bulbuli"), "Oydoʻst bobo" dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining 17— 18-asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning oʻzaro qardoshligi haqida. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi oʻrinbosari (1987—91). 1995-yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati jamgʻarmasi raisi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti (1967), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1971) laureati. Toʻlepbergen Qayipbergenov Tavalludi 7-may 1929-yil Taxtakoʻpir Vafoti 14-sentabr 2010-yil (81 yoshda) Taxtakoʻpir Fuqaroligi SSSR va To‘lepbergen Qaipbergenov (1929-2010; Qoraqalpog‘iston) To‘lepbergen Qaipbergenov 1929 yili Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini 1947 yili maktab o‘qituvchisi sifatida boshladi. Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlaganidan so‘ng ko‘p yillik ijodiy va tashkilotchilik faoliyatini qoraqalpoq milliy matbuoti rivojiga bag‘ishlab, “Qaraqalpaqstan jaslar?” gazetasi muharriri, “Qaraqalpaqstan” nashriyoti direktori, “Sovet Qaraqalpaqstan?” gazetasi muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Radioeshittirishlar va televideniye qo‘mitasi raisi, Matbuot, poligrafiya va kitob savdosi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari kabi mas’ul vazifalarda sidqidildan mehnat qildi. U 1980 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida samarali faoliyat olib borib, qoraqalpoq adabiyoti va san’atini rivojlantirish, yosh shoir va adiblarni tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi. T.Qaipbergenov jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib, bir necha bor Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar kengashi deputatligiga saylandi. To‘lepbergen Qaipbergenov o‘zining yarim asrdan ziyod davom etgan yozuvchilik faoliyati davomida katta va sermazmun ijod yo‘lini bosib o‘tdi. O‘z asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyat va an’analarini yuksak mahorat bilan tarannum etdi. Uning qalamiga mansub “Rahmat, muallim”, “Sovuq bir tomchi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, “Gumrohlar” singari qissa va romanlar,“Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Bu asarlarning aksariyati jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilinib, bir qator nufuzli adabiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan edi. Jonkuyar adibning keyingi yillarda e’lon qilingan publitsistik chiqishlarida mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, qoraqalpoq zaminida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini aks ettirish, bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik mehnatini ulug‘lash, Orol muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish mavzulari alohida o‘rin egalladi. Atoqli yozuvchining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari hamda Vatanimizning oliy mukofoti — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. qoraqalpoq xalqi hayot tarzi va oilaviy turmushining o‘ziga xos jihatlari aks etgan. Tulepbergen Qaipbergenov o‘z xalqining shonli tarixi, urf-odatlari, qadriyatlarini avlodlarga yetkazish yo‘lida zahmat va izlanish bilan ijod qilgan adibdir. Uning “Qoraqalpoqnoma” (1986) (“Mamanbiy”, “Baxtsizlar”, “Sar- gardonlar”) trilogiyasini qoraqalpoq xalqi hayotining o‘ziga xos badiiy-tarixiy talqini deyish mumkin. “Qoraqalpoqman-tavakkalchiman” asari, “Familiya” pesasi, “Berdaq” (“Sahro bulbuli”), “Oydo‘st bobo” dramatik asarlari o‘zbek, qozoq, rus tillariga tarjima qilinib, teatrlarda sahnalashtirilgan. Yozuvchi Tulepbergen Qaipbergenov qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissalari uchun Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi (1975), O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1993), Berdaq nomidagi (1967), Hamza nomidagi (1971), Mahmud Qoshg‘ariy nomidagi (1995), Mixail Sholoxov nomidagi (2004) davlat va xalqaro mukofotlarning sohibi bo‘lgan. Yozuvchining mehnat va ijodiy faoliyati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan. To‘lepbergen Qaipbergenov yaratgan asarlar o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari ma- daniyati, adabiyoti tarixida, yangi avlodlarni ota-bobolarning qutlug‘ xotirasi, orzu-intilishlariga sadoqatli vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda o‘ziga xos maktab bo‘lib qolaveradi. IBROYIM YUSUPOV Ibroyim Yusupov (tugʻ. 5-may, 1929, Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani Azot ovuli) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston (1975) xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni (2004). Qoraqalpoq pedagogika institutini tugatgan (1949). Shu Institutdaoʻqituvchi (1949-61), "Amudaryo" jur. bosh muharriri (1961—62), N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (1965—80), "Sovet Qoraqalpogʻistoni" gaz.ning bosh muharriri (1980— 85), Qoraqalpogʻiston maʼnaviyat va maʼrifat markazining raisi (1985-2000). Dastlabki sheʼrlari 20-asr 40-yillarining oʻrtalarida eʼlon qilina boshlagan. 30 dan ortiq sheʼriy va nasriy toʻplamlari bor. "Qirq qiz" (A. Shomuratov bilan hamkorlikda, 1965), "Aktrisaning iqboli" (1967), "Umirbek laqqi" (1971), "Mangu buloq" dramalari, "Ajiniyoz" librettosi muallifi. Yu.ning "Kun chiqish yoʻlovchisiga", "Qoraqalpoqni koʻp maqtamang koʻzimcha", "Qora tol", "Turnalar" va boshqalar sheʼrlari qoraqalpoq adabiyotining yuksak namunalaridir. Shuningdek, Yusupovning "Akatsiya gullagan joyda", "Gilamchi xotin haqida haqiqat", "Dala armonlari", "Mangu buloq" singari dostonlari ham 20-asr qoraqalpoq adabiyotining eng katta yutuqlari hisoblanadi. "Buloqlar qaynaydi" (1960), "Oltin qirgʻoq" (1962), "Dala armonlari" (1967), "Choʻl toʻrgʻayi" (1972), "Qora tol" (1988) va boshqalar asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan ("Mangu buloqlar", 1986). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1974). IBROYIM YUSUPOV (1929-2008) Ibroyim Yusupov (1929–2008) ijodi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi. Ibroyim Yusupov 1929 yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlog‘ida tavallud topdi. 1949 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini bitirgach, 1961 yilgacha shu oliy dargohda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1961–1962 yillarda “Amudaryo” jurnalining bosh muharriri, keyingi uch yil mobaynida Najim Dav-qorayev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1965–1980 yillarida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining raisi, 1980–1988 yillarda “Erkin Qoraqalpog‘iston” (sobiq “Sovet Qoraqalpog‘istoni”) gazetasida bosh muharrir, shuningdek, keyingi yillarda Tinchlik qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga (1988–1994), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga (1994–2000) raislik qildi. Uning she’rlari 40-yillarda matbuotda e’lon qilina boshlandi. Bolaligida qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyotlari hamda mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini, talabalik yillarida esa rus va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib, ularning asarlaridagi badiiyat sirlarini qunt bilan o‘rgandi. Shoir o‘zining ilk asari “Vatanim” she’ri e’lon qilingan paytdan (1946) boshlab, shu bugungacha “Baxt lirikasi” (1955), “Kunchiqar yo‘lovchisiga” (1959), “O‘ylar” (1960), “Yetti navo” (1962), “Dala orzulari” (1966), “Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar” (1971), “To‘maris” (1974), “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Ko‘ngildagi keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen...” (1995), “Har kimning o‘z zamoni bor” (2004) kabi she’riy to‘plamlarini nashr ettirdi. Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” to‘plamlari ikki marotaba – 1978–79 va 1992 yillarda nashr qilingan. Turli yillarda chop etilgan to‘plamlarda shoirning “O‘rtoq muallim”, “Akatsiya gullagan yerda”, “Aktrisaning iqboli”, “Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “To‘maris”, “Bulbul uyasi”, “Farishta oy”, “Poseydonning g‘azabi”, “Vatan tuprog‘i” va boshqa doston (poema)lari e’lon etilgan. Bundan tashqari Ibroyim Yusupov bir qator pesa va publitsistik maqolalarning ham muallifi hisoblanadi. Shoir ko‘plab qardosh xalqlar va jahon adabiyoti mumtoz shoirlar asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib, sayrata olgan tarjimondir. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, T.Shevchenko, J.G.Bayron, I.V.Gyote, G.Geyne, F.Shiller she’rlarini, Shekspir sonetlarini, Alisher Navoiy va Hofiz g‘azallarini, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotimizni badiiy-g‘oyaviy, shakliy jihatdan turli asarlar ila boyitdi. Ibroyim Yusupov nasr va dramaturgiya sohasida ham qalam tebratdi. 1963 yilda uning “Qari tutning kuzi” nomli hikoyalar, ocherk va publitsistik maqolalar to‘plami bosmadan chiqdi. Shoir “Qirq qiz” pesasini, (Amet Shomuratov bilan birgalikda), 1966 yilda “O‘mirbek laqqi” komediyasini, 1986 yili “Iskandar podshoning tushi” dramasini, 1973 yili “Ajiniyoz” operasi librettosini yaratdi. Ibroyim Yusupov adabiy tahlil, she’riyatning munozarali muammolari, badiiy tarjima masalalariga bag‘ishlab bir qancha mazmundor maqolalar yozib, hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotshunosligi faniga ham ulkan hissa qo‘shdi. Uning “Lirika haqida munozara” (1956), “Urushdan keyingi qoraqalpoq poeziyasi” (1956), “Xalq shoiri Abboz Dobilov” (1958), “Dala Orfeyi” (1957), “Qoraqalpog‘iston – Mahtumqulining ikkinchi shoirlik vatani” (1958), “Mahtumquli va qoraqalpoq adabiyoti” (1957), “Mahtumquli asarlarini tarjima qilishdagi ba’zi bir anglashilmovchiliklar haqida” (1983) kabi maqolalari shular jumlasidandir. Shoir O‘zbek adabiyoti bilan abadiy do‘stlik mavzusi Ibroyim Yusupov ijodidagi eng yorqin sahifalarni tashkil qiladi. U ijodkor, tarjimon, matbuot xodimi, jamoat arbobi sifatida o‘zbek adabiyoti va madaniyatining yirik vakillari bilan do‘stlashdi, ijodiy muloqotlarda, safarlarda birga bo‘ldi. G‘afur G‘ulom, Oybek, Zulfiya, Komil Yashin, Hamid G‘ulom, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon singari ijodkorlar bilan ijodiy munosabatlari har doim yangi-yangi mazmun va ibratli voqealar bilan boyib bordi. Uning o‘zbek tilida “Buloqlar qaynaydi” (1960), “Oltin qirg‘oq” (1962), “Sahro orzulari” (1967), “Cho‘l to‘rg‘ayi” (1972), “Rahmat senga, zamonim” (1979), “Qoratol” (1988), “Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting” (2009) kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan bo‘lsa, rus tilida “Pesni gornogo ruchya” (1960), “Meridian? serdsa” (1966), “Glaza yashirits?” (1973), “Stixi” (1976), “Zvon stremeni” (1981), “Stremlyus vsey dushoy” (1986), to‘plamlari qirg‘iz va turkman tillarida bir qator kitoblari nashr qilindi. Uning she’rlari qozoq, ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Berdaq nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi. U uzoq yillar mobaynida O‘zbekis-ton hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlislariga deputatlikka saylandi. Shoir O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik” ordenlari, bir qator hukumat faxriy yorliqlari va medallari bilan mukofotlandi. Unga 2004 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni berildi ERKIN VOHIDOV oʻzbek shoiri, adabiy tarjimoni va davlat arbobi Erkin Vohidov (28-dekabr 1936 – 30-may 2016) — taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi.[1] Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir. Erkin Vohidov Tavallud sanasi: 28-dekabr 1936-yil Tavallud joyi: Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati Oʻzbek Sovet Sotsialistik Respublikasi Vafot sanasi:30-may 2016-yil (79 yoshda) Vafot joyi: Toshkent, Oʻzbekiston Kasb: Shoir, dramaturg, adabiy tarjimon, davlat arbobi Mukofot: Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekiston xalq shoiri (medali).jpgUzbek orden rib.pngDustlik rib.png Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan.[2] Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi.[3]„Линия жизни“ („Hayot yoʻli“) (1984) „В минуту песни не порвись, струна...“ („Kuy avjida uzilmasin tor“) (1986) Adabiy tarjimalari Vohidov koʻplab xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Blok, Aleksandr Tvardovskiy, Friedrich Schiller, Gyote, Lesya Ukrainka, Mixail Svetlov, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov, Sergey Yesenin hamda Silva Kaputikyan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, shoir 1974-yil Gyotening „Faust“ asarini oʻzbekchaga oʻgirgan. Shoir Yesenin sheʼrlarini ayniqsa yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Quyida Yeseninning vidolashish sheʼri boʻlmish „Xayr endi, xayr, doʻstginam“ (1925) sheʼrining Vohidov qilgan tarjimasi keltirilgan. 1976 Bir qadam Bir qadam Zulayho Boyxonova 1977 Navoiy gʻazaliga muxammas Kema Sherali Joʻrayev 1988 Yaxshidir achchiq haqiqat Achchiq haqiqat 1994 Biz anglamagan jahon ekan ishq Ishq Abzal Husanov Abzal Husanov 1998 *** Mohitabonim Ziyoda Qobilova Vohidov oʻzbeklarning eng sevimli shoirlaridan biri. Oʻzbekistonda koʻplab muassasa va joylarga shoir nomi berilgan. 2018-yilda Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi.[11] 2019-yilda esa shaharda Erkin Vohidov memorial muzeyi ochildi.[12] Vohidov hayoti va ijodi haqida koʻplab kitob yozilgan, shu jumladan, „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016), „To quyosh sochgayki nur“ (2016), „Soʻz sehri“, „Oʻzbegimning Erkin oʻzbegi“ kitoblari Zamonaviy oʻzbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻildi. Otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan oʻtib, boʻlgʻusi shoir togʻasi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi. Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotlarda, “Yoshlik” jurnalida xizmat qildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro aloqalar va munosabatlar qoʻmitasi rahbari, Oʻzbekiston Senati aʼzosi sifatida faoliyat yuritdi. Uning birinchi sheʼri 14 yoshida, 7-sinfda oʻqib yurgan kezlarida chop etildi. “Tong nafasi” (1961), “Mening yulduzim” (1964) kabi dastlabki toʻplamlarini nashr ettirdi. E. Vohidov ijodida gʻazal, qasida, muxammas kabi janrlarga qoʻl urib, mumtoz adabiyot tajribalarini yanada boyitish, yanada mukammallashtirishga intildi. Ayniqsa, “Yoshlik” (1969) devoniga kirgan sheʼrlar bu jihatdan eʼtiborlidir. Shoir xuddi shu davrdan boshlab dunyo kezdi, dunyoni koʻrdi, dunyoni tanidi. Ana shu taassurotlari asosida “Tirik sayyoralar” (1978), “Sharqiy qirgʻoq” (1981) kabi sheʼriy toʻplamlarini yaratildi. Inson taqdiri, uning baxti va kelajagi shoir ijodining bosh mavzuiga aylandi. Uning “Kelajakka maktub” (1983), “Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992) toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida haqgoʻy va bedor insonni kamol toptirish gʻoyasi yetakchilik qiladi. Shoirning “Orzu chashmasi” (1964), “Nido” (1964), “Palatkada yozilgan doston” (1966), “Quyosh maskani” (1972), “Ruhlar isyoni” (1980), “Koʻhinur” (1982) kabi liro-epik asarlari, “Oltin devor” va “Istanbul fojeasi” kabi sheʼriy dramalari katta ijodiy mehnat mahsuli sifatida xalqimizning koʻngil mulkiga aylangan. Erkin Vohidovning toʻrt jildlik “Saylanma asarlar”i, “Orzuli dunyo” (2010), “Tabassum” (2012), “Yangi sheʼrlar” (2015) sheʼriy toʻplamlari adabiyot muxlislari uchun bebaho tuhfa boʻldi. U 1996 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov adabiyotimiz va maʼnaviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan asarlari, shuningdek, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yoʻlidagi faol xizmatlari uchun “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlangan. OZOD SHARAFIDDINOV Ozod Sharafiddinov — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. U 1929-yil 1-martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy- tanqidiy maqolalar yozdi. Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80-yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. Ozod Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom], Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: „Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi moʻjiza“ (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan „Yalovbardorlar“ (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim oʻrin egallaydi. Ozod Sharafiddinov XX asrning 60-yillaridan XIX asrgacha boʻlgan oʻzbek adabiy jarayonidagi holatlarni „Talant – xalq mulki“ (1979), „Adabiyot – hayot darsligi“ (1981), „Goʻzallik izlab“ (1985), „Haqiqatga sadoqat“ (1988), „Sardaftar sahifalari“ (1999), „Prezident“ (2003) singari asarlarida aks ettirdi. Ijodi Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. „Choʻlpon“ (1991), „Choʻlponni anglash“ (1994) kitoblari, „E'tiqodimni nega oʻzgartirdim“ (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda Ozod Sharafiddinov oʻzbek adiblari, madaniyat-sanʼat arboblari, olimlar haqida oʻnlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining koʻplab namoyandalari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. „Koʻlmak suvda quyosh parchasi“ (fransuaza Sagan), „Qadimgi xitoy nasri namunalari“, „Monumental targʻibot“ (Vl. Boynovich), „Al- ximik“ (Paulo Koel’o) singarilar. Ozod Sharafiddinov XX asrning 90-yillari oʻrtalarigacha Oʻzbekiston Milliy universitetida professor boʻldi. 1995—1997-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari vazifasini bajardi. U 1997-yildan beri „Jahon adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri. Ozod Sharafiddinov Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1970), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1999), „Mehnat shuhrati“ (1997) ordenlari sohibi. 2002-yil 23-avgustda Ozod Sharafiddinovga „Oʻzbekiston qahramoni“ unvoni berildi. Asarlari Sharafiddinov 20-asrning 60-yillaridan adabiyotshunos sifatida tanilgan. „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) kitobida adabiy asarlarni badiiylik qonuniyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etgan. Uning tadqiqotlari adabiyotni milliy gʻoyalar va adabiy qonuniyatlar asosida tahlil qilishga bagʻishlangan. „Adabiy etyudlar“ (1968) kitobida ijodkor shaxsi va uning badiiy asardagi oʻrni masalalari talqin qilingan. „Yalovbardorlar“ (1974), „Isteʼdod jilolari“ (1976) toʻplamlariga kiritilgan ilmiy maqolalari adabiy ijoddagi anʼanalar, mumtoz adabiyotni oʻrganish vositalari va jahon adabiyotini oʻrganish muammolari haqida. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida milliy va jahon adabiyoti anʼanalarini uygʻun qabul qilish tamoyillarini boshlab berdi. Sharafiddinov „Birinchi moʻʼjiza“ (1979), „Talant — xalq mulki“ (1979), „Adabiyot — hayot darsligi“ (1980), „Hayot bilan hamnafas“ (1983), „Goʻzallik izlab“ (1985) asarlarida oʻzbek sheʼriyati, nasri va tanqidchiligining muhim muammolarini yoritgan. Sharafiddinovning munaqqidlik faoliyatida 2 davr koʻzga tashlanadi. Birinchi davr shoʻro totalitar tuzumida kechgan boʻlib, unda adabiyotni totalitar mafkura gʻoyalaridan himoya qilish, adabiy qonuniyatlar asosida tadqiqotlar olib borish muammolari tadqiq etilgan („Zaharxanda qahqaha“, 1962; „Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi“, 1979; „Yurtin madhi boʻldi soʻnggi satri ham“, 1979; „Sheʼr koʻp, ammo shoirchi?“, 1983). Ikkinchi davr munaqqid faoliyatida asosiy davr boʻlib, u istiqlol yillaridagi ijodini qamrab oladi. Bu davrda Sharafiddinov milliy adabiyotni shakllantirish muammolari, oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligini qayta qurish, jahon adabiyoti anʼanalarini oʻzlashtirish hamda tarjima sanʼatini yuksaltirish masalalarini tadqiq etgan („Bir tilda gaplashaylik“, 1987; „Magʻzi puch soʻzlardan bir tosh nari qoch“, 2000; „Qaydasan, Moriko“, 2002). Oʻzbek adabiyoti jahon adabiyoti bilan uygʻun tarzda Sharafiddinov oʻzbek adabiyotini jahon adabiyoti bilan uygʻun tarzda oʻrganish anʼanasini boshlab bergan. Uning „Istiqlol fidoyilari“ (1993), „Sardaftar sarlavhalari“ (1999), „Maʼnaviy kamolot yoʻllarida“ (2001) kitoblarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Otajon Hoshimov ijodi yangicha nuqtai nazardan tahlil etilgan. „Choʻlponni anglash“ (1993) asarida esa yangi oʻzbek tanqidchiligi 20-asrda bosib oʻtgan murakkab yoʻlni talqin, tahlil qilgan, koʻplab munaqqidlar ijodi, estetik prinsipini Choʻlpon ijodiga munosabat nuktai nazaridan yoritgan. Sharafiddinov „20-asr oʻzbek adabiyoti tarixi“ oʻquv dasturi (1997), „20-asr oʻzbek adabiyoti“ (1999) darsligi mualliflaridan. Sharafiddinov ijodining choʻqqisi „Ijodni anglash baxti“ (2004) kitobidir. Unda oʻzbek adabiyotiiing jahon adabiy jarayonida tutgan oʻrni va ilmiy-maʼnaviy oʻzanlari tadqiq etib berilgan. Tarjima asarlar Sharafiddinov tarjima sanʼatiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirdi. Lev Tolstoyning „Iqrornoma“, P.Koeloning „Kimyogar“, A.Sevelaning „Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman“ asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Ac: Mohiyat va muhabbat, T., 1994; Sardaftar sahifalari, T., 1999; Maʼnaviy kamolot yoʻllarida, T., 2001; Dovondagi oʻylar, T., 2004; Ijodni anglash baxti, T., 2004. Asarlari O. Sharafiddinov. Zamon. Qalb. Poeziya. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962. O. Sharafiddinov. Isteʼdod jilolari. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1976. O. Sharafiddinov. Choʻlponni anglash. Toshkent, „Yozuvchi“, 1994. O. Sharafiddinov. Sardaftar sahifalari. Toshkent, „Yozuvchi“, 1999. O. Sharafiddinov. Prezident. Toshkent, „Adolat“, 2003. ABDULLA ORIPOV Abdulla Oripov — ardoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Abdulla Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Shoir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sheʼri muallifidir. Abdulla Oripov Tavalludi 21-mart 1941-yil Qashqadaryo, Koson tumani, Nekoʻz qishlogʻi Vafoti 5-noyabr 2016-yil (75 yoshda) Xyuston, Texas, AQSh Fuqaroligi SSSR. Oʻzbekiston Sohasi sheʼriyat Taʼlimi Toshkent davlat universiteti, (hozirgi OʻzMU) „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti Akademik rahbarlari Abdulla Qahhor, Oybek Mashhur ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi Mashhur sovrinlari Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekiston xalq shoiri (medali).jpgDustlik rib.png Hayoti Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqida shoirning oʻzi shunday yozadi: "Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyontoʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, tevarak-atrof jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻllarni „qoq“ deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola- baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi" Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi. Asarlari Birinchi marta respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami „Mitti yulduz“ esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967), „Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „Oʻzbekiston“, „Qasida“ (1972), „Xotirot“ (1974), „Yurtim shamoli“ (1974), „Jannatga yoʻl“ (1978), „Hayrat“ (1979), „Hakim va ajal“ (1980), „Najot qalʼasi“ (1981), „Yillar armoni“ (1983), „Haj daftari“ (1992), „Saylanma“ (1996), "Sohibqiron (sheriy drama) " (1996), toʻrt tomlik „Tanlangan asarlar“ (2000-2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. Abdulla Oripov xalqimizni jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening "Ilohiy komediya" asarini, L.Ukrainka, Taras Shevchenko, Nikolay Nekrasov, Q.Quliev, Rasul Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan. Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan. Uning „Bahor“, „Birinchi muhabbatim“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Munojotni tinglab“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Olomonga“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“, „Chuvaladi oʻylarim sensiz“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi. Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi. Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi. U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputat Abdulla Oripov 2016 yilda AQSHda Texas shtadida vafot etadi Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958 –1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, katta adabiy maslahatchi, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida oʻrindoshlik boʻyicha oʻqituvchi, “Sharq yulduzi” jurnalida muharrir (1963– 1982), Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat boʻlimi masʼul kotibi (1982 –1983), “Gulxan” jurnali bosh muharriri (1983–1985), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rayosati raisining oʻrinbosari (1985–1987), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi (1987–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi (1989 –2007), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (1995–2009) vazifalarida ishladi. 2009 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Faxriy raisi. U 1990 yilda Oʻzbekiston Oliy Kengashining, 1995 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi (2005– 2010). Abdulla Oripov Kaliforniya (AQSH) fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalqaro akademiyasining aʼzosi hamdir. Dastlabki sheʼri 1957 yilda, oʻzbek sheʼriyatida oʻziga xos voqea boʻlgan “Mitti yulduz” nomli birinchi kitobi esa 1965 yilda nashr etildi. Shundan keyin “Koʻzlarim yoʻlingda” (1966), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “Oʻzbekiston” (1972), “Hayrat” (1974), “Yurtim shamoli” (1976), “Yuzma- yuz” (1978), “Najot qalʼasi” (1980), “Jannatga yoʻl” (1980), “Surat va siyrat” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Oltmish yoshli vatanning olti yoshli oʻgʻloni” (1983), “Ehtiyoj farzandi” (1989), “Sen bahorni sogʻinmadingmi”, “Bobo va nabira”, “Qush tili” (1991), “Munojot”, “Muborak haj yoʻllarida”, “Haj daftari, Hikmat sadolari” (1992), “Hikmat sadolari” (1993), “Dunyo” (1995), “Ibodat”, “Sohibqiron”, “Saylanma” (1996), “Savob” (1997), “Bedorlik” (1999), “Mustaqillik qoʻshigʻi” (2000), “Bir qarasam…” (2001), “Shoir yuragi” (2003), “Mehr” (2004), “Koʻz tumor” (2005), “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”, “Birinchi muhabbatim” (2006), “Talosh pallasi”, “Saylanma” (2007), “Ona yangligʻ yagona”, “Menga xushxabar ayt” (2009), “Istiqlol manzaralari”, “Saylanma” (2011), “Ezgulik”, “Ranglar va ohanglar” (2012), “Tutash dunyolar”, “Yangi sheʼrlar”, “Sohibqiron” (2015) kabi oltmishga yaqin toʻplamlari chop etildi. 2000–2013 yillarda “Tanlangan asarlar”ning yetti jildligi bosilib chiqdi. Abdulla Oripovning dostonlari, sheʼrlari koʻplab xorij tillariga tarjima qilindi. “Rodnik” (1970), “Veter Rodiniʼ” (M., 1975), “Lyubov k jizni” (M., 1980), “Jajda vesniʼ” (1985), “Udivleniye” (1985), “Veter moyego kraya” (M., 1988), “Soxibkiran” (1996), “Blagoslovenno projitoye mnoy” (2003) singari sakkizta kitobi Moskva va Toshkentda rus tilida bosilib chiqdi. “Ilhom” (1984) tojik tilida, “Sheʼrlar” (1989) Urumchida uygʻur tilida, “Hur oʻlkam” (1999) majmuasi Istanbulda turk tilida nashr etildi. U buyuk italyan shoiri Dante Aligerining shoh asari “Ilohiy komediya”ning “Doʻzax” qismini toʻligʻicha va “Aʼrof” qismidan toʻqqiz qoʻshiqni mahorat bilan oʻzbek tiliga oʻgirdi (1975,2005). Yenye Xelton, A. Pushkin, N. Nekrasov, L. Ukrainka, T. Shevchenko, R. Hamzatov, Q. Quliyev, Maxsatiy Ganjaviy, Yegishe Charens, H. Bachchan, H. Merilaas, Xalil Rizo va boshqa qardosh shoirlar sheʼrlarini tarjima qildi. Shoir ijodi mustaqillik yillarida nihoyatda tuygʻularga boy, fayzli va sermahsul boʻldi. “Haj daftari” (1992) turkumiga kirgan sheʼrlarida shoir maʼnaviyatimiz manbalarini kashf etish yoʻlidan boradi. Qurʼoni Karim, Hadisi shariflardan zamonaviy maʼnolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg sifatda ham maʼlum va mashhurdir. Xususan, “Sohibqiron” (1996) sheʼriy dramasi va “Istiqlol manzaralari” (2011) dostoni shoirga katta shuhrat keltirdi. Oʻzbek xalqining milliy tiklanish, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov sheʼriyati alohida oʻrin tutadi. Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi hammualifidir. U 1994 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan, 1998 yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlanadi ALEKSANDR FAYNBERG Tarjimai hol Aleksandr Faynberg Arkadevich - rus shoiri, O‘zbekiston xalq shoiri. O‘zbekiston shoirlar osmonida Aleksandr Faynberg, shubhasiz, eng yorqin yulduzlardan biridir. Uning ijodi o‘ta serqirra. U Toshkent, Moskva hamda Sankt Peterburg shaharlarida chop etilgan to‘plamlar muallifi. Uning qalamiga badiiy filmlarning senaryilari mansub. Rossiya Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston shoiri Aleksandr Arkadevich Faynberg 2008 yil Pushkin medali bilan taqdirlangan. Aleksandr Arkadevich Faynberg 1939 yil 2-noyabr kuni Toshkentda - ota onasi 1937 yil Novosibirskka ko‘chib kelgandan so‘ng tug‘ilgan. Sobiq Jukovskiy ko‘chasida uning bolaligi o‘tgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, Aleksandr Faynberg Toshkent topografik texnikumiga o‘qishga kiradi. Texnikumni tugatgach, Tojikistonga harbiy xizmatga ketadi. So‘ngra, Toshkent universitetini (hozirgi Toshkent davlat milliy universitet) sirtqi filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tamomlaydi va talabalar ko‘p adadida ishlaydi. 1961 yil I. N. Koval bilan turmush qurishadi. U o‘n beshta she’riy kitoblar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, uning senariylari asosida to‘rtta uzun metrajli badiiy filmlar va yigirmadan ortiq multiplikatsion filmlar suratga olingan. U Alisher Navoiyning dostonlarini va she’rlarini, shuningdek, boshqa zamonaviy o‘zbek shoirlarining she’rlarini rus tiliga tarjima qilgan. Uning she’rlari “Smena”, “Yunost” (“Yoshlik”), “Noviy mir” (“Yangi dunyo”), “Zvezda Vostoka” (“Sharq yulduzi”), “Novaya Volga” (“Yangi to‘lqin”) jurnallarida va AQSh, Kanada va Izroil kabi xorij mamlakatlari vaqtli matbuotlarida chop etilgan. 1999 yil “Paxtakor” futbol jamoasining fojiali aviahalokatdagi o‘limining 12 yilligi munosabati bilan uning senariysi asosida “Ularning to‘p maydoni osmonda” nomli film suratga olingan, filmda jaranglagan qo‘shiq matni 1979 yil yozilgan Aleksandr Faynberg qalamiga mansub. Bir necha yillar mobaynida A. A. Faynberg Toshkentdagi O‘zbekiston yosh yozuvchilar seminariga rahbarlik qilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hisoblangan. 2004 yil shoir A.A. Faynberg Rossiya Prezindenti farmoni bilan Pushkin medali bilan taqdirlangan. Ushbu yuqori mukofotga u Rossiya Federatsiyasi bilan madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda rus tili va rus madaniyatini saqlab qolishdagi ulkan hissasi uchun sazovor bo‘lgan. O‘zbekistonning she’riyat gumbazida Aleksandr Fainberg‘, shubhasiz, eng yorqin yulduzlardan biri. Uning ijodi serqirra. U Toshkentt, Moskva va Sankt Peterburg shaharlarida chop etilgan o‘n uchta she’riy to‘plam muallifi. Uning qalamiga yettita badiiy film senariysi mansub bo‘lib, ulardan eng diqqatga sazovorlari: “Eng ko‘m-ko‘k osmon ostida”, “Jazirama oftob tagidagi uy”, “Qandahorda toblanganlar”, u, shuningdek, 18 ta multiplikatsion filmlar muallifi hamdir. Uning nasri katta qiziqish uyg‘otadi. Ajoyib tarjimon Faynberg ruszabon kitobxonga taniqli o‘zbek shoirlarining ko‘plab asarlarini ochib bergan. Moskvada Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni chop etilgan Toshkentda esa Abdulla Oripov va Xosiyat Rustamova, Sirojiddin Said va Omon Matchonlarning she’rlari jamlangan “Oq qushlar galasi” to‘plami nashrdan chiqqan. Faynberg she’rlarida uchqunli hajviya mavjud. “Ruboiy tori” dostonida u kulgu orqali o‘zbek choyxonasini o‘zgarmas oshini shunday tasvirlaganki, uni yuzda tabassumsiz o‘qib bo‘lmaydi. Aleksandr Arkadevich Faynberg 2009 yil 14 oktabr kuni Toshkentda vafot etgan. Aleksandr Arkadyevich Faynberg (1939.2.11, Toshkent) — rus shoiri. Oʻzbekiston xalq shoiri (2004). Toshkent Davlat Universitetning jurnalistika fakultetini tugatgan (1965). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1965-69). „Etyud“ (1967), „Soniya“ (1969), „Sheʼrlar“ (1977), „Olis koʻpriklar“ (1978). „Ijobat“ (1982). „Qisqa toʻlqin“ (1983), „Yoyma toʻr“ (1984), „Erkin sonetlar“ (1990) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi. Faynbergning sheʼriy ijodida oʻtmish bilan hozirgi kun, Gʻarb bilan Sharq, milliylik bilan baynalmilallik oʻzaro tutashib, oʻziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. Faynbergning lirik qahramoni tarixiy-ijtimoiy silsilalar asrida oʻzining insoniy mohiyatini toʻla saqlab qolgan, oʻzgaga mehr-shafqat va madad qoʻlini uzatishga tayyor, ayni paytda yer kurrasida sodir bulayotgan noxush voqea va hodisalardan iztirob chekuvchi joʻmard insondir. Faynbergning sheʼriy ijodida rus va Yevropa shoirlarining eng yaxshi badiiy tajribalari sintezlashgan. Sharq mumtoz sheʼriyati anʼanalari ham uning ijodiy uslubiga begona emas. Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etadi. Oʻzbek sheʼriyatini mukammal bilgan shoir Navoiy gʻazallari, Erkin Voqidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon va boshqa oʻzbek shoirlarining sheʼr va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. Faynberg ssenariysi asosida „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida „Mening akam“, „Jazirama oftob tagida“, „Qandahorda toblanganlar“, „Tojikfilm“ kinostudiyasida esa „Jinoyatchi va oqlovchilar“ va boshqa filmlar suratga olingan. Faynberg ssenariysi asosida 20 ga yaqin multfilmlar yaratilgan. To‘plamlari * “Velotreklar” (1965), * “Etyud” (1967), * “Soniya” (1969), * “She’rlar” (1977), * “Olis ko‘priklar” (1978), * “Osmon muhri” (1982) * “Qisqa to‘lqin” (1983), * “Yoymato‘r” (1984), * “Erkin sonetlar” (1990) * “Varaq” (2008) s* Muallif tomonidan to‘plangan 2-x tomlik asarlar to‘plami ijodkor vafotidan o‘ng nashr qilingan. MUHAMMAD YUSUF Shoir, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf (asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon; 1954-yil 26-aprel, Marhamat tumani — 2001-yil 29-iyul, Ellikqalʼa tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1998). Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Rus tili va adabiyoti instituti(hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti)ning rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Muhammad Yusuf Tavalludi 26-aprel 1954-yil Andijon, Oʻzbekiston Vafoti. 29-iyul 2001-yil (47 yoshda)[1] Ellikqalʼa Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston Mukofotlari. Oʻzbekiston xalq shoiri (medali).jpg Faoliyati Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-1980), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980-1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986- 1995)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995—1997-yillar „Tafakkur“ jurnalida boʻlim mudiri, 1997—2001-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Ijodiy faoliyati Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Muhammad Yusuf Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni va Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari: „Tanish teraklar“ (1985) „Bulbulga bir gapim bor“ (1987) „Iltijo“ (1988), „Uyqudagi qiz“ (1989) „Halima enam allalari“ (1989) „Ishq kemasi“ (1990) „Koʻnglimda bir yor“ (1991), „Bevafo koʻp ekan“ (1993) „Yolgʻonchi yor“ (1993) „Erka kiyik“ (1995) „Osmonimga olib ketaman“ (1998) Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29- iyulda vafot etgan. Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi. Muhammad Yusuf xalqimiz sevgan shoirlardan edi. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan soʻng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida ishladi.Umrining soʻnggi yillarida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi .U oʻnga yaqin sheʼriy toʻplamlar, koʻplab qoʻshiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki sheʼrlari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 1976 yili eʼlon qilindi. Soʻngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Koʻnglimda bir yor” (1991), “Bevafo koʻp ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolgʻonchi yor” (1994) kabi sheʼriy toʻplamlari, saylanmalari nashr etildi. 1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli sheʼriy toʻplami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. U rostgoʻy shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shoir muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qoʻshiq toʻqiydimi yoki tariximiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Satlardagi ravonlik, soddalik va xalqonalik sabab shoir sheʼrlari tezda yodda qoladi. 1998 yili Muhammad Yusufga “Oʻzbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi. Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan oʻtdi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling