Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil Hirot 3-yanvar 1501-yil)
Download 27.34 Kb.
|
Buyuk siymolar
Amir Temur 1336-yil, 9-aprel, Kesh yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral Oʻtror sh. Mirzo Ulug‘bek 1394 yil 22 mart Sultoniya (ozarbayjon) . oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yil 27-oktabr 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirild Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil Hirot — 3-yanvar 1501-yil) Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14-fevralda Andijon-1530-yil 26-dekabr Agra. Abu Rayhon Beruniy (972-yil 4-oktabr Xorazm-1048-yil 13-dekabr Gʻazna) Muso al Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) Abu Ali ibn Sino 980-yil 18-iyun Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻi- 1037-yil 16-avgustida Hamadonda vafot etgan Ahmad al-Fargʻoniy (taxminan 798, Fargʻona – 865, Misr) Imom al-Buxoriy 810-yil 21-iyun, Buxoro — 870-yil 31-avgust, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi Abu Nasr Forobiy 873, Forob shahri — 950, Damashq Jaloliddin Manguberdi (1198 Xorazm —1231 Kurdiston) SOHIBQIRON AMIR TEMUR Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda (dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Alloh taolo Sohibqironga ko‘p farzandlar ato etdi. El koriga yaraydigan bo‘lib voyaga yetganlari oltita – to‘rt o‘g‘il, ikki qiz. To‘ng‘ich o‘g‘il – 1356-yil -Turmish oqa - Jahongir Mirzo, valiahd edi, 1376 yilda Ikkinchi o‘g‘il – 1356-yilda To‘lun oqa - Umarshayx Mirzo. 1394-yilda halok bo‘lgan. Uchinchi o‘g‘il – 1366-yilda Mengli bika oqa- Mironshoh Mirzo. 1408-yilda o`lgan. To‘rtinchi o‘g‘il – 1377-yilda Tag‘oy Turkon oqa Shohruh Mirzo. 1447-yilda vafot etgan Birinchi qizi – Oqa Begi xonim 1359-yilda Turmish oqadan tug‘ilgan. 1382-yilda yigirma uch yoshida betob bo‘lib, olamdan ko‘z yumgan. Ikkinchi qizi – Sulton Baxt begim 1362-yilda Uljoy Turkon oqa degan xotinidan tug‘ilgan.1430-yilda vafot etgan. 1370-yilda taxtga o`tirgan Movounnahr. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida JAnd, Ozarbayjon, Iroqning shimoli qismi, Gurjiston va Van ko’li atrofidagi yerlar egallandi. Besh yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi. Yetti yillik urush. Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Xalab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albek), Dimishq(Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Ajamning Ubiliston o’lkasi (Qadimgi Kappadokiya) bilan Bag’dod, shuningdek, Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. MIRZO ULUG'BEK Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. 1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi. Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi. 1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ammo Ulug‘bekning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Ulug‘bek hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan. Ulug‘bekning asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko‘rag‘oniy” hisoblanadi yoki “Gurgonning yangi astronomiy jadvali” deb nomlanadi. Muallif ushbu asarni 1444 yil, o‘ttiz yillik tirishqoqlik va astronomik kuzatuvlardan so‘ng yakunlagan. ALISHER NAVOIY Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. Lutfiy oʻn-oʻn ikki ming baytimni shu gʻazalga almashtirardim. Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ 52000 misra yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilgan. „Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi. „Xamsa“ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi. ZAHIRIDDID MUHAMMAD BOBUR Temurylar avlodining yirik bir xalqasini tashkil etgan.Zahirddin Muhammad Boburga podsholik martabasi juda erta nasib etgan. Oz yurtiga sigmay “oyog etgancha ”ketishga majbur bolgan. Avval Avgoniston songroq Hindistonini zabt etib,musofrchilikda shoh tahtini egaladi. Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14-fevralda Andijonda tug`ulgan. Bobur o`zbek mumtoz adabiyotinng yirik vakili,buyuk shoir tarixchi,biograf,davlat arbobi,iste`dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi Temuriy Shaxzodadir. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Farg`ona viloyati hokimi,onasi Qutlug` Nigor Xonim Mo`g`uliston hokimi Yunusxonningi qizi edi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Boburnoma- Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/1519—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum. Bobuburnomada 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir. "Boburnoma" oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524) va Hindiston (1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabr 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan „Bogʻi Bobur“ga qoʻyildi. ABU RAYHON MUXAMMAD IBN AHMAD BERUNIY Abu Rayhon Muxammad ibn Ahmad Beruniy (4.10.972-13.12.1048) astronom. matematik va qomuschi olim, Xorazmda tug'ilgan. Asosiy asarlarini arab tilida yozgan. Beruniyning asosiy ishlari astronomiya, matematik, fizika, falsafa, tarix, botanika, geografiya, mineralogiya va hokazolarga bagishlangan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir Abu Rayhon Beruniy Yerning kattaligini oʻlchashda yangi usul qoʻllab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radusini oʻsha davr uchun aniq oʻlchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Abu Rayxon Beruniy 1048-yili Gʻaznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qoʻsha oldi. ABU ABDULLO MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) — xorazmlik matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Manbalarda Xorazmiyning ismiga yana al-Majusiy va Qutrubbuliy degan atamalar ham qo'shib aytiladi. Muhammad al-Xorazmiy 20 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan, ulardan 7 tasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Jumladan: “Fi xisab al-Xind” (arab tilidagi “Hindcha hisob haqida kitob”) – o’nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalovchi va nol belgisi bor, to‘qqizta raqamni bayon etuvchi asar. “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. (Arab tilida yozilgan “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) - muallif tomonidan algebra fan sifatida ko‘rilib, “Algebra” deb nom olgan kitob. Ziji al-Xorazmiy (arab tilida yozilgan (“Zij”) “Astronomik jadval”) - sinuslarning trigonometrik funksiyalari keltirilgan kichik nazariy bo‘lim va jadvallardan tashkil topgan asar. “Kitob surat al-arz” (arab tilida yozilgan “Yer surati kitobi”) - O‘rta asrlarda ilk bor odamzod yashayotgan yer sayyorasining sharqiy yarmi, undagi mamlakatlar, Tinch okeani (Baxr al-muzallam) hamda sayyoramiz xaritasi keltirilgan geografik risola. ABU ALI IBN SINO
Ibn Sino asarlari 280 dan ortiqdir. Shulardan 40-dan ortig’i meditsinaga oid, 30 ga yaqini turli tabbiy fanlarga, 180 ta risolasi falsafa, mantiq, ruxshnoslik, geologiya, etika va ijtimoiy masalalarga, 3 risolasi musiqiy ilmga bagishlangan. Lekin bizga bu asarlarning 160 ga yaqini yetib kelgan. AHMAD AL-FARG’ONIY Ahmad al-Fargʻoniy (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniy) (taxminan 798, Fargʻona – 865, Misr) – astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviylar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Ovro’pada lotii tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro’po tillariga ham tarjima qilinganidai so’ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G’arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro’po universitetlarida astronomiyadan aoosiy darslik vazifasini o’tadi. Daryolar, ko‘llar, suv omborlari va kanallarda suv sathini o‘lchab, yozib boradigan eng zamonaviy "Valdey" yoki okean va dengizlar suv sathini o‘lchaydigan "Rordansa" tipidagi qurilmalar al-Farg‘oniy kashf etgan "Miqyos an-Nil" qurilmasidan andoza olib tayyorlangan. Ahmad al Farg‘oniy taklif etgan suv sathini santimetr aniqlikda o‘lchash usuli hozirgi kunda ham dunyo gidrologiyasida qo‘llaniladi. Oydagi 20 kmli yirik kraterlardan biriga Ahmad al-Fargʻoniy nomi berilgan BUXORIY
Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
ABU NASR FOROBIY Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy 160dan ortiq asar yaratgan bo`lsada, afsuski ulardan bizga 40ga yaqini yetib kelgan xolos. Asosiy asarlari: “Donishmandlik gemmalari”, “Himmatli shahar aholisining nuqtai nazari haqida risola”, Ilmlar tasnifi risolasi, “Katta musiqa kitobi”. JALOLIDDIN MANGUBERDI Jaloliddin Manguberdi (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi — Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini Jaloliddin Manguberdini daryodan o'tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan 18-20 metrlik jarlikdan Sind daryosiga sakrab, uning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: "Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!", degan. 1230-yil 10 avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari magʻlubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan moʻgʻullar katta qoʻshin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marogʻa, Tabrizni egallab (1231-yil), Jaloliddin Manguberdini taʼqib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida moʻgʻullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qoʻshinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini oʻzi esa taʼqibdan qutulib Kurdiston togʻlariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qoʻliga asir tushib, 1231-yil avgust oyining o'rtalarida fojiali o'ldirilgan Qoraqalpogʻiston— Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan Suveren demokratik Respublika. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 millionga yaqin (2022). Respublika poytaxti — Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.[1] Qoraqalpogʻiston — parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.[1] Qoraqalpog‘iston muxtor viloyat sifatida 1925-yilda tashkil topgan, 1932-yilda muxtor respublikaga aylantirilgan, 1936-yilda O‘zbekiston tarkibiga kirgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o'rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI 1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning V. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat. Prezident tomonidan 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmon imzolandi. inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish. Download 27.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling