Alisher navoiy asarlaridagi muammo janri fransuz olimlari va tarjimonlari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Часть 4 avgust 24 154-162
newjournal.com
часть 4 июнь 2022 158 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ yaratdi. 1589-1613 yillarda Shekspir Yevropani kezib chiqqan Tabriziyning ‘‘asari’’ni oʻqigan boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Bu sohada jiddiy tekstologik tadqiqotlaar olib borilsa, Navoiy ijodining Gʻarbga ta’siri masalasi yanada oydinlashadi Navoiy gʻazaliyoti va Shekspir she’riyati oʻrtasidagi farq shundaki, Shekspir soda oʻxshatishlar orqali komillikka ishora qilgan boʻlsa, Navoiy tashbehlar va murakkab soʻz oʻyinlari, turli qochirimlarini qoʻllaydi. Istiqlolga erishganimizdan keyin Oʻzbekistonda Navoiy ijodiga, ulkan merosiga e’tibor oʻzining yuksak choʻqqisiga koʻtarildi va Gʻarbda ham qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu jarayonda ulugʻ shoir ijodi namunalarini jahon xalqlari tillariga tarjima qilishga qiziqish kuchaygani e’tiborlidir, Shu oʻrinda shuni ham ta’kidlab oʻtish joizki, oʻzbek lirikasi Navoiydek buyuk ijodkor tajribasi bilan yogʻirilgan boʻlib, oʻzida ana shu ilmni namoyon qiladi. Shuning uchun ham bugungi kunda alloma ijodini qiyosiy-tipologik oʻrganish tilshunos va tarjimashunos oilmlar oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Albatta, ritmni yaratishda qofiya ham, band ham ishtirok etadi ,lekin ular faqat oʻlchov, metrikaga aloqador (jumladan, qofiys misralar oxirini eslatadi; erkin vaznda qat’iy tartibli band yoʻq) boʻlmagani uchun ularni alohida oʻrganish va aytilgan ushbu mulohazani doimo esda tutish ma’quldir. Oʻzbek she’riyatida ikkinchi aruz sistemasi ham bor. A.Fitrat yozganidek, aruz bu-arablamikdir.Ulardan forslarga oʻtgan va arab aruzi tuzatilib, kamchiliklari toʻldirilib, arab-ford aruzi holiga keltirilgan. Arab-fors aruzi Oʻrta Osiyo xalqlari poeziyasiga ham kirgan, ‘‘Qutadgʻu biligʻ’(XI) oʻzbek she’riyatidagi aruzda yozilgan dastlabki asar hisoblanadi. Shu oʻrinda ta’kidlash joizki, muammo janri boshqa lirik janrlarga nisbatan shaklan sodda tur boʻlib, bunda asosan soʻz oʻyini va shu bilan birga qofiyali tuzulishiga e’tibor qaratildi. Muammo (arab.-koʻr, qilingan) – oʻzbek mumtoz adabiyotida she’riy janr, poetik san’at turidir. Unda biror soʻz, ism (yoki bosh harflari), sana va boshqa yashirilib beriladi. Koʻpincha bir bayt, ba’zan esa ikki baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz yoxud fikr soʻz oʻyni asosida yashiringan boʻladi. Shu oʻrinda misol tariqasida fransiyalik olimlar tomonidan Alisher Navoiy asarlaridan biri ‘‘Mufradot’’ muammo janriga oid ilmiy merosi talqin qilingan. Fransiyalik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling