Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida (1441-1501) reja


Download 26.64 Kb.
bet5/5
Sana09.01.2022
Hajmi26.64 Kb.
#259900
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida

Ijod og'ushida. Alisher Navoiy she'rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she'r yozishni to'xtatmadi. Ulug' shoirning ilk she'riy devonini muxlislari tuzgan bo'lsalar, „Badoye ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi") nomli devonini 1472-1476- yillarda sultonning amriga ko'ra, shoirning o'zi kitob qildi. 1485—1486- yillarda ikkinchi devon „Navodir un-nihoya" ("Nihoyasiz nodirliklar") maydonga keldi. Navoiyning eng katta orzusi yirik dostonlar yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141 — 1209)dan keyin shoirlik qudratining mezoniga aylanib qolgan „Xamsa" yaratish edi.

Chiqishdagi an'analarga ko'ra, she'rning qadri buyuk edi. She'rning masnaviysi ham alohida e'tiborda kelardi. Masnaviy esa, asosan, doston deganidir. Keng qamrovli, voqeaband asarlar mana shu janrda yozilgan. Jumladan, Nizomiyning „Panj ganj" nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa"siga yuz yil o'tgach, Xusrav Dehlaviy (1253—1325) javob qildi. Lekin bu ikkala adib ham turk bo'lishlariga qaramay, odatga rioya qilib, asarlarini fors tilida yozgandilar. O'z xalqining shunday xazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynaydi.

Navoiy „Xamsa" yozish niyati to'g'risida ustozi Abdurahmon Jomiy bilan maslahatlashganda, u Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi. Shoir ustozidan oq fotiha olib, og'ir, mashaqqatli ishga kirishadi. Nizomiy bilan bellashish — uning panjasiga panja urish („Xamsa"siga „Xamsa" bilan javob qilish) maqsadida maydonga kirish ulkan jasorat talab qilardi. Sherga yuzma-yuz bo'lish uchun sher bo'lmaganda ham yo'lbars bo'lmoq lozim edi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida ham sheri jangi,

Agar sher o'lmasa, bori palangi.

Navoiy besh dostonni ikki yilda yozib tamomlaydi. „Xamsa" yaratishga 1483- yilda kirishgan shoir 1485- yilning boshida uni tugatadi. Agar shoir ishlagan kunlarigina hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan asar olti oyda bitkazilganligi ma'lum bo'ladi. Shu tariqa, turkiy tildagi birinchi „Xamsa" yaratiladi.

Husayn Boyqaro Navoiy tomonidan bir vaqtlar Sayyid Hasan Ardasherga yozilgan she'riy maktubdagi gaplarini shunchaki bir xomayi gazof (shoirona gap) deb o'ylagan edi. Shoir sultonga Xamsa"ni taqdim etganida, u g'oyat qattiq hayajonga tushadi. ayniddin Vosifiyning „Badoye' ul-vaqoye"' asarida yozilishicha: Shoh Navoiyga: Bir mojaro Siz bilan bizning oramizda ko'pdan al bo'lmay kcladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik, deydi. Bu lojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo’lishni orzu qilar va uni „pirim" deb atar edi. Alisher esa har gal: „Yo Alloh, yo Alloh, bu qanday gap bo'ldi! Aslida, biz muridmiz, siz hammamizga pirsiz",— der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan so'radi: „Pir nima-yu, murid nima?". Alisher javob berdi: „Pirning tilagi — muridning tilagi bo'lishi kerak". Shunda niton Husayn o'zining oq otini olib kelishni buyurdi. Ot juda asov, chopag'on edi. Sulton Husayn aytdi: „Siz murid, men pir bo’ladigan bo'lsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman". Alisher noiloj otga minishga majbur bo'ladi. Ot g'oyat asov bo'lib, shohdan boshqani o'ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog'ini uzangiga qo'yishi bilan ot tipirchilay boshladi. Sulton Husayn otga o'shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egarga o'tirishi bilan Sulton Husayn otning jilovidan ushlab, etaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan ko'tarib oldilar". Tarixda bunday hol ko'rilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilgan emas edi.

Majididdin boshliq kuchlar 1487- yilda sulton oldida obro'si cheksiz bo'lgan Navoiyni poytaxtdan uzoqqa jo'nattirishga muvaffaq bo'ldilar. U Astrobodga hokim qilib jo'natildi. Shaharahli shoirni izzat-ikrom bilan kutib oldilar. Uning nomi bu paytda mamlakatdan tashqarida ham g'oyat mashhur edi. Devonlari, ayniqsa, “Xamsa"si uning shuhratini olamga yoygan edi. Masalan, Navoiy g’azallari Usmonli davlatining hukmdori Boyazid II qo'liga 1481- yilda borib yetadi. Uning buyrug'iga ko'ra Bursa shahrida yashovchi shoir Ahmad Poshsho Navoiyning o'ttiz uch g'azaliga nazira bog'laydi. Astrobod Husayn Boyqaro saltanatidagi e'tiborli shaharlardan edi. Shoh birinchi marta hokimlikni shu yerda ishlagandi. Astrobod mamlakatning g'arbiy chegarasida joylashgan, iqtisodiy, siyosiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan, ayni paytda g'oyat go'zal, xushhavo shahar edi. Alisher u yerga hokim etib tayinlanishi bilan yaqin-atrofdagi Mozandaron, Jurjon viloyatlari hokimlari uning huzuriga o'z lxtiyorlari bilan kelib, tobe' bo'ladilar. Ozarbayjon va Iroq Astrobod bilan do'stona munosabatlarni yo'lga qo'yadi. Turkmanlar hukmdori Yoqubbek sovg'a-salomlar bilan Navoiyni tabrik etgani keladi. Shularga qaramasdan, shoir o'zini quvg'inda his qiladi. Bir yil o'tar-o'tmas, shoh huzuriga borib, Hirotga qaytishga ruxsat so'raydi. Ruxsat bo'lmaydi. Salkam ikki yildan so'nggina shoir tug'ilgan shahriga qaytishga muvaffaq bo'ladi. Oradan ko'p o'tmay, Balxdan Navoiyning ukasi Darveshali akasining davlat ishlaridan uzoqlashtirilgani, qadr-qimmati oyoqosti qilingani sababli shohga qarshi isyon ko'targanini xabar qiladilar. Shoh Majididdinni saroydan uzoqlashtirishga majbur bo'ladi. Uning o'rniga Nizomulmulk tayin etiladi. Biroq saroydagi fitna va fisqu fasodlar bosilmaydi.

Shularga qaramay, 1480—1490-yillar Navoiy uchun ijodda samarali davr bo'ldi. Shoir „Xamsa"dan keyin ko'p o'tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan Tarixi muluki Ajami" („Ajam shohlari tarixi") shulardan biri edi. Navoiyning „Tarixi anbiyo va hukamo" (Payg'ambarlar va olimlar tarixi), „Siroj ul-muslimin" („Musulmonlik nuri") asarlari ham ibrat va pand maqsadida yaratilgan edi. 80-yillarning oxiri, 90- yillarning boshida Navoiyning yaqin do'stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bag'ishlab „Holoti Sayyid Hasan Ardasher", „Xamsat ul- mutahayyirin", „Holoti Pahlavon Muhammad" asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo'lib, shoirning ulug' zamondoshlari haqidagi memuar-xotiralaridan tashkil topgan edi.

1491-yilda shoir muammo janriga bag'ishlangan „Risolai muammo" (ikkinchi nomi „Mufradot") risolasini yozadi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan bo'lsa-da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy turkiy tilda muammo yozgan ilk shoirlardan bo'ldi. „Xazoyin ul-maoniy"ga uning ellik ikki muammosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolari miqdorini esa besh yuz chamalaydilar. Shoir muammoni tuzish va yechish qoidalariga bag'ishlangan ushbu asarini fors tilida yozadi. Hadislar asosidagi qirq ruboiyni o'z ichiga olgan „Arbain" asarini yaratadi. Mashhur xalifa, Muhammad alayhissalomning jiyani va kuyovi hazrat Alining „Nasr ul-maoniy" asarini she'riy yo'lda tarjima qildi, 266 ruboiydan iborat „Nazm ul-javohir" asari ham shu yillari yuzaga keladi. Navoiy tomonidan XV asrning 90- yillarida amalga oshirilgan eng katta ishlardan biri „Xazoyin ul-maoniy" "Ma'nolar xazinasi" to'plamining tuzilishi bo'ldi. 1492-1498- yillarda tartib qilingan to'rt devondan iborat bu ulkan she'riy kulliyot (to'plam) shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha she'rlarini qamrab olgan edi. Navoiy ularni umr fasllariga moslab to'rtga bo'ldi va har bir devonga shunga muvofiq nom qo'ydi.

Navoiy arab, fors tillarini mukammal bilgan va bu tillarda ham ajoyib asarlar yozish qudratiga ega edi. Shoirning 12 ming misradan iborat forsiy she'rlarini o'z ichiga olgan „Devoni Foniy"si, deyarli har bir asarida uchraydigan ixcham arabiy matnlar buni yaqqol ko'rsatib turibdi. „Xamsa" esa buyuk shoirning tarix va ilmi nujumni puxta egallaganligini namoyish etgan edi. Darhaqiqat, Navoiy barcha fanlar bilan shug'ullangan edi. Hatto, o'q otish haqida „Risolayi tir andoxtan", lug'atshunoslik borasida esa „Sab'atu abhur" "Yetti dengiz" nomli kitob yozgan. Ayniqsa, keyingi asari mumtoz arab tilining izohli lug'atini tuzishda muvaffaqiyatli tajribalardan hisoblanadi. Shular qatorida Navoiy adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasi borasida ham maxsus asarlar yaratdi. Yuqorida tilga olingan „Risolayi muammo" asaridan tashqari u 1490- yillarda turkiy tazkirachilikning ilk namunasi bo'lmish „Majolis un-nafois" („Nafis majlislar") asarini yaratdi, „Mezon ul-avzon" ("Vaznlar o'lchovi") ilmiy risolasini yozib, turkiy aruzning bir necha asrlik tajribasini umumlashtirdi.
Alisher yetti-sakkiz yoshlaridan she'r mashq qila boshlagan edi. She'riyat umr bo'yi unga hamroh bo'ldi. U 15 yoshida „zamonasining malik ul-kalomi" deb nom olgan Lutfiyni lol qoldirdi. 24—25 yoshlarida muxlislari uning she'rlarini to'plab. devon tuzdilar. Bu devon Navoiy she'rlarining dastlabki to'plamidir. Navoiyning o’zi tuzgan birinchi devon „Badoye' ul-bidoya" deb nomlanadi. „Badoye' ul-bidoya"— badiiylikning-boshlanishi demakdir. Shoir bu devonini do'sti, podshoh Husayn Boyqaroning topshirig'iga ko'ra tuzgan edi. Devon Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin, ya'ni 1469-yildan so'ng tuzilgan. Shoirning ikkinchi devoni „Navodir un-nihoya" („Nihoyasiz nodirliklar") deb ataladi. Va u mutaxassislar fikricha, 1480-1487- yillarda tuzilgan bo'lib, birinchi devondan keyin yozilgan turkcha she'rlardan iborat.

Alisher Navoiy 1492—1498-yillarda yana Husayn Boyqaroning taklif va da'vati bilan o'zining barcha she'rlarini, shu jumladan, oldingi, o'zi tuzgan ikki devoniga kirgan she'rlarini „Xazoyin ul- maoniy" („Ma'nolar xazinasi") nomi ostida bir yerga yig'ib, ular asosida to'rt devon tartib qiladi. Bu to'rt devonning har biriga inson umrining fasllariga moslab nom beradi. Shoir 7—8 yoshidan 20 yoshigacha bo'lgan davrini umrining ko'klami hisobladi va shu davr devonini „G'aroyib us-sig'ar" („Bolalik g'aroyibotlari") deb atadi. 20 yoshidan 35 yoshigachasini umrining yozi deb belgiladi va „Navodirush-shabob" („Yigitlik nodirliklari") deb atadi. 35—45 yoshini umrining kuziga qiyos etdi va „Badoye' ul-vasat" (,,O'rta yosh badialari") deb nomladi. 45—60 yoshini umrining qishiga o'xshatib, „Favoyid ul-kibar" („Keksalik foydalari") deb nomladi. Har bir devoniga 650 tadan g'azal kiritadi, shunga muvofiq boshqa she'riy janrlarga ham joy ajratadi.

„Xazoyin ul-maoniy" Navoiy she'riy merosining kulliyoti (to'plami)dir. Unda 45 ming misraga yaqin 3200 dan ortiq she'r bor. Bu she'rlar o'sha davrda keng tarqalgan o'n olti lirik janrga mansub. Tabiiyki, „Xazoyin ul-maoniy" 1498-yilda yakunlangani uchun shoirning so'nggi 2—3 yillik she'rlari kirgan emas. Holbuki, hazrat Navoiy biror kun bo’lsin ijoddan to'xtagan emas. Shu jihatdan, „Xazoyinul-maoniy" ulug' shoirning barcha o'zbekcha she'rlarini qamrab oladi, deb aytib bo'lmaydi. Shunga qaramasdan, Chiqishda „Chor devon" nomi bilan shuhrat topgan mazkur to'plamni Navoiyning ona tili—turkiydagi she'riy merosining kulliyoti deyilsa, mubolag'a bo'lmaydi.

Navoiy forscha she'rlarini ham yig'ib, „Devoni Foniy" nomli to'plam tuzdi. Unda g'azal, musaddas, tarkibband, ruboiy, qit'a, tarix, muammo, qasida, lug'z kabi janrlardan tashkil topgan 1131 she'r bor edi. Devondagi she'riy merosning umumiy miqdori 12 ming misradan ortiq edi. Shu tariqa, buyuk shoirning she'riy merosi hayotlik chog'ida sakkiz devonda jam bo'lgan, shulardan birini muxlislari tuzgan edilar. Bunday ulkan she'riy meros mumtoz adabiyotimiz tarixida ko'rilgan emas edi.

Alisher Navoiyni mashhur olim va adib Maqsud Shayxzoda „G'azal mulkining sultoni" deb atagan edi. Haqiqatan ham, u turkiy g'azalchilikning eng buyuk vakilidir. Faqat turk emas, umuman, Chiqish g'azaliyotida u mumtoz o'rinlardan birini egallaydi. Chunki g'azal uning qalamida yangi bosqichga ko'tarildi. Aslida g'azalning Navoiygacha ham maqomi juda baland edi. Fuzuliy shoirlar haqida to'xtalganida, arab adabiyotidan Abu Nuvosni, forsiy she'riyatdan Nizomiyni, turkiydan Navoiyni tilga oladi. Jumladan, Navoiy haqida fikr yuritib, uni „Navoiyi suxandon" , „Manzuri shahanshohi Xuroson" deb ta'rif etadi. Buyuk Navoiy Xuroson shahanshohi Sulton Husaynga g'azallari bilan ham, dostonlari bilan ham manzur bo'lgan edi.

G'azalga xos muhim xususiyatlardan biri—undagi har baytning mustaqilligidir. Bu mustaqillik gohida shu darajaga boradiki, har bir bayt alohida asar darajasiga ko'tariladi. Bu - bir tomondan yaxshi. Lekin, ikkinchi tomondan, she'rning yaxlitligiga putur yetadi. Muayyan fikr yoxud nozik ma'noni g'azalning boshidan oxirigacha rivojlantirishga xalaqit beradi. Shu sababli, g'azaliyotda baytlarni bir-biriga bog'lab borish, fikr yoxud obrazni darajama- daraja o'stirish tamoyili ham bo'lgan. Buni tadrij deganlar. Mumtoz adabiyotda bu yo'ldagi g'azallar kam edi. Alisher Navoiy g'azaldagi bu usulga alohida e'tibor berdi va tadrijdan foydalanib o'nlab go'zal she'rlar yaratdi. Bu xildagi g'azallarning eng mashhurlaridan biri „Yordin ayru ko'ngul..." she'ridir. Shoir butun bir she'rda yoridan ayrilgan ko'ngilning ahvoli va manzarasini sekin-asta kuchayib boruvchi tashbihlar yordamida chizib beradi:



Yordin ayru ko'ngul mulkedurur sultoni yo'q,

Mulkkim sultoni yo'q, jismedururkim joni yo'q.
Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling