Alisher navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar


Munung mulkiga fitna kelmak ne had [ 2. 616]. Gar ul olam oldi tuzub


Download 59.41 Kb.
bet4/8
Sana22.02.2023
Hajmi59.41 Kb.
#1222824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar

Munung mulkiga fitna kelmak ne had [ 2. 616].

Gar ul olam oldi tuzub dorugir,
Bu – olam berur, istasa bir faqir [ 2. 617].
Yana qolg‘on o‘n to‘rt ma’lum qil,
Nazohatda o‘n to‘rt ma’sum bil [2. 617].
Bilursenki ochilsa bog‘ ichra gul,
Uzar bog‘bon oxir andin ko‘ngul [2. 608].
Alisher Navoiy ijodida qipchoq lahjasi elementlarining qo‘llanilishi shu lahjaga xos bo‘lgan tovushlarning bir-biriga o‘tish hodisasida ham kuzatiladi:

  1. «o» ning «a» ga o‘tishi:

Bu g‘amda madad qildi Bonug‘a Haq
Ki, olmoq kerak barcha andin sabaq [2. 610].
Tushub, bo‘ynig‘a bog‘labon polahang,
Shah ollig‘a yetkurdi qilmay darang [2. 199].
Shuningdek, «a» lashish hodisa qipchoq lahjasi tarkibiga kiruvchi shevalarning barchasida kuzatiladi. Eski o‘zbek tili va Navoiy ijodida bu hodisa asosan aruz vazni talabi bilan qo‘llangan.

  1. Undosh tovushlarning assimilyatsiyasi va jarangsizlashishi:

Sipah bahrig‘a tushti ul nav jo‘sh
Ki, o‘tti falak lujjasidin xurush [2. 175].
Ushbu baytda progressiv assimilyatsiya hodisasi mavjud. O‘tti fe’li asosidagi t undoshi o‘tgan zamon qo‘shimchasi -di ni o‘ziga talaffuz jihatdan moslashtirib olgan. To‘g‘ri, eski o‘zbek adabiy tilida o‘tgan zamon shaklining -ti varianti ham qo‘llanilgan. Biroq o‘tgan zamonni hosil qiluvchi -ti varianti ham o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Bu tarzdagi ko‘pvariantlilikka ma’lum ma’noda sheva elementlari ham ta’sir ko‘rsatgan.
Quyidagi baytda esa regressiv assimilyatsiya hodisasi kuzatiladi:
Kelib ul bisoti qirog‘in o‘pub ,
Qo‘yub ollida bosh, ayog‘in o‘pub [2. 177].
Alisher Navoiy ijodida jarangsizlashish hodisasi ham kuzatiladi. Bu esa Navoiy asarlarining tili bir qadar qipchoq shevalari bilan bog‘langanligini ifodalaydi. Chunki jarangsizlashish qipchoq lahjasi fonetikasiga xos muhim xususiyatlardan biridir. Mazkur baytda jarangsizlashishni ko‘rishimiz mumkin:
Nechukkim tengiz sori g‘urranda abr
Va yo go‘r xaylig‘a g‘urron hizabr [2. 182].
3. «u» ning «i» ga o‘tishi:
«Yofasniki, tavorix ahli Abu – turk bitirlar,
Xito mulkiga yibordi ...» [1. 7].
4. «e» ning «i» ga o‘tishi:
« ... va bu turkchada mundoq diyilubdurki» [1. 12].
5. Ayrim sonlarning talaffuzidagi o‘ziga xoslik kuzatiladi:
Bu fikr ichra royi xiradparvari
Ki, bir tosh uza iki kabki dariy [2. 184].
Hirovul yasab yeti yuz ming kishi
Ki hayron qolib yeti ko‘k gardishi [2. 191].
Bu kabi qipchoq lahjasi doirasida uchrovchi fonetik jarayonlar Navoiy asarlari tilining xalq shevalari bilan naqadar yaqinligini ko‘rsatib turadi. Biz bu o‘rinda faqat qipchoq lahjasiga xos jihatlarga bir qadar to‘xtalmoqdamiz. Holbuki, buyuk shoir ijodida qarluq, o‘g‘uz dialektlariga oid xususiyatlar ham uchraydi. Demak, Alisher Navoiy ijodiy merosi xalq shevalari bilan o‘zaro aloqada.
Eski o‘zbek adabiy tili grammatik qurilishini o‘rganish jarayonida shunga amin bo‘lamizki, eski o‘zbek adabiy tili va qipchoq lahjasi morfologiyasi o‘rtasida yaqin munosabat mavjud. Bu munosabat asosan fe’llarning vazifaviy shakllari, sifat darajalari, ayrim so‘z yasovchi hamda so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarda namoyon bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida ham eski o‘zbek adabiy tili, ham qipchoq dialektiga xos bo‘lgan morfologik shakllarning mushtaraklikda qo‘llanganini ko‘rishimiz mumkin. Bu shunchaki tasodifiy hodisa emas. Navoiy ushbu shakllarni ma’lum bir maqsadlarda qo‘llagan. Singarmonizm talablariga javob berish, so‘zdagi ayrim ma’no nozikliklarini aks ettirish, ma’noni, ta’kidni kuchayirish kabilar shular jumlasidandir. Quyida ularning bir nechtasini ko‘rib o‘tamiz:
1. O‘tgan zamon sifatdoshi -gan ning -g‘on shaklining qo‘llanilishi:

Download 59.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling