28. Navoiyning qaysi asari ayrim hadisi shariflarning she’riy talqiniga bag’ishlangan? - “Nazm ul-javohir”
29. Navoiyning tarixiy-memuar ruhdagi asarlari? – “Vaqfiya”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhamma”.
30. Naoiyning maktublardan iborat asari? - “Munshaot”
31. Kim Navoiyga “Qalam ochqichi bilan so’z eshigini ochding. Ravnaqdan qolib ketgan va xorlik burchagida o’rin olgan so’zga sen yangidan obro’ berding. Uni ijod maydoniga olib chiqding ” deya ta’rif beradi? – A. Jomiy
32. Kim A.Navoiyning kelib chiqishini baxshilarga borib taqalishini aytgan? – Rashidiy
33. “Hech kim turkiy she’rni unddan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan” deya kim Navoiyga ta’rif bergan? – Hakimshoh Qazviniy
34. Ko’zung ne balo qaro bo’lubtur,
Kim, jong’a qaro balo bo’lubtur. Baytda qanday she’riy san’at qo’llangan? - tardi aks, iyhom.
35. “rahrav” so’zining ma’nosi? - “Yo’l yuruvchi”, “solik”.
36. Navoiy qaysi g’azalida obyektiv voqelikka bo’lgan estetik munosabat ifodasi bosh o’rinda turadi? – “Ey sabo, …” g’azalida
37. Mumtoz adabiyotimizda “usruk” sifati nimaga nisbatan ishlatiladi va uning ma’nosi? – Ko’zga nisbatan, ma’nosi – “mast, sarhush”.
38. Qit’a shakliga ko’ra qaysi janrga yqanin turadi? – g’azalga
39. Qit’aning qofiyalanish tartibini ayting? – a: a. d : a, e: a, f : a …
40. Qit’aning eng kichik shakli necha baytdan iborat bo’ladi? – Ikki baytdan iborat bo’ladi.
41. Qaysi she’riy janrga qat’iy vazn belgilab qo’yilmagan? – Qit’a
42. “Dengiz qirg’og’ida bo’la turib, og’iz ochish uchun lozim bo’ladigan suvni toppishga intilayotgan, shu miqdordagi suvni toppish ilinjida ayni mana shu yerdan quduq qaziyotgan odam timsoli” qaysi ijodkor asarida uchraydi? Navoiy. “Haq taolo in’omi-yu karami…” qit’asida.
Do'stlaringiz bilan baham: |