Alisher navoiy lirikasining poetik timsollar olami
Download 21.25 Kb.
|
A.Navoiy lirikasinining poetik timsollari
ALISHER NAVOIY LIRIKASINING POETIK TIMSOLLAR OLAMI Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy lirikasida fano talqiniga aloqador yordamchi timsollar xususida fikr yuritiladi. Tayanch soʻzlar: solik, maqom, suluk, fano, baqo, vahdat ul-vujud, uns, nafs, nafsi ammora, tavhid, jamʼ, tafriqa, sahf, sukr. Tasavvuf sheʼriyatini oʻrganish jarayonida koʻzga tashlanadiki, soʻfiy shoirlar foydalanadigan poetik timsollar kamchilikni tashkil qiladi. Poetik timsollar maʼlum bir qolipga solingan, maʼlum bir maqsadga yoʻnaltirilgan. Bu timsollar maʼlum bir tasavvufiy mazmun-mohiyat kasb etuvchi, aniq falsafiy mohiyat ifodalovchi tasviriy belgi hisoblanadi. Barcha tasavvufiy sheʼriyatning asosiy mavzusi oldindan tavhid va vahdat ul-vujudni kuylash koʻzda tutilgan. Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiga diqqat qilinsa, uning fano xususidagi qarashlari, ilmi chuqur ekani, balki fanodagi holi yuksak ekanini sezish qiyin emas: Deding, fano nedurur, muxtasar deyin oʻlmak, Ki sharhini tilasang, yuz risola boʻlgʻusidur. Zero, “shuʼlaning mohiyatini kuymasdan turib anglab boʻlmagani”1 kabi oʻzidan bu holni kechirib koʻrmagan kishi fano haqida bunday teran fikrlay olmas edi. Ulugʻ mutafakkir fanoni maxsus risola shaklida sharhlamagan boʻlsa-da, oʻz asarlarining juda koʻp oʻrinlarida keng maʼnoli bu tushunchaning badiiy talqinlarini berib borgan. Bizningcha, Alisher Navoiy lirikasida fano talqinlarini tadqiq etishda, avvalo, fano talqiniga aloqador yordamchi timsollar olamiga eʼtibor qaratish joiz. Ayni jihatga diqqat qaratish mutafakkir ijodiy merosidagi fano talqinlarini maʼlum darajada tizimli oʻrganish imkonini beradi. Fano mohiyatini anglashga yordam beruvchi timsollardan biri loubolidir. Navoiy bir oʻrinda zohidga murojaat qilar ekan oʻzining rind louboli ekanini aytadi: Xonaqah ahligʻa, ey zohid, meni oʻxshatmakim, Zuhd eli bor oʻzgacha, rind louboli oʻzgacha. Louboli arabcha kalima boʻlib, beparvo, begʻam, loqayd maʼnolarida keladi. “Tasavvufda oshiqning dunyoviy hoyu havaslarga nisbatan beparvoligi, oʻtkinchi voqeahodisalarga loqaydligi, ishq gʻamidan oʻzga narsaga nazar solmasligi maʼnosida tushuniladi”[Sirojiddinov Sh., 2016:264]. “Istilohoti Mashoyih”da keltirilishicha, louboli va rind deb shunday oshiq solikka aytadilarki, afʼol afzalligi va sifat kishanidan hamda vojib va mumkin koʻrishdan xalos boʻlgan. Ashyoning afʼol va sifatini Haqning afʼol va sifati biladi hamda hech bir sifatni oʻziga va oʻzgaga mansub bilmaydi. Bu maqomning nihoyasi – maqomi fanodir” [4:214.]. Quyidagi baytda shoirning lirik qahramoni Navoiyga murojaat qilar ekan, undan endi aql sari yoʻl boshlamaslikni, chunki oʻzining devona boʻlib, ishqi louboli holida ekanini taʼkidlaydi: Ey Navoiy, aql sari emdi boʻlma rahnamun Kim, boʻlub devona, ishqi louboli birlamen. “Favoyidu-l-kibar”ning 18-qitʼasida Hofiz Sheʼroziy haqida soʻz yuritib, uning fano dayrida mastu louboli ekanini aytadi: Biri Iso nafaslik rindi Sheroz, Fano dayrida mastu louboli. Navoiy talqinidan fanoda solikning aqldan begona, devona, mast, louboli holatida boʻlishi anglashiladi. Fanoga aloqador, u bilan oʻrin almashib turadigan jarayon – balodir: Maqomi gah balo togʻidurur, gohe fano dashti Ki, ishq ichra berur Farhodu Majnundin nishon koʻnglum. Solik uchun riyo aralashgan xilvat, zuhd va taqvodan fano, oʻlmasdin burun oʻlish, xilvat dar anjuman afzal: Chun fano matlub erur solikka bil, ey shayxkim, Kufr erur zuhdi riyoyi ichra irshoding sening. Shoir koʻpincha fano mohiyatini chuqurroq ochib berishda taqqos usulidan foydalanadi. Tazod sanʼati va qiyos yoʻli bilan xonaqah shayxi, zohid kabi obrazlarni dayr piri, solik kabi obrazlarni oʻzaro muqoyasa qiladi: Xonaqah shayxidin el sirri fano anglamadi, Dayr piri ani xub anglatur elga, anglang. Zohidning oliy maqsadi jannat boʻlsa, solikniki – fanodir: Download 21.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling