Alisher Navoiy merosida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari


Download 131.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi131.43 Kb.
#233247
Bog'liq
alisher navoiy merosida manaviy-axloqiy tarbiya masalalari



 



Alisher Navoiy merosida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari 



 

L. Berdiyeva  

QVXTXQTMOI o’qituvchisi  

  

Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning 



falsafiy,  xuquqiy,  ilmiy,  badiiy,  axloqiy,  diniy  tasavvurlarini  o’z  ichiga  oladi. 

Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi.  Ma’lumki, insonning ichki 

va  tashqi  olami  mavjud.  Tashqi  olami  uning  bo’y–basti,  ko’rinishi,  kiyinishi  va 

hatti–harakatlari  kiradi.  Ichki  olamiga  esa  uning  yashashdan  maqsadi,  fikr 

yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana 

shunday  ichki  olami  ma’naviyatdir.  Ma’naviyat  va    axloq  bir-  biri  bilan  bog’liq 

bo’lib bir-birini to’ldiradi.  

Zero,  jamiyat  rivojlanishi  faqat  uning  iqtisodiy  taraqqiyotidangina  emas, 

balki  ma’naviy  yuksalishini  ham  taqozo  etadi.  Har  qanday  mafkura  kabi 

O’zbekistron  Respublikasi  milliy  istiqlol  mafkurasiningf  asosiy  g’oyalaridan  biri 

ham  jamiyatda  ma’naviy-axloqiy  qarashlarning  ustuvorligiga  erishish  sanaladi. 

Ijtimoiy  tarbiyaning  boshqa  turlari  kabi  ma’naviy-axloqiy  tarbiya  asosini  ham 

ilg’or  milliy,  ma’naviy-axloqiy  qadriyatlar,  xalq  pedagogikasi  g’oyalari  tashkil 

etadi.  


Ma’naviyat-  shaxs,  xalq,  davlat  va  jamiyatning  kuch-qudrati,  taraqqiyoti, 

imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.  

Ma’naviyat  (arabcha  “ma’naviyat”  –  ma’nolar  majmui)  mohiyatiga  ko’ra  

iltimoiy  taraqiyotga  ijobiy  ta’sir  o’tkazuvchi    falsafiy,  huquqiy,  ilmiy,  axloqiy, 

diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.  

Ma’naviyat  sohasida  ijobiy  yechimini  ta’minlash  zarur  bo’lgan  asosiy 

vazifani  ko’rsatar  ekan,  O’zbekistron  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 

quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni 

tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas 

dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini  va hurmatini tiklash, o’zligimizni  

anglash”. 



 

Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va 



bitiklar,  xalq  og’zaki  ijodi  namunalaridan  tortib,  bugungi  kunda  kutubxonalarda 

xazinasida  saqlanayotgan  ming-  minglab  qo’lyozmalar,  ularda  mujassamlashgan 

tarix,  adabiyot, san’at,  axloq,  falsafa, tibbiyot,  matematika,  minerologiya,  kimyo, 

astrronomiya,  me’morchilik  sohalariga  oid    qimmatbaho  asarlar  bizning  buyuk 

ma’naviy  boyligimizdir.    Bunchalaik  katta  merosga  ega  bo’lgan  xalq  dunyoda 

kamdan  –  kam  topiladi.  Tarixiy  yodgorliklar    namunalari  bilan  yaqindan  tanishar 

ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy- axloqiy qarashlar, 

hayot falsafasi bizni bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganiga 

amin bo’lamiz. 

Asrlar  davomida  axloq-  odob  mavzusida  qanchadan-  qancha  kitoblar, 

hikmatnomalar,  ibratli  rivoyatlar  yaratigan.  Qadimgi  faylasuflar,  donishmandlar 

axloq-  odobga  juda  katta  baho  berib,  uni  jamiyatning  poydevori  deb  ataganlar. 

Shuning uchun ham jamiyat a’zosining xulqi-odobiga alohida e’tibor berilishi bejiz 

emas.  Shu  jumladan  buyuk  mutafakkir  Alisher  Navoiyning  merosida  ham 

ko’rishimiz mumkin.  

Alisher  Navoiy  o’z  ijodiy  faoliyatida  axloq  va  odob  masalariga  alohida 

e’tibor beradi. Ulug’ shoir axloq, odobning mohiyati haqida shunday deydi:  

“Adab–kichik  yoshdagilarni  ulug’lar  dunyosiga  sazovar  etadi.  Duo  

barakati  ulardan  bahramand  qiladi.  Adab  kichkinalar  mehrini  ulug’lar  ko’ngliga 

soladi  va  u  muhabbat    ko’ngilga  abadiy  bo’ladi,  yoshlarni  ko’zga  ulug’ 

ko’rsatadi,  ularningyurush–turishini  xalq  biladi,  odamlar  tomonidan  bo’ladigan 

hurmatsizlik  eshigini  bekitadi.  Kishilarning  hazil-mazaxidan  va  kamsitishidan 

saqlaydi.  Kishi  tabiatini  insonlik  yo’lga  soladi  va  odan  mijoziga  odamgarchilik 

manziliga  orom  beradi,  kichiklarga  undan  bir  muncha  natija  hosil  bo’lgach, 

kattalarga  allaqancha  bo’lishini  ko’rsatadi.  Adab  muhabbatga  bezak  va  pardoz 

beradi,  adab  tarkidan  do’stlikning  ravnaq  va  bahosi  ketadi.  Adab  va  tavoze 

do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik yetkazadi”. 

Alisher  Navoiyning  fikricha,    odob  odamning  olijanob  fazilatlaridan 

biridir. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo’ladi. Bunday kishilar 



 

uchun  ikkiyuzlamalik,  qo’polik  yotdir.    Odobli  odam  doimo  hurmat  va  izzatda 



bo’ladi. Ota-ona, aka-uka, opa-singilni, do’stlikga hurmat, izzat qilmoq- har bir 

odobli kishining burchidir. 

Alisher  Navoiy  har  bir  kishidan  yoqimli,  nazokatli,  ochiq  chehrali  va 

hushmuomala bo’lishni talab etadi.  

Har kimgaki, davr ichida donolik erur

Hilm ila ish anga majlis oraliq erur

ya’ni  aqlli,  dono  kishi  hayoli,  kamtarli,  shirin  muomalali,  yaxshi  xulqli 

bo’ladi,- deydi. 

 

Shirin  so’z  har  bir  kishi  uchun  eng  yaxshi  fazilatdir.  Dag’allik  bilan 



muomala  qilish  eng  yomon  xislatdir.  Inson  kamolatining  fazilatlaridan 

hisoblangan  adolat  tushunchasi  va  adolat  tuyg’usi.  Alisher  Navoiy 

donishmandligining  asosini  tashkil  etadi.  Uning  fikricha,  ongning  mavjudligi 

adolatning  mavjudligididir.  Axloq  g’oyasi  bolaning  ma’naviy  tarbiyasi  va 

yetukligining  asosi  hisoblanadi.  U  shunday  deydi:  ”Odobli  inson  barcha 

odamlarning yaxsidir. Barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan 

go’zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Odobli odam o’z tengdoshlari 

orasida ham tahsinga sazovar bo’lib hech qanday ehson bermay kattadan- kichik, 

hammani shod etadi, hech qanaqa hadya qilmay, kishilarning g’amini tarqatadi.” 

“Odob  mehr-muhabbatning  zeb-ziynatidir.  Odobsizlik–do’stlikka  putur 

yetkazadi.  Odob  do’stlik    oynasiga  jilo  beradi  va  ikki  oraga  yorug’lik 

bag’ishlaydi”.  U o’z ijodida odamlarni karamli, saxovatli va himmatli bo’lishga 

undaydi va yoshlarni ham shunday fazilatlar egasi etib tarbiyalashga undaydi.  

 

 



 

 

 



Download 131.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling