Alisher navoiy nomidagi o‘zbekiston milliy kutubxonasi 2016 yil 6 sentyabr press-reliz


Download 235.58 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi235.58 Kb.
background image
 

 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 

KUTUBXONASI 

2016 yil 6 sentyabr  

PRESS-RELIZ 

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 75 yilligi munosabati 

bilan  “O‘tkir qalam sohibi” deb nomlangan xotira kechasi 

2016  yil  6  sentyabr  kuni  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasida  O‘zbekiston  xalq 

yozuvchisi  O‘tkir  Hoshimov  tavalludining  75  yilligi  munosabati  bilan    “O‘tkir  qalam 

sohibi”  deb  nomlangan  xotira  kechasi  o‘tkazildi.  Tadbirda  yozuvchilar,  adabiyotshunoslar, 

filologlar,  aktyorlar,  maslakdoshlar  va  yozuvchining  shogirdlari,  shuningdek  Milliy 

kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

O‘.Hoshimov  1941  yili  Toshkent  shahrida  tug‘ildi.  U  mehnat  faoliyatini  1959  yilda 

“Temiryo‘lchi”  gazetasida  oddiy  xodim  sifatida  boshladi.  Keyinchalik  “Toshkent  haqiqati”, 

“Toshkent  oqshomi”  gazetalarida  xizmat  qildi.  1964  yilda  Toshkent  davlat  universitetining 

jurnalistika  fakultetini  tamomladi.  O‘zbek  adabiyoti  rivojiga  qo‘shgan  hissasi  uchun  u 

“O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi”  faxriy  unvoni,  O‘zbekiston  Davlat  mukofoti,  “Mehnat 

shuhrati”  va  “Buyuk  xizmatlari  uchun”  ordenlari  bilan  mukofotlangan.  Iste’dodli  adib 

o‘zining  yarim  asrlik  ijodiy  faoliyati  davomida  “Muhabbat”,  “Urushning  so‘nggi  qurboni”, 

“O‘zbek ishi” kabi hikoyalari, “Cho‘l havosi”, “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi”, 

“Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Dunyoning ishlari” singari qissalari, “Nur borki, 

soya  bor”,  “Ikki  eshik  orasi”,  “Tushda  kechgan  umrlar”  kabi  romanlarida  davrning  muhim 

ma’naviy-ahloqiy  masalalarini  ko‘tarib  chiqdi.  O‘.Hoshimov  dramaturgiya  sohasida  ham 

samarali ijod qilib, “Xazon bo‘lgan bahor”, “Inson sadoqati”, “To‘ylar muborak”, “Qatag‘on” 

singari  dolzarb  mavzulardagi  dramatik  asarlarni  yaratdi.  Atoqli  adib  ayniqsa,  mustaqillik 

yillarida g‘ayrat-shijoat bilan ijod qildi. Badiiy asarlar bilan birga, mahoratli publitsist sifatida 

Vatanimiz mustaqilligini, xalqimizning erkin, ozod va farovon hayotini, inson qadr-qimmatini 

tarannum  etuvchi  “Ona  bitta,  Vatan  yagona”,  “Biz  hech  kimdan  kam  emasmiz”,  “Istiqlolni 

asraylik”,  “Kechani  unutmagan  bugunni  qadrlaydi”  kabi  o‘nlab  maqolalar  e’lon  qilib, 

ko‘pchilikning  e’tiborini  qozondi.  Uning  jahon  mumtoz  adabiyotining  sara  namunalaridan 

qilgan badiiy tarjimalari adabiyotimizdan munosib o‘rin egalladi. Yozuvchining qator asarlari 

ham jahonning bir qancha tillariga tarjima qilingan. 

Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi tavalludining 75 yilligi munosabati bilan 

“Qalblarni  zabt  etgan  adib”  deb  nomlangan  adabiyotlarning  ochiq  ko‘rgazmasi  bo‘lib  o‘tdi. 

Ko‘rgazmaga  tashrif  buyurganlar  taniqli  yozuvchi,  jonkuyar  tashkilotchi  sifatida  madaniy 

jarayonlarda faol ishtirok etgan O‘.Hoshimovning xayoti ijodi, uning xalqimiz o‘rtasida milliy 

g‘oya  tamoyillarini  keng  targ‘ib  etib,  yoshlarni  ona  yurtga  muhabbat  va  sadoqat  ruhida 



tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatganligi bilan yaqindan tanishdilar. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling