Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi. Muqumiy hayoti va ijodi Gram mavzu


Download 319.61 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2023
Hajmi319.61 Kb.
#1686540
  1   2   3
Bog'liq
Alisher Navoiy nomidaga (2)


Nutqiy mavzu: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi. Muqumiy hayoti va ijodi
Gram. mavzu: Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari

Reja:


  1. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi

  2. Muqumiy hayoti va ijodi

  3. Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari


Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi № UP-3029 raqamli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni 2002 yil 12 apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi №123 Qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (2002 yil 12 aprelgacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi) “Milliy” maqomini oldi.
Kutubxona 1870 yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan. Fondini tashkil qilishga xalq maorifi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik ko‘rsatib, o‘z fondlaridan sovg‘a qilishgan. 1870 yil may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq adabiyotlar yig‘ilib, kutubxona fondining asosi yaratildi.
Toshkent ommaviy kutubxonasi fanning turli sohalari bo‘yicha, birinchi navbatda o‘lkaga doir va qo‘shni davlatlar to‘g‘risidagi adabiyotlarni yig‘ishi va saqlashi lozim bo‘lgan.
Kutubxonaning o‘lkashunoslik fondini to‘ldirish uchun atoqli rus bibliografi V. I. Mejov jalb etilgan. U Toshkent ommaviy kutubxonasi uchun Turkiston o‘lkasiga doir materiallar yig‘ishni amalga oshirgan va ilmiy doirada “Turkiston to‘plami” nomi bilan ma’lum to‘plamning yaratilishiga asos solgan.
Kutubxonaning birinchi direktori 1872 yil 11 maydan N.V.Dmitrovskiy (1841-1910) bo‘lgan. U 1867 yil avgustdan Turkiston kanselyarisida xizmat qilgan bo‘lib, bir vaqtda “Turkistanskix vedomostey” gazetasi redaktor o‘rinbosari vazifasini bajargan. 
Kutubxona tarixining ushbu qiyin davrlarida 1883 yil tashkil etilgan “Kuzatuv qo‘mitasi” ijobiy rol o‘ynagan. Turli yillarda ushbu qo‘mita tarkibiga N.A.Maev, N.V.Dmitrovskiy, A.A.Semenov, A.A. Divaev, N.G. Maliskiy va shu kabi mashhur olim, pedagog, tarixchi, etnograflar kirishgan.
Kutubxona tarixining dastlabki davriga “Turkiston albomi” ning yaratilishi taaluqlidir. Ushbu o‘ziga xos fotoalbomni tuzish orientalist A.L.Kunga topshirilgan. Akademik A.A. Semenov tomonidan tuzilgan “Turkiston ommaviy kutubxonasi qo‘lyozmalar katalogi” ga ko‘ra 1917 yilga kelib kutubxona qo‘lyozmalar fonda 250 tomni tashkil etgan.
Ushbu davrda Xiva va Toshkent litografiyalarida chiqarilgan birinchi litografik kitoblar xarid qilingan. Bu litografiyalar A.Navoiyning “Xamsa” si (1880), “Divani munis”, “Divani Radji”, XVIII asrning mashhur shoiri So‘fi Allayorning “Stoykost slabix” asarlari va h.k.
1920 yili kutubxonaga Davlat kutubxonasi maqomi berildi va u keskin o‘zgardi. 1925 yilga kelib kutubxonaning fondi 140 ming jildga yetdi. 1920 yildan boshlab Kutubxona Turkiston o‘lkasida chop etilayotgan nashrlarning majburiy nusxalarini ola boshlaydi.
O‘rta Osiyo respublikalarining tashkil etilishi natijasida kutubxona O‘zbekiston xalq ta’limi qo‘mitasiga buysinadi va qayta tashkil etilgan O‘rta Osiy respublikalarida kutubxonachilik ishini tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsata boshlaydi. 1925 yil iyul oyidan boshlab O‘zbekiston Davlat ommaviy kutubxonasining sharq bo‘limida amaliyotchilar instituti faoliyatini boshladi. 1929 yil dekabr oyidan boshlab kutubxona xodimlari uchun o‘zbek tilini o‘rganish kurslari ochildi, 1930 yil avgustdan – ilmiy kutubxonalar katalogizatorlarini tayyorlash kursi, 1932 yil yanvardan – kataloglashtirish, sistemalashtirish va predmet rubrikalari bo‘yicha uch oylik kurslar, 1934 yil oktyabrdan Fan qo‘mitasi qoshida – ilmiy kutubxona xodimlari uchun kurslar ochildi.
O‘zbekiston hukumatining Qaroriga ko‘ra Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat ommaviy kutubxonasi 1933 yildan respublikaning sharq qo‘lyozmalarini saqlash markazi deb e’lon qilindi.
Urushdan keyingi davrda kutubxonaning asosiy vazifasi kitob fondlarini to‘ldirishdan iborat bo‘lgan. Bu vaqtda Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya kabi davlatlardan kitoblar kela boshladi. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan hamdo‘stlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
1948 yili kutubxonaga buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy nomi berildi va 350 o‘rinli o‘quv zaliga ega bo‘lgan uch qavatli yangi binoda ish boshladi. O‘sha paytda nodir va qadimiy nashrlar bo‘limi tashkil etilib, unda 2 mingdan ortiq kitob, jumladan 250 ta avtografli, 151 ta ekslibrisli kitoblar jamlangan edi. Ayni paytda bu fond 16 mingdan ortiq hisoblanadi.
1970 yillardan ilmiy-tadqiqot, madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiy axborot, depozitar saqlash, nazorat-dispetcherlik xizmati, yoshlar kabi bo‘limlar tashkil etilgan.1980 yillardan “Sovet qishlog‘i hayotida kitob va mutoalaa”, “Ommaviy kutubxonalarda mutoalaa dinamikasi va kitobxon ehtiyoji”, “Kutubxona resurslarini oqilona joylashtirish” kabi umumittifoq tadqiqodlari ustida hamda respublika miqiyosidagi “O‘zbekiston ommaviy kutubxonalari kitob yadrosini shakillantirish”, “Bibliografik ifodalarda rus transkripsiyasida o‘zbek mualliflarining ifodalanishi” va shu kabilar usti ishlar olib borildi. Alohida e’tibor fondni o‘zbek tilidagi adabiyotlar bilan to‘ldirishga qaratila boshlandi. Ayni paytda ularning soni 600 mingdan ortiq bulib, o‘zbek adabiyotining klassiklari A.Navoiy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Ibn Sino (Avisenna) Ulug‘bek, Beruniy kabilar hamda respublikamizning zamonaviy olim va yozuvchilarining asarlaridan iborat. Kutubxona tarixidagi navbatdagi muhim davr 2002 yildan boshlandi, 2002 yil 20 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni chiqdi. Farmonning 8 punktida respublika ilmiy muassasalarilarining taklifi qabul qilinib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi bilan Respublika ilmiy-texnika kutubxonasini birlashtirib, Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil etildi. Bu qaror kutubxona faoliyatini milliy madaniyat markazi, O‘zbekiston xalqining milliy ma’naviy merosi xazinasi sifatida kengaytirish maqsadida qabul qilingan.

Download 319.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling